1-savol: odamni nima o’ldiradi.
Odamni tok ham kuchlanish ham o’ldiradi. Insonni tanasi ham katta bir qarshilik. Om qonuniga ko’ra I=U/R formuladan ko’rinyaptiki tok kuchlanishga to’g’ri proporsional. Demak kuchlanish ham tok ham inson hayoti uchun havfli ekan. Tok 50 mA dan yuqori bo’lsa havfli, 100 mA tok insonni o’ldiradi.
Yuqori kuchlanish bor joylarda siz teginmasamgiz ham yaqin borishingiz bilan elektr tokidan jarohatlanasiz yana bu vaqtga ham bog’liq. Qancha uzoq tursangiz past tok ham jarohatlaydi, aksincha bir necha milli sekund bo’lsa katta tokda ham omon qolish mumkin.
Elektroshokerda huddi shunday ichida kondensator razryadlanish hisobiga bir necha milli sekundda razryadlanib ketganligi uchun kuchlanish jarohatlab ulgurmaydi yana tokni ta’siriga tana qismini qaeri tegishiga ham bog’liq.
2-savol: kabelga mos avtomat tanlash
Tarmog’imizda iste’mol quvvati oshib ketib, kabelimiz qizishi natijasida qisqa tutashuv sodir bo’lsa, tokni kattaligi avtomat vklyuchatelni tashlab yuborishi, yani o’chirib qo’yishi uchun yetarli bo’lmaydi. Insonni tok urishida himoya qilush uchun 10-30 mA UZO qo’yiladi. O’tkazgichlarimizni yong’indan himoya qilish uchun 100-300 mA UZO tanlanadi.
3-savol: payalnikni uchi alohida sotiladimi?
Ha uchi jalasi alohida sotiladi. Agar qalay ushlamay qolgan bo’lsa payalnik quvvati balandlik qilib qizdirib yuboryapti sizda. Payalnik uchidag shrupni otvertka yordamida bo’shatib, mis jalani ozroq tashqariga chiqaring, qizib ketishi ozayadi.
Undan so’ng jala uchuni egov bilan tozalab bo’lib
payalnikni yoqing, qizishiga yaqin yani qalay eritadigan bo’lishi bilan kanifolga botirib keyin qalayga ishqab yuboring! Shunda jalaga qalay yopishadi.
4-savol: transformatorni teskari ulasa nima bo’ladi?
Transformator passiv element hisoblanadi. Transformator ishlash printsipiga ko’ra qaysi tarafidan ulashingizni farqi yo’q, transformatsiya vazifasini bajaraveradi. Faqat necha voltga hisoblangan bo’lsa, o’shandan oshirib yubormasangiz bo’ldi. Teskari ulasa bo’ladi.