• Nima sababdan 0 va faza bir biriga tegsa qisqa tutashuv boladi
  • I = U/R
  • Nima uchun kabellarni kesimi o’lchanadi
  • Nima uchun bizda 220 V kuchlanish ishlatiladi?




    Download 0.95 Mb.
    bet66/66
    Sana22.06.2023
    Hajmi0.95 Mb.
    #75010
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
    Bog'liq
    Book
    Tuproq unumdorligini oshirishda mikroorganizmlardan foydalanish, 12-Mavzu “ Ma\'lumotlar butunligini ta\'minlash texnologiyalari v, Xalq hunarmandchiligi fanidan test savollari, sabohatt ishi, 6 sinflar metodiii, Физикавий тадкикот усуллари маърузалар матни, Глобал молиявий иктисодий инкироз , Корхона иқтисодиёти-ЯН-3 курс (копия), 4-мавзу, Qishloq xujalik melioratsiyasi, babadjanov.ravshanbek, Bozor taklifini pozitsiyalashtirish, 4-kurs 219-guruh talabasi ning texnik ijodkorlik va konstruksiya-fayllar.org-1, 3-amaliy
    Nima uchun bizda 220 V kuchlanish ishlatiladi?

    SSSRda 60-yillarga qadar, elektr tarmog'ida 220 V kuchlanishdan foydalanilmagan. Ammo, yangi iste'molchilarning qo'shilishi tufayli elektr tarmog'i ortib borayotgan yuklamaga bardosh bera olmadi, shuning uchun tez-tez nosozliklar, avariya holatlari sodir bo'lgan.


    Muammoni hal qilish uchun mutaxassislar ikkita variantni taklif qilishgan: birinchi holatda, o'tkazgichlarning kesimini oshirish, ikkinchi variantda, tarmoqdagi kuchlanishni 220 V ga oshirish taklif qilingan.


    Ikkinchi variant sarf xarajati kam bo'lganligi sababli, oxir oqibat 220 V 50 Hz Yevropa standartidan foydalanishga qaror qilingan. Agar hozir ham 110 yoki 127 volt kuchlanishdan foydalanganimizda edi, elektr tokidan jarohatlanish juda kam bo'lar edi.




    Nima sababdan 0 va faza bir biriga tegsa qisqa tutashuv bo'ladi?

    Agar elektr tarmog'ining, faza va noli kuchlanish ostida, bir-biriga tegsa qisqa tutashuv bo'ladi. Agar faza va nol iste'molchi orqali bir biriga tegsa, iste'molchini qarshiligi borligi uchun, qisqa tutashuv sodir bo'lmaydi.


    Qisqa tutashuv rejimi tarmoqda paydo bo'lgan paytda tok juda ko'p marta ortib ketadi. Qisqa tutashuv bo'lganda tok yuklamadan emas, tutashgan joydagi eng qisqa yo'ldan o'tadi. Doim tok qarshilik eng kichik bo’lgan joydan o’tadi.


    Faza va nolni tutashgan joyidagi o'tkazgichni qarshiligi nolga yaqin bo'ladi. O'tkazgich qarshiligi juda kichik bo'lganligi uchun undan Om qonuni


    I = U/R ga asosan juda katta tok oqib o'tadi.

    Misol: R = 0.05 Om deylik, U= 220v bo'lsa tokni topamiz. I = 220/0.5 = 4400 A bo'ladi.


    Shuning uchun qisqa tutashuv sodir bo'lganda, tok ortib ketganligi sabab, himoya tezda ishga tushadi.




    Nima uchun kabellarni kesimi o’lchanadi?

    Kesim - bu tok o'tadigan o'tkazgichning ko'ndalang kesilgan maydon yuzasi, o'lchov birligi mm². Kesim yuzasi ma'lum miqdordagi zaryadlangan zarralarni o'tkazishi mumkin. O'tkazgichlarni ko'ndalang kesim shakli turli shaklda, yuzasi aylana, to'rtburchak yoki uchburchaksimon bo'lishi mumkin.


    Shunday holatda shtangensirkul bilan diametrini o'lchab formula yordamida yuzasini hisoblash mumkin. O'tkazgich yoki kabelning kesimini hisoblash, bizga elektr tarmog'ining maksimal quvvatdagi yuklamasini aniqlashga imkon beradi.

    Download 0.95 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




    Download 0.95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nima uchun bizda 220 V kuchlanish ishlatiladi?

    Download 0.95 Mb.