|
13-Mavzu: Sementlarni sovutish, tashish, yetiltirish qoplash va saqlash Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 93.99 Kb. | | #98877 |
Bog'liq 13 mavzu mustaqil ishlar mavzulari (1), ҲХТЭА. ММ, paradigma m 1, Osi – tarmoq modeli etaloni
13-Mavzu: Sementlarni sovutish , tashish, yetiltirish. qoplash va saqlash
Reja:
1. Sement siloslarining tuzilishi va ishlashi
2. Sement zavodlarida ishlab chiqarishni tekshirish
3. Sement zavodlarida mehnat muhofazasi
Darsning maqsadi: Sementlarni sovutish , tashish, etiltirish. qoplash va saqlash va sement siloslari xaqida malumot berish
1. Sement siloslarining tuzilishi va ishlashi
Tayyor sement zavodlarda sementlar:
Sementlarni sovutish ,
tashish,
etiltirish.
qoplash va
saqlash bosqichlari amalga oshiriladi
Tayyor sement zavodlarda sementlarhar birining sig‘imi 2500…10000 t gacha bo‘lgan diametri 1…18 m va balandligi 25…40 m bo‘lgan temirbeton siloslarda saqlanadi. Sement siloslarining umumiy sig‘imi kamida 10 sutkalik ishlab chiqarilgan sementni saqlashiga etarli bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bunday katta omborlar erkin ohakni havo nami ta’sirida batamom so‘ndirish maqsadida foydalanishga ham kerak. Bundan tashqari, tegirmondan sement 100…1500C gacha temperaturada chiqadi va siloslarda 1…2 hafta davomida soviydi.
Har bir zavodlarda bunday siloslardan kamida to‘rtta bo‘lishi kerak. Ikkitasida sement etiladi va soviydi, uchinchisiga sement to‘ldiriladi, to‘rtinchisidan olinadi.
Zavodda ikki va undan ortiq markada sement ishlab chiqarilsa, siloslar soni ko‘paytiriladi.
Sement qatlamlanib qolmasligi uchun siloslardagi sement vaqt-vaqti bilan siqilgan havo yordamida g‘ovaklashtirib turiladi. Bu esa siloslardan sement olishni ham osonlashtiradi.
2.Sement zavodlarida ishlab chiqarishni tekshirish
Zamonaviy sement zavodlarida olinayotgan xom ashyo, yarim fabrikat hamda tayyor mahsulot-sementning talab qilingan sifatida bo‘lishni ta’minlash uchun asosiy jihozlarning belgilangan texnologik rejimida ishlashiga juda jiddiy e’tibor qilish kerak. Shuning uchun ishlab chikarishni tekshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Xom ashyo materiallarini maydalash darajasi va maydalangan mahsulot o‘lchami hamda donadorlik tarkibi belgilanganga qanchalik mos ekanligi tekshirib turiladi. Xom ashyo tuyish sexida tuyish namligi va qanchalik mayda tuyilgani tekshiriladi. Bir qancha xom ashyo komponentlari baravariga maydalanayotganda ishlanayotgan aralashma tarkibi belgilangan tarkibga qay darajada mosligi tekshiriladi. Tayyor mahsulotni tuyish sexida ham shu tariqa tekshiriladi.
Pishirish sexida texnologik rejimiga (pishirish temperaturasi, materiallarning pech zonalarida bo‘lishi muddatlari), tutun gazlar temperaturasi va tarkibi, yoqilg‘i va pishiriladigan materiallar sifati, pishirish natijalariga qanday rioya qilinayotgani kuzatib boriladi.
Xom ashyo materiallari, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar sifati texnologik jarayonning barcha boskichlarida-xom ashyo zavodga olib kelingan paytdan boshlab tayyor maxsulot jo‘natilgunga qadar tekshirib, kuzatib boriladi.
|
| |