• Hammabop avtomatlar va yarim avtomatlar
  • Ixtisoslashtirilgan va maxsus avtomatlar hamda yarim avtomatlar
  • 15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar




    Download 39.91 Kb.
    bet1/8
    Sana22.12.2023
    Hajmi39.91 Kb.
    #126675
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    15-ma\'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan bosh-fayllar.org
    Kamronbek.loyiha ishi, Signallarni fuksional fazoda tasvirlash Kilichov j 2, 1. Asinxron elektr dvigatellari Asinxron dvigatelning ishlash pr-fayllar.org, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari U-fayllar.org (1)

    15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar

    15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar
    Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar texnologik amalning ishlov berilayotgan zagotovka holatini, shaklini va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan qismini bajaradi, bekorchi yurishlar va ish sikli elementlari ketma-ketligini. boshqarish ishchi tomonidan bajariladi (tugmachalar, dastaklar, maxoviklar va sh.k. yordamida).
    Hammabop avtomatlar va yarim avtomatlar qo‘l bilan boshqariladigan stanoklarga qaraganda yuqori unumdorligi va bir yo‘la ko‘p stanokda ishlashning katta imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Yuqori unumdorlik ayrim ish bajaruvchi va bekorchi yurishlarni bir vaqtga to‘g‘ri keltirish hisobiga ta’minlanadi. Masalan, ko‘p shpindelli (gorizontal o‘qli, ketma-ket harakat qiladigan) hammabop tokarlik avtomatida turli vaziyatlarda kesib ishlash bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi va shu bilan vaziyatlar qo‘shilib ketadi. Shuning uchun sikldagi bekorchi yurishlar davomiyligi vaziyatlardagi ishlovlar vaqtining yig‘indisi bilan emas, balki ulardan eng ko‘p davom etgani bilan o‘lchanadi. Bekorchi yurishlar o‘zaro (supportlarni bir vaqtda yaqin keltirish va uzoqlashtirish) va ish bajaruvchi yurishlar (zagotovkani uzatish va qotirish) bilan qo‘shilib ketadi. Avtomat va yarim avtomatlarni qayta sozlashda (bir necha soat davom etadi) ularning unumdorligi pasayib ketadi, chunki ularning tezkorligi avtomatlashmagan stanoklarnikiga qaraganda ancha past. Shu sababdan hammabop avtomat va yarim avtomatlardan ko‘p guruhli va yalpi ishlab chiqarishda foydalaniladi.
    Ixtisoslashtirilgan va maxsus avtomatlar hamda yarim avtomatlar faqat yalpi ishlab chiqaradigan korxonalarda va uzoq muddat o‘zgarishsiz qoladigan detallarni yasashda qo‘llanadi. Ixtisoslashgan stanoklar shundayki, ularni tor doiradagi bir tur detallarni yasashga moslab olish mumkin. Maxsus stanoklar muayyan turdagi detallardan boshqasini yasay olmaydi. Konstruksiya jihatdan va guruhga kirgan stanoklar hammabop uskunalardan ancha sodda, chunki ish bajaradigan yurishlarni ta’minlaydigan mexanizmlar (bir va ko‘p shpindelli avtomatlarning supportlari, kuch uzatuvchi kallaklar va b.) va bekorchi yurishlarga xizmat qiladigan mexanizmlar (o‘rnatish, burish va qotirish mexanizmlari, tashuvchi qurilmalar va b.) kamayadi. Bundan tashqari, ishlovning optimal tartibini qo‘llash, yuqori bikirligi tufayli esa kesish rejimini ko‘tarish imkoniyati bor. Bularning hammasi mehnat unumini yanada oshiradi.
    Bu guruh stanoklarni mahsulot tez-tez o‘zgarib turadigan sharoitda qo‘llash kerak emas, shunga qaramay, ular ishlashga qodir.

    Download 39.91 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 39.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar

    Download 39.91 Kb.