• 1.Materiallarni sinashning asosiy turlari.
  • 26 –Ma’ruza Mavzu: Korroziyaga chidamlilikni sinash. Reja




    Download 28.96 Kb.
    bet1/5
    Sana06.07.2023
    Hajmi28.96 Kb.
    #76343
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    МАЪРУЗА 26
    27, Maslastiriw.Qabil etiw, 634de0ca0f3b5fba4665b5d4a186791a Yuqori tartibli hosilalar yordamida funks, zakovat, mustaqil-ish, Mustqail ish. Mavzu Katta xajimdagi ma’lumorlar bilan ishlash t, Eksperimental psixologiyaning rivojlanishi, 1 тақырып, 1-Mavzu Ta’lim texnologiyasini tuzilishi Reja, ijci2j3i1212см3л12щ31c12321c123c12c123, xemis-5, 1-tema, tajriba ishi 1, Calculus with Analytic Geometry. Crowell and Slesnick\'s

    26 –Ma’ruza
    Mavzu: Korroziyaga chidamlilikni sinash.
    Reja
    1.Materiallarni sinashning asosiy turlari.
    2. Materiallarni lokal turidagi korroziyalarga mustahkamligini sinash.
    3. Korroziyani monitoring qilish.


    1.Materiallarni sinashning asosiy turlari.
    Materiallarni sinashning asosiy turlari. Korrozion sinashlarning bir qator klassifikatsiyalari mavjud. Amalga oshishi bo‘yicha korrozion sinovlar dala sharoitida, tabiiy va laboratoriya sharoitlarida amalga oshiriladi. Sinashlarning birinchi ikki turi tabiiy sharoitda o‘tkaziladi va katta vaqt talab qiladi (GOST 9.909-86, metall va qotishmalar uchun 3 yil, qoplamali buyumlar uchun 2 yil), shuning uchun ularni ishlab chiqarish sharoitiga tavsiya qilib bo‘lmaydi. Dala sharoitlaridagi sinovlarda materialni korroziyaga chidamliligini qiziqtirgan uzelga qo‘yilgan guvox- namunalar bo‘yicha xulosa chiqariladi.
    Tabiiy tadqiqotlarda apparatlarning (yoki konstruksiyalar, mashina, detallarning) tajriba namunalari sinaladi. Sinovlarning yuqoridagi ikkala turining natijalari ishonchli bo‘lmaydi. Dala sharoitlaridagi sinovlarda guvox namunaga agressiv muhitning ta’siri, xuddi shu ta’sirni sinalayotgan metall konstruksiyaga ta’siri bilan bir xil bo‘lmaydi. Misol uchun harakatdagi suyuqlik oqimiga qo‘yilgan guvox namuna yuzasiga suyuqlik oqimi ta’siri, shu suyuqlikni jihoz yuzasiga ta’siridan farq qiladi (jihozda turg‘un hududlar, kavitatsion effekt va boshqalar bo‘lishi mumkin).
    Ishlab chiqarish sharoitlarida korroziyaga chidamlilikni aniqlash uchun tezlashtirilgan laboratoriya sinovlari bilan kifoyalanadi. Laboratoriya sinovlari natijalarining ishonchliligi real foydalanish sharoitlarini tabiiy sharoitlarga to‘g‘ri kelishi va korroziya bardoshlik mezonlarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Odatda laboratoriya sinovlari tezlashtirilgan sinovlar bo‘ladi (ba’zi hollarda ekspress usuldan foydalaniladi). Tezlashtirilgan sinovlarning afzalligi sinash vaqtidan yutish (soatlarda, ekspress usulda esa minutlarda) va olingan natijani ishonchliligini oshirish uchun sinovni birnecha bor qaytarish imkoniyati mavjudligidir.
    Barcha materiallar detal tayyorlashdan oldin mexanik sinovga tortitiladi.
    Mexanik sinov sanoatda muhim ahamiyatga ega. Metalllarni mexanik sinovdan o'tkazishdan maqsad materiallarning sifat va ishlash ko'rsatkichlarini, xususan, mustahkamligi va egiluvchanligini aniqlashdir. Olingan natijalarga asoslanib, real sharoitlarda metall qismlarning xatti-harakatlari bo'yicha bashoratlar amalga oshiriladi.
    Materiallarni mexanik sinash turlari va usullari.
    Ishlash jarayonida mashina va mexanizmlarning metall qismlari turli xil yuk va ta'sirlarga duchor bo'ladi, ular cho'zilish, siqish yoki kesish xarakteriga ega. Materialning turiga va tekshirish maqsadiga qarab, metallarning mexanik xususiyatlarini sinashning turli usullari qo'llaniladi:
    • statik - namunalar doimiy yoki asta-sekin ortib borayotgan yukga ta'sir qiladi;
    • dinamik - tajriba vaqtida yuk yuqori tezlikda ortadi;
    • tsiklik - yukning yo'nalishi va kattaligi ko'p marta o'zgaradi;
    • texnologik - materiallarning harakati muayyan ish sharoitlarini taqlid qiluvchi maxsus qurilmalarda sinovdan o'tkazilganda baholanadi.

    Download 28.96 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 28.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    26 –Ma’ruza Mavzu: Korroziyaga chidamlilikni sinash. Reja

    Download 28.96 Kb.