3-Joriy nazorat savollari 11-mavzu: Kibermakonda diniy e’tiqod targ‘ibotining ijtimoiy xavfi




Download 114.61 Kb.
bet1/13
Sana30.12.2023
Hajmi114.61 Kb.
#129140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dinshunoslik 3-JN JAVOBLARI
Намуна Курс иши учун, Rivojlanishning kritik davrlari, ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3-14, shaxsiy varaqa, Text types, algoritm, Nutq shakllari, Yangi o\'zbekiston demokratik o\'zgarishlar keng ishlar imkoniyatlar, Абдумадатов Д (1), Ishchi guruh, 1-joriy nazorat Ilmiy sharh yozish (1), Animatorlik xizmatlari Keys va test., algoritm 2, mustaqil ish mavzulari (2), OBIDJON

3-Joriy nazorat savollari
11-mavzu: Kibermakonda diniy e’tiqod targ‘ibotining ijtimoiy xavfi

  1. Kibermakon, kiber terrorizm, kiber zoʼravonlik tushunchalari va ularning mazmun-mohiyati.

  2. Axborot urushi va uning mazmuni. Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda diniy targ‘ibot usullari.

  3. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari.

  4. Ijtimoiy tarmoqlarda diniy axborot ist’emoli madaniyatini tarbiyalashning zarurati.

XXI asr axborot asri deb e’tirof etilayotgani bejiz emas. Insoniyat tarixida ma’lumotning muhimlik darajasi bu kabi yuqori cho‘qqilarni zabt etmagan edi. Insonlarni yangi bilimlarni egallashga qiziqishi tobora ortib borayotgan globallashuv jarayonida ijtimoiy ongni zaharlashga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruvini izdan chiqarishga urinishlar tobora ortib bormoqda. Bunda yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday jarayonlarni amalga oshirishda esa kibermakon qulay muhit manbaiga aylanib ulgurgan.


Kibermakon dunyo kompyuter tarmoqlarining «virtual» umumiy majmui. Ushbu atama 1984 yilda Uilyam Gibsonning «Neyromant» («Neuromancer») romanida qo‘llanilgan, hozir esa global axborot makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, «chatlar», turli onlayn bahslar, kompyuter aloqasi kibermakonda amalga oshirilmoqda. Virtual voqelikka kirib borishning zamonaviy vositalari sifatida quyidagilarni aytish mumkin: internetga chiqish imkoniyati mavjud mobil telefonlar; onlayn pultli o‘yinlar; video qurilmalar; tarmoqdan tashqarida foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotlar. Bu kabi vositalar kibermakondan erkin foydalanish imkonini yaratish bilan bir vaqtda, mazkur makondagi xavf-xatarlarning ko‘z ilg‘amas darajada yuqoriligini anglatadi.
Qayd etish lozimki, kibermakonda diniy jarayonlar ko‘rinishlari quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: muloqot, ma’lumot, ta’lim, tajriba, amaliyot, missionerlik, marketing, shifo va boshqalar.
Internet imkoniyatlari insonlarning muloqotga kirishish va muayyan maqsaddagi fikrlar almashinuvidagi ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lana olish imkonini beradi. Dastlab tashkil etilgan jamoalar orasida Vikkanlar va neomajusiylar kabi noan’anaviy internet guruhlar bo‘lgan. Xaydi Kempbell tomonidan xristian jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, insonlar onlayn jamoalarga muloqotga kirishish maqsadida a’zo bo‘ladilar. Bir qator olimlar virtual muloqotning xarakteriga bog‘liq muhim masalalarni ko‘targanlar. Uni shunchaki «ijtimoiy hayotning illyuziyasi» yoki «offlayn» dunyoda jamoalarning yaxshilanishiga olib keluvchi vosita sifatida e’tirof etganlar.
Yetakchi diniy tashkilotlar ham hozirgi kunda a’zolar va a’zo bo‘lmaganlar orasida kompyuterlashtirilgan ma’lumot olishga ehtiyojning ortganini ta’kidlamoqda. Diniy ma’lumotlarni tarqatishda elektron diniy ma’lumot tarqatuvchi «bloggerlar» yoki «bloglar» kompyuterlashtirilgan muloqotning muhim jihati hisoblanadi. Jadal suratlarda «podkastlar», veb-saytdan MR3 pleer, «i-Pod»larga yuklanayotgan audiodasturlar, xususan, ma’ruzalar ommalashmoqda.
Avvallari tanqis, keng tarqalmagan muqaddas matnlar va undan keyingi o‘rinlarda turuvchi ma’lumotlar endilikda omma e’tiboridagina emas, balki istalgan kishi uchun veb saytlardan yuklab, ta’lim olish imkoniyati mavjud.
Internetning «liminal makon»i ma’naviy yoki diniy tajribaga (absorbsiya, asketlik, eskapizm, yagonalik, muloqot) yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi kunda ofisda faoliyat yurituvchilar hayot tarziga monand 10 daqiqali ma’naviy mashqlar tajriba orttirishga imkon beradi. Zamonaviy sufiylar internet orqali bunday aloqalar vositasida murshid va murid o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yaxshilanayotganini e’tirof etadilar. Internet-radio kabi yangi texnologik imkoniyatlar yordamida tinglovchilarni «psixonavigatsion sayohatga» chorlaydilar.
Kompyuter-media vositalari diniy amaliyotga chuqur singib ketishi natijasida kibermakon muhim rituallar maydoniga hamda muayyan dinga targ‘ib qilish manbai va vositasiga aylangan. Bundan tashqari jamiyatdan uzoqlashgan ma’lum bir yoshlar va ayollarni kiber-ma’naviyat rasmiy ibodatxonalardan ko‘ra ko‘proq o‘ziga jalb etadi. Amaliy so‘rovlar esa mazkur jarayonlar kelajakda yoshlarni qamrab olishini ko‘rsatgan. Ammo ba’zilar internet jonli, ta’sirchan ma’ruza bilan bellasha olmasligini ta’kidlaydi. Shuningdek, onlayn-jamoalar tez suratlar bilan o‘zgarayotgan dunyoda «to‘g‘ri yo‘l»da bo‘lishning amaliyoti qanday bo‘lishiga oid savol va mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim «maydon»ga aylandi.
Umumiy olganda kibermakon vaqt va makon chegarasini bosib o‘tish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy qiyinchiligi yoki jismoniy kamchiligi mavjud bo‘lgan ma’lum diniy amallarni amalga oshirish imkoniyatini oshiradi.
Muloqotga kirishishning yana bir ko‘rinishi bo‘lgan missionerlik, ma’lum diniy ta’limning o‘sishi va ta’siri doirasining kengligi bois alohida ko‘rib o‘tish zarur. Bugungi kunda din va e’tiqod erkinligi huquqi eng bahsli masaladir. Muammoli jihati shundaki, yangi murojaat qilganlarni dinga targ‘ib qilinishi agressiv ruhda amalga oshirilayotgani bilan belgilanadi.
Muqaddas matnlarning marketingi internet orqali katta biznesga aylandi. Diniy va ma’naviy ehtiyojga mos keladigan barcha narsani sotib olish mumkin. Diniy tanishuv saytlarida esa qalban mos insonni topish oddiy bosqichlarda amalga oshiriladi.
Kompyuter media vositalarida kasalliklarga davo va muammolarga yechim topish keng rivojlanmoqda. Guru, yevangelistlar, maslahatchi ekstrasenslarga duoli so‘rov yuborish yoki diniy va amaliy muammolarga javob topish mumkin. Bunga ko‘pchilikni murojaatning anonimligi va kuchli diniy yetakchining ishtiroki jalb etadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jarayonlar internet bugungi kundalik turmushimizga qay darajada chuqur singib borganini namoyon qilmoqda. Tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida ma’lumotning mazmuni va strategiyasini tahlil qilish muhim. Chunki, bunday xurujlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligi hech kimga sir emas. Axborot xurujlari va kiber tahdidlardan himoyalanish, o‘z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh bo‘lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o‘zi talab etadi. Axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy oqibatlaridan xabardor etish muhim.
Insonlararo o‘zaro munosabatlardagi xar qanday ziddiyat – bu, axborotlar ziddiyatidir. Axborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo‘lib, u nafaqat, to‘qnashuv paytida optimal xatti-harakatlarni amalga oshirish, balki, maqsadga yo‘nalgan faoliyatni boshqarish imkonini beradi. Tizim mavjudligi va barbod bo‘lishini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi.
Qadim davrlardan buyon axborotni o‘zaro urush va nizolar jarayonida hujum uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin etishga urinishlar bo‘lib keladi. Biroq hozirga kelib ilmiy doirada «axborot urushi» kategoriya sifatida rasmiylashdi. Bunday urushlarning mohiyatini anglashga doir metodologik yondashuvlar, nazariyalar shakllandi. Bunday sharoitda axborot dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, «axborot urushi» deb nomlanayotgan faol kurash shakli paydo bo‘lmokda.
Bugungi kunda axborot urushlari haqida ko‘p yozilmokda. Bu tushunchaning paydo bo‘lish tarixi, ilk marotaba ko‘llanilishi haqida turli, ba’zida bir-biriga zid fikr-mulohazalar mavjud. Ularga alohida ravishda to‘xtalmagan holda, bu boradagi ayrim nuqtai nazarlarga e’tiborni qaratish joiz. Manbalarda ta’kidlanishicha, «axborot urushi» atamasi ilk bor 1976 yil «Boeing» kompaniyasi uchun tayyorlangan «Qurol tizimi va axborot urushi» deb nomlangan hisobotda Tomas Rona tomonidan ishlatilgan. Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi AQSh iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot sohasi ham urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.
T.Rona tomonidan ilgari surilgan ushbu g‘oya harbiylar ommaviy axborot vositalari xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi, bu borada ilmiy tahlillar, intervyular, chiqishlar avj oldi. 1980 yillarga kelib esa jamoatchilikda axborotning maqsad hamda qurol, vosita sifatida namoyon bo‘lishi haqida yagona xulosa shakllandi.
«Sovuq urushi»ning nihoyasi va AQSh oldida yangi vazifalar paydo bo‘lishi bilan «axborot urushi» atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi. 1991 yil «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi.
1996 yil Pentagon eksperti Robert Banker AQSh mudofaa kuchlarining XXI asr uchun yangi harbiy doktrinasiga bag‘ishlangan ma’ruza qiladi. Unda mutaxassis harbiy harakatlar teatrini an’anaviy harbiy makon hamda kibermakondan iborat ikki muhim asoslarda tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Boshqacha aytganda, R.Banker raqib harbiy kuchlarini bostirish, neytrallashga qaratilgan an’anaviy harbiy konitsepsiyalarning tabiiy to‘ldiruvchisi sifatida xizmat qilishi zarur bo‘lgan «kibermanyovr» doktrinasini taklif etadi. Shu tariqa, quruqlik, dengiz, havo yo‘llaridan tashqari harbiy harakatlar tizimiga «infomakon» – axborot makoni ham qo‘shiladi. Bunday yangi shakl va mazmundagi urushlarda raqib tomonning axborot infratuzilmasi va ruhiyati asosiy ob’ekt (nishon) bo‘ladi.
1998 yil oktabrda AQSh mudofaa vazirligi «Axborot operatsiyalarining birlashgan doktrinasi»ni amalga oshirishga kirishdi. Aslida, ushbu doktrina avval «Axborot urushining birlashgan doktrinasi» deb nomlangan edi. Keyinchalik uning nomi o‘zgartirildi. Bunga sabab esa, «axborot operatsiyalari» va «axborot urushi» tushunchalarining o‘zaro munosabatiga oydinlik kiritish edi. Shu tariqa axborot operatsiyasi – o‘z axborot tizimlarini himoya qilish jarayonida raqib tomonning axborotni to‘plash, qayta ishlash, uzatish va saqlash borasidagi ishlarini murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakat; axborot urushi esa, qarama-qarshi tomonning siyosiy va xarbiy boshqaruv tizimi hamda rahbariyatiga qaratilgan kompleks ta’sirlar, axborot operatsiyalari majmui, deb ta’riflandi. Bunday ta’sirlar orqali tinchlik va urush holatlarida raqib tomon rahbariyatini informatsion ta’sir o‘tkazayotgan tomonga maqbul qarorlar qabul qilishiga erishish maqsadi ko‘zlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani ta’minlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni ifoda etadi. Bunda raqib tomon axborot tizimlariga ta’sir o‘tkazish bilan bir vaqtda o‘z axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.
Axborot sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni uzluksiz to‘plash, qayta ishlash va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Bunday qobiliyat, o‘ziga xoslik esa, raqib tomonga xuddi shunday xatti-harakatlarni amalga oshirishda to‘sqinliklar qilish, qarshiliklar ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, axborot sohasidagi ustunlik harbiy holat haqida real tasavvurga, raqib xatti-harakatlarining aniq va interfaol manzarasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi ko‘plab davlatlar siyosatining ystuvop yo‘nalishiga aylangan. Bu borada davlatlar tomonidan axborot agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy madaniyat ekspansiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan bog‘liq keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish, axborot almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari majmui shakllantirildi. Jumladan, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida «Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan» – degan qoida o‘z aksini topgan.
Hozirda mazkur yo‘nalishdagi konunchilik amaliyoti boshqa davlatlar siyosatida ham keng o‘rin egallagan. Zero, axborot xurujlari avj olib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega» bo‘lgan bugungi kunda axborot sohasi bilan bog‘liq jarayonlarga alohida e’tiborni qaratish – inson, jamiyat va davlat ma’naviy-madaniy xavfsizligi va barqarorligining muhim shartidir.
Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo‘lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma’naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. «Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo‘l urgan bo‘lasan, kerak bo‘lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi. «Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman», - deb yozgan edi siyosiy arboblardan biri. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy ekstremistik oqimlar ham jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab ish yuritmoqda deyish mumkin.
Qayd etish lozimki, so‘ngi yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi keskin rivojlanish insonlar bilan aloqa o‘rnatish va aloqalarni mustahkamlashning yangi usullarini yaratdi. Bu o‘zining mustaqil fikriga ega, texnika imkoniyatlaridan o‘z o‘rnida foydalanuvchilar uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi. Shu bilan bir qatorda, internet makonining turli o‘yinlar va videolar bilan boyitilgani dunyoqarashi shakllanayotgan, o‘yinqaroq bolalar va o‘smirlar uchun kundalik normal voqelik bo‘lsa, boshqalarga tashvish o‘chog‘iga aylandi.
Internet tomonidan dastlabki taqdim etilgan imkoniyatlarda avvalo texnologik uzilishlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Vaqt o‘tishi bilan «butun dunyo o‘rgimchak to‘ri» inson ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli mazmundagi axborotlar, ko‘ngilochar dasturlar orqali qulayliklar yaratdi. Bu esa o‘z navbatida internet hayotini ommalashuviga olib keldi. Albatta, yaratilgan bunday imkoniyatlar o‘z maqsadlariga yetishish uchun mutaassib oqimlar tomonidan ham keng foydalanilmoqda. Jumladan:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 114.61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Joriy nazorat savollari 11-mavzu: Kibermakonda diniy e’tiqod targ‘ibotining ijtimoiy xavfi

Download 114.61 Kb.