• Tayanch so‘z va iboralar
  • 3-mavzu. Buldozer reja




    Download 2.62 Mb.
    bet1/3
    Sana15.01.2024
    Hajmi2.62 Mb.
    #138059
      1   2   3
    Bog'liq
    Маруза№3
    235-238, TOK SIMIN JERGE JALG’AW

    3-MAVZU. BULDOZER
    REJA:

    1. Buldozerlar. Ularning tasniflanishi va tuzilishi.

    2. Buldozerlarni tanlash va xisoblash.

    3. Buldozerlarni tortish kuchini xisoblash.

    4. Ish unumdorligini aniqlash.



    Tayanch so‘z va iboralar: buldozer, pichoqli ag‘dargich, brus, rama, parametr, ish unumdorligi.

    Buldozer, pichoqli ag‘dargich, brus yoki rama ko‘rinishidagi suruvchi kurilma va ag‘dargichni gidravlik boshqarish sistemalarini uz ichiga olgan, gusenisali yoki pnevmogildirakli baza traktorlarning osma uskunalaridan iborat. Ular I –IV kategoriyadagi xamda oldindan yumshatilgan qoya va muzlagan gruntlarni kavatlab kazib olish va surishda qo‘llaniladi. Buldozerlar yordamida qurilish maydonlarini tekislash, ko‘tarmalar qilish, turli cho‘qurlar kovlash, tog‘ bagirlarida terrasalar tayyorlash, boshqa mashinalar tashidigan tuproqlarni tekislash, poydevor va kommunikatsiyalar uchun xandaklar qazish, cho‘qurlar, xandaklar va bino poydevori atrofini tuldirish, atrofni qor, tosh, mayda daraxtlar, butazor va changalzorlardan, to‘nka va qurilish axlatlaridan tozalash va boshqa ishlar bajariladi.



    D6R seriya Buldozer
    Ish jixozi – otvalning urnatilishiga ko‘ra buldozerlar ikki xil bo‘ladi: otvali burilmaydigan (oddiy) ya’ni otvali traktorning buylama o‘qiga doimo perpendikulyar vaziyatda o‘rnatilgan buldozerlar va otvali buriladigan (universal) buldozerlar, buning otvali gorizontal tekislikda ikkala tomonga xam 50 - 650 gacha xamda traktorning buylama o‘qiga nisbatan 900, ba’zan esa vertikal tekislikda xam ikkala tomonga 3 - 80 buriladigan vaziyatda urnatish mumkin.

    1. Polusfericheskiy 2. Sfericheskiy 3. Pryamoy 4. Universalnыy
    Buldozerlarning ish sikli quyidagicha: mashina oldinga xarakatlanayotganda ag‘dargich boshqarish sistemasi yordamida gruntga botib kiradi, pichogi bilan grunt qatlamini kirkib, surib uz oldida grunt prizmasi xosil kiladi va uni yer sirti buylab sudrab bushatadigan yoki saklanadigan joyga olib boradi. Gruntni to‘qkandan sung ag‘dargich transport xolatiga ko‘tarilib, mashina yana grunt olish joyiga qaytib keladi va sikl takrorlanadi.
    Buldozerlarning asosiy parametrlariga ag‘dargichning balandligi N va zunligi L, asosiy qirqish burchagi , ag‘dargichning ketingi burchagi , ag‘dargichning ko‘ndalangiga qiyalatish va planda burilish burchaklari (ag‘dargichi buriladigan mashinalarda), ag‘dargichning buldozer tayanch yuza satxidan ko‘tarilish balandligi h1 ag‘dargichning buldozer usha yuza satxidan tushish chuqurligi h2 kiradi. Ag‘dargichning pastki kirrasiga ishkalanishga bardoshli kotishmadan iborat, almashadigan ikki tigli kirkuvchi pichoqlar (yon tomoniga ikkita va o‘rtasiga bittadan) o‘rnatilgan. Yuqori qismining o‘rtasiga esa tuplangan tuproq to‘qilmasligi uchun koziryok o‘rnatilgan bo‘ladi.
    Buldozerning burilmaydigan ag‘dargichi ikkita suruvchi brus ko‘rinishidagi suruvchi kurilmaga sharnirli maxkamlangan, bruslarning ketingi uchlari baza mashina yuritish kurilmasining tusinlariga sharnirli biriktirilgan.
    Buldozerning buriladigan ag‘dargichi universal suruvchi rama 5(1-rasm) ga maxkamlangan, bu ramaga ag‘dargichdan tashkari turli gidravlik boshqariladigan, almashib ishlaydigan uskunalar - buta keskich, daraxt yikitgich, to‘nka kovlagich, qor tozalagich va boshqalar urnatilishi mumkin. Buriluvchi ag‘dargich suruvchi rama bilan ag‘dargichning baza mashinaga nisbatan burilishiga imkon beradigan markaziy sharli sharnir 7 va ikki yon tirgaklar 6 orqali boglangan bo‘ladi.
    Gusenisali buldozerlar texnologik imkoniyatlarni anchagina oshiradigan kushimcha tez almashadigan ish uskunalari bilan jixozlanadi.
    Buldozer ishlagan paytda quyidagikuchlar xosil bo‘ladi (2-rasm): gruntni qirqishga bo‘lgan qarshilik kuchi Rr, ish jixozini gruntga kiritishga qarshilik kuchi Rp, grunt sudraluvchi prizmasining grunt bo‘yicha ishkalanish kuchi Rpr, ag‘dargich qirqish kirrasining ishkalanish kuchi Rtr1 xamda grunt ag‘dargich bo‘yicha xarakatlanganda xosil bo‘ladigan ishkalanish kuchi Rtr2. Buldozerning xarakat o‘qi buylab yunalgan mana shu kuchlarning yig‘indisi buldozerning ilashish bo‘yicha tortish kuchi Ts dan kichik bo‘lishi kerak.
    Buldozerning gruntni qirqish va surishdagi ish unumdorligi (m3/soat):
    Pre = 3600. Vgr . ky . kn . kv /Ts ,
    bu yerda, Vgr - ag‘dargich oldidagi sudraluvchi grunt prizmasining geometrik xajmi, m3;
    Vgr = L . H2 . kn /(2.tg. kyu),
    bu yerda, L, H - ag‘dargichning uzunligi va balandligi, m;
     - xarakatdagi gruntning tabiiy qiyalik burchagi = 20 ... 500;
    kn - sudraluvchi prizma geometrik xajmining grunt to‘lish koeffisiyenti (kn= 0,85 ... 1,05);
    kyu - gruntning yumshatish koeffisiyenti (kyu =1,1 ... 1,3);
    ku - ish unumdorligiga uchastka qiyaligining ta’sirini xisobga oluvchi koeffisiyent (ko‘tarilishda ishlaganda ku = 0,67 ... 0,4 ga kamayadi, nishablikda ishlaganda ku = 1,35 .... 2,25gacha ortadi);
    kv - buldozerdan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffisiyenti (kv = 0,8 ... 0,9);
    Ts - sikl davomiyligi, s;
    Ts = lk /vk + lc /vc + lo /vo + tp,
    bu yerda, lk, ls va lo= lr+ lp - qirqish, surish va buldozerning qaytib kelish masofalari, m;
    lr = Vgr /S,
    bu yerda S =L . C - kirkiladigan grunt qatlamining yuzi, m2;
    S - kirkiladigan grunt qatlamining o‘rtacha kalinligi, m;
    vk, vs, vo - traktorning gruntni qirqish, surish va qaytib kelishdagi xarakat tezliklari, m /s; tp - sikl davomida uzatmalarni almashtirish uchun sarflangan vaqt (tp = 15 ... 20).
    Gruntni qirqish soatiga 2,5 ... 4,5 km, uni surish esa 4,5 ... 6 km xarakat tezligida bajariladi.
    Ag‘dargichi buriladigan buldozerning tekislash ishlaridagi ish unumi, m3/soat:
    PPe = 3600. l(L.sin - 0.5).kv /[n(l /v + tP)],
    bu yerda, l - tekislanadigan uchastkaning uzunligi, m; - ag‘dargichni planda joylashtirish burchagi, grad; 0,5 - buldozer utishlar yo‘lining o‘zaro beqitilib ketishi; n - buldozerning bir joydan utishlar soni; v - buldozerning xarakat tezligi, m /s.
    Ag‘dargichi buriladigan buldozerning tekislash ishlaridagi ish unumi, m3/soat:
    PPe = 3600. l(L.sin - 0.5).kv /[n(l /v + tP)],
    bu yerda, l - tekislanadigan uchastkaning uzunligi, m; - ag‘dargichni planda joylashtirish burchagi, grad; 0,5 - buldozer utishlar yo‘lining o‘zaro beqitilib ketishi; n - buldozerning bir joydan utishlar soni; v - buldozerning xarakat tezligi, m /s.

    Download 2.62 Mb.
      1   2   3




    Download 2.62 Mb.