|
5-mavzu: didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida reja
|
bet | 1/10 | Sana | 03.04.2023 | Hajmi | 2.11 Mb. | | #48421 |
Bog'liq 5-Mavzu Umumiy pedagogika # GAZ QONUNLARINING YARATILISHI, Elekromagnit induksiy xodisalari.doc, Pedagogik faoliyat, Determinat, matrisa, Mustaqil ish mavzulari Nyuton qonunlarini ta’riflang va formulal, 1- YARIM YILLIK TEST 7-SINF, Ikkinchi Sharq Uyg\'onish davri - Zohidov Muhammadsulton, Klassik mektepke alternativ táliymatlar. XIX ásirdiń birinshi yariminda izertlew ilimiy kontsepsiyalarınıń qáliplesiwi, Itimallar teoriyası. Tosınmalı shamalar., fizikavij-kimyovij olchashlar, 1 Kompyuterda axborotlarni tasvirlash, ishchi dastur 2021 elektronika va sxemalar2 (2), DTTL Norov, offer uz
5-MAVZU: DIDAKTIKA - PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA
Reja:
- Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning asosiy kategoriyalari
- Zamonaviy ta’lim paradigmalari. O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari
- O‘qitish jarayoni bosqichlari. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
- Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Tayanch tushunchalar: jarayon, pedagogik jarayon, pedagogik tizim, yaxlit yondashuv, komponent, yaxlit pedagogik jarayon, qonuniyat, tamoyil, didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’ lim paradigmalari, ta’ lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
- Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi “ta’lim nazariyasi” ma’nosini anglatadi. Didaktika “yunoncha” so‘zdan olingan bo‘lib, “didacticos” - o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini bildiradi.
Didaktika - ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi.
Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida `Buyuk didaktika` asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy `hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati` deb tushuntirdi.
“Didaktika” atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening “Didaktika yoki ta’lim san’ati” (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo‘llanilgan.
Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” (1657-yil) asarida ochib berilgan.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
|
| |