• Bosh harakat yuritmasi bevosita kesish jarayonini ta’minlaydi. Surish harakatlari yuritmalari
  • 5-mavzu: micht dastgohlari yuritmalari turlari. Bosh harakat yuritmalari




    Download 320,11 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana23.09.2024
    Hajmi320,11 Kb.
    #272058
      1   2   3   4
    Bog'liq
    5-MAVZU MICHT DASTGOHLARI YURITMALARI MICHT va AL



    5-MAVZU: 
    MICHT DASTGOHLARI YURITMALARI 
     
    1. MIChT dastgohlari yuritmalari turlari. 
     
    2. Bosh harakat yuritmalari.
     
    3. Surish yuritmalari. 
     
     
    Dastgoh ishchi organining harakatini ta’minlovchi mexanikaviy, elektrik, 
    gidravlik, elektron va boshqa qurilmalar dastgoh yuritmasini tuzadi. Vazifasiga 
    qarab dastgohlarda bosh harakat, surish va yordamchi harakat yuritmalari mavjud.
    Bosh harakat yuritmasi
    bevosita kesish jarayonini ta’minlaydi. 
    Surish harakatlari yuritmalari
    zagotovka yoki kesish asbobni kesish 
    zonasi ichida harakatini ta’minlab beradi. 
    Yordamchi yuritmalar 
    zagotovkalar, detallar, kesish asboblarning 
    yordamchi harakatlari, asbob magazinlar va stollarning burilishini, sovutish 
    suyuqliklarni uzatish va boshqa harakatlarni ta’minlaydi.
    Har bir yuritmaga qo’yiladigan talablar uning vazifasiga bog’liq. 
    Bosh harakat yuritmasidan doimiy quvvatni (N
    e
    = const) ta’minlab berish 
    talab etiladi, chunki shpindelning kichik chastotalarida asosan katta kuchni talab 
    etadigan kuchli kesish amalga oshiriladi, baland aylanish chastotalarida esa kichik 
    kesish kuchni talab etadigan toza ishlov berish bajariladi. Bunda shpindelning 
    chastotalarini rostlash diapazoni 100dan oshmaydi (D 
    shp 
    ≈ 100). 
    Surish harakati yuritmalaridan asosan doimiy moment bilan rostlanish talab 
    etiladi (M = const). Surish mexanizmlarida yuritmaning asosiy kuchi ishchi 
    organning surilishi chog’idagi ishqalanish kuchlarni yengishga sarflanadi. Surish 
    yuritmalaridan o’ta keng surishlar diapazonini (D

    ≥ 10000) ta’minlab berish talab 
    etiladi, chunki raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda minimal surilish 
    boshqarish diskretligi hamda teskari aloqa bilan belgilanadi. Yuritma tomonidan 
    faqat har bir diskretani amalga oshirish orqali yuqori aniqlik va yuzaning tozaligiga 
    erishish mumkin. Bundan tashqari surish yuritmalari tez harakatlarni yuqori 


    tezlikda amalga oshirishi va tezlikni olish hamda to’xtashda tez ishlaydigan 
    bo’lishi kerak. 
    Yordamchi yuritmalar kesish jarayonida qatnashmaydi va ulardan katta 
    rostlash diapazoni va tez ishlash ko’p holatlarda talab etilmaydi. 
    Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda mexanikaviy, gidravlik, 
    pnevmatik va elektrik yuritmalar qo’llanishi mumkin. 

    Download 320,11 Kb.
      1   2   3   4




    Download 320,11 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: micht dastgohlari yuritmalari turlari. Bosh harakat yuritmalari

    Download 320,11 Kb.
    Pdf ko'rish