• Amaliy ishining maqsadi va mazmuni
  • Amaliy ishining maqsadi va mazmuni




    Download 331.38 Kb.
    Sana26.02.2024
    Hajmi331.38 Kb.
    #162601
    Bog'liq
    1-amaliy ish
    2-amaliy mashg’ulot, 24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2-маъруза, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
    Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi

    Raqamli biznes modellar fanidan


    Amaliy darsi

    Mavzu: “Raqamli biznes modellar“ faniga kirish.


    Tuzuvchi: Yuldosheva Z.S

    Samarqand-2024

    1-amaliy dars
    Mavzu: “Raqamli biznes modellar“ faniga kirish.
    Amaliy ishining maqsadi va mazmuni: Talabalarga Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, Raqamli biznes, biznes modellar haqida tushuncha berish.
    Qo‘llaniladigan jihozlar va materiallar:O’quv materiali, kompyuter, proyektor.
    Amaliy dars rejasi:
    1.Raqamli biznes modellar fanning mazmuni, mohiyati, maqsadi va vazifalari.
    2.Raqamli iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy unsurlar.

    1.1. Raqamli biznes modellar fanining mazmuni, mohiyati, maqsadi va vazifalari.


    Raqamli texnologiyalarning kundalik hayotimizga kirib borishi biznesning odatdagi biz bilgan chegaralari va imkoniyatlarini kengaytirmoqda, ular butun bir tarmoqlarni o'zgartirmoqda va yangi bozorlar ochmoqda. Katta kompaniyalar raqamli texnologiyalardan foydalangan holda bozorni o'zgartira oladigan yangi bozor ishtirokchilari paydo bo'lishini va ularga mablag’ kiritishni kutmoqdalar. Tajriba shuni ko’rsatadiki, har bir yangi texnologiya va biznes modellar yangi bozorlarni kashf etishi va mavjudlariga qaqshatqich zarba berishi mumkin.

    Gartner raqamli biznesni jismoniy va raqamli olamlarni bog'laydigan yangi biznes modellarining paydo bo'lishi deb ta'riflaydi. Turli iqtisodiy tarmoqlar, jumladan, bank, telekommunikatsiya sohalari va chakana savdo allaqachon o'z bizneslarini raqamli modellar asosida o'zgartirmoqda, ta'lim, tibbiyot sohasi va boshqa sohalarni esa raqamli texnologiyalarsiz tassavur etib bo’lmaydi.

    Raqamli biznes modellari telekommunikatsiya, transport, reklama, elektron tijorat, avtomobilsozlik, sug'urta va boshqa ko'plab sohalardagi ko’p yillik yirik kompaniyalarga jiddiy raqobatchi bo’lmoqda. Kuni kecha O’zbekistonda yangi raqamli Anor bank bank ochilishini misol qilishimiz mumkin. Ushbu bank O’zbekistonda jismoniy offislarsiz xizmat ko’rsatadigan ilk bank bo’lishi kutilmoqda.
    Biznes model bu kompaniya mijozlarni qanday orttirishidan qanday mahsulot/xizmatlarni taqdim etishigacha bo’lgan jarayonlarni qamrab olishi mumkin. Raqamli biznes modellari raqamli texnologiyalar yordamida biznesning qiymatini oshirishga xizmat qilganidagina foydali bo’ladi. Raqamli biznes modellari to’g’risida bir nechta noto’g’ri tushunchalar mavjud. Ko’pchilik raqamli biznes modellarini o'zlari uchun innovatsiya deb o'ylashadi. Biroq, ko'p hollarda innovatsiyalar mavjud biznes modellaridagi jihatlarni yaxshilash va foyda keltirishga yo’naltirish orqali sodir bo'ladi. Ma’lum bir formuladan emas, balki sinovdan o'tkazilishi kerak bo'lgan turli jarayonlar, tarkibiy qismlardan iborat tizim deyish mumkin.

    Biznes modellarni turli unsurlar, jarayonlar, bozorlar va resurslarni hisobga olgan holda yaratish talab etiladi. "Innovatsion" biznes model bu ko'pincha vaqt va turli usullarninng kombinatsiyalari natijasidir va bunday biznes modellar dinamik bo’lishni talab qiladi. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, mahsulot/xizmat raqamli bo’lishini o’zi kifoya emas. Oddiy misol, elektron kitob yaratib uni Internetda sotish va bu biznesni raqamli biznes deb atash mumkinmi? Albatta, bu raqamli biznes emas, raqamli mahsulot, ammo sizning mahsulotingiz raqamli ravishda yetkazib berilishi uni raqamli biznesga aylantirmaydi. Yana bir nechta tarkibiy qismlarni hisobga olish ham kerak.


    Agar Google singari biznes modelga ega kompaniyalarga qarasak, uni boshidan murakkab platforma bo’lgan deb o’ylashingiz mumkin. Biroq, Google hozirgi biznes modelini yaratish uchun bir nechta innovatsion bloklarni yaratishi va birlashtirishi kerak bo’lgan. Misol uchun Google AdWords va Adsense ishlab chiqquniga qadar bir necha yil talab etilgan. Dastlab, Google shunchaki an'anaviy bizneslar singari sotuvchilardan foydalanadigan model asosida qidiruv sahifalarida reklama uchun shartnomalar tuzgan. Nihoyat, Google o'zining ikkita asosiy reklama platformasini ishga tushirishi ortidan (AdWords, hozirda Google Ads va AdSense), biznesining o'sishi trafik o'sishi bilan birga ko'tarildi. Yana bir misol, ko’pchilik Netflixni bilmasligi mumkin. Bu kompaniya AQSH bozorida eng mashhur video strimming(multimedia uzatish) platformasi hisoblanadi. Netflix yetakchi platformga aylanishi uchun o'nlab yillar vaqt ketdi. Netflix bundan oldin asosan DVD-ijarasi kompaniyasi edi. DVD-ijarasi, 2019 yilda, Netflix umumiy daromadlarining ikki foizidan kamini tashkil etmoqda (Qiziqarlisi shundaki, kompaniyaning 2019 yilga kelib ikki milliondan ortiq DVD xizmati foydalanuvchilari mavjudligi to’g’risida xabar qilindi). Shunga qaramay, video oqimni yo’lga qo’yish texnik jihatdan imkoni bo'lganida, Netflix o’z biznes modelini rivojlantirib, kompaniyani DVD ijaraga emas, balki boshqa bozorga (video strimminga) transformatsiya qildi.
    1.2. Raqamli iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy unsurlar.
    Hozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlari uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dolzarb masalaga aylangan. Raqamli iqtisodiyot oʻzaro bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat boʻlib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, maʼlumot markazlariaro) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan maʼlumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli koʻrinishdagi maʼlumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish o’rinlarini yaratadi, jadal iqtisodiy oʻsishga imkon beradi va milliy mustaqillikni taʼminlaydi.
    Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshirish tizimidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.

    1995-yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu terminni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha qoʻllamoqda. 2016-yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta maʼruza eʼlon qildi (“Raqamli dividendlar” hisobotidan).

    Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim boʻlgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish deganidir.

    Belgilari:





      • yuqori darajada avtomatlashtirilganlik; elektron hujjat almashinuvi;




      • buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi; maʼlumotlar elektron bazalari;




      • CRM (mijozlar bilan oʻzaro munosabat tizimi) mavjudligi; korporativ tarmoqlar.




    • Toʻlovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yoʻlkira va boshqa resurslar tejaladi).



    • Tovarlar va xizmatlar haqida koʻproq va tezroq maʼlumot olinadi.



    • Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.



    • Feedback (isteʼmolchi fikri) ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.



    • Tezroq, sifatliroq, qulayroq.

    1.3. Internet buyumlarining raqamli iqtisodiyotdagi roli.


    Hozirgi kunda dunyoda katta texnologik o'zgarishlar yuz bermoqda va ular internet buyumlari (IB) atrofida sodir bo’lmoqda. Internet buyumlari - bu bir-biriga bog'liq bo'lmagan narsalarni bog’lashdir. Hozirda dunyodagi aksariyat ob'ektlar kompyuter tarmog'iga ulanmagan, ammo bu paradigma tez o'zgarib turadi. Atrofimizdagi ilgari bir-biriga bog'lanmagan ob'ektlar boshqa narsalar va odamlar bilan aloqa qilish qobiliyatiga ega bo'lib, bu o'z navbatida kundalik hayotda yangi xizmatlar va samaradorlikni keltirib chiqaradi. Bu Internet buyumlarning asosiy sharti hisoblanadi.

    Nafaqat insonlar, balki insoniyatning kashfiyoti hisoblanmish turli xil maishiy texnikalar ham hozirgi kunda Internetdan foydalanmoqda. Shu sababli ham axborot texnologiyalari sohasiga «Internet buyumlari» atamasi kirib keldi.

    «Internet buyumlari» - bu texnologik o'tish, bu esa moslamalarni aqlli qilib, ularni tarmoqqa ulash orqali dunyoni sezish va boshqarishimizga imkon beradi. Internet buyumlarining asosiy sharti va maqsadi "aloqasizlarni bog'lash" dir. «Internet buyumlari» konsepsiyasi hamda atamasi dastlab, 1999-yil Massachusets texnologiya instituti xodimi Kevin Ashton tomonidan ilgari surilgan. Uning fikriga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari: choynak, muzlatgich, dazmol singari maishiy texnikalardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnikalar: ko‘cha chiroqlari, avtomobil to‘xtash joylari va shahar xavfsizlik xizmatlari hamda tibbiyotda qo‘llanilib kelayotgan zamonaviy texnologik qurilmalargacha bo‘lgan sohalarni ham Internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Mazkur sohalarning Internet qamrovi deganda, inson ishtirokisiz buyumlarning o‘zaro Internet orqali muloqot qila olishi nazarda tutilgan.

    1999-yil Massachustes texnologiya institutida «Avtomatik identifikatsiya Markazi» (Auto-ID Center) radiochastotali identifikatsiya va yangi sensor texnologiyalari tashkil qilindi. Ushbu markaz bo‘limlaridan biri Cisco IBSG (Internet Business Solutions Group) fikricha: «Shunday vaqt bo‘ladiki, Internetga ulangan buyumlar soni insonlardan ham ko‘p bo‘ladi». 2003-yilda Yer yuzida 6,3 mlrd. aholi, Internetga ulangan, buyumlar esa 500 mln.ga yaqin edi. Har bir aholiga 0,08 tadan texnikalar to‘g‘ri kelgan. 2004-yil «Scientific American» ilmiy jurnalida «Internet ashyo» haqida maqola chop etilgan. Unda maishiy mahsulotlar (budilnik-soat, konditsioner), uy tizimi (xavfsizlik, o‘simliklarni sug‘orish, yoritish), datchiklar (issiqlik, yoritish) va boshqa turli texnikalarning o‘zaro tarmoq orqali kommutatsiyasi va to‘liq avtomatik boshqarilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 2010-yilga kelib haqiqatdan ham Internet orqali boshqariladigan buyumlar soni aholi sonidan oshdi. Yer yuzi aholisi 6.8 mlrd.ni tashkil etgan bo‘lsa, «Internet buyumlari» esa 12,5 mlrd., ya’ni har bir kishiga 1,84 ta shunday texnikalar to‘g‘ri kelgan. Rob Van Kranenburg mashhur nazariyotchi fikriga ko‘ra, «Internet buyumlari» o‘zining to‘rt avlodidan iborat bo‘lib, uning bosqichlari quyidagilardir:


    1-bosqich: har bir obyektning identifikatsiya aloqasi;

    2-bosqich: har bir insonning o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi tizim, misol uchun:

    «aqlli uy»;

    3-bosqich: shahar hayotining urbanizatsiyasi, misol uchun: «aqlli shahar»;

    4-bosqich: sensorli sayyora. Bir nechta tarmoq orqali alohida megapolislar orasidagi tarmoq muloqoti.
    Amaliy dars topshirig’i: Mavjud korxona misolida A’nanaviy jarayonlarni raqamli texnologiyalarga o’zgartiring. Amaliy ishni barcha talabalar taqdimot shaklda topshiradilar.
    Nazorat savollari:


    1. Biznes model nima ?

    2. Raqamli biznes model nima?

    3. Foyda marjasining buzilishi modeliga ta’rif bering

    4. Talab va taklif modelini tushuntiring

    Adabiyotlar

    1. Bezruchko BP, Smirnov DA Matematik modellashtirish va xaotik vaqt qatorlari. - Saratov: GosUNTS "Kollej", 2005. - ISBN 5-94409-045-6

    2. Blexman II, Myshkis AD, Panovko NG, Amaliy matematika: Mavzu, mantiq, yondashuv xususiyatlari. Mexanikadan misollar bilan: O'quv qo'llanma. - 3-nashr, Rev. va qo'shing. - M.: URSS, 2006. - 376 p. ISBN 5-484-00163-3

    3. Matematik modellashtirishga kirish. Qo'llanma. Ed. Trusova P.V. - M.: Logotiplar, 2004. - ISBN 5-94010-272-7

    4. Gorban AN, Khlebopros RG, Darvin iblis: Optimallik va tabiiy selektsiya g'oyasi. - M: Ilm. Bosh tahrir. jismoniy mat yoritilgan, 1988 yil .-- 208 p. (Fan va texnika taraqqiyoti muammolari) ISBN 5-02-013901-7 ("Modellashtirish" bobi).

    5. Matematik modellashtirish jurnali (1989 yilda tashkil etilgan)



    6. Malkov S. Yu., 2004. Tarixiy dinamikani matematik modellashtirish: yondashuvlar va modellar // Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy dinamikani modellashtirish / Ed. M.G.Dmitriev. - M.: RSSU. - dan. 76-188.

    7. Mishkis AD, matematik modellar nazariyasi elementlari. - 3-nashr, Rev. - M.: KomKniga, 2007. - 192 s ISBN 978-5-484-00953-4
    Download 331.38 Kb.




    Download 331.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ishining maqsadi va mazmuni

    Download 331.38 Kb.