• Bajardi
  • II.ASOSIY QISM 1. EHM lar uchun yaratilgan dasturlar va malumotlar III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




    Download 180.95 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana09.12.2023
    Hajmi180.95 Kb.
    #114573
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KIBERXAVFSIZLIKGA OID HUJJATLAR
    Matematika o\'qitish metodikasi, Abdullayev Sanjarbek, Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, MUHAMMADAZIZ, Fotoelektron asboblar (2), YARIM O\'TKAZGICHLAR, o\'zgarmas tok zanjirlari va ularni hisoblash (2), Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, O\'zgarmas tok zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar, 2 labaratoriya, Clayton (The Wildflower Series - Rac e Mills-PDFConverted, BANK MACHINES, 24-Muammoli o‘qitish texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish metodikasi., 12-YANGI INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI INFORMATIK TA\'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH YO‘LLARI TAXLILI.


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
    SAMARQAND FILI
     
     
    MUSTAQIL ISH 
    Mavzu: Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili 
    Bajardi:Abduraximov Muhammadaziz 
    Tekshirdi:Umurzoqov O.Sh 
    SAMARQAND - 2024 


    Mavzu: Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili 
    Reja: 
    I.KIRISH 
    1. “Axborot erkinligi va kafolatlari 
    2. Avvalambor EHM 4- ta avloddan tashkil topgan 
    II.ASOSIY QISM 
    1. EHM lar uchun yaratilgan dasturlar va malumotlar 
    III.XULOSA 
    IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 


    I.KIRISH 
    Mavzu: Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili
    “Axborot erkinligi va kafolatlari” haqidagi qonunlar bir nechtasini keltirib 
    o’tamiz.Bular quyidagilar:
    Milliy qonunlar. 2002 yil 12 dekabrda O’zbekiston Respublikasining 439-II – sonli 
    “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. 
    Ushbu qonun 16 moddadan iborat bo’lib, unda xususan, quyidagilar belgilangan: 
    1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonunning asosiy vazifalari 
    axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni 
    erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash 
    huquqlari ro’yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini 
    hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan 
    iborat.
    4-modda. Axborot erkinligi O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga 
    muvofiq har kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan 
    foydalanish va uni saqlash huquqiga ega. Axborot olish faqat qonunga muvofiq 
    hamda inson huquq va erkinliklari, konstitusiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning 
    axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini 
    muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.
    6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi Axborot ochiq va oshkora bo’lishi 
    kerak, maxfiy axborot bundan mustasno. Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi: 
    fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro’yobga chiqarish tartibi to’g’risidagi, 
    shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi 
    boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat 
    tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari; ekologik, 
    meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar 
    to’g’risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish 
    obyektlari va kommunikasiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan 


    boshqa axborotlar;
    axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va 
    O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik shaxslarga 
    tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar. Davlat 
    hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, 
    jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat 
    manfaatlariga taalluqli voqyealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to’g’risida qonun 
    hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart. 

    Download 180.95 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 180.95 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

    Download 180.95 Kb.
    Pdf ko'rish