• KASHTACHILIKNING TARIXI VA O’ZIGA XOS TOMONLARI
  • Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida




    Download 7.77 Mb.
    bet7/37
    Sana21.06.2021
    Hajmi7.77 Mb.
    #15154
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
    Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida

    ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay,

    hamda mustahkamlamay turib

    o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.

    ISLOM KARIMOV
    KASHTACHILIKNING TARIXI VA O’ZIGA XOS TOMONLARI

    O’zbekistonda kashtachilik juda keng tarqalgan bo’lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo’lgan. Shuning uchun har bir oila o’zi uchun so’zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta, tuzxalta va boshqalarni o’zi tayyorlagan. Bundan tashqari, uzatiladigan qiziga ham bezak buyumlari masalan, so’zana, choyshab, oynaxalta, choy xalta, zardevor, palak, gul-ko’rpa, bo’g’joma (kam ishlatiladigan buyumlar, taxlangan ko’rpalarni o’rab qo’yadigan), parda, belbog’, yostiq ustiga yopiladigan mato, do’ppi, ko’ylak, dastro’mol, hamyon, qiyiq, joynamoz, sumka, nimcha va boshqalarni badiiy did bilan bezatishgan. Shu kungacha kashtachilik buyumlari eng qimmatli hunar namunasi sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Yosh qizlar to’qqiz yoshidan boshlab kashta tika boshlagan. Onasidan va ustozidan o’rgangan naqshlarini turli xil naqshlar bilan boyitgan holda matoga sayqallashtirib borgan. Naqsh tikish bu yo’nalishdagi eng oson usul sanaladi va buning uchun chizib olingan naqsh iplar bilan tikilib to’ldirilsa bo’ldi. Uning yo’llari katta yoki kichik bo’lishiga unchalik ham ahamiyat berilmaydi. Bosma tikishda esa, choklar orasi yaqin bo’lishiga e’tibor qaratiladi.



    Tikilgan choklar orasi qanchalik yaqin bo’lsa, shunchalik chiroyli bo’ladi. Buning uchun bir yo’l tikiladi va uning ustidan bosib yana bir marta qarama-qarshi yo’nalishga chok yuritiladi. Eng asosiysi shundaki, ustidan bosib tikilgan chok kashtaning boshlanishida qaysi tomonga yo’nalgan bo’lsa, oxirigacha shu yo’nalishda bo’lishi shart.

    Donalab tikish esa, kashtachilikning eng qiyin turi sanaladi. Bunda har bir chok dona-dona, yonma-yon va maydalab tikiladi va iplarning tagidan mato ko’rinmasligiga e’tibor berish kerak. Agar mato iplarning tagidan ko’rinib tursa, ekspertlar tomonidan bu asil kashtachilik namunasi sifatida e’tirof etilmaydi. Ba’zan sotish uchun tikilgan so’zanalarda bu holni kuzatish mumkin.

    Talab darajasida tikilgan so’zanalar qimmatbaho deb baholanadi. Qo’lda tikilgan kashta mashinada tikilgandan ko’ra, bir necha baravar qimmatroq va asilroq bo’ladi. Eng mohir chevaralarda kashtaning unchalik ko’rinmaydigan biror joyiga tumor yoki ko’zmo’nchoq tasvirini tushirish yoki ataylab naqshning kamgina joyini bitirmasdan qo’yish odati ham uchraydi. Buning ma’nosi so’ralganda esa, hazilga yo’yib: «Ko’z tegmasligi uchun», deyiladi. Bu ham milliy urf-odatlarimizdan biri bo’lsa, ajab emas.

    Kashtachilik - kashta tikish kasbi, amaliy san’atning qadimiy soxalaridan biri bo’lib kelgan. Arxeologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadiymiyligini, iqlim, tabiy sharoit, muxit bilan bog’liq xolda xar bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb xunar turlari bilan birga, ularni tasiri bilan rivoj topganini ko’rsatadi. Kashtachilikni paydo bo’lishi teridan qilingan kiyimlarda bog’lam va choklarni yuzaga kelishi bilan bog’liq.

    Davrlar mobaynida toshlardan suyaklardan bigizlarga metal begizlardan o’tish bilan, to’qish, shuningdek mato to’qish bo’yash va boshqa ishlar bilan bog’liq.

    Kashtachilik taraqiyotni Qadimgi Osiyo, Yevropa, Amerika, madaniy yodgorliklari adabiy manba’lardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan kashtachilik namunalardan kuzatish mumkin. Kashtachilik maxsulotining eng qadimiy nosxalari saqlanmagan. Kashtachilik rivojlangan xaqlarda unga tasviriy san’atni tasiri katta bo’lgan. Masalan: XI asrga oid ingliz kashtalarida jang lavxalari aks ettirgan.

    XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda Kashtachilik koronalar vujudga kela boshladi. Ishchilarni yo’lga qo’yilishi an’anaviy kashtachilikni inqirozga uchratdi. Kashtachilikdagi mavjud an’analar susayib ketdi, arzon boxo mashina kashtalari katta mahorat va ko’p mehnat talab qiladigan qo’l kashtalarini siqib chiqardi.

    Kashtachilik - O’zbekiston amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turi hisoblanib O’rta Osiyoning yirik savdo hunarmandchilik markazlari va qishloqlarida keng tarqalgan. San’atning ushbu turi o’zining poetik rang – barangligining saqlab qolishi bilan birga xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini yo’qotmadi. Kashtachilik asosan 6 ta hududiy guruhlarga, ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablaridir.

    So’zana ornamentining ayrim joylarida guldastali guldonlar hamda guldastaning o’rtasida anor shaklini ko’rishimiz mumkin. Mallarang, tillarang, havorang, pushti, nofarmon och yashil ranglar bir – birlari bilan uyg’unlashib, so’zanaga o’zgacha bag’ridillik baxsh etadi.

    Kashtachilik san’atining qadimgi maktablaridan bo’lmish Buxoro viloyatining milliy kashtachilik, san’atini o’ziga xos xususiyatini, tabiiy bo’yoqlarini qo’llanilishi texnologiyasi va bezaklarining qadimiy nusxalarini tikilishi, shu kunda xalqimiz diqqat e’tiborini o’ziga tortdi. Buxoro kashtachilik san’ati bilan tanishish, uni o’rganish yoki avlodga etkazish kerak.

    Buxoro kashtalarining o’ziga xos belgilaridan biri ularda “yo’rma” choki mahorat bilan qo’llanilishida va havo rang, gul rang,binafsha rang, pushti va och sariq rang, qizil malina va ko’k ranglar bilan uyg’unlashidadir.



    Buxoro kashtalarida “yo’rma” chokdan tashqari, kompozistiyasi, tuzilishi va gullarni ham juda xilma - xildir. Mato yuziga bir tekis joylashgan ingichka shoxdagi gullar shoxlar bilan o’ralgan yo’rma do’zi qilinganligi bilan ajralib turadi. Buxoro maktabida esa, ko’proq igna bilan birga yo’rma choki bajarilgan.

    G’ijduvon chevarlari ipak ipni chap - rost qilib chillikda tob berib bajarsalar, buxoroliklar birishim iplari bilan chap rost toblamasdan kashta tikishgan. G’ijduvon kashtalari asosan oq, kulrang, malla, tabiiy rangli karbos, qizil satin, oq surp va qo’ng’ir rang rensga tikilgan bo’lsa, Buxoro kashtalari oq karbos, rangli adras, shoyi va hisori matolarga bajarilganligi bilan farqlanadi. G’ijduvon so’zanalari joypo’sh va joynamozlari kompozistiyasi an’anaviy markaziy maydon, keng hoshiya va 2 ta tor hoshiyalardan iborat, markaziy maydonda simmetrik naqshlar ketma - ket holatda joylashtiriladi. Keng hoshiyada asosan markaziy maydondagi naqshlar simmetrik holatda takrorlanadi yoki “islimiy” holatda takrorlanadi, naqshdan iborat bo’ladi. Ikkita tor hoshiyada bir - biriga o’xshash geometrik “islimiy” ngaqsh, “miandr”, “mavj” yoki “sebarga”dan ikki yoki uch qator yo’rma chiziqlari o’tkazilgan.

    Kompozistiyani birinchi holatda asosan geometrik doiralar, “to’pbarggullar”, butalar va shoxchalar tashkil qiladi. Ochiq qolgan joylarga barg, shoxcha, ko’zacha, oftoba, ayrim hollarda qushlar tasviri tikib to’ldiriladi.

    Milliy kashtachilik xalq amaliy san’atining eng qadimiy turlaridan bo’lib, bu hunar ma’lum tarixiy davr-larda kishilarning o’z uyi, turmushini chiroyli qilish istagi tufayli yuzaga kelgan. O’sha paytlarda ham ayollar hozirgidek go’zallikka intiluvchi, har bir rangning tovlanishidan bir kashfiyot yaratuvchi bo’lishgan. Ular uylarida o’tirib, ozodalik va bola tarbiyasi bilan shug’ullanishgan. Bo’sh vaqtlarida esa, matoga rangli iplar yordamida jilo beruvchi gullar tikishgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. Mohir chevar ayollarimiz qo’llari bilan tikilgan so’zana, zardevor, gulko’rpa, choyshablar dunyo mamlakatlari, jumladan, Germaniya, Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, Franstiya kabi chet davlatlarda ham mashhur.

    Mamlakatimizga kelgan sayyohlar bu buyumlardan olmasdan qaytmaydilar. Chunki bu buyumlarda Tojikistonning madaniyati mujassam. Bu sayyohlar mazkur hunarmandchilik namunalarini xonadonlarida sayohatdan esdalik sifatida e’zozlab saqlashadi. Qadimgi davrlardan hozirgacha buyumlar o’ziga xos go’zallik, nafis bezaklarning rang - barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Qadimdan buyon kashtachilik hunari san’at darajasiga ko’tarilgan bo’lib, buni badiiy kashtachilik deb ham yuritish odat tusiga kirgan. Kashtachilikning qadimiyligini Markaziy Osiyo davlatlari hududida o’tkazilgan arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlaydi. Kashtachilik san’atining eng qadimiy namunalari saqlanmagan bo’lsa ham, XIV - XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko’rish mumkin.

    Keyinchalik XIX asrda kashta tikish mashinasining kashf etilishi bilan chevarlar ham uzoq muddatda bitkaziladigan bitta kashtaning o’rniga bir nechta kashta tikishni ma’qul ko’rishgan va shu tarzda qo’lda tikiladigan kashtalarga e’tibor kamaygan. Shunday bo’lishiga qaramay, xalqimiz orasida kashtachilikning ko’pgina turlarini tikish hunari hanuzgacha saqlangan. Aytish joizki, kashtachilik san’atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi. O’zbek kashtachiligida chiroyli gullar, doirasimon, gul shoxchalari, bulbul, aylanma yo’lli naqshlardan ko’p foydalanilgani holda, o’zbek kashtalarida o’simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko’proq aks ettiriladi.



    Rus kashtachiligida geometrik, o’simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko’p tasvirlanadi. Qozoq va qirg’iz kashtachiligi bir - biriga yaqinroq bo’lib, ularda gul, geometrik shakllar bilan bir qatorda ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar turli ranglarda tasvirlanadi.

    O’zbekiston xalqlari qadimiy an’analarga ko’ra, o’zbek qizlari turmushga uzatilayotganda kashtachilik buyumlari ularga sep tarzida berilgan. Kelinchakning kelinlik liboslari ham boshidagi ro’moli, paranjisi, ko’ylagi, nimchasi hatto oyoq kiyimlari ham chiroyli naqshlar bilan bezatilgan. Kelinchakning uyidagi ko’rpa-to’shak, ko’rpa ustiga tashlanadigan mato (ro’yjo), sholcha, gilam, supra va boshqa ro’zg’or buyumlari ham aynan yuqoridagidek naqshu nigor bilan bezatilgan.

    Eng ajoyibi shundaki, bo’lajak kelinchaklar mana shu seplaridagi har xil kashtachilik buyumlarini o’zlari tayyorlashlari lozim bo’lgan. To’y kuni kuyovning uyiga ilib qo’yilgan buyumlarga qarab, kelinning qanchalidik chevar ekanligiga baho berishgan, shuning uchun qizlarga 7 - 9 yoshidan boshlab kashta tikishga o’rgatishgan, ular uch, to’rt yildan keyin mustaqil kashta tika boshlashgan.

    Chevar kashtachilar o’zining san’ati va tabiatiga ko’ra, go’zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo’lsa, shunchalik qimmatga baholangan.

    Kashtachilik hamma davru zamonlarda ham ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Hunarli xor bo’lmas, deganlaridek, qo’lida hunari bo’lgan xotin - qizlar o’ziga kerakli bo’lgan narsalarni sotib olishga shu hunari tufayli orttirgan mablag’ini ishlataverishi mumkin. Ayollarimiz o’ng kelgan mayda - chuyda uchun oila boshlig’i bo’lgan erkak kishini bezovta qilishni ko’pincha o’zlariga ep ko’rishmaydi.








    Download 7.77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




    Download 7.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida

    Download 7.77 Mb.