• Mozori Sharif
  • Turkmaniston
  • Yevropaga Uzoq Sharq
  • Bu bilan infratuzilmani, Yagona dispetcherlik markazi, lokomotiv ho’jaligi, yuk hujjatlari bilan ishlash bo’linmalari va qutqaruv-qayta tiklash ishlari bo’linmalarini xususiylashtirishmaslik belgilangan




    Download 27.21 Kb.
    bet1/2
    Sana24.03.2017
    Hajmi27.21 Kb.
      1   2

    1994 yilning 7 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-982 sonli farmoni asosida, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo'l transporti tarmoq qismlarning, korxona, tashkilot va muassasalari tarkibida ,"O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksiyadorlik temir yo'l kompaniyasi tashkil etilgan.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    2001 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan va Vazirlar Mahkamasining temir yo'l transportini isloh qilish bo’yicha Davlat dasturiga muvofiq, "O'zbekiston temir yo'llari" davlat unitar korxonasi, 100% davlat ulushi bo'lgan ochiq aktsiyadorlik jamiyatga aylantirildi.

    Sohaning asosiy vazifalari yagona temir yo'l transport tarmog'ini modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish, qatnayotgan temir yo’l texnikalarni yangilash va o'zining ta'mirlash bazasini yaratish, dunyo bozoriga chiqish uchun imkon beradigan muqobil transport yo'laklarini izlab topish, tranzit yuk va boshqa qo'shimcha hajmlarini jalb qilish va h.k. belgilab berilgan.

    Bu bilan infratuzilmani, Yagona dispetcherlik markazi, lokomotiv ho’jaligi, yuk hujjatlari bilan ishlash bo’linmalari va qutqaruv-qayta tiklash ishlari bo’linmalarini xususiylashtirishmaslik belgilangan. Shu bilan bir vaqtda, tovar-yuk va yo'lovchilar tashish bilan shug'ullanuvchi korxonalar, yo’lovchi va yuk jo’natuvchilariga transport-ekspeditorlik va servis xizmatini ko’rsatuvchi, turli hil servis kompaniyalari va h.k.lar turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil qilinishlari va raqobat asosida faoliyat olib borishlari mumkin.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi №PQ-4720 sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 2015 yil 3 apreldagi kompaniya Kengashi va yagona aksioner umumiy yig’ilishida «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksionerlik temir yo’l kompaniyasi «O’zbekiston temir yo’llari» Aksiyadorlik Jamiyatiga o’zgartirildi.

    Ayni paytda, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yig’ma balansida infratuzilma va harakatlanuvchi tarkib (yuk vagonlari va lokomotivlar) bo’lganligi sababli vertikal integrashlashgan jamiyat hisoblanadi.

    Jamiyat tarkibiga yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan 6 ta Mintaqaviy temir yo’l uzellari kiradi. Ularga stansiyalar, yo’l masofalari, signalizasiya va aloqa, energota’minot, lokomotiv va vagon depolari, vagonlarni texnik va tijorat tekshirish punktlari kiradi.

    2002 yilda islohot jarayonida, bir qator korxonalar Ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga o’zgartirildi: konteynerlarda yuk tashish bo’yicha “O’ztemiryo’lkonteyner”OAJ, muzlatgich bo’limlarda tez buziluvchan mahsulotlarni tashish bo’yicha “Yo’lreftrans” OAJ, xalqaro, mahalliy va shahar atrofiga yo’lovchilarni tashish bo’yicha “O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJ, yuk vagonlarini ta’mirlash bo’yicha “O’ztemirvagon” OAJ, yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash bo’yicha “TashVQТZ” OAJ.

    Olib borilayotgan islohotlar menejmentni takomillashtirishga, boshqaruvning korporativ usullarini joriy etishga, ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmining oshishiga, ularning sifatini oshirishga, investitsiyalarni jalb qilishga, sof daromadni oshirishga va asosiy kapitalga kapital qo’yilmalarning muayyan o’sishiga sabab bo’ldi.

    Mustaqillik yillari davomida O'zbekistonda yangi po’lat izlarni (magistral) shakllantirish bo’yicha ulkan ishlar qilindi. Qizilqum cho’llarida Navoiy-Uchquduq-Sultonuvaystog’-Nukus temir yo’llari qurildi, Amudaryo orqali temir yo’l-avtomobil qo’shma ko’prigi barpo etildi, murakkab tog’ sharoitida Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’li qurildi.

    Biz mavjud bo’lgan temir yo’l tarmog’ini modernizatsiyalashga ham muhim ahamiyat beramiz. Osiyo tarraqiyot bankining jalb qilingan mablag’lari evaziga 2 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi va Toshkent-Samarqand-Buxoro uchastkasida yo’llar qayta tiklandi, Keles-Buxoro uchastkasida 600 kmdan ortiq bo’lgan uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yakunlandi. To’qimachi-Angren temir yo’l liniyasini elektrlashtirish ishlari yakunlandi. Yangi Yangiyer-Jizzax va Yangiyer-Farhod temir yo’l liniyalarini qurish ishlari yakunlandi.

    Jamiyat lokomotiv parklarini, yo’lovchi va yuk vagonlarini yangilash bo’yicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ korxonalarida yo’lovchi va yuk vagonlarini seriyali ishlab chiqarish o’zlashtirildi.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Bu, hususan, havoni sovitish moslamasi bilan jihozlangan kupeli vagonlar, yuk vagonlarining eng katta talabga turlari – yopiq, neft mahsulotlari uchun sisternalar, yarimvagonlar va boshqalar.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

    Yuk va yo’lovchi vagonlarini ishlab chiqarish uchun tegishli litsenziya va sertifikatlar olingan, vagonlar standartlarga va 1520 mm li temir yo’l oralig’i talablariga javob beradi, sanoat korxonalarida sifat menejmenti tizimi ISO 9001-2000 joriy qilingan. Hozirgi vaqtda vagonlar MDH mamlakatlari temir yo’llari orqali harakatlanyapti.

    Temir yo’lda elektr tortishning teplovoz tortishga nisbatan ishonchli va samaradorligiga shubha yo’q. Umuman olganda, elektrovozlar oddiyroqdir, ekspluatatsiya qilish jarayonida qulayroq va ayniqsa shahar sharoitida muhim omil bo’lgan narsa- atrof muhitni kamroq ifloslantiradi.

    O'zbekiston temir yo'llarni doimiy oqimda elektrlashtirish 1971 yilda boshlangan. Xorijiy investitsiyalar va "O'zbekiston temir yo'llari"AJning o’z mablag’lari evaziga amalga oshirilgan so'nggi loyihalaridan biri To'qimachi temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish edi.Ushbu temir yo'l uchastkasini foydalanishga topshirish evaziga elektrlashtirilgan uchastkalarning umumiy uzunligi 1601 km ga yetdi.

    Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo’lgan dizel tortishni o’zgaruvchan tokli elektr tortishga o’zgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yo'l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o’tishni yakunlashga olib keladi.

    Butun uchastka bo’ylab yangi texnologiyalar- SCADA masofadan boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari, mikroprotsessor markazlashtirish tizimi, o’q va telekommunikatsiya electron hisoblash tizimlari joriy qilingan. Elektr ta’minot tizimi poezdlarning soatiga 160 kmgacha tezlik bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan.

    Qurilish paytida umumiy uzunligi 265 m bo’lgan 3 ta ko’prik, 2258 ta elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat asboblar bilan jihozlangan navbatchi punktlari va markazlashtirilgan elektrta’minot postlari uchun 6 ta bino va inshootlar barpo etildi.

    Minora (arab. - mayoq) - gorizontal (eni) oʻlchamiga nisbatan vertikal (tik) oʻlchami ortiq boʻlgan baland in-shoot. M.lar aylana, koʻp qirrali yoki toʻrtburchak shaklida barpo qilinib, yuqoriga tomon ingichkalashib boradi.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Ushbu loyihaning amalga oshirilishi ekspluatatsiya harajatlarini 1.8 barobar kamaytirishga, mintaqada ekologik vaziyatni yahshilash va 50 ta qo’shimcha ish o’rinlarini ochish bilan bandlik muammosini hal qilishga sabab bo’ldi. Yangi elektrlashtirilgan bo’lim temir yo’llarning o’tkazuvchanlik salohiyatini oshirdi, yuk va yo’lovchilarni yetkazib berish vaqtini qisqartirdi, dizel yoqilg’isini harajatlarini kamaytirdi.

    Hozirgi vaqtda Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish, yangi eletrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirilmoqda.

    “O’zbekiston temir yo’llari” AJ temir yo’l transportida yo’lovchilarni tashishni takomillashtirish maqsadida hukumat ko’magida “Yo’lovchi lokomotivlar parkini yangilash” investitsion loyihasini amalga oshirish yakunladi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida lokomotiv parki 15 ta yo’lovchi elektrovozlarga ko’paydi.

    Loyihani amalga oshirish poezdlar harakatini 100 kmdan 160 km tezlikkacha oshirish hisobiga yo’lovchilarning safar vaqtini qisqartirishga sabab bo’ldi va boshqa transport turlariga nisbatan temir yo’l orqali yo’lovchi tashish afzalligini ta’minladi. Elektrovozlarga yetkazib beriladigan asinxron dvigatellar (ASD)ni qo’llash poezdlarni tortish uchun ishlatiladigan elektr quvvat iste’molini 22 % ga qisqartirishga olib keldi.

    Bundan tashqari, rekuperativ tormozlanishni qo’llash iqtisod qiligan elektr quvvatning tortish tarmog’iga qaytib kelishini ta’minlaydi, bu poezdlarni tortish uchun ishlatiladigan elektr quvvat harajatlarini kamayishiga olib keladi.

    Yangi elektrovozlarning ta'mir aro umumiy yo'l bosish ko'rsatgichlaridagi yuqori ekspluatatsion tavsiflari, elektrovozlarni texnik xizmat ko'rsatish harajatlarini yog'-moy va boshqa yonilg'i komponentlarini kam iste'mol qilish hisobidan amalda yarim baravarigacha qisqartiradi.

    Yangi Toshguzar –Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’l liniyasi tog’li hududda qurilgan birinchi liniya hisoblanadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiiy chegarasi vazifasini o’tovchi 1800 m balandlikdagi tog’ni kesib o’tadi. 10-18.5 % qiyalikdagi yo’llarning uzunligi tahminan 64 kmni tashkil etadi, 5-10 ‰ qiyalikda tahminan 35 km. Yangi temir yo’l qurilish trassasida 37 ta ko’prik, galereya va tunnel barpo qilingan.

    Ko’prik qurilish zonalari kuchli ajralma relefli Hisor to’g tizmalari bilan ifodalanadi. Akravat dovoni yaqinida trassa Chashmaihafizan, Akravat, Sho’rab, Sherobod Daryo vodiylari bo’ylab o’tadi. Tog’ qiyaliklari asosan 1.3-1 tikkalikka, daryo vodiylari- baland cho’qqilarning keskin o’zgarishlari va juda tik tog’ yon bag’irlari 18,5‰ qiyalikka egadirlar.

    Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, mamlakatda uzun metall ko’priklarning qurilishi ilk bor amalga oshirilgan edi. Bizning mamlakatimizda metall ishlab chiqarish va o'rnatish tajribasi bundan oldin faqat bir misol bilan bog'liq bo’lgan va u Amudaryo ustidan o’tkazilgan ko'prikdir.

    Yangi liniyalarda metal ko’priklarning qurilishi sifat nazorati va qurilish jadvaliga rioya qilish uchun yetarli tajribaga ega bo’lgan Yaponiya kompaniyalari texnologiyalari yordamida o'zlashtirildi.

    Yangi Toshguzar - Boysun - Qumqo'rg'on temir yo’lining ishga tushirilishi turli sanoat sohalarining rivojlanishda, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari transport xizmatlari rivojlantirishda, Respublikaning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashda, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samaradorlikni oshirish hamda sezilarli darajada transport va iqtisodiy aloqalarni butun chizmasini o'zgartirishda qulay shart-sharoitlar yaratib beradi.

    Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.

    Yangi temir yo'l liniyasi qurilishini amalga oshirishning muhim natijasi bu loyihaning to'liq O'zbekiston Respublikasi korxonalari tomonidan amalga oshirilganligidir. Turli darajadagi rahbarlar, dizaynerlar, muhandislar, quruvchilar, montajchilar, turli ixtisoslikdagi ishchilar, haydovchilar, mexaniklar va temir yo'l qurilishida ishtirok etgan boshqa mutaxassis ishchilar baland to’glarda qiyin iqlim sharoitida qurilish ishlari, ko'priklar, galereyalar va boshqa murakkab inshootlarni qurish-montaj ishlarini olib borish sohasida bebaho tajriba orttirdilar.

    Quruvchilar zamonaviy texnologiyalar va usullar bilan ish ko'nikmalarini olishgan, ular turli uskunalar bilan ishlashni o'zlashtirishdi. Bu temir yo'l infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun muhim hissa bo'ladi chunki Afg'onistondagi Hayraton -Mozori Sharif yangi temir yo'l liniyasi qurishda ushbu orttirilgan tajriba mutaxassislarga as qotdi.

    2003 yil iyun oyida, Afg'oniston, Eron va O'zbekiston prezidentlari Transafg'on transport yo'lagi tashkil etish to'g'risida bitim imzoladi.  Bu masalani Afg'oniston yirik shaharlarini ulaydigan Hayraton- Mozori Sharif - Hirot - Qandahor yo'nalishi bo'yicha yangi temir yo'llar qurish bilan hal qilinishi mumkin va O'zbekiston va Eron avtomagistrallariga chiqishni ta’minlaydi.

    Mozori-Sharif - Afgʻonistonning shim. qismidagi shahar. Balx viloyatining maʼmuriy markazi. Balx vohasida. Aholisi 150 ming kishi (1990-yillar boshlari).
    Kelajakda Pokistonga chiqadigan Mozori Sharif-Qobul yo’nalishida temir yo’l qurilishi mumkin, natijada O’zbekiston orqali Afg’oniston 3 ta yirik mintaqani bog’laydi,shimolda Turkmaniston, Qozog'iston, Rossiya,sharqda Pokiston va Hindiston hamda g'arbda Eron.
    Hindiston Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim.da Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. H.
    Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) - Oʻrta Osiyoning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 488,1 ming km². Aholisi 5,113 mln. kishi (2013).

    “O’zbekiston temir yo’llari” AJ va Afg'oniston Islom Respublikasi Hukumati o'rtasida Hayraton- Mozori Sharif temir yo'l qurish loyihasi shartnomasi imzolandi. Qurilishga rasmiy start 2010 yil 22 yanvarda berildi, 2010 yil 4 noyabrda temir yo’l buyurtmachiga topshirildi. Bu temir yo’l liniyasini qurishda "O'zbekiston temir yo'llari" AJning O'zbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirgan birinchi loyihasidir. Loyiha Afg'oniston O'zbekiston chegarasida Hayraton temir yo'l stantsiyasi va Mozori Sharif shahri o’rtasida yangi bir yo’lli temir yo’l liniyasini qurish, Hayratondagi stantsiyani modernizatsiya qilish, Mozori-Sharif aeroporti yaqinida ayri yo’l(raz’ezd) qurish va yangi yuk hovlining qurilishini o'z ichiga oladi.

    Aeroport (aero... va port) - yo‘lovchilar, kj, pochtani havo trans-porta vositalarida muntazam tashishni ta’minlovchi binolar, inshootlar (aero-drom bilan birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy A.

    Bu liniyaning uzunligi 75 km, yo’lning ustki qatlamini yotqizish-105 km, shuningdek buning ichida 20 km stantsiya yo’llari. Trassa sug'orilmaydigan zonada trassa bo’ylab 9‰ maksimal qiyalikda hudud tekisliklaridan o’tadi,  5 stantsiya va 34 dona sun’iy inshootlar qurilgan.Hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda qum uyumlairdan himoya qilish qurilmalari barpo etildi.

    Hayraton - Mozori-Sharif yangi temir yo'l liniyasi Afg'onistonning eng rivojlangan va aholi zich joylashgan shimoliy viloyatlarini temir yo’l tashishlarini ta’minlamoqda va mintaqada qishloq xo'jaligi, sanoat, tabiiy gaz va gidroenergetika rivojlantirishga hissa qo'shadi.

    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
     Temir yo'l Afg'onistonning shimoliy viloyatlari va O'zbekiston o'rtasida minimal chiqim bilan yuk tashishni amalga oshirishni ta’minlaydi, shuningdek, mintaqaning boshqa davlatlari bilan ham.Bundan tashqari, temir yo'l taxminan 1,5 ming kishini doimiy ish joyi bilan ta'minlaydi.

    Ushbu temir yo'l uchastkasini qurish kelajakda Shibergan, Anhoy, Maimana va Hirot orqali o'tadigan Transafg’on yo’lagining yaratilishidagi birinchi bosqich bo’lib, keyinchalik Afg'oniston va O'zbekistonga Bandar Abbos va Chahbahar (Eron), Karachi (Pokiston) portlariga chiqish imkonini beradi. Bu yo'lak orqali to’g’ridan to’gri temir yo'l harakatini tashkil qilish Janubi-Sharqiy Osiyodan kelayotgan yuklarni Yevropaga Uzoq Sharq temir yo’l koridorlarga nisbatan qisqaroq yo’l orqali tashish imkonini beradi.

    Yevropa Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
    Uzoq sharq - Osiyoning sharqiy qismida joylashgan davlatlar va hududlarning umumiy nomi. U.shahriga, odatda, Xitoy (sharqiy qismi), Koreya (KXDR va Koreya Respublikasi), Yaponiya, Filippin, shuningdek, RFning eng chekka sharqiy qismi kiradi.

    Poezdlarning tezligini oshirish temir yo'l transportining asosiy vazifalaridan biri bo'lgan. Globallashuv va yuqori texnologiyalarning rivojlanish sharoitida temir yo’l orqali tashish xalqaro va mahalliy transport aloqalarida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni, yaxshi yo’lga qo’yilgan transport ko'magisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Sanoat korxonalari, qurilish va qishloq xo'jaligining mehnat faoliyati, odamlarning kayfiyati va ularning mehnat samaradorligi ko'p jihatdan uning aniqliligi va ishonchliligiga bog'liqdir.

    Yo'lovchi tashish temir yo’l faoliyatining muhim qismidir. O'zbekiston Respublikasi Hukumati va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ mijozlarga xizmat ko’rsatish darjasini oshirish va yo'lovchi transportlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda.

    O'zbekiston kompleks transport tizimida yo'lovchi temir yo'l transporti aholiga xizmat ko’rsatishda yetakchi o'rinni egallaydi.Yo’lovchilarni tashish texnologik jarayoni aholiga ommabop xizmat ko’rsatish bilan uzviy bog’liqdir.  Bu aholining tashishlardagi ehtiyojlari va transport vositalari mavjudligi o'rtasida muvozanatni saqlab qolishni doimo talab qiladi.

    O'zbekiston Respublikasi Hukumati yo'lovchi tashish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, temir yo'l infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratganligi bois, Ispaniya tomonidan Toshkent-Samarqand yo'nalishi bo’ylab tezyurar yo'lovchi tashish tashkil qilish bo’yicha taklif kiritildi.

    2009 yilning iyul oyida, «O'zbekiston temir yo'llari» AJ va "Talgo" kompaniyasi o'rtasida temir yo'l sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi.

    Bu Memorandum asosida tomonlar O'zbekiston Respublikasida tezyurar temir yo'l yo'lovchi tashish tashkil etish loyihalar va qo'shma tadqiqotlarda, shuningdek, yuqori tezlikdagi "Talgo" yo'lovchi poezdi sotib olish haqida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Yangi tezyurar poezd nomi



    Download 27.21 Kb.
      1   2




    Download 27.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bu bilan infratuzilmani, Yagona dispetcherlik markazi, lokomotiv ho’jaligi, yuk hujjatlari bilan ishlash bo’linmalari va qutqaruv-qayta tiklash ishlari bo’linmalarini xususiylashtirishmaslik belgilangan

    Download 27.21 Kb.