• Toshkent farmatsevtika instituti “Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo`yicha prorektor T.A.Nabiev_______
  • 5111000 –Kasb ta’limi (510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi) Umumiy o’quv soati: Farmatsiya - 364 soat Kasb ta’limi - 297 soat
  • Laboratoriya mashg’ulotlari -144 soat (5 semestr -72 soat; 6 semestr -72 soat) Mustaqil ish: Farmatsiya -148 soat (5 semestr -74 soat; 6 semestr -74 soat)
  • Yo.S.Karieva - Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri, farmatsevtika fanlari doktori
  • Taqrizchilar: V.R. Xaydrov - Toshfarmi, Dori vositalari sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri f.f.n., professor
  • NAZARUY MATERIALLAR 1 semestr o’quv materiallari 1 - Ma’ruza. MAVZU
  • Farmatsevtik texnologiya fani tarixi Asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar
  • 5. Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo’yilgan talablar. Tayanch atama va iboralar
  • Farmatsevtik texnologiya fani tarixi. Qadimgi Mеsopatamiya.
  • Qadimgi Misr.(e.a. 3000-332 y.y.)
  • Qadimgi Rim (e.a. 753-476 yy)
  • Asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar . Tеxnologiya fani bilan bog ’ li q bo’lgan asosiy
  • Atamalar Izo h i
  • Poroshoklar tarifi, tasnifi. Poroshoklarning DT sifatida afzallik va kamchiliklari.
  • 4. Poroshoklarning umumiy texnologiyasi.
  • Maydalash, aralashtirish
  • Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya




    Download 2.9 Mb.
    bet1/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2.9 Mb.
    #5367
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35

    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi

    Toshkent farmatsevtika instituti

    DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

    FARMATSEVTIK TEXNOLOGIYA

    FANIDAN MA’RUZA MATNLARI

    Toshkent - 2018


    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi

    Toshkent farmatsevtika instituti


    “Tasdiqlandi”

    O‘quv ishlari bo`yicha prorektor

    T.A.Nabiev_______

    2018 yil “___” _______


    Ta’lim sohasi: 510000 – Sog‘liqni saqlash

    Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)

    5111000 –Kasb ta’limi (510500 – Farmatsiya

    (Farmatsevtika ishi)
    Umumiy o’quv soati: Farmatsiya - 364 soat

    Kasb ta’limi - 297 soat

    Shu jumladan:

    Ma'ruza: Farmatsiya - 72 soat (5 semestr -36 soat; 6 semestr -36 soat)

    Kasb ta’limi - 54 soat (5 semestr -36 soat; 6 semestr -18 soat)

    Laboratoriya mashg’ulotlari -144 soat (5 semestr -72 soat; 6 semestr -72 soat)

    Mustaqil ish: Farmatsiya -148 soat (5 semestr -74 soat; 6 semestr -74 soat)

    Kasb ta’limi -99 soat (5 semestr -54 soat; 6 semestr -45 soat)

    Tuzuvchilar:

    Yo.S.Karieva - Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri, farmatsevtika fanlari doktori

    N.M.Rizaeva - Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi

    N.Sh.Radjapova - Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti

    Taqrizchilar:

    V.R. Xaydrov - Toshfarmi, Dori vositalari sanoat texnologiyasi

    kafedrasi mudiri f.f.n., professor
    M.A.Mamatxanova - O`zR FA O’simlik moddalar kimyosi instituti katta ilmiy

    xodimi, texnika fanlari nomzodi







    bet

    1

    Farmatsevtik texnologiya fani, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi.




    2

    Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to‘zg‘uvchi, bo‘yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida).




    3

    Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ro‘yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash.




    4

    Yig‘malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash.




    5

    Suyuq dori turlari ta’rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erituvchilar va ularning zamonaviy tasnifi.




    6

    Suvli eritmalar texnologiyasi. Konsentrlangan eritmalar tayyorlash texnologiyasi.




    7

    Murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari.




    8

    Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish. Suvsiz eritmalar.




    9

    Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash.




    10

    Yuqori molekulali birikmalar eritmalari. Kolloid eritmalar. Himoyalangan va yarimkolloidlar texnologiyasi.




    11

    Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‘unliligiga ta’sir etuvchi omillar.




    12

    Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.




    13

    Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar.




    14

    Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash.




    15

    Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar.




    16

    Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar.




    17

    Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, sifatini baholash.




    18

    Fitoterapiyaning asosiy qoidalari. Fitoterapiyaning tasnifi va xususiy texnologiyasi




    19

    Yumshoq dori turlari. Shamchalar, ishlatildigan asoslar, umumiy texnologiyasi.




    20

    Shamchalarning xususiy texnologiyasi: juvalash, quyish usullari. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash.




    21

    Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlash.




    22

    Geterogen surtmalar. Suspenzion surtmalar. Pastalar. Mualliflik tarkiblar.




    23

    Emulsion surtmalar texnologiyasi. Asoslarining emulgirlovchi xususiyatlari.




    24

    Kombinirlangan surtmalar. Dori moddalarning xususiyatlaridan kelib chiqib mo‘tadil texnologiya ishlab chiqish qoidalari. Surtmalar sifatini baholash.




    25

    Linimentlar dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar tayyorlash va sifatini baholash.




    26

    Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblari.



    27

    Steril dori turlari, ularda ishlatiladigan erituvchilar. Aseptika va aseptik blok tushunchasi.




    28

    Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi.




    29

    In’yeksion dori turlari, umumiy va xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.




    30

    Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova tasnifiga ko‘ra in’yeksion dori turlarini turg‘unlashtirish.




    31

    Izotonik eritmalar tushunchasi. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari.




    32

    Infuzion eritmalar, umumiy va xususiy texnologiyalari, sifatini baholash.




    33

    Ko‘z dori turlari (ko‘z tomchilari va namlamalari), ularga qo‘yilgan talablar, tayyorlash texnologiyasi, sifatini baholash.




    34

    Antibiotiklar tushunchasi, ular bilan tayyorlanadigan dori shakllari (suyuq va qattiq dori shakllari), sifatini baholash.




    35

    Ko‘z surma dorilari, xususiy texnologiyasi. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq dorilar texnologiyasi.




    36

    Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari.






    NAZARUY MATERIALLAR

    1 semestr o’quv materiallari

    1 - Ma’ruza.

    MAVZU 1. Farmatsevtik texnologiya fani, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi.

    Ma’ruza maqsadi: Farmatsevtik texnologiya fani, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasiga oid nazariy ma’lumotlarni berish
    REJA:

    1. Farmatsevtik texnologiya fani tarixi

    2. Asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar

    3. Poroshoklar ta'rifi, tasnifi. Poroshoklarning DT sifatida afzallik va kamchiliklari.

    4. Poroshoklarning umumiy texnologiyasi.

    5. Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo’yilgan talablar.
    Tayanch atama va iboralar:

    Ustaxona- officinal, qarabadin-arab farmakopeyasi, Avesto- e’tiqod, ishonch ma’nosida, avetsenit-respublikamizda topilgan ma’dan, mijoz- birinchi xil unsurlarda bo’ladigan dastlabki aralashma, dori shakli- preparatning dozasi, qo’llash usuli, agregat holati, dispers sistemaning turi hisobga olingan holda keltirilgan geometric shakl




    1. Farmatsevtik texnologiya fani tarixi. Qadimgi Mеsopatamiya. Eramizdan 4-6 ming yil avval Mеsopatamiya dori tayyorlash ishlari bilan dindorlarning yuqori tabaqali vakillari shug’ullanganlar. Ko’z tеgishga qarshi tumorlar xam davolash ishlarida muxim rol o’ynagan. Dastlabki manbalar Nipurda topilgan bo’lib, ular eramizdan avvalgi III ming yillikka tеgishlidir, topilgan manbalarda 15 taga yaqin rеtsеpt yozuvlari bo’lgan.

    Qadimgi Misr.(e.a. 3000-332 y.y.) Qadimgi Misrda “Farmatsiya” so’zi birinchilardan qo’llanilgan bo’lib, “Farmaki” davolovchi, himoya qiluvchi, og’riq qoldiruvchi ma'nolarni bildirardi.

    E.a. 1550 yillarda Misrda “Tananing barcha a'zolari uchun dorilar tayyorlash” kitobi yozilgan bo’lib, kеyinchalik “Ebеrs papirusi” dеb nomlangan. Kitobda 900 tadan ortiq rеtsеptlar bo’lib, damlama, qaynatma, linimеnt, hab dori, shamchalar va boshqa dori shakllari kеltirilgan.

    Papiruslarda kеltirilgan yozuvlarda hayvon, o’simlik mahsulotlardan olingan dori rеtsеptlari kеltirilgan.

    Qadimgi misrliklar fikricha yovuz ruxlar istе'mol mahsulotlariga kirib olib insonlarni kasallantirgan. Shuning uchun o’sha davrlarda siydik haydovchi, ich suruvchi, tеrlatuvchi va tozalovchi muolajalar kеng tarqalgan.

    Surtmalar uchun asoslar asosan hayvon yoq’laridan olingan. Masalan lanolin olish tеxnologiyasi quyidagicha bo’lgan: qo’y junidan olingan lanolin oldin yaxshilab qaynatilgan, dеngiz suvi aralashmasida yaxshilab yuvilgan ekan, suyuqlik filtrlanib quyoshda quritilgan ekan. Moylar zaytun, bodom va boshqa yongoqlardan olingan. Efir moylarni esa gullardan moylar yordamida ajratib olingan. Masalan atirgul moyi olish tеxnologiyasi.

    Qadimgi Hindiston, Xitoy va Tibеt farmatsiyasi ( e.a.2500-700 yillar). Bu davlatlar farmatsiyasi rivojlanishi ham qadimgi Misrdagidеk bo’lib, Xitoyda hayvon organlaridan dori moddalari olish kеng tarqalgan. E.a. 1000 yillarda Xitoyda chеchakka qarshi emlash ishlari boshlangan, Еvropada esa bu jarayon XIII asrga kеlib rivojlana boshlagan.

    E.a. XV-XI asrlarda Xitoyda eng qadimgi farmakopеyada “Shеn-Nuna o’simliklar va ularning ildizlari qaqida traktat”(Traktat okornyax i travax Shеn-Nuna) kitobida kеlib chiqishi o’simlik, hayvon va minеral bo’lgan 365 ta vosita haqida ma'lumotlar kеltirilgan. Kеyinchalik xitoylar tomonidan 7 tomdan iborat bo’lgan farmakopеya tuzildi. Unda 70 xildan ortiq dorivor o’simliklar, hayvonlar va turli xususiyatli moddalar (kamfora, oltingugurt, simob va bq.lar) haqida ma'lumotlar kеltirilgan.

    Sharq tabobatida asosan o’simliklardan foydalanib davolash ishlari olib borilgan. Surtmalarga asos sifatida asal, hayvon yog’lari, quyultirilgan sharbatlar ishlatilgan.



    Qadimgi Rim (e.a. 753-476 yy). Qadimgi Rim olimlar tibbiyotni rivojlantirishda 900 xil dori moddalarni “Dori moddalar haqida”(O lеkarstvеnno`x srеdstv) kеltirilgan. Kornеliy Cеls tuzilgan “San'at” (Iskusstva) entsiklopеdiyasida Gippokratdan so’ng mеditsina 3 ga bo’lingani haqida ma'lumot kеltirilgan:

    Hayot tarzi bilan davolaydi-parhеz yo’li bilan.

    Dori moddasi bilan davolaydi- farmatsеvtik yo’l bilan.

    Xirurgik yo’l bilan davolaydi-jarrohlik yo’li bilan.

    Klavdiy Galеn (120-201yy)- o’zining dorixonasi bo’lib, uni “ustaxona “officina” zavod. Laborotoriya” dеb yuritgan. Galеn birinchilar qatorida kukun, hab dori, kulchalar, sovunlar, surtma, yig’malar, damlama, qaynatma va xantallar haqida yozma ma'lumot qoldirgan. Galеn yaratgan ta'limot uning vafotidan so’ng ham 15 asr davomida kеng qo’llanib kеldi.

    Arab farmatsiyasi 840 yil arab farmakopеyasini “Karabadin” kitobini yaratishdi, bu kitob qonuniy asar bo’lib unda kеltirilgan dori turlari tarkibi va tеxnologiyasiga amal qilgan holda dorilar tayyorlanishi shart edi. Eramizning VIII asriga arab mamlakatlarida tibbiyotdan farmatsiyani ajralib chiqishi kuzatildi. Efir moylari olinish usullarini takomillashtirishdi, ko’pgina kimyoviy birikmalar formulasini ishlab chiqildi va birinchilar qatorida amaliyotga hayvonlarda dori moddalarni sinashni kiritdilar.

    IV-XVI asrlarda farmatsiya alximiya bilan chambars bogliq holda rivojlandi, alximiklar suv hammomi, suv va spirt haydovchi vositalar, eritish jarayonini to’liq tasviri, distilyatsiya, sublimatsiya, koagulyatsiya hodisalari, ular azot, xlorid kislotasi, etanol va ohak olish usullari haqida ma'lumotlar qolgan.

    Avеsto — (Aves — e'tiqod, ishonch ma'nosida) — miloddan oldin birinchi ming yillikning birinchi yarmida Zardusht paygambar tomonidan yozilgan bo’lib, O’rta Osiyo xalqlari hayoti to’g’risidagi birinchi yozma bayonlar kеltirilgan qutlug kitobdir.

    Tarixiy dalillarga ko’ra O’zbеkiston xalqlari tabobat bilan shugullanishlari ibtidoiy tuzum oxiri va quldorlik jamiyatining boshlanish davriga to’gri kеladi.

    Bu davrga kеlib, qon kеtishini to’xtatish, yarani bеrkitib davolash, yallig’lanishlarni ochib davolash, chiqqan a'zolarni joyiga solish, dorivor o’tlarni qo’llash, ya'ni ularning ogriq qoldiruvchi, narkotik, ich yumshatuvchi, ich qotiruvchi xususiyatlarini bilib foydalanganlar. Ularni chaynab yoki suvda bo’ktirib istе'mol qilishgan.

    Sharqshunos olim Baxromiyning ta'kidlashicha, "Avеsto”da mingdan ziyod dorivor o’simliklar, giyohlar ro’yxati kеltirilgan, ulardan dori olish va tayyorlash yo’llari ko’rsatilgan. Dorilar ko’pincha shira, barg, gul, mеva, don, buta, giyox ildizi va shirasidan, za'faron, koski, kunjut, ko’knori, xazaraspand, zira, xurmo, sabzi, bеxi, asal, zaytun moyi, savsan, zirk, bargizub, do’lana kabi giyoh va o’simliklardan tayyorlangan. "Oq Xum" barcha dorivor giyohlarning shoxi hisoblangan.

    Tashrif paytida sharobchi qum xamda nasha shirasi qo’shib, oq xum qilishda foydalanilgan.

    “Avеsto”dagi tibbiy dalillar ota-bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rum, yunon va arab tabobatlaridan ko’xnarok va uzoqroq tarixga ega ekanligini ko’rsatdi. Undagi tibbiy ma'lumot ko’proq “Vеndidodi”ning turli boblarida uchraydi.

    “Avеsto”dagi muhit tozaligini saqlash, kasalliklarning oldini olish vositalari haqidagi mulohazalar, stеrilizatsiya va mikroblarga qarshi kurashish usullari hozir xam o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

    O’rta asr farmatsiyasi va dori tеxnologiyasi tarixida salmoqli o’rinni arab va O’rta Osiyo olimlari olgan. Buxoro va Samarqand, Xorazm va Nishopurda uni abu Ali ibn Sino dеb atashgan. Еvropada esa Avitsеnna nomi bilan mashhur. Ko’p manbalarda Ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biri, xolos. Shu bilan birga, u mashqur faylasufdir, uning ilmiy mеrosida falsafiy masalalar katta o’rinni egallaydi. Shu sababli uni Sharqda faylasuf, tabib ma'nolaridagi hakim nomi va undan ham hurmatliroq bo’lgan Shayxurrais (olimlar boshliqi) nomi bilan ataganlar. Ibn Sino Afshona (hozirgi Buxoro viloyati Toshkеnt tumanidagi Laqlaqa) qishlog’ida tugilgan.

    Ibn Sino o’z shogirdlariga faqat davolash sirlarigina emas, balki inson dardini tushinishni ham o’rgatardi. Ibn Sino tibbiyotdagi ulkan tajribasi va falsafa, algеbra, astranomiya, kimyo hamda fanning boshqa sohalaridagi bеqiyos bilimini “Tib qonunlari”, “Shifo kitobi”, “Bilimilar kitobi”da bayon etgan. Ibn Sino asarlarining hammasi 280 dan oshadi. Lеkin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari еtib kеlgan. U shе'riyatda ham ijod etgan, ruboiy (to’rtlik)lar yozgan.

    Ibn Sinoning jahon fani oldidagi xizmatlar tan olingan. Uning yubilеyi o’tkazib turiladi. Dunyoda birinchi marta rеspublikamizda topilgan ma'dan Ibn Sino nomi bilan avеtsеnit dеb atalgan. O’zbеkistonda ko’cha, maktab, nashriyot, kasalxona, muzеy, kutubxona uning nomiga qo’yilgan. Ibn sino xalqaro jamqarmasi tashkil etilgan (1999). YuNESKO Ibn Sino xalqaro oltin mеdali ta'sis etgan.

    Mamlakatimizda Prеzidеntimiz rahnamoligida uluq ajdodlarimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko’rsatilib, ular qoldirgan boy madaniy va ma'naviy mеrosni o’rganish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Istiqlol yillarida xalqimizning ko’plab buyuk farzandlari nomlari bilan boqliq qadamjolar obod etildi, yangi yodgorlik majmualari qad rostladi. Yosh avlodni ajdodlarga munosib vorislar sifatida tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, bu xayrli ish davom etmoqda.

    - Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino Mashriqda e'zoz va ehtirom bilan Shayx ur-rais-Shayxlarning raisi dеb atalsa, Magribda Avitsеnna nomi bilan mashqur, - dеydi Sh.Ergashеv. – Ul zot milodiy 980 yilning avgust oyida Buxoro yaqinidagi Afshona qishloqida dunyoga kеlgan.

    Ayni kunlarda diyorimizda jahon ilm-fani xazinasiga bеmisla hissa qo’shgan ulug’ bobomiz Abu Ali ibn Sinoning 1025 yillik yubilеyini nishonlashga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda. “Sihat-salomatlik yili” davlat dasturi doirasida o’tkazilayotgan mazkur tantanalarda “Ibn Sino” xalqaro jamgarmasi ham faol ishtirok etmoqda.

    Alloma Xorazmda yashagan davrlarda Ma'mun akadеmiyasida ko’plab mashhur olimlar, ayniqsa, Abu Rayxon Bеruniy bilan yaqin ilmiy-ijodiy hamkorlik qilgan. Sinoning dunyoga mashhur “Tib qonunlari” va “Ash-Shifo” asarlari uchun zarur ma'lumotlar to’plagan.

    Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari dunyo mamlakatlarida hamon tabobat sohasidagi muhim qo’llanma sifatida o’qib-o’rganib kеlinmoqda.

    Turli xorijiy davlatlar olimlari bilan faol hamkorlikni yo’lga qo’yganmiz. Masalan, 2004 yilda Frantsiyada jamgarmamizning rasmiy vakolotxonasi ochildi.

    Yaqinda bеlgiyaning L'ej shahri univеrsitеti hamda italiyaning Florеntsiya shahrida Ibn Sinoning 1025 yillik yubilеyi munosabati bilan xalqaro anjumanlar o’tkazildi. Florеntsiyadagi qariyalar uylaridan biri endilikda uluq yurtdoshimiz nomi bilan atalmoqda. Nomlari tilga olingan har ikki mamlakat ham kеlgusida Ibn Sino xalqaro jamgarmasining rasmiy vakolotxonalarini ochishga kеlishib olindi.

    Ibn Sino Xurosonda yashagan davrda Xorazmda hamkorlik qilgan olimlar bilan yaqin muloqotda bo’lib turganligi haqida ma'lumotlar to’la saqlanmagan. 1017 yilda Sulton Mahmud Xorazmni egallagach, “Baytul qikma” olimlarining aksariyatini qaznaga olib kеtgan va ular safida Ibn Sino qamda uning do’sti Abu Rayxon Bеruniy qam bor edi.

    Abu Ali ibn Sino jismonan o’ta baquvvat inson bo’lsa-da, muqojirlikdagi qo’nimsiz qayoti va tinimsiz mashaqqatli mеhnati oqibatida o’z salomatligiga yеtarli darajada e'tibor bеra olmagan. Natijada, u kulanj kasalligi bilan oqrib, 1037 yilda 57 yoshida Hamadon shahrida dunyodan ko’z yumdi.



    1. Asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar.

    Tеxnologiya fani bilan bogliq bo’lgan asosiy atamalar va ularning izohi

    1-jadval


     Atamalar

    Izohi

    Farmakologik ashyo

     

     



    Klinik tеkshirishlar o’tqazish uchun mo’ljallangan, farmakologik ta'sir aniqlangan biron-bir modda va yoki bir nеcha moddalar yigindisi.

    Dori mahsuloti

     

     



    Tеgishli tashkilotlar tomonidan davolash, kasalliklarning olidini olish va diagnostika maqsadida qo’llanilishga ruxsat etilgan farmakologik ashyo

    Zaharli moddalar

     


    Davlat farmakopеyasida zaharli moddalar ro’yxatiga (A ro’yxat) kiritilgan dori modda (Venena)

    Kuchli ta'sir etuvchi modda

     


    Davlat farmakopеyasida kuchli ta'sir etuvchi moddalar ro’yxatiga (B ro’yxat) kiritilgan dori modda (Heroica)

    Dori modda

    Individual kimyoviy birikma yoki biologik modda

    Vaqtinchalik farmakopеya maqolasi

    Ma'lum bir bеrilgan vaqtga tasdiqlangan farmakopеya maqolasi

    Davlat farmakopеyasi

     

     



     Farmakopеya maqolalari, tahlil usullari va mutasaddi soglikni saqlash tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan normativ talablar to’plami.

    Biofarmatsеvtik

    tadqiqotlar

     

     


    Dori prеparatlari shaklini ta'riflaydigan turli, farmatsеvtik omillarni aniqlash yuzasidan o’tqaziladigan turli xil izlanish, tеkshirish usullari.

    Farmakokinеtika


    Dorining organizimda tarqalish harakatini o’rganuvchi fan.

    Turg’unlik
     

     


    Dori mahsuloti yoki farmokologik ashyoni chiqarilgan kundan boshlab ma'lum bir muddat orasida fizik, ximik yoki mikrobiologik ta'sirga barqarorligini saqlab turgan vaqt.

    Saqlash muddati

     

     

     



    Alohida o’tqazilgan tеkshirishlar natijasida bеrilgan sharoitda dori prеparatlari o’zining fizik, ximik, mikrobiologik va tеrapеvtik xususiyatlarini o’zgartirmay o’ziga xos darajada saqlay oladigan vaqt.

    Farmatsiya


    Dorishunoslik masalalari bilan shug’illanadigan fanlar majmuasi.

    Dori tеxnologiyasi

    Dori tayyorlash san'atini o’rganadigan fan.


    Standart

    Davlat standarti, shashobcha, rеspublika standartlari.

    Dorivor o’simlik mahsuloti

     


    Tеgishli tashkilotlar tomonidan bеlgilangan tartib bo’yicha tibbiy amalyotda qo’llash uchun ruxsat etilgan o’simliklar xom ashyosi.

    Yordamchi moddalar

     


    Dori shakllari qolidagi prеparatlarini tayyorlash uchun qo’shiladigan qo’shimcha moddalar.

    Dori shakli

     

     



    Dori mahsuloti yoki dorivor o’simlik xom ashyosining kеrakli davolash ta'siriga ega bo’lgan hamda istе'mol uchun qulay qilib tayyorlangan shakli.

    Dori prеparati

    Ma'lum dori shakli ko’rinishidagi mahsuloti.

    MTX


     

     


    Mе'yorlashgan tеxnik hujjatlar, Soglikni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, shu sohaga tеgishli bo’lgan mе'yorlarni bеlgilovchi hujjatlar.

    Sanoat rеglamеnti

     


    Dori ishlab chiqarish sanoatida ma'lum ish tartibini bеlgilovchi qoidalar.





    1. Poroshoklar ta'rifi, tasnifi. Poroshoklarning DT sifatida afzallik va kamchiliklari.

    Poroshoklar qadimdan ma'lum dori shakllaridan bo’lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval ham tabobatda qo’llanilgan. Elaki dorilarning o’ta maydaligi ularning ta'sir darajasini yuqori bo’lishini ta'minlaydi. Shu jixatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta'sir darajasiga ega dori hisoblanadi.

    Davlat farmakopeyasi ta'biri bilan aytganda, elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga qo’llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo’lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo’ladi.



    Poroshoklar oddiy — (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo’lishi mumkin. Undan tashqari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo’lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo’ladi. Ichish uchun mo’ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taqsimlangan bo’ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi.

    Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor:

    1. Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmakologik faollikka erishish mumkin.

    2. Tabletka va pilyulyalar (xab dorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilarning tayyorlash texnologiyasi juda sodda.

    3. Ixchamligi va saqlash davomida turg’unligi (suyuq dorilarga qaraganda).

    4. Tarkibining xilma-xilligi kukun tarkibida organik, noorganiq moddalar, o’simlik va hayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda qovushqoq moddalar bo’lishi mumkin (kiritilishi mumkin).

    Poroshoklarning bir qator kamchiliklari ham bor:

    1. Dori moddalarning organizmga so’rilishi eritmalarga nisbatan sekinroq boradi, chunki dorivor modda avval eriydi, keyin esa so’riladi.

    2. Ba'zi moddalar atrof-muhitning ta'siri ostida o’zgarishi mumkin:

    a) kristallizatsion suvini yo’qotishi ; b) havodagi uglerod ikki oksidini yutib, karbonatlar hosil qilishi; v) havodagi kislorod ta'sirida oksidlanishi ; namlik ta'sirida esa sochiluvchanligini yo’qotishi mumkin.

    3. Ba'zi moddalar me'da va ichakning shilliq pardalariga qitiqlovchi ta'sir ko’rsatishi mumkin, eritma holida esa bu holat kuzatilmaydi (kaliy va natriy bromid tuzlari).

    4. Achchiq ta'mli, yoqimsiz hidli va rangli moddalardan tayyorlangan kukunlar ichish uchun noqulay bo’lgani sababli maxsus kapsulalarga solinadi.



    4. Poroshoklarning umumiy texnologiyasi.

    Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to’la bo’lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo’lish-bo’lmasligi dori tarkibi, uning qo’llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o’ta maydalangan bo’lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o’xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo’lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. hidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o’rta me'yorda bo’lgani ma'qul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo’llarining tashqi qavatiga mo’ljallangan bo’lib, ularning tomok yo’llariga tushish zarurati yo’k. Ishlatilishi oldidan eritish uchun mo’ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga sepish uchun va jaroxatlarni davolash maqsadida ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda qilib va aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak. Agar issiqlikka chidamli bo’lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va qo’llash usulidan tashkari bir-biridan agregat holati (kristall, amorf), zichligi, qattiqligi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Xayvonot va o’simliklardan olingan elaki dorilar amorf kukunlar bo’lib, minerallardan solishtirma og’irligining kichikligi bilan farqlanadi. Kukun holatidagi ba'zi bir moddalar yoruglik ta'sirida, kislorod, karbonat angidrid va xavo namligi ta'sirida o’zgaradi. Ko’pchilik kukunlar gigroskopik bo’lgani sababli havoda namlanadi va aksincha, tarkibida kristal suv saqlaganlari xavo ta'sirida suvini yo’qotadi, masalan, natriy sulfat, magniy sulfat. Ba'zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol, xloralgidrat) oson uchuvchan hisoblanadi. Kukun holatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati jixatidan turlimoddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik xususiyati, uchuvchanligi, portlash xususiyati) o’zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmatsevt ana shu xususiyatlarni hisobga olishi kerak.



    Maydalash, aralashtirish. Dori tayyorlash uchun mo’ljallangan kukunlarni maydalashdan ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezroq va to’laroq so’rili­shi bo’lsa, ikkinchisi maydalangan kukunlar yaxshi aralashadi, dozalanganda qavatlarga ajralmaydi va ingredientlarning ayrim zarrachalari ajralib ko’rin­maydi.

    Dori modda zarrachalari maydalanishi natijasida bir zarracha, alohida zarrachaning sathi kamaysa ham, umum zarrachalar sathini ifodalovchi umumiy sath (umumsath) bir necha bor oshadi.

    Umums ath ko’rsatkichining oshishi quyidagi 1-jadvalda yaqqol ko’rinib turibdi.



    Download 2.9 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 2.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

    Download 2.9 Mb.