• Autekologiya
  • Eydekologiya
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi Kalit so’zlar




    Download 132.12 Kb.
    Sana23.09.2023
    Hajmi132.12 Kb.
    #83754
    Bog'liq
    Ekologiya
    1-A sinf, fizikadan 2-semestr mustaqil ish Tilovboyev Jo\'rabek, 13-Laboratoriya, 487747, практика 2022 3 курс, 1476969829 65819, MUSTAQIL ISH TARIX, 3-4, Spektroskopiya, 1-mavzu Geometrik materiallarni o\'rgatish metodikasi, 2 TOPSHIRIQ MOBILE, operatsion mustaqil, ochiq kon ishlari texnologiyasi mexanizatsiyasi va kon ishlarini, Yol harakat qoidalari va harakat xavfsizligi Bekmurodov Normurodcover-сжатый

    Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
    Kalit so’zlar
    Ekologiya, genetika, abiotik omil, o’simlik, sanoat ekologiyasi, botanika, zoologiya.
    Annotatsiya
    Ushbu maqolamizda ekologiyaning maqsadi, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida ma’lumot olishimiz mumkun. Ekologiya tabiatda hosil bo’lgan bir butun biologik birliklarni o’rganadi. Shu haqida barcha ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

    Ekologiya fani biologiyaning eng yosh, lekin juda tez rivojlanayotgan tarmog'i bo'lib, tabiatda uchraydigan jonli organizmning bir-birlari va ular yashayotgan muhit bilan bo'layotgan munosabatlarni o'rganadi. Shuningdek, ekologiya jonli organizmlarning rivojlanishi, ko'payishi, tarqalishi, o'zgarishi hamda ular hosil qiladigan murakkab ekologik birikmalar qonunlarini ham o'rganadi.


    Ekologiyaning maqsadi – ma‘lum vaqtda va ma‘lum joyda qancha organizm yashaydi, ularni qachon va qaysi yerda va nima uchun uchratish, topish mumkin degan savolga javob berishdan iborat. Bu esa insonning biologik tayanchi bo’lib, u yashab turgan muhitni saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asos bo’ladi. Shuning uchun ham ekologik ta‘limsiz va mustahkam ekologik bilimga ega bo’lmasdan turib, atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal qilib bo’lmaydi.
    Umumiy ekologiya aslida 4 bo’limga bo’lib o’rganiladi. Bular:

    • Autekologiya;

    • populyatsiyalar ekologiyasi;

    • sinekologiya;

    • biosfera.

    Ba 'zi bir chet el adabiyotlarida ekologiya sof biologik fanlar;

    • Genetika;

    • Zoologiya;

    • Botanika;

    • Mikrobiologiya;

    kabi fanlar asosida o'rganiladi.
    Bular ham 4 guruhga bo'linadi:

    • global ekologiya;

    • sinekologiya;

    • demoekologiya;

    • avtoekologiya.



    1-rasm. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
    Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasida quyidagi ekologiya turlari mavjud:

    • Mikroorganizmlar ekologiyasi;

    • Odam ekologiyasi;

    • Tabobat ekologiyasi;

    • Hayvonlar ekologiyasi;

    • Qishloq xo’jalik ekologiyasi;

    • Arxititektura, Sanoat ekologiyasi;

    • Iqlimshunoslik;

    • Landshaftshunoslik, Geomorfologiya. Tuproqshunoslik;

    • Va.h

    Hozirda ekologiyaning bo’limlari quyidagicha:

    1. Autekologiya (yunoncha autos – o’zim, logiya – ta‘lim) – tur vakillarining yashash sharoiti, bir-birlari hamda ularni o’rab turgan atrof-muhit bilan munosabatlarini o’rganadi

    2. Demekologiya (yunoncha demos – xalq) – tur vakillari hosil qiladigan tabiiy populatsiyalarning hosil bo’lish shartlarini, ularning guruhlari ichki tuzilishini, son va sifatini, bir-birlari va muhit o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi.

    3. Eydekologiya – turlar ekologiyasi – turni ekologik jihatdan chuqur o’rganadi

    4. Sinekologiya (grekcha syn - birlikda) – turli organizmlar hosil qiladigan birlik ekologiyasi, turli organizmlar, mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar assotsiatsiyalari, biosenozlar, ularning hosil bo’lishi, rivojlanishi, tuzilishi, o’zgarishi va mahsuldorligini o’rganadi.

    Hozirgi vaqtda shaxar qishloqlarda uy joylarni tabiatga zarar keltirmaydigan holda qurishni rejaashtiruvchi “me‘morchilik ekologiyasi” ham rivojlanib kelmoqda.
    Ekologiya bo’limlarining umumiy vazifalari va yo’nalishlari birlashgan. Lekin o’simliklar, sanoat yoki insonlar ekologiyasi kabi yo’nalishlarning har birini o’ziga xos tadqiqot usullari bor.
    Masalan, o’simlikning ekologiyasi abiotik omillarning ayrim o’simlik turlariga yoki tur vakillariga ta‘sirini aniqlaydi. O’simlik va ular birikmalarining bir-birlari bilan munosabatlarini fitosenologiya o’rgansa, hayvonlar va o’simliklar guruhlari ichidagi aloqalarini biosenologiya o’rganadi.

    Xulosa
    Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, hozirgi zamon ekologiyasi - tabiat va jamiyatda kechadigan jarayonlarni inson omilini hisobga olgan holda o'rganadigan fandir. Ekologiyaning turli fanlar bilan aloqadorligi haqida ko’plab ma’lumotga ega bo’ldim.
    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. R. Sultonov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari. T.: «Musiqa», 2007

    2. A.ERGASHEV, M.YULCHIYVA, O‘.AHMEDOV, A. ABZALOV EKOLOGIYA fanidan “EKOLOGIYA” nomli darslik. Toshkent 2018. 28-34

    3. X.Abdullayev. Biogeoximiya va tuproq muhofazasi asoslari. T.: «O‗qituvchi», 1989.

    4. http://www.ziyonet.uz/

    Download 132.12 Kb.




    Download 132.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi Kalit so’zlar

    Download 132.12 Kb.