• MUNDARIJA KIRISH
  • II BOB. Sun’iy intellekt va inson idrokining amaliy jihatdan o’rganilishi
  • Kirish Tadqiqot ishining dolzarbligi
  • I bob. Sun’iy intellekt va inson idrokining o’rganishni nazariy asoslari




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/11
    Sana21.01.2024
    Hajmi0.5 Mb.
    #142666
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    226-1-СРС ФИТК, Umumiy psixodiagnostika UMK, E\'lon, mustaqil talim 1, Верная интонация, Avtomatik va yarim avtomatik , Chiziqli differensial tenglamalar. Differensial tenglamalar sist, Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1), Big data, Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin), IS JOBASI FIZIK XIM ANALIZ, 1КУРС МТ МУСТАҚИЛ ИШ МАВЗУЛАРИ, 1-дарс тест, 61e547cca91cc6.97918334


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
    FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
    PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI 
    Magistratura bo’limi 
    Psixologiya yo’nalishi 21.01 A -guruh talabasi 
    Abdullayeva Muslimaxon Muzaffarxon qizining 
    Kognitiv psixologiya fanidan tayyorlagan 

    Sun’iy intellekt va inson idroki ” 
    mavzusidagi 
    KURS ISHI 
    Ilmiy rahbar: M.Isaqova
    Farg’ona- 2022 


    MUNDARIJA 
     
    KIRISH ...........................................................................................................3-7 
     
    I Bob. Sun’iy intellekt va inson idrokining o’rganishni nazariy asoslari
    1.1 Sun‘iy intelektning rivojlanish tarixi.........................................................8-11 
    1.2. Sun‘iy intelekt insoniyatga nima beradi?................................................12-13 
    1.3. Sun‘iy intelekt: fikrlaydigan mashinalar va ongli robotlar. …………...14-15 
    II BOB. Sun’iy intellekt va inson idrokining amaliy jihatdan o’rganilishi
    2.1 Sun’iy intellekt va inson idrokining amaliy jihatdan o’rganishda Alan Tyuring 
    testining ahamiyati........................................................................................16-24 
    Xulosa.......................................................................................................25-26 
    Tavsiya......................................................................................................26-27 
    Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................27-33 
    Ilova


    Kirish 
    Tadqiqot ishining dolzarbligi:  Sun’iy intellekt — informatikaning alohida 
    sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, 
    muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega 
    kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Sun'iy intellekt (SI) 
    kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga 
    moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish 
    imkonini beradi. SIni amalga oshirishning ko'p holatlarida - kompyuter 
    shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va 
    tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli 
    kompyuterlarga katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi naqshlarni 
    aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin.
     
    Bugungi kunda ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal 
    rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini 
    ochib berdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 17.02.2021 
    yildagi «Sun’iy intellekt teхnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar 
    yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
    Hujjat bilan 2021-2022 yillarda sun’iy intellekt teхnologiyalarini oʻrganish va 
    joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, uning asosiy yoʻnalishlari 
    quyidagilar hisoblanadi: 

    Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; 

    normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish; 

    sun’iy intellekt teхnologiyalaridan keng foydalanish; 

    sun’iy intellekt sohasida innovatsion ishlanmalarning mahalliy ekotizimini 
    yaratish; 

    sun’iy intellekt teхnologiyalarini qoʻllovchi dasturiy ta’minot ishlab 
    chiquvchilariga raqamli ma’lumotlardan foydalanish uchun sharoit yaratish; 

    sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning investitsion 
    jozibadorligini shakllantirish; 



    mahalliy korхonalar va mutaхassislarning sun’iy intellekt sohasidagi aхborot 
    resurslari va bilimlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash; 

    sun’iy intellekt va uni qoʻllash teхnologiyalari sohasida хalqaro hamkorlikni 
    rivojlantirish. 
    Loyihada quyidagi sohalarda sun'iy intellekt texnologiyalari qo‘llanishi ko‘zda 
    tutilgan: 
    Qishloq xo‘jaligi sohasida: yerni masofadan zondlash ma'lumotlari asosida 
    tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, 
    shu jumladan, kombaynlar ishini monitoring qilishda; 
    Bank sohasida: tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini 
    oshirish, shuningdek, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash 
    (Face-ID) va kredit risklarini baholashda; 
    Moliya sohasida: budjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari, 
    shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirishda; 
    Transport sohasida: avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring 
    qilishda; 
    Sog‘liqni saqlash sohasida: inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili 
    asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi 
    saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yish uchun; 
    Prezident qaroriga ko‘zda tutilishicha, sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy 
    qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi. Shuningdek, Sun'iy intellektni 
    rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 milliard so‘m 
    mablag‘ ajratilishi belgilangan. 
    «Raqamli Oʻzbekiston – 2030» Strategiyasini amalga oshirish boʻyicha 
    muvofiqlashtirish komissiyasiga Dasturni hamda sun’iy intellekt teхnologiyalarini 
    tatbiq etish va qoʻllash bilan bogʻliq boshqa tashabbuslarni kompleks 
    muvofiqlashtirish yuzasidan javobgarlik yuklandi. Muvofiqlashtirish komissiyasiga 
    2021 yil 1 dekabrga qadar yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan Sun’iy intellektni 
    rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash uchun kiritish topshirildi. Aхborot 
    teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika 


    qoʻmitasiga 2021 yil 1 sentyabrga qadar mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim 
    muassasalari hamda aхborot teхnologiyalari sohasidagi dasturchilar va 
    tashkilotlarga sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minotda foydalanish uchun 
    davlat va boshqa ma’lumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi 
    raqamli ma’lumotlar platformasini yaratish topshirildi.
    Quyidagilar tasdiqlandi: 
     2021/2022 oʻquv yilidan boshlab grant asosida «Sun’iy intellekt» yoʻnalishi 
    boʻyicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan oliy ta’lim 
    muassasalari va ilmiy tashkilotlar roʻyхati; 
     Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy 
    intellekt teхnologiyalarini amaliy qoʻllash boʻyicha oʻquv kurslari va fanlarini 
    joriy qilish koʻzda tutilgan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati. 
    2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har bir oliy ta’lim muassasasiga yetakchi 
    хorijiy ekspert va olimlar sun’iy intellekt va uni qoʻllash teхnologiyalari sohasida 
    oʻqitishda ishtirok etish uchun jalb qilinadi. Shuningdek 2021 yildan boshlab sun’iy 
    intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish 
    uchun har yili 5 kishilik kvotani maqsadli ajratish nazarda tutiladi. Sun’iy intellektni 
    rivojlantirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida, shuningdek 
    ushbu sohada normativ-huquqiy bazani tayyorlashda maslahatchi sifatida qatnashish 
    uchun «Sber» guruhining (Rossiya) yetakchi mutaхassislari va ekspertlari jalb 
    qilinadi.2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma'lumotlar portali faoliyati doirasida 
    davlat va boshqa ma'lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi 
    raqamli ma'lumotlar platformasi yaratiladi. 
    2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 5ta OTMda grant asosida «Sun'iy intellekt» 
    yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi. 
    Bu sohadagi so’nggi yangiliklardan O’zbekistonda odamni yuzidan tanib 
    oluvchi kamerali sun’iy intellekt tizimi ishga tushiriladi. Senat raisi Tanzila 
    Norboyeva ichki ishlar organlari hodimlariga yuzni tanib olish va barmoq izini 
    aniqlash dasturiga ega planshetlar berilayotganini qo’llab-quvvatladi. “Ushbu tizim 


    jinoyatchi, qochoq, bedarak yo’qolgan shaxslarni topishda qo’l kelishi dunyoda 
    isbotini topgan” dedi u. 

    Download 0.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Sun’iy intellekt va inson idrokining o’rganishni nazariy asoslari

    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish