Ijtimoiy fanlar kafedrasi




Download 2.47 Mb.
bet1/8
Sana19.09.2020
Hajmi2.47 Mb.
#11451
  1   2   3   4   5   6   7   8

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH

VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
«Tasdiqlayman»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor f.f.n S.U.Aliev ____________________________

«___» _______________2016 yil

Farmatsiya va Kasbiy talim yo‘nalishlari,

sanoat farmatsiyasi va biotexnologiya yo‘nalishlari uchun


SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN

O‘QUV-USLUBIY MAJMUASI

Tuzuvchi: K.K.Ismailov

Toshkent-2016

Tuzuvchi: Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti K.K.Ismailov

Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda Toshkent Davlat iqtisodiyot

universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan

“Ta’limda innovatsion texnologiyalar” (loyixa muxarirri i.f.d.

prof. Bekmurodov A.SH., p.f.n. dots. Golish L.V) uslubiy

qo‘llanmasidan hamda “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”

malaka oshirish kursida olingan bilimlaridan foydalanildi.

Tuzuvchilar: Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti

K.K.Ismailov

O’quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika inztitutining soha uslubiy


kengashning 2016 yil 15.06. dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismailov
O’quv-uslubiy majmua MUK da ko‗rib chiqildi va tasdiqlandi
«__» __________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi

Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev



Mundarija

1. Ishchi dastur...........................................................................................

2. Sillabus ................................................................................................

3. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari..

4. Nazariy materiallar...........................................................................

5. Seminar mashg‘ulotlari uchun materiallar .....................................

6. Keyslar banki .......................................................................................

7. Mustaqil ta’lim mavzulari...............................................................

8. Testlar ...................................................................................................

9. Gllasariy ..............................................................................................

10. Adabiyotlar ..........................................................................................

1. ISHCHI DASTUR

KIRISH
Amaldagi soliq tizimini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida isloh qilish sharoitida ta'lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rganish, tahlil qilish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega bo‘lish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy islohotlar yo‘lini tanlaganidan so‘ng, oldimizda mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, boshqa bozor iqtisodiyotiga o‘tishdek murakkab jarayonni boshidan kechirgan rivojlangan va rivojlanayotgan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan kelib chiqqan holda mohiyatan yangi soliq tizimini vujudga keltirish vazifasi turar edi.

Bozor munosabatlari, xo‘jalik yuritishning yangi shakllari rivojlanishi bilan soliq qonunchiligiga zikr etilgan tamoyillardan kelib chiqadigan hamda islohotlarning tegishli bosqichi sharoitiga mos keladigan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasida istiqlol yillari ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida bosqichma-bosqich mustaqil soliqlar tizimi barpo etildi. Bu jarayonda eski bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydigan soliqlar (oborot solig‘i, foydadan ajratma, o‘rmon solig‘i, amoritizatsiyadan ajratma va hokazo) tugatildi va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan soliq tizimi joriy etildi.

Oxirgi yillarda jamiyatimizda davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotdagi erkinlashtirish siyosati soliqlar tizimini ham har tomonlama erkinlashtirishga sharoit yaratmoqda.

I.A.Karimov idoralararo muvofiqlashtirish kengashi yig‘ilishida so‘zlagan ma'ruzasida: “Men bir haqiqatni barcha tushunib olishini istayman: erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish – bu bizning olg‘a intilishimizning kafolati va asosi. U nafaqat iqtisodiyot balki, ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir”, - deb ko‘rsatib o‘tdilar (SBX, 5-son, 2000 yil, 3-9 betlar).

O‘tgan davr mobaynida davlat soliq xizmati organlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda davlat soliq xizmati xodimlarini tayyorlashda o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani buyicha tayyorlangan ukuv uslubiy majmua, talabalarda o‘z tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Soliq va soliqqa tortish fanining maqsadi va vazifalari

“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amalda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.

Fan oldiga qo‘yilgan vazifalar asosan talabalarni soliq turlarini, soliq ob'ektlari, sub'ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rgatishdan iboratdir.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fani bo‘yicha mazkur sohada erishilgan asosiy yutuq, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish, «Soliqlar va soliqqa tortish» bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishga qaratilgandir. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarning ma'no va mohiyatini talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.


Soliq va soliqqa tortish fani bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Fanning asosiy maqsadi soliq turlari, soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar va ularning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha talabalarda ko‘nikmalar hosil qilish. Mazkur fanni o‘rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan faol usul, prezentatsiya, ishbilarmon o‘yinlar, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalanish. Shu bilan bir qatorda tahlil va sintez, statistik jadvallar orqali fanning asosiy mohiyatini ifoda etib berish to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Soliq va soliqqa tortish fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubi jihatdan ketma-ketligi

“Soliqlar va soliqqa tortish” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kirib, u bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar (moliya-kredit, bank ishi, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot nazariyasi va audit, sug‘urta va bojxona ishi va h.k.)dan ham ozuqa oladi. U “Soliq qonunchiligi asoslari”, “Moliya”, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” kabi fanlar bilan ham uzviy bog‘liqdir.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul'timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.



“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim.Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv.Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish.Demokratik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qarati.

Muammoli ta'lim.Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni o'ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari:dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari:o‘qitishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari:tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari:kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari:o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash:o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

“Soliq va soliqqa tortish” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “yexcel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.


Soliq va soliqqa tortish” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:

t/r

Mavzular nomi

Jami

soat


Ma'ruza

Amaliy mashg‘ulot

TMI

Jami

1

«Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti mazmuni va o‘rganish usullari

4

2

2

4

8

2

O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning shakillanishining nazariy asoslari. Soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari

6

4

2

4

10

3

O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi va undagi ma'murchilik masalalari.

8

4

4

4

12

4

Yuridik shaxslardan olinadigan soliklar

8

4

4

4

12

5

Jismoniy shaxslardan olinadigan soliklar

6

2

4

4

10

6

Davlatning maqsadli ijtimoiy jamg‘armalariga olinadigan majburiy tulovlar. Davlat boji.

4

2

2

4

8




Jami

36

18

18

24

60


Download 2.47 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.47 Mb.