Ijtimoiy fanlar kafedrasi




Download 2.47 Mb.
bet6/8
Sana19.09.2020
Hajmi2.47 Mb.
#11451
1   2   3   4   5   6   7   8

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.03 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ ставкалари]

Daromadlarning alohida turlariga solinadigan soliq stavkalari.

Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng kam stavka bo‘yicha soliq solinadi:

baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar tariqasida olingan daromadlarga. Bunda cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun yuridik shaxslar xodimlarining ish haqiga koeffitsientlar hisoblashning eng yuqori summasi hisoblash paytidagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi;

korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga.

Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan ayollarning daromadlaridan olish darajasi 20 foizdan oshmasligi lozim. Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Jismoniy shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlariga solinadigan soliq stavkalari. Jismoniy shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan, doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:

dividendlar va foizlarga — 10 foiz;

belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;

intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazganlik uchun pul mukofoti, ijara bo‘yicha daromadlar, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, fuqarolik-huquqiy tusga ega shartnomalar bo‘yicha olingan boshqa daromadlarga — 20 foiz.

To‘lov manbaida soliq solish to‘lov O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.

Yil choragi daromad to‘lash manbaidan jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qoluvchilar uchun hisobot davridir.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.07 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқни ҳисоблаб чиқариш, ҳисобот ва тўлаш]

Jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlar. Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va to‘lash majburiyati yuridik shaxslar, faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hamda chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari zimmasiga yuklatiladi.

Jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:

1 jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari;

2) jismoniy shaxslarning bir martalik ishlarni bajarishdan oladigan daromadlari;

3) jismoniy shaxslarning dividendlar, foizlar, pul mukofotlari tariqasida olgan daromadlari;

4) jismoniy shaxslarning bepul berilgan aksiyalar yoki yuridik shaxslar mol-mulkining ulushi tariqasidagi daromadlari;

5) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga to‘lanadigan daromadlar;

6) jismoniy shaxslarning mol-mulkni yuridik shaxsga ijaraga berishdan oladigan daromadlari;

7) royalti;

8) jismoniy shaxslarning tanlovlar va musobaqalar yakunlari bo‘yicha sovrinlar, yutuqlar tariqasida oladigan daromadlari;

9) yuridik shaxs — grant oluvchi tomonidan jismoniy shaxsga beriladigan grantlarning summalari;

10) jismoniy shaxslarga yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan daromadlar;

11) jismoniy shaxsga yuridik shaxs tomonidan moddiy naf tariqasida to‘lanadigan daromadlar.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolish

To‘lov manbaida soliq solish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq agentlari tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq agentlari soliq to‘lovchining daromadlaridan hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini mazkur daromadlar haqiqatda to‘lanayotganda ushlab qolishlari shart.

Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning hisoblangan summasini soliq to‘lovchidan ushlab qolish soliq agenti soliq to‘lovchiga to‘layotgan har qanday pul mablag‘lari hisobidan, mazkur pul mablag‘lari haqiqatda soliq to‘lovchiga yoki uning topshirig‘iga binoan uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘g‘ri ushlab qolinishi va o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilishi uchun javobgarlik daromad to‘layotgan soliq agentining zimmasida bo‘ladi. Mazkur soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani hamda u bilan bog‘liq penyani byudjetga to‘lashi shart.

Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi.

Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash shaklida oladigan daromadlariga ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan soliq belgilangan tartibda ushlanadi. Bunda ish haqidan soliq, soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran, yuqorida aytib o‘tilganidek, ortib boruvchi yakun bilan hisoblanadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va ushlab qolish soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.

O‘z xodimlariga moddiy yordam ko‘rsatgan va qimmatbaho sovg‘alar bergan soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini soliq davrining oxirida amalda bo‘lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda qayta hisob-kitob qiladi.

Jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan moddiy yordam va qimmatbaho sovg‘a olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davrining oxirida amalda bo‘lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, jismoniy shaxs joriy yilda o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma yoki identifikatsiya raqami keyinchalik taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

YAngi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan buyon ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Agar asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan daromadlar olayotgan jismoniy shaxs buxgalteriyaga o‘z daromadidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi bo‘yicha ushlab qolish to‘g‘risida ariza bersa, daromadlar to‘layotgan yuridik shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushbu bo‘limda nazarda tutilgan imtiyozlarni qo‘llamagan holda eng yuqori stavka bo‘yicha ushlab qoladilar.

Soliq agentlari ish haqi to‘layotganda jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma berishlari shart.

Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yakuniy summasi olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan hisoblab chiqariladi.

Hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi. Soliq agentlari:

1) soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida, asosiy ish joyi bo‘yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslar bundan mustasno, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi:

soliq to‘lovchining — jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;

soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;

o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi;

soliq agentining identifikatsiya raqami;

soliq agentining nomi, joylashgan eri (pochta manzili);

2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga qadar, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etishi shart.

Soliq to‘lash tartibi. To‘lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda to‘lanadi:

pul mablag‘larini olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda;

to‘lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to‘lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bo‘lsa.

Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag‘ida ish haqini to‘lash va bir vaqtning o‘zida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni byudjetga o‘tkazish uchun mablag‘lar etarli bo‘lmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bank hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga mutanosib summada byudjetga o‘tkaziladi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.07 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқни ҳисоблаб чиқариш, ҳисобот ва тўлаш;

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.08 Жисмоний шахсларнинг даромадларини декларациялаш]

Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:

mulkiy daromad, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa;

ikkita yoki undan ko‘p manbadan olingan daromadlar;

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.

Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda uning arizasiga ko‘ra ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.

.

Daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi. Soliq to‘lovchilar daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.



O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs o‘tgan soliq davri uchun daromadlar to‘g‘risida joriy yilning 1 apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.

CHet ellik jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan bo‘lsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Taqdim etish tartibi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lash deklaratsiya topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi.

Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant bo‘yicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i miqdorini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha organning tegishli xulosasini ko‘rsatadi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda daromadlar to‘g‘risidagi quyidagi deklaratsiyalarni taqdim etadi:

dastlabki deklaratsiyani — shunday daromadlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach, besh kunlik muddatda, agar bu daromadlarga jismoniy shaxslar daromadlariga to‘lov manbaida solinadigan soliq solinmagan bo‘lsa;

yakuniy deklaratsiyani — o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 15 yanvariga qadar.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.

Deklaratsiya bo‘yicha soliq to‘lash tartibi. Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘laydilar.

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydilar. Yil tugagach, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning 15 martigacha soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi kerak.

Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‘langan sana quyidagilardir:

yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langani taqdirda — ularning bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;

jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda — bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.06 Норезидентлар ва чет эллик жисмоний шахсларни солиққа тортиш]

2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.


Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilar. [ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.01 Мол-мулк солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir.

Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.01 Мол-мулк солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish ob’ekti. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.01 Мол-мулк солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]

Soliq solinadigan baza. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.

Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo‘yicha to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bo‘yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.03 Мол-мулк солиғи бўйича имтиёзлар]

qo‘llanilmaydi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.02 Мол-мулк солиғи ставкалари]

Soliq stavkasini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. Soliq solish ob’ektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to‘lanadi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.04 Мол-мулк солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]

Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga har yili 1 fevralgacha ob’ektning 1 yanvarga bo‘lgan holatiga ko‘ra inventarizatsiya qiymatini va uning mulkdorini ko‘rsatgan holda ma’lumot taqdim etadi.

Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo‘lgan holatiga ko‘ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.



3. Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i.

Er bilan bog‘liq masalalar o‘ta muhim, o‘z o‘rnida soliq siyosati ham imkoni boricha mukammal ko‘rinishda olib borilishi lozim.

"Er — o‘lkamizning eng asosiy boyligi. U ediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy shart—sharoitlarni yaratib beradi. SHu sababli respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko‘p jihatdan erdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi",13 deya e’tirof etgan respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov. O‘z o‘rnida er kabi resurslarni soliqqa tortish, soliq siyosati masalalarda ham doimo qat’iy e’tibor berib kelmoqda: "Soliq tizimining eng muhim vazifasi — ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy—xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol—mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir.

...YAngi soliq siyosati doirasida soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol — mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi".14

YUqoridagilarni inobatga olib, amaliyotimizda davlat byudjeti daromadlarida er solig‘ining nisbiy va miqdoriy salmog‘i oshib kelishiga erishilmoqda.

Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ining to‘lovchilari. [ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.01 Ер солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari er solig‘ini to‘lovchilardir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan er uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi er solig‘iga tenglashtiriladi. Er uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga er solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.

Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o‘tgan er uchastkalari uchun er solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.01 Ер солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]

Soliq solish ob’ekti. Jismoniy shaxslar uchun quyidagi er uchastkalari soliq solish ob’ektidir:

1) dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan er uchastkalari;

2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan er uchastkalari;

3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan er uchastkalari;

4) xizmat yuzasidan berilgan chek erlar;

5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan er uchastkalari;

6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan er uchastkalari;

7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan er uchastkalari.

Ko‘p kvartirali uylar egallagan er uchastkalari soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.

Soliq solinadigan baza. [ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.01 Ер солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning er uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan bazadir.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]

Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan er uchastkalarining maydonlari bo‘yicha soliq solinadigan baza ushbu er uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]

Xizmat yuzasidan berilgan chek erlarning maydonlari bo‘yicha soliq solinadigan baza o‘z xodimlariga er uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.03 Ер солиғи бўйича имтиёзлар]

Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ining davri. [ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]

Kalendar yil soliq davridir.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Er solig‘ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat soliq xizmati organlari er solig‘ini to‘lovchilar bo‘lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.

Er solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Yil mobaynida er uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir oy ichida er solig‘ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to‘lovchiga er solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]

Soliq to‘lash tartibi. Er solig‘i er uchastkasining mulkdori, erga egalik qiluvchi, erdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, er uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to‘lanadi.

Yil mobaynida ajratilgan er uchastkalari uchun er solig‘i jismoniy shaxslar tomonidan er uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lanadi.

Er uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, er solig‘ini to‘lash er uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi).

Er solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Er solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.

Belgilangan tartibda berilgan er uchastkalari uchun er solig‘i er uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.

Soliq davri uchun er solig‘i to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan yiliga bir marta 15 oktyabrgacha amalga oshiriladi.

4. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

Soliq to‘lovchilar. Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lovchilardir.

Soliq solish ob’ekti. Soliq solinadigan baza. Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilish soliq solish ob’ektidir.

Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan hajmi soliq solinadigan bazadir.

Soliq davri. Soliq davri quyidagilardir:

mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.

Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi chakana narxga qo‘shimcha ravishda belgilanadi, sotib oluvchiga beriladigan chekda alohida qatorda ko‘rsatiladi hamda jismoniy shaxslardan realizatsiya qilinayotgan benzin, dizel yonilg‘isi va gaz uchun mablag‘larni olish bilan bir vaqtda undiriladi.

Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning joriy o‘n kunlik to‘lovlar hisobga olingan holdagi hisob-kitobi yonilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.

Jismoniy shaxslarning transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lash jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz chakana realizatsiya qilingan oyning o‘n kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kunidan kechiktirmay, yonilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan erda har o‘n kunda amalga oshiriladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

1.Kimlar jismoniy shaxs hisoblanadi?

2.Jismoniy shaxslarning daromadlari tarkibini izohlang?

3.Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lib kimlar hisoblanadi?

4.Soliq stavkalari kim tomonidan o‘rnatiladi?

5.Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqning amaldagistavkalari qanday ?

6.Rezident va norezident jismoniy shaxslar farqini tushuntiring?

7.Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqdan imtiyozlar necha turdan iborat va ularning tarkibi qanday?

8.CHet ellik jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning qandayxususiyatlari mavjud?

9.Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni hisoblash tartibi qanday?

10.Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lash tartibiqanday va qaysi muddatlarda amalga oshiriladi?

11.Jami yillik daromad haqidagi deklaratsiyani kimlar taqdim etadi?

12.Jami yillik daromad tarkibiga qanday daromadlar kiritiladi?

Jami yillik daromad haqidagi deklaratsiya blanka shakli qanday?

13.Soliq to‘lovchining yil davomida olinadigan daromadlari hisobi qaysi tartibda amalga oshiriladi?

14.Deklaratsiya bo‘limlarini to‘ldirish tartibi qanday?

15.Jismoniy shaxslardan undiriladigan er solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i qanday?

16.Er solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanadi?


6-mavzu. Davlatning maksadli ijtimoiy jamgarmalariga olinadigan majburiy tulovlar. Davlat boji.
Reja:

1. YAgona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashkari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari.

2. Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar.

3. Davlat boji.



Tayanch so‘zlari va iboralar: jamg‘arma, soliq solinadigan baza,sug‘urta badallari, davlat boji, boj to‘lovi,kompensatsiya..

Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.”Adolat” nashriyoti, 2010 yil.

2. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni. -T.:// Xalq so‘zi, 1997 yil, 29 avgust. 1-2 bet.

3. Karimov I.A. YAngilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. // Xalq so‘zi, 2007 yil 13 fevral.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1675son Qarori. Xalq so‘zi gazetasi, yanvar 2016y.

5. Alimardonov M.I., To‘xsanov Q.N. Soliq nazariyasi. – T.: O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2005.

6. Kochergov D.S., Ustinova E.E. Uproщennaya sistema nalogooblojeniya. - M.: Omega, 2006. - 317 s.

7. Toshmuradova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish: O‘quv qo‘llanma. -T.: TMI, 2005. –158 b.

8. YAhyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti: Darslik (qayta ishlangan) - T.: Fan va texnologiyalar markazi, 2003. -247 bet.

9. Soliq info” ijtimoiy-iqtisodiy gazeta, 2013, 2014, 2015 y.y.

1. YAgona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashkari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.02.00 Ягона ижтимоий тўлов;

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.03.00 Фуқароларни Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасига суғурта бадаллари]

Soliq to‘lovchilar. YAgona ijtimoiy to‘lovni to‘lovchilar quyidagilardir:

yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy ravishda yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (bundan buyon matnda sug‘urta badallari deb yuritiladi) to‘lovchilardir.

Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.

Soliq solish ob’ekti. Ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish ob’ektidir.

Soliq solinadigan baza. YAgona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi.

Imtiyozlar. YAgona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari quyidagi to‘lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:

1) kompensatsiya to‘lovlari;

2) xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli byudjet yoki xayriya jamg‘armalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu kabilar uchun) o‘tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar;

3) xodimning muhim sanasi, uzoq yillik xizmati, jamoat faoliyatida erishgan yutuqlari munosabati bilan unga beriladigan rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar;

5) yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan nafaqalar.

Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.

Hisobot davri quyidagilardir:

mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.

YAgona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. YAgona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

YAgona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan o‘tkaziladi.

YAgona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Sug‘urta badallarining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

To‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

yagona ijtimoiy to‘lov — har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;

sug‘urta badallari — ish haqiga pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda.

Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari

YAkka tartibdagi tadbirkorlar sug‘urta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi.

YUridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. Belgilangan miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

YOshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari uchun sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

Sug‘urta badallarini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyda keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;

yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari — hisobot yilining 1 oktyabrigacha. Bunda sug‘urta badallarining miqdori to‘lov kunidagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

To‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va to‘lov to‘lanayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo‘jaliklari a’zolari uchun — yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.04.00 Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасига мажбурий ажратмалар]

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar.

Soliq to‘lovchilar. YUridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lovchilardir.

Quyidagilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lmaydi:

notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;

yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yuridik shaxslar.

Soliq solish ob’ekti. Soliq solinadigan baza. Soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza quyidagilardir:

1) kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;

2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi qiymati;

3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo‘yicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi pul mukofoti summasi;

4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun — tovar oboroti;

5) kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari uchun —daromad;

6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi.

Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish ob’ektlariga ega bo‘lgan hollarda, ular soliq solish ob’ektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart.

Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.

Hisobot davri quyidagilardir:

mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob- kitoblarini taqdim etish va ularni to‘lash tartibi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

2. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.05.00 Республика йўл жамғармасига ажратмалар ва йиғимлар]

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarto‘lovchilar:

YUridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lovchilardir.

Quyidagilar Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lmaydi:

notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;

yagona soliq to‘lovi to‘lovchi yuridik shaxslar;

ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jaligi boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar, Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha ishlarni bajarganlik uchun olingan daromadlar qismi bo‘yicha.

Soliq solish ob’ekti. Soliq solinadigan baza. Sof tushum Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazasidir.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:

1) kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;

2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi qiymati;

3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo‘yicha, vositachilik va topshiriq shartnomasi bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;

4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun — tovar oboroti;

5) kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari uchun — agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;

6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi.

Ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi.

Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish ob’ektlariga ega bo‘lgan hollarda, ular soliq solish ob’ektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart.

Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.

Hisobot davri quyidagilardir:

mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.

Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni to‘lash tartibi. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.06.00 Бошқа бюджетдан ташқари жамғармасига ажратмалар ва йиғимлар]

Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarning turlari. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlariga quyidagilar kiradi:

avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;

chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im.

Soliq to‘lovchilar. Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im to‘lovchilardir.

CHet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im to‘lovchilardir.

Soliq solish ob’ekti. Yig‘imlar uchun soliq solish ob’ekti quyidagilardir:

avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;

chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish.

Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan baza quyidagilardir:

olingan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati;

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.

Imtiyozlar. Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:

1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan engil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;

2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;

3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar — mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari bo‘yicha;

4) faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalari — yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (engil avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari);

5) yuridik shaxslar — qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olingan kon avtosamosvallari bo‘yicha;

6) homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;

7) yuridik shaxslar — avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o‘tkazishda;

8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;

9) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3—5-bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.

Yig‘imlarni to‘lash tartibi. Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im ular O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:

1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;

2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;

3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, ushbu Kodeks 324-moddasining 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yig‘im taraflarning yozma kelishuviga ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti bo‘lgan avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi;

4) avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.

Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki texnik ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshirilmaydi.

CHet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.

3. Davlat boji.

Umumiy qoidalar. [ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.01.00 Умумий қоидалар. Давлат божи тўловчилар ва ундириладиган объектлар]

Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to‘lovdir.

O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji konsullik yig‘imi tariqasida undiriladi.

Davlat bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.01.00 Умумий қоидалар. Давлат божи тўловчилар ва ундириладиган объектлар]

Davlat bojini to‘lovchilar. YUridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar berilishi xususida vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardir.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.01.00 Умумий қоидалар. Давлат божи тўловчилар ва ундириладиган объектлар]

Undirish ob’ektlari. Davlat boji quyidagilardan undiriladi:

1) sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, organlarning va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sudlarning qarorlari ustidan beriladigan apellyasiya, kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi shikoyatlar va arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun;

2) da’vo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablarni bildirgan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish to‘g‘risidagi arizalardan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan berilgan, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi apellyasiya va kassatsiya shikoyatlaridan, hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyasiya va kassatsiya shikoyatlaridan;

3) davlat notarial idoralari, O‘zbekiston Respublikasining konsullari va shaharchalar, qishloqlar, ovullarning fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun;

4) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun;

5) chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risida hujjatlarni berganlik uchun; yashash guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga viza berganlik uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan;

6) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun;

7) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik uchun;

8) yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun;

9) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun;

10) ov qilish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida ruxsatnoma berganlik uchun.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.03.00 Давлат божи бўйича имтиёзлар]

Umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilish. Umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) da’vogarlar — ish haqini undirib olish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;

2) da’vogarlar — mualliflik huquqlari va turdosh huquqlardan, shuningdek ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomiga, seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqdan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan;

3) da’vogarlar — alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

4) da’vogarlar — mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

5) da’vogarlar — noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka tortish, ma’muriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan;

6) da’vogarlar — jinoyat tufayli etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

7) jinoyat tufayli etkazilgan moddiy zararning undirib olinishi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi nizolashilayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar;

8) nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi mol-mulkni bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar bo‘yicha apellyasiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar;

9) yuridik va jismoniy shaxslar — jinoyat ishlari va alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bog‘liq hujjatlarni ularga berganlik uchun;

10) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilinishini so‘rab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;

11) yuridik va jismoniy shaxslar:

sudning ishni tugatish yoki uni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;

sudning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;

da’voni ta’minlash yoki da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;

sudning yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimini yoki qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;

sud tomonidan belgilangan jarimani bekor qilish yoki kamaytirish to‘g‘risidagi, sudning hal qiluv qarori ijrosini o‘zgartirish to‘g‘risidagi, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;

12) yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan, sudning jarimani bekor qilish yoki kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyatlar hamda sud ajrimi ustidan boshqa xususiy shikoyatlar yuzasidan;

13) tadbirkorlik sub’ektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;

14) iste’molchilar — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari; iste’molchilarning jamoat birlashmalari — iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan da’volar yuzasidan;

15) da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga etkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;

16) davlat organlari — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan, tarixiy, badiiy qimmatga yoki jamiyat uchun boshqa qimmatga ega bo‘lgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qo‘yish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;

17) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi — palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar bo‘yicha, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;

18) nodavlat notijorat tashkilotlari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;

19) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar yuzasidan;

20) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni kiritish va kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qarzni undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

21) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari, shuningdek fuqarolar — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

22) tumanlar, shaharlar (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to‘lash va majburiy badallarni kiritish bo‘yicha qarzni undirish to‘g‘risidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan da’volar yuzasidan;

23) tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari — zarar etkazuvchidan quyidagi summalarni undirib olish to‘g‘risidagi regress da’volar bo‘yicha:

jabrlanuvchiga yoki uning oila a’zolariga to‘langan pensiyalar va nafaqalar summalarini;

benzinga, avtomototransport vositalarini ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar olishga, nogironlarni avtomototransport vositalarini haydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarni qoplash summalarini, shuningdek noto‘g‘ri to‘langan pensiyalar va nafaqalarning summalarini undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

24) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning joylardagi organlari — ko‘chish joyiga bormagan yoki ko‘chib borgan joylarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan ko‘chirib keltiriluvchilarga nisbatan ko‘chish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risida taqdim etilgan da’volar yuzasidan;

25) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — atrof muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o‘zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularning muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy ob’ektlarga va komplekslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

26) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning joylardagi organlari — suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

27) sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari — majburiy sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liq ishlar yuzasidan;

28) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — investorlarning, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir da’volar yuzasidan;

29) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari, shuningdek monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash organlari — barcha ishlar va hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar berganlik uchun;

30) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;

31) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;

32) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;

33) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qarzdor tomonidan qoplash to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.03.00 Давлат божи бўйича имтиёзлар]

Xo‘jalik sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilish. Xo‘jalik sudlarida davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar — pul mablag‘lari bo‘lmaganda, bu bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, xo‘jalik sudining ajrimi bo‘yicha;

2) qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha;

3) tadbirkorlik sub’ektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;

4) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar bo‘yicha;

5) da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga etkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi, o‘rmon xo‘jaligi daromadi summalarini (shu jumladan, o‘rmon daraxtlarini o‘sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek o‘zboshimchalik bilan o‘rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‘rganlik va mollarni o‘tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;

6) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi — palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar bo‘yicha;

7) nodavlat notijorat tashkilotlari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;

8) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni to‘lash va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

9) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

10) tumanlar, shaharlar (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to‘lash va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzni undirish to‘g‘risidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan da’volar yuzasidan;

11) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar bo‘yicha;

12) tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari — zarar etkazuvchidan quyidagi summalarni undirish to‘g‘risidagi regress da’volar bo‘yicha:

jabrlanuvchiga yoki uning oila a’zolariga to‘langan pensiyalar va nafaqalar summalarini;

benzinga, avtomototransport vositalarini ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatishga va ehtiyot qismlar olish, nogironlarni avtomototransport vositalarini haydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarni qoplash summalarini;

13) da’vogarlar va javobgarlar — sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari — majburiy sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liq barcha ishlar bo‘yicha;

14) «O‘zagrosug‘urta» davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, uning direksiyasi va joylardagi bo‘linmalari — qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan bank kreditlarini to‘lamaslik xavfini hamda qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish, shuningdek fyuchers kontraktlar bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun oldindan beriladigan mablag‘larning qaytarilishini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha to‘langan sug‘urta tovoni uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan qarzni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

15) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

16) tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar bo‘yicha;

17) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — atrof muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o‘zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy ob’ektlarga va komplekslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

18) O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda uning joylardagi organlari — standartlarni, texnik shartlarni joriy etish va ularga rioya etilishi hamda mahsulotlar sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar yoki shunday vakolatga ega bo‘lgan boshqa organlar jo‘natishni man etgan mahsulotlarni etkazib bergan yuridik shaxslardan byudjet daromadiga jarimalar undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

19) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — davlat mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun davlat daromadiga mablag‘lar undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

20) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — investorlarning, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir da’volar bo‘yicha;

21) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari, shuningdek monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash organlari — barcha ishlar va hujjatlar bo‘yicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar berganlik uchun;

22) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;

23) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;

24) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qarzdor tomonidan qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.03.00 Давлат божи бўйича имтиёзлар]

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.04.00 Давлат божини тўлаш тартиби]

Davlat bojini boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan undirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun davlat boji dalolatnomalarni ro‘yxatda qayd etish chog‘ida, takroriy guvohnomalar berganlik uchun esa, ular berilayotganida to‘lanadi.

SHaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik hamda ular tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat boji tasdiqlangan shakldagi kvitansiya berilgan holda naqd pulda to‘lanadi.

CHet elga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun, bu hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun, shuningdek yashash guvohnomasini, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik yoxud chet ellik fuqarolarning pasportlariga yoki ularning o‘rnini bosadigan hujjatlariga chiqib ketish yoki kirib kelish huquqini beradigan vizalar qo‘yganlik uchun davlat boji tegishli hujjatlar olinguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi arizalardan esa, bunday arizalar berilguniga qadar to‘lanadi.

CHet eldan kirish va chet elga chiqish huquqini beruvchi hujjatlarni, yashash guvohnomasini, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan chet elga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlardan davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.

CHet elga xizmat safariga yuborilgan xodimlar bilan birgalikda ularning xotini va bolalari xizmat safarining butun muddatiga safarga borganida davlat boji xizmat safariga yuborilganlarning o‘zlaridan undirilgani kabi tartibda va miqdorlarda undiriladi. Oila a’zolari chet elga xizmat safariga yuborilgan shaxsning oldiga mehmon bo‘lib oddiy safarga borganlarida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.

CHet ellik fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga vizalar berganlik uchun davlat boji har bir shaxsga alohida viza yoki bir nechta shaxsga umumiy viza berilayotganligidan qat’i nazar, o‘n olti yoshga to‘lgan har bir shaxsdan undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik, ov qilish huquqi uchun ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji hujjat berilayotganda to‘lanadi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.04.00 Давлат божини тўлаш тартиби]

Davlat boji to‘lovlarini va tushumlarini hisobga olish. Davlat boji naqd pulsiz o‘tkazilganligiga doir to‘lov topshiriqnomalari, bankning davlat bojini to‘lash uchun pul qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi kvitansiyasi davlat bojini undiradigan davlat organlarida qoladigan tegishli materiallarga qo‘shib qo‘yiladi.

Notarial harakatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish reestrida kiritilgan davlat boji summasi, bank hujjatining sanasi va raqami ko‘rsatiladi.

SHaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) to‘lovchiga davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya beradi, to‘lovchilarga beriladigan tasdiqlangan hujjatlarga, ushbu hujjatlarning nusxalariga hamda shaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yig‘inlari daftarlariga esa, undirilgan davlat boji summasi to‘g‘risidagi kvitansiyaning raqami ko‘rsatilgan holda belgi qo‘yiladi.

SHaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilayotganda to‘langan davlat boji summasi to‘g‘risidagi yozuv dalolatnomalar daftaridagi maxsus shu uchun mo‘ljallangan joyga yoki dalolatnoma oxiriga kiritiladi. Bunda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi yozuv davlat bojini to‘lagan shaxs tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak.

Davlat bojini to‘lashdan tushgan summalar tushumlar ro‘yxatiga yoziladi va kunning oxirida umumiy yakun bilan shaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yig‘inlarining kassa daftariga kiritiladi.

To‘lovchilar davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan hollarda, tegishli hujjatlarga (reestrlarga, daftarlarga va boshqa shu kabilarga) tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda belgi qo‘yiladi.

Davlat boji tushumlarini hisobga olish davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishli davlat organlari bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat boji tushumlari bo‘yicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘zlari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.04.00 Давлат божини тўлаш тартиби]

Davlat bojini qaytarish tartibi. Davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak:

1) davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida;

2) sud arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etganida, shuningdek davlat notarial idoralari yoki shaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;

3) arizasi (shikoyat) harakatsiz qoldirilganligi munosabati bilan da’vogarga qaytarib berilganda;

4) agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, ishni yuritish tugatilganda;

5) ariza ko‘rmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

6) ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

7) da’vogar nizoni sudga qadar hal etish (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan bo‘lsa;

8) voyaga etmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinning nikohi o‘zaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun davlat boji to‘langanda, agar er-xotinning yarashishi yoki ulardan birining sudga kelmaganligi tufayli nikohni bekor qilish amalga oshirilmagan bo‘lsa;

9) agar ishda qatnashayotgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;

5. SEMINAR MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR

1-seminar mashg‘ulot.Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti, mazmuni va o‘rganish usullari.
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi bilan yaqindan tanishtirib,ularnning iqtisodiy bilimlarini, fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarini hosil qilish.
Vazifalar:

1.«Soliqlar va soliqqa tortish» fani alohida iqtisodiy fan sifatida o‘rganishdagi mavjud usullar.

2. Soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari, va vazifalari.

3.Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabatlari.

4. Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari.
Talaba bilishi lozim:

Soliqlar tushunchasi, soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari va vazifalari, soliqlarni umumiy belgilari, soliq subekti, soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari.



Motivatsiya: soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabatlarini ochib berish,soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlarni mustaxkamlash.

Iqtisodiy va ijtimoiy fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik. Soliq va soliqqa tortish fani iqtisodiyot nazariyasi, kredit, iqtisod, buxgalteriya xisobi, falsafa, tarix fanlari bilan uzviy bog‘liq.



Nazariy qism:

«Soliqlar va soliqqa tortish» fani alohida iqtisodiy fan sifatida o‘rganishdagi mavjud usullar.

Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funksiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa soliqlarga nisbatan qo‘yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. SHu sababli soliq tizimi tobora murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixi shuni ko‘rsatadiki, davlat ma’muriy boshqaruv bilan shug‘ullangan hollarda uning ehtiyojlari ma’lum darajada saqlanib qoladi, davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo‘lsa, uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari muxim o‘ringa ega bo‘ladi. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti – bu soliq to‘lovchilarning soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning iqtisodiy mohiyati, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati, soliq tizimi va siyosati, soliq turlarlari bo‘yicha belgilangan imiyozlar tizimi, soliqlarni hisoblash mexanizmining amaldagi holatini o‘rganishdan iborat.

Har bir fanning shakllanishi fan predmeti shakllanishi bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullari qaror topishi bilan ham bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘z predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega. SHuning uchun fanni o‘rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga bo‘linadi.

Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini o‘rganishning birdan-bir to‘g‘ri ilmiy usuli dialektik usuldir. SHuning uchun ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan soliqlar va soliqqa tortish fanining ham nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Dialektik usul shuni ko‘rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi. SHuning uchun ushbu usul tadqiqotning induksiya va deduksiya usullarini o‘z ichiga oladi.

Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo‘lsa – induksiya hisoblanadi. Avval boshdanoq barcha xususiy hollarni o‘z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa – deduksiya hisoblanadi.

SHu bilan birga barcha iqtisodiy fanlar kabi «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining ham o‘ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida ob’ektning faqat bir tomoniga, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratiladi va halal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta’siri e’tiborga olinmaydi.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fani shuningdek, o‘z predmetini o‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil - o‘rganilayotgan butun ob’ektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish bo‘lsa, sintez esa o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliq turlarini hisoblash va byudjetga undirish tartiblarining amaliy masalalari mazkur yo‘l bilan o‘rganiladi.

Fanni o‘rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‘shib olib borish muhim o‘rin tutadi. Soliqlarni hisoblash va byudjetga to‘lashning amaldagi masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‘rganishda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar nuqtai nazaridan, ular bilan davlat byudjeti o‘rtasidagi munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat miqyosida, ya’ni soliqlar va soliq munosabatlariga doir masalalar makroiqtisodiy darajada o‘rganiladi.

SHuningdek, fanni o‘rganishda taqqoslash, statistik, grafik usullardan ham foydalaniladi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta’sirini grafik usulda tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‘zgarishini yalpi talab va yalpi taklifga ta’sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin.

Soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari va vazifalari.

Soliqlarning ob’ektiv zarurligini ikki holat: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari bilan ifodalash mumkin.

Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo‘jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy - siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. SHu bilan birga, O‘zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o‘q-dorilarga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi.

Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.

Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.

Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.

Kuyidagilarni ifodalash mumkin:

a) soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;

b) soliqni fuqaro emas, mulkdor to‘laydi;

v) soliq davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;

g) soliq to‘lash majburiy xususiyatga ega.

Soliqlar - byudjetga tushadigan pul va qonunda belgilangan majburiy munosabatlardir. Soliqlarning majburiyligi huquqiy va me’yoriy qonunlar bilan ta’minlanadi. Soliqlarni to‘lamaslikka, soliq ob’ektini yashirishga, soliq summasini kamaytirib ko‘rsatishga huquqiy va jismoniy shaxslarning haqqi yo‘q.

Soliq to‘lash xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. CHunki soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay:

-mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;

-ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga;

-raqobatbardosh mahsulot hissasini ko‘paytirishga;

-mikrofirma va kichik biznesni rivojlantirishga;

-xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infratuzilmasini barpo qilishga;

-umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.

Soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi va hokazo.

Soliqlar - davlat byudjeti bilan chambarchas bog‘langan. CHunki soliqlar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi.15

Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‘planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.



Soliqlarning funksiyalari va vazifalari:

Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda kategoriyaning hayotda ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.

Soliqlarning asosiy funksiyalari:

1. Soliqning fiskal funksiyasi.

2. Tartibga solish funksiyasi.

3. Rag‘batlantirish funksiyasi

4. Soliqning nazorat funksiyasi.

5.Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi.

Soliqlarning asosiy funksiyasi - fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlarnio‘ndirib olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantiriladi - bu o‘z navbatida soliqlarni fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Soliq tizimi o‘zining fiskal funksiyasi va vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda mamlakat iqtisodiyotining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi kerak.

Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali hosil bo‘ladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.



Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi.

Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.



Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi, soliqlarning byudjetga tushishiga to‘liq, o‘z vaqtida va oson kechishiga yordam beradi.

Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabati.

Soliqlarning umumiy belgilari:

1. Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to‘lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatga ko‘ra soliq narxdan, (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy iste’mol qilganligi uchun to‘lanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt hukumat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi bilan bog‘liqdir.

Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari uchun sabab bo‘ladi.

Alohida olingan soliq to‘lovchi odatda jamiyat va o‘zining ko‘rgan foydasi yoki manfaatini to‘lagan soliqlari bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqibatda fuqarolarning bir qismi soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashga, o‘z daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‘z fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning ijtimoiy - iqtisodiy va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlashga rozi bo‘lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi.

2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsa-da, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi.

3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi.

4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga kelib tushishidir, ya’ni soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi.

5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir.

Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari.

Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimning quyidagi tamoyillarini ta’riflab o‘tish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida soliqqa tortish tomoyillari soliq qonunchiligi tamoyillari deb atalib, uning oltita tamoyili (5-modda) belgilab berilgan:

1.Soliq solishning majburiyligi prinsipi;

2.Soliq solishning aniqligi prinsipi;

3.Soliq solishning adolatliligi prinsipi;

4.Soliq tizimining yagonaligi prinsipi;

5.Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi prinsipi;

6.Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi.
Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillarini to‘liq hayotga tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.
VAZIFALLAR

Aqliy hujum qoidalari:


  • Xech kanday uzaro tankid va baxolash bulmasligi kerak!

  • Taklif kilinaetgan g‘oyaga baxo berishdan saklan, agar u juda yukori va bajarilish extimoli bulmasa xam – xammasiga ruxsat beriladi.

  • Barcha keltirilgan g‘oyalar qimmatli va teng kuchli – ularni tankid kilmaslik kerak.

  • Javob beraetganni tuxtatmaslik kerak!

  • Kamchilik kursatishdan saklan!

  • Maksad mikdor xisoblanadi!

  • Kancha kup fikr bildirilsa shunchaga yaxshi: YAngi va qimmatli g‘oyaning tugilishiga extimol shunchalik ko‘p bo‘ladi.

  • Fikrlar takrorlansa e’tibor bermaslik kerak.

  • Paydo bo‘lgan g‘oyani agar u sening nazaring bo‘yicha qabul qilingan sxemaga javob bermasa ham tashlab yubormaslik kerak.

Venna-diagrammadan foydalanib soliq va ajratmalar o‘rtasidagi umumiylik va alohida xususiyatlarini (mohiyati) jihatidan belgilang.




Soliq

soliq tushunchasini T-sxema bo‘yicha aniqlash.
SHakli va iqtisodiy mazmuni bo‘yicha

  1. Davlat xizmatlari uchun

  2. Davlat uchun dastak.

  3. Pul.

  4. Majburiy to‘lov.

  5. Majburiy pul munosabatlari.

  6. YAIMni taqsimlashdagi pul munosabatlari.

  7. Davlat pul fondlariga tushadigan summa.

  8. Faqat byudjetga tushadigan summa.

  9. Majburiy ajratmalar.

  10. qonun bilan belgilangan to‘lov.

  11. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 12 moddasida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beqaraz qususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlaridir.


4- ilova.

Soliqlar mohiyatini ochish uchun T-sxemadan foydalanib javob bering.


  1. Ma’naviy kategoriyasi.

  2. Iqtisodiy kategoriya.

  3. Moliyaviy kategoriya.

  4. Moliya-iqtisodiy kategoriya.

  5. Davlat bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi pul munosabatlari (mulkiy munosabatlari)ni ifodalovchi kategoriya.


5-ilova.

Bilimlarni jonlantirish uchun savollar (blitsso‘rov)

  1. Soliqlarning yigimlar va boshqa to‘lovlardan farqli jihatlarini aytib bering?

  2. Soliqlar iqtisodiy kotegoriya sifatida aqamiyati qanday?

  3. Soliqlarning ob’ektiv zarurligi nimalarda namoyon bo‘ladi?

  4. Soliqlarning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat?

  5. Soliqlarning fiskal funksiyasini tushuntirib bering?


.
Nazorat savollari.

1.«Soliqlar va soliqqa tortish» fanini o‘qitishning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

2.«Soliqlar va soliqqa tortish» fanini o‘qitish nima uchun kerak?

3.Fanni o‘rganishdagi alohida usullar haqida tushuncha bering?

4.«Soliqlar va soliqqa tortish» fani qaysi iqtisodiy fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganiladi?

5.Fanni o‘rganishdagi umumiy usullar haqida tushuncha bering?

6.«Soliqlar va soliqqa tortish» fani soliq munosabatlarining qaysi jihatlarini o‘rgatadi?

7.«Soliqlar va soliqqa tortish» fanining soliq xizmati xodimlarini tayyorlashdagi roli qanday?

8.«Soliqlar va soliqqa tortish» fanini o‘rganishning qanday usullari mavjud?

9.Soliqlarning yig‘imlar va boshqa to‘lovlardan farqli jihatlarini aytib bering?

10.Soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida ahamiyati qanday?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston, 2007 y.

2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. - T.: “Norma”, MJCh. 2008 y. -416 b.

3.Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish. O'quv qo'llanma. -T.: ”Fan va texnalogiya”. 2007.

4. R.R. Xusainov , A.Q. Isxfqov , D.T. Urmanova X,Z, Djurayev . 2 qism Moliya ya soliqlar 2 qism. Toshkeht “Voris‑ Nashriyot” 2014

5.Aleksandrov I. Nalogi i nalogooblojenie.: Uchebnik. –M.: “Dashkov i K”. 2006..

6.Jo‘raev A. Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2004.




2 seminar mashguloti.O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning shakillanishiningnazariy asoslari. Soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari.


Mashg‘ulot maqsadi: Tinglovchilarda soliq siyosatini shakllantirish, soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati, soliq tizimini guruxlanishi hamda iqtisodiy mohiyatiga va budjetga tushishiga ko‘ra bo‘linishi bo‘yicha kunikmalar xosil kilish xamda shu soxadagi bilimlarini mustaxkalash va chukurlashtirish
Vazifalar:

1.Soliq siyosati tushunchasi va xukukiy nazariy asoslari.

2.Soliq tizimini guruxlanishi hamda iqtisodiy mohiyatiga va budjetga tushishiga ko‘ra bo‘linishi.

3.Soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati



Talaba bilishi lozim:Soliq siyosati tushunchasi, soliq siyosatining xukukiy va nazariy asoslari,soliq subekti, soliq tamoyillari,soliqtizimi,soliq to‘lovchilar, soliq xizmati.

Motivatsiya:Respublikamiz soliq tizimida qo‘llanilayotgan soliq siyosatining ustivor yunalishlari to‘g‘risida kunikmalar xosil kilish. Olib borilayotgan soliq siyosati va uni yanada takomillashtirishning tub mohiyatini chukurrok anglab olish.

.

Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik:“Soliq va soliqqa tortish fani”“Soliq nazariyasi”, «Iqtisodiyot nazariyasi», «Moliya» va «Pul kredit va banklar» kabi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liq.


Nazariy qism
Soliq siyosati tushunchasi va uning huquqiy nazariy asoslari .

Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy siyosat ham o‘z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Soliq siyosati iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Prezidentimiz I.A. Karimov soliq siyosati to‘g‘risida quyidagi fikirni bildirgan: «Soliq siyosatining vazifasi - bir tomondan, davlat byudjeti daromadining barqaror safarbarligini ta’minlashdan, ikkinchidan, korxonalarni respublika uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantirishdan iborat» 16,.

Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Qonuni, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1991 yil 15 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmaganlarning daromad solig‘i to‘g‘risida»gi, 1993 yil 7 maydagi «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi Qonunlari, 2007 yilda qabul qilingan va 2008 yilning 01 yanvaridan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat.

Soliq siyosatining huquqiy asoslari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni, Prezident Farmonlari, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan izohlanadi.

Soliq konsepsiyasi - soliqlarning yo‘nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish goyalarining yaxlitligidir.

Soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilishi lozim. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususiyati va muddatini e’tiborga olib soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo‘linadi.

Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo‘ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi. Bu esa o‘z navbatida ilmiy asoslangan soliq konsepsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, respublikamizda jamiyat taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib erkin, ochiq bozor iqtisodiyotiga, erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy, demokratik jamiyat qurish belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik vazifa esa davlat byudjeti va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarida muayyan uyg‘unlikni ta’minlovchi soliq tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir.

Soliq siyosati taktikasi esa belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o‘zgarib turuvchi say’i-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik ko‘lamli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.

Soliq siyosati konsepsiyasi, soliq siyosati strategiyasiga va soliq siyosati taktikasibir-biriga bog‘liq holda, bir-birini to‘ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.

Ijro hokimiyati bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi va uning bo‘linmalari, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Moliya Vazirligi, Adliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tegishli organlar tomonidan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning ishlash mexanizmini ta’minlashga xizmat qiluvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar orqali ularning ijrosi ta’minlanadi.

Ijro hokimiyatining bir bo‘g‘ini hisoblangan Davlat soliq qo‘mitasining soliq siyosati ijrosini ta’minlashdagi alohida o‘ringa ega.Bundan tashqari, har yilning oxirida kelgusi yil uchun amal qiladigan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq stavkalarini tasdiqlash, o‘zgartirishlar kiritish Prezidentimiz qarori bilan amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan umumdavlat soliqlari va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishga qaratilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliќ kodeksining 23-moddasiga asosan respublikada 10 ta soliq va 5 ta boshqa majburiy to‘lovlar joriy etilgan.

Soliqlar umubelgilangan tartibda va soddalashtirilgan tartibda to‘lanadi.

Soliqlarga quyidagilar kiradi:

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

4) aksiz solig‘i;

5) er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7) mol-mulk solig‘i;

8) er solig‘i;

9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

yagona ijtimoiy to‘lov;

fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;

3) davlat boji;

4) bojxona to‘lovlari;

5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida quyidagi soliqlar to‘lanadi:

-yagona soliq to‘lovi; -yagona er solig‘i; -tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.



Soliq tizimini guruhlanishi xamda iqtisodiy mohiyatiga va byudjet yo‘nilishiga ko‘ra bo‘linishi.
Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi.

. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo‘linadi:

1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi.

2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‘lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.

3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi.

Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog‘liqligiga ko‘ra to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy va haqiqiy to‘lovchisi xam bitta shaxs hisoblanadi.

Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o‘z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan farqli ravishda to‘lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi.

Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchisi mahsulot ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko‘rsatuvchilar, haqiqiy to‘lovchisi esa iste’molchilar hisoblanadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda amal qilayotgan to‘g‘ri va egri soliqlar tarkibiga quyidagi soliqlar kiradi

To‘g‘ri soliqlar

Egri soliqlar

YUridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i

Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq

Er solig‘i

Mol-mulk solig‘i

Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.


Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Aksiz solig‘i

Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

Bojxona to‘lovlari.



Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo‘linadi-umumdavlat soliqlar va mahalliy soliqlar.

Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi.

1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

4) aksiz solig‘i;

5) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha tegishli byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:

mol-mulk solig‘i;

er solig‘i;

infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari;

yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im.

Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.



Umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagi soliqlarni to‘laydi:

Daromad (foyda) solig‘i;

Qo‘shilgan qiymat solig‘i;

Aksiz solig‘i;

Mol-mulk solig‘i;

Er solig‘i;

Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.

YAgona soliq tizimiga o‘tgan kichik korxonalar va mikrofirmalar quyidagi soliqlarni to‘laydi:

YAgona soliq to‘lovi;

Aksiz osti tovarlarini ishlab chiqargan holda aksiz solig‘i.

YUqorida qayd etilganlardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchilar ikki katta guruhga, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar guruhiga bo‘linadi va ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatidan kelib tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Respublikamiz davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar katta ahamiyatga egaligini yuqoridagi ma’lumotlardan bevosita ko‘rishimiz mumkin.
Soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati .
Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan, «avvalo soliq tizimi o‘ziga xos vazifani-fiskal, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish vazifasini to‘la darajada bajarishi kerak»,17- degan fikr bildirilgan edi.

Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy asoslangan soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Soliq siyosatining keyingi yo‘nalishi esa joriy etilgan soliqlarning samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida soliq munosabatlarini amalga oshiruvchi tegishli muassasalarni tashkil etishga qaratildi. Xususan, dastlab 1992 yilda Vazirlar Mahkamasi qoshida Soliq bosh boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lsa, 1994 yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo‘mitasiga aylantirildi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. DSK, DSBlar, DSIlar........

Bundan ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy jihatlarga e’tibor qaratildi, ya’ni soliqlarni joriy etish va soliq siyosatini bevosita amalga oshiruvchi tegishli muassasalar shakllantirildi.

Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko‘rsatish uchun shu davrni to‘rt bosqichga bo‘lib ko‘rsatish mumkin.

Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O‘zbekistonning o‘z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.

Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar to‘g‘ri keladi.

Soliq islohotining uchinchi bosqichi 1998 yildan 2007 yilning oxirigacha davom etdi. Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish konsepsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin.

To‘rtinchi bosqich 2008 yil 01 yanvardan yani O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalda kuchga kiritilishi bilan boshlandi va xozirgi kungacha davom etib kelmoqda.

Bu bosqichda soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarga imkoni boricha soddalashgan, ixchamlashgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlarini, soliq to‘lash muddatlari ixchamlashtirilmokda va soliq yuki muntazam ravishda yildan yilga kamaytirilmokda.
VAZIFALAR
Soliq siyosati va soliq konsepsiyasining farqini T-sxema asosida ishlab chiqing.

1. Joriy yilga mo‘ljallangan soliq sohasidagi tadbirlar.

2. Uzoq yillarga mo‘ljallangan soliq sohasidagi tadbirlar.

3. Asosiy yo‘nalishlar (Konsepsiyalar) ko‘rsatiladi.

4. Aniq yo‘nalishlar ko‘rsatiladi.

5. Qonunlar, hujjatlar ko‘rsatiladi.

6. Mamlakat miqyosida uzoq yillarga qabul qilingan soliq siyosati to‘g‘risidagi Oliy Majlis qabul qilgan Qonun yoki qaror ko‘rsatiladi.

Soliq siyosati

Soliq siyosati konsepsiyasi

1.

1.

2.

2.

3.

3.

4.

4.

Tinglovchilar o‘z fikrlarini qo‘shishi va uni himoya qilishiga ruxsat beriladi. T-sxema guruhlar tomonidan muhokama qilinadi va guruh etakchilari himoya qiladi. Guruhlar bir-birlarining chiqishlarini baholaydilar.


Insert texnikasidan foydalanib ishlash qoidasi

1. Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:



V – bilaman

* - men uchun yangi ma’lumot

- - men bilgan ma’lumotni inkor qiladi

?noaniq( aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot.




  1. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring:

Mavzu savollari

V

-

*

?

1.













2.













3.















Nazorat savollari.

  1. Soliq siyosati haqida tushuncha bering?

2.Soliq siyosatining taktikasi hakida gapirib bering?

3.Soliq siyosatining konsepsiyasi to‘g‘risida ma’lumot bering?

4.Soliq siyosati strategiyasi deganda nimalarni tushunasi

5.O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

6.Soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra guruhlang?

7.Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

8.Hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi nimalardan iborat

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston, 2007 y.

2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. - T.: “Norma”, MJCh. 2008 y. -416 b.

3.Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish. O'quv qo'llanma. -T.: ”Fan va texnalogiya”. 2007.

4. R.R. Xusainov , A.Q. Isxfqov , D.T. Urmanova X,Z, Djurayev . 2 qism Moliya ya soliqlar 2 qism. Toshkeht “Voris‑ Nashriyot” 2014

5.Aleksandrov I. Nalogi i nalogooblojenie.: Uchebnik. –M.: “Dashkov i K”. 2006..

6.Jo‘raev A. Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2004.


3-seminar mashg‘uloti.O‘BEKISTON RESPUBLIKASI SOLIK KODEKSI VA UNDAGI MA’MURCHILIK MASALALARI

Mashg‘ulot maqsadiSoliq majburiyatlarini yoritish. Soliq nazorati bilan tanishtirish.

Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik muammolari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish



Vazifalar.

1.Soliq majburiyatlari.

2.Soliq nazorati

3.Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik.



Talaba bilishi lozim.

Soliq majburiyati tushunchasi, soliq majburiyatini bajarish tartibi, soliq xisoboti, soliq to‘lovchilar, soliq qarzi, soliq nazorati, davlat soliq xizmati, fiskal siyosati, soliqqa oid xuquqbuzarliklar



Motivatsiya: soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi; moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lashi shartlari to‘g‘risidagi bilimlarni rivojlantirishda faol qatnashish imkonini beradi.

Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik. Solik va solikka tortish fani “Soliq nazariyasi”, «Iqtisodiyot nazariyasi», «Moliya» va «Pul kredit va banklar» kabi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liq..
Nazariy qism.

1. Soliq majburiyatlari.



[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.12.00.00 Солиқ маслаҳати]

Soliq majburiyati. Soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb e’tirof etiladi.

Soliq majburiyatini bajarish Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq to‘lovchi:

Soliq Kodeksda belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi;



[ОКОЗ:

1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.01.00 Умумий қоидалар]

soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi;



[ОКОЗ:

1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.14.00.00 Солиқ тўловчиларнинг ҳисоби. Солиқ ҳисоботи;

3.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.05.00 Молиявий ҳисобот]

moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi;

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lashi shart.

Soliq majburiyatini bajarish muddatlari. Soliq majburiyati soliq Kodeksda belgilangan muddatlarda soliq to‘lovchi tomonidan bajarilishi kerak.

Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli.

Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, yil choragi, oy, o‘n kunlik va kun) o‘tishi bilan belgilanadi.

Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati bu majburiyatni bajarish muddatining so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi kerak.

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Soliq majburiyatining tugatilishi. Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:

uning vafot etishi bilan;

uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan.

YUridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:

u tugatilganidan keyin;

u qo‘shib olish (qo‘shib olingan yuridik shaxsga nisbatan), qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin.



[ОКОЗ:

1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.07.00.00 Муддатлар. Даъво муддати / 03.07.02.00 Даъво муддати]

Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati. Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Soliq to‘lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.



[ОКОЗ:

1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.01.00 Умумий қоидалар]

.

[ОКОЗ:



1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.14.00.00 Солиқ тўловчиларнинг ҳисоби. Солиқ ҳисоботи;

3.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.05.00 Молиявий ҳисобот]

Soliq hisoboti tushunchasi. [СПиТ:

1.Солиқ ҳуқуқи / Солиқ ҳисоботи]

Soliq hisoboti – bu soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjat.



Soliq hisobotini tuzish. Soliq hisoboti qog‘ozda va (yoki) elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi.

Soliq hisobotini taqdim etish tartibi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotini o‘z xohishlariga ko‘ra quyidagicha taqdim etiladi:

shaxsan olib borib berish tartibida;

pochta orqali buyurtma xat bilan;

telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.

[ОКОЗ:

1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.14.00.00 Солиқ тўловчиларнинг ҳисоби. Солиқ ҳисоботи]

Soliq hisobotini saqlash muddati. Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‘lovchida soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida saqlanadi (5 yil).

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.12.00.00 Солиқ маслаҳати]

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati deb-soliq to‘lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati hisoblanadi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida etarlicha pul mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash uchun bankka to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan to‘langanda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi.

Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasi soliq to‘lovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq to‘lovchiga qaytarilgan taqdirda, shuningdek agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo‘lsa hamda soliq to‘lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda etarlicha pul mablag‘lariga ega bo‘lmasa, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov to‘langan deb hisoblanmaydi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi.

Soliq majburiyatining soliq to‘lovchi tomonidan bajarilmaganligi unga nisbatan soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati davlat soliq organining yozma talabnomasi olingan sanadan e’tiboran yuzaga keladi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

asosiy summa;

hisoblangan penya;

jarimalar.




Download 2.47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.47 Mb.