Ijtimoiy fanlar kafedrasi




Download 2.47 Mb.
bet8/8
Sana19.09.2020
Hajmi2.47 Mb.
#11451
1   2   3   4   5   6   7   8

1-Keys Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun foyda solig‘i stavkalari va summasining hisob-kitobi.Agar 1- misolda keltirilgan korxona iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lsa quyidagilar asosida imtiyozni hisobga olgan daromad (foyda) solig‘ini hisoblang. va hisob - kitobini tuzing. Mahsulot sotishning umumiy hajmida eksport hajmi – 90 000 ming so‘m. Sotishning umumiy hajmida iste’mol tovarlarini sotish hajmi -120 000 ming so‘m

Echish


Iste’mol tovarlarini sotishdan olingan foyda summasi foyda solig‘i hisob-kitobiga ma’lumotnoma asosida to‘ldiriladi.

O‘zi ishlab chiqargan tovarlarning erkin almashtiriladigan valyutadagi eksportining ulushi:

sotishning umumiy hajmida 15 dan 30 foizga qadarni tashkil etgan eksportchi korxonalar uchun foyda solig‘ining belgilangan stavkasi 30% ga pasaytiriladi;

sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ziyodni tashkil etsa, foyda solig‘ining belgilangan stavkasi 2 baravar kamayadi.

Iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar uchun iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan olingan foyda bo‘yicha foyda solig‘ining belgilangan stavkasi 20 foizga pasaytiriladi.

2-Keys. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni soliqqa tortish Quyidagi berilganlarga asosan dividend solig‘ini hisoblang va hisob – kitobini tuzing.Yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati 2,6 mln so‘m miqdorida sof foyda oldi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq foydani taqsimlash quyidagicha amalga oshiriladi:

- muassis - yuridik shaxslarga 1.2 mln. so‘m miqdorida dividendlar to‘lashga;

- korxona muassis - xodimlariga 845,3 ming so‘m miqdorida dividendlar to‘lashga;

- 554,7 ming so‘m miqdorida rezerv (zaxira) fondini shakllantirishga.


Echish:

Qimmatli qog‘ozlar (davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari) bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga dividend va foizlar sifatida to‘lanadigan daromadlarga to‘lov manbaida 10 foizlik stavka bo‘yicha soliq solinadi.


1. Aksiyadorlardan ushlab qolinadigan dividendlar bo‘yicha daromad solig‘i

(529500+320500) * 15 foiz) = 127500 so‘m

2. Dividend solig‘i hisob – kitobi quyidagicha tuziladi:
Dividendlar va foizlarning hisob-kitobi
200 ___ yil _____________ uchun



N


Ko‘rsatkichlar




To‘lovchining ma’lumotlari bo‘yicha


Soliq inspeksiyasi ma’lumotlari bo‘yicha


.1

Hisoblab yozilgan dividendlar va foizlar

850000




22

Soliq stavkasi

10%




.3

Byudjetga to‘langan soliq summasi, jami

127500





3- Keys. Korxona nominal qiymati 800 so‘mlik 100ta depozit sertifikatini muomala muddati (uch oy) o‘tgandan so‘ng uning qiymatini to‘lashi uchun bankka taqdim etgan, bungacha bu sertifikatga yiliga 36 foiz hisobidan foizlar hisoblangan.

Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan dividendlari 40 000 so‘mni tashkil etdi.

YUqoridagilar asosida:

a) bank tomonidan hisoblanadigan va byudjetga o‘tkaziladigan daromad.(foyda) solig‘ini hisoblang.

b) aksiyadorlik jamiyati tomonidan hisoblanadigan va byudjetga o‘tkaziladigan foyda solig‘ini hisoblang.

Echish:
1.Bank daromadi xisoblanadi

800 * 100 * 36% : 100% : 4 = 7 200 so‘m
2. a) bank tomonidan byudjetga o‘tkaziladigan foyda solig‘i hisoblanadi

7 200 * 9% : 100% = 648m. so‘m


b) aksiyadorlik jamiyati tomonidan byudjetga o‘tkaziladigan foyda solig‘i hisoblanadi

40 000 * 9% : 100% = 36 00 m. so‘m



3- Keys.Quyidagi berilganlar asosida qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobi shaklini to‘ldiring :

Yil boshidan beri kelib tushgan xom ashyo qiymati – 6 000 000 so‘mni tashkil qilgan, undagi olingan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha QQS so‘mmasi 1 200 000 so‘mni tashkil qildi. QQSga tortiladigan, yuklab jo‘natilgan xizmatlar qiymati, jami 20 000 000 so‘mni tashkil qildi;

o‘tgan davr uchun hisoblab yozilgan soliq so‘mmasi 2 200 000 so‘mni tashkil qilgan.

Echish:


1. YUklab jo‘natilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yichaQQS
20 000 X 20% : 100% = 4 000,0 ( ming so‘m )
2. Soliqqa tortiladigan aylanma
20 000,0 – 6 000,0 = 14 000,0 ( ming so‘m )
3. Hisob-kitob bo‘yicha hisoblab chiqilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i so‘mmasi
14 000,0 x 20% : 100% = 2 800,0 ( ming so‘m )
4.To‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i so‘mmasi
2 800,0 – 2 200,0 = 600,0 ( ming so‘m )

200__yil "____"_____________uchun


4- Keys.Ishlab chiqarish korxonasi hisobot davri davomida Er usti va er osti manbalaridan foydalanilangan: 2564 kub.metr er usti suv manbaalaridan va 976 kub.metr er osti suv manbaalaridan. YUqoridagilardan foydalanib suv reserslaridan foydalanganlik uchun solikni hisoblang va hisob – kitobini tuzing.

Echish:


Er usti suv manbaalari bo‘yicha soliq

2564 x 490,4 = 12 573,9 so‘m

Er osti suv manbaalari bo‘yicha soliq

976 x 630,8 = 6 156,7so‘m

jami: 12 573,9 + 6 156,9 =18 730,8 so‘m

5- Keys.Korxona xodimiga iyun oyi uchun 80 000 so‘m ish xaki xisoblagan. YAnvar - iyun oylari uchun jami daromad mikdori 480 000 so‘mni (80 000 + 80 000 + 80 000 +80 000 +80 000 + 80 000)tashkil kiladi. YAnvar- may oylari uchun ushlab kolingan solik so‘mmasi 84 640 so‘mni tashkil kildi. YUkoridagilarga asoslanib iyun oyi uchun daromad soligini xisoblang.

Echish:


Buning uchun quyidagi jadvaldan foydalaniladi:

2011 yanvar oyi uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligi

XISOB-KITOBI



Solik solinadigan

daromad mikdori





Solik mikdori

(5 x 49735) = 248675 so‘mgacha



daromad mikdorining 10 foizi

248676 so‘mdan (10 x 49735) = 497350 so‘mgacha



24867,5 + 248675 so‘mdan ortik mikdorning 16 foizi

497351 so‘m va undan yukori

64655,5 + 497350 so‘mdan ortik mikdorning 22 foizi


Xodimni ish xaqidan yanvar oyida daromad soligi quyidagi tartibda ushlab qolinadi:




  1. YAnvar oyida uchun soliq miqdori aniklanadi (580000 so‘m daromaddan):

64655,5 + (580000 - 497350) 82650 x 22% = 18183 so‘m (yanvar oyi uchun solik mikdori). 64655,5+18183 82838,5 so‘m.



7. MUSTAQIL TALIM MAVZULARI

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talabalarning mustaqil ishi o’rganilayotgan mavzu Yuzasidan ma‘lumotlarni axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalangan xolda yig’ish, olingan ma‘lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish, tahlil qilish va amaliyotda qo’llay olishdan iborat bo’lib, uning shakllari turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Mustaqil ishga mo’ljallangan mavzular quyida keltiriritilgan.



Mustaqil ishni bajarish natijalari baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma‘lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‘ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning mashg’ulotlarda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.

Mustaqil talim mavzulari


1. Soliqlarning iktisodiy moxiyati zarurligi va funksiyalari.

2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i uning to‘lovchilari va to‘lash muddatlari.

3. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer, mol-mulk solig‘lari, mohiyati.

4.Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan resurs soliqlar.

5. Jismoniy shaxslar daromadlaridan to‘lanadigan daromad solig‘i.

6.Davlat byudjetiga to‘lanadigan kat'tiy belgilangan solik, mohiyati va to‘lovchilari.


8. SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN TEST SAVOLLARI



1. Soliq va soliqka tortish fanini o‘rganish usullari


(A). Induksiya va deduksiya. Ilmiy abstraksiya va grafik

V. grafik

S. sintez

D. statistik


2. Induksiya nima?


(A) YAkka faktdan umumiy xulosa tomon o‘rganish

V. Umumiy xulosadan yagona bir fikrga kelish

S. O‘rganilaѐtgan ob’ektni qism-qismlarga bulib o‘rganish

D. Kordinata o‘qlarida soliq voke’liklarini tasvirlash

3. Soliq nima ?


A. Majburiy pul tushumlari

(V). Jismoniy va yuridik shaxslar daromadini bir qismini majburiy tarzda qaytarib bermaslik sharti bilan davlat byudjetiga o‘tkazib beriladigan badal

S. Jismoniy va yuridik shaxslarning daromadini davlat byudjetiga utkazilishi

D. Davlat byudjetiga o‘tkazadigan to‘lovlar.

4.Stavka tushunchasi nimani anglatadi ?

(A) Soliq undirish me’ѐri

V. Pul miqdori

S. Soliqning katta kichikligi

D. Soliq elementi

5.YUridik shaxs - ……

A. Korxona, tashkilot, birlashmalar


(B) Mustaqil balans va xisob –kitob varag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar

S. Iqtisodiѐtdagi sub’ektlar

D. Soliq tizimida soliq munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxs

6.YUridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i stavkalarini aniqlang.

A. 15%

(V) 9%

S. 45%

D. 40%

7. Regressiv stavka mohiyati nimadan iborat ?

A. Pasaytirilgan stavka

V. Daromad oshishi bilan oshib boruvchi stavka

(S). Daromad oshishi bilan pasayuvchi stavka

D. Qat’iy stavka

8. YUridik shaxslardan undirladigan foyda solig‘i ob’ekti …..

A. Korxonaning sof foydasi

(V) YUridik shaxsning soliq solinadigan foydasi

S. Hisobot davridagi foyda

D. Imtiѐzlarni chegirib tashlangandan so‘ng qolgan foyda

9. YUridik shaxslardan undirilgan foyda solig‘i to‘lovchilari bu … -

(A) O‘zbekiston Respublikasi Rezidentlari va faoliyatini doimiy muassasa orkali amalga oshiraѐtgan norezidentlar.

V. Rezidentlar

S. YUridik va jismoniy shaxslar

D. foydaga ega bo‘lgan shaxslar

10. YUridik shaxsning jami daromadi tarkibiga kirmaydigan qatorni ko‘rsating.

A. Foiz va dividentlar

V. Muddati o‘tib ketgan qarzdorlik

S. Royalti

(D) Zaklat tariqasidagi daromadlar

11. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining nechanchi bo‘limida yuridik shaxslar olinadigan foyda solig‘i keltirilgan?

(A). V bo‘lim

B. VI bo‘lim


C. X bo‘lim


D. XI bo‘lim




12. Quyida keltirilganlarning qay biriga yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i imtiѐzlari amal qiladi.

A. Sud chikimlari

(V) Jazoni ijro etish muassasalari

S. Divident va foizlar

E. Notijorat tashkilotlar




13. Soliq davri nima?

A. Hisobot davri

V. Yilning choragi

(S) Kalendar yili

D. Bo‘nak davri

14. YAgona soliq to‘loviga o‘tish mezoni nima?

A. Mikro firma va kichik korxonalar

V. Korxonaning egallagan maydoni

S. Hisobotni rasmiylashtirish tartibi

(D) Ishchilar soni.

15. YAgona soliq to‘lovining asosiy stavkalarini ko‘rsating.

A. 15 %

V. 13 %

S. 9 %

(D). 6%

16. «Unifikatsiya» so‘zining ma’nosini aniqlang.

A. Ixchamlashtirish

V. Birxillashtirish

S. Qiѐslash

D. Stavkalarni belgilash

17. YAgona soliq to‘lovini to‘lovchilari kim?

A. Korxona va tashkilotlar

V. Soddalashtirilgan soliq tizimida faoliyat yuritaѐtgan shaxslar

(S). Mikro firma va kichik korxonalar

D. Tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi jismoniy shaxslar

18. YAgona soliq to‘lovini to‘lovchi shaxslar ixtiѐriy ravishda qaysi soliqni to‘lashlari mumkin?

A. Aksiz solig‘i

V. Mol-mulk solig‘i

(S) Qo‘shilgan qiymat solig‘i

D. tadbirkorlar

19. Qushilgan qiymat solig‘ini hisoblash formulasi qaysi javobda to‘g‘rikursatilgan?

A. QQS=STV*N/100

V. QQS=STV*N/100+N

S. QQS=STV+N/100

(D). QQS=STV+100/120

20. YAlpi tushumga tuzatish kiritish qay holatda ruxsat etiladi.

A. Haridorning xoxishiga ko‘ra

(V) Bitim shartlari o‘zgarganda

S. Valyuta kurslarida salbiy farqda

D. Valyuta kursi o‘zgaranda

21. Qo‘shilgan qiymat solig‘ida amal qiladigan imtiѐz qaysi qatorda keltirilgan .

(A) Pochta markalari va konvertlarini realizatsiya qilish

V. Xom ashѐ etkazib berish

S. Tekin olingan mol-mulk

D. Import kilinadigan tovarlarga

22. «Aksiz» so‘zi nima ma’noni anglatadi?

A. Zararli maxsulotlar

V. Ta’qiqlangan

S. Ruxsat etilmagan

(D) CHopib tashlash

23. Aksiz solig‘ida soliq stavkalarining qay turi amal qiladi?

A. Foizli ,nisbiy, advalor

V. Foizli ,qat’iy ,advalor

(S) Advalor, qat’iy,aralash

D. Advalor,aralash,progressiv

24. Soliq so‘mmasi «dekada» da davlat byudjetiga o‘tkazib beriluvchi soliq turlarini aniqlang.

A. Bojxona boji, aksiz solig‘i

V. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i

(S). Transport vositalari uchun benzin, dizel,gaz ѐqilg‘isini ishlatganligi uchun soliq, aksiz solig‘i

D.yagona soliq

25. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni xar oyda to‘lovchi yuridik щaxslar qaysi qatorda keltirilgan.

A. Soliq so‘mmasi minimal ish xaqining 50 barobaridan oshmaydigan shaxslar

(V) Soliq so‘mmasi minimal ish xaqini 50 barobaridan ko‘pini tashkil etuvchi shaxslar

S. Suv resurslaridan foydalanib tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi shaxslar

D. YUridik va jismoniy shaxslar

26. Jismoni yshaxslar undiriladigan daromad solig‘ida soliqka tortiladigan baza qaysi qatorda keltirilgan.

A. Jismoniy shaxsning ish xaqi so‘mmasi

V. Jismoniy shaxsning mualliflik xaqi

(S) Jismoniy shaxsning jami daromadi

D. Ish xaqi , foiz va dividentlar

27. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i kim tomonidan davlat byudjetiga o‘tkazib beriladi.

(A) Soliq agenti

V. Soliq inspektori

S. Soliq to‘lovchi

D. deklaratsiya topshirish orkali

28. Jismoniy shaxsning boshqa daromadlari tarkibini aniqlang.

A. Ish xaqi , foiz, divident

V. Stipendiya, tadbirkorlikdan olingan daromad

S. Aliment, mukofot so‘mmalari

(D.)Aliment, stipendiya, donorlik uchun hak

29. Bonus to‘lovlarining turini ko‘rsating.

(A) Imzoli , tijoratbop

V. Kat’iy belgilangan, imzoli

S. Tijoratbop, litsenziyali

D. Bir oylik, bir martalik

30. Qo‘shimcha foyda solig‘iga tortiladigan foydali qazilma turini aniqlang.

A. Oltin

V. Kumush

S. Rux

(D) Klinker

31. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar amal qiladigan soliq to‘lovlarini ko‘rsating.

A. YUqori ustama soliq, bonus to‘lovlari

(V) Qo‘shimcha foyda solig‘i, bonuslar

S. Ijtimoiy infrato‘zilmani rivojlantirish solig‘i

D. Ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imi

32. Ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imi zargarlik buyumlarini sotish huquqi uchun kancha miqdorda to‘lanadi.

(A) Minimal ish xaqining 5 barobari

V. Minimal ish xaqining 8 barobari

S. Tushgan tushumning 10 foizi

D. Tushgan tushumning 0,1 foizi

33. YAngi taxrirdagi soliq kodeksi qachon kuchga kirgan?

A. 2007 yil 1 yanvardan

(V). 2008 yil 1 yanvardan

S. 2009 yil 1 yanvardan

D. 2010 yil 1 yanvardan

34. Transport vositalari uchue benzin, dizel va gaz ѐkilgisini ishlataѐtganligi uchun soliqda benzinga urnatilgan stavka?

A. 1 litr uchun 200 so‘m

V. 1 litr uchun 220 so‘m

(S). 1 litr uchun 240 so‘m

D. 1 litr uchun 260 so‘m

35. YUridik shaxslarning sof foydasi qaysi soliq turining ob’ekti hisoblanadi?

A. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i

V. YUridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i

(S) Obodonlashtirish va ijtimoiy infrato‘zilmani rivojlantirish solig‘i

D. Savdo umumovkatlanish korxonalari uchun yagona soliq

36. «Deklaratsiya» so‘zi nima ma’noni anglatadi?

(A) Baѐn etmok

V. YOzma murojaat

S. Ariza

D. Bildirishnoma

37. Fanni o‘rganishning «Tahlil va sintez» usulining mazmuni nimadan iborat?

A. Ob’ektlarni takkoslash va umumiy xklosaga kelish

(V) O‘rganilaѐtgan ob’ektni qismlarga bulib o‘rganish va qismlardan jamlash

S. O‘rganilagn ob’ektlarni umumlashtirib yagona xulosaga kelish

D. yagona xulosaga kelish

38. YUridik shaxslar foyda solig‘ida soliqka tortiladigan bazaga qayta ko‘shiladigan xarajatni aniqlang.

A. Mehnatga haq to‘lash Harajatlari

(V) Uyali aloka buyicha Harajatlar

S. Amortizatsiya Harajatlari

D. Moddiy Harajatlari

39. Tijorat banklari uchun foyda solig‘ini stavkasi necha foiz kilib belgilangan?

A. 10%

V. 12%

(S). 15%

D. 17%

40. 2013 yil uchun soliq stavkalari qaysi me’ѐriy xujjatda keltirilgan?

A. O‘zbekiston soliq kodeksi.

(V) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1887-sonli qarori.

S. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1675-sonli qarori.

D. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1545-sonli farmoni.

41. Dividentlar necha foizli stavkada soliqka tortiladi.

(A) 9%

V. 10%

S. 12%

D. 13%

42. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra…..

A. SHaxsiy soliq

V. Real soliq

(S) To‘g‘ri soliq

D. Umumdavlat solig‘i

43. Xaqiqiy to‘lovchisi iste’molchi, huquqiy to‘lovchisi yuridik shaxs bo‘lgan soliq turi…?

A. To‘g‘ri soliq

(V) Egri soliq

S. Oborot solig‘i

D. Real solig‘i

44. Aholining joylashuviga ko‘ra tabaqalashgan stavkalar kimga qo‘llaniladi.

A. Zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchilarga

V. Latoreya uyinlarini tashkil etuvchi shaxslarga

S. Ulgurji savdo korxonalariga

(D). Dorixonalarga

45. YUridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ida imtiѐzning qaysi turlari mavjud?

(A) To‘lik va qisman

V. To‘lik va vaqtincha

S. To‘lik va chegirish

D. Qisman va vaqtincha

46. Qo‘shilgan qiymat solig‘i kim tomonidan o‘ylab topilgan?

A. A.Smit

V. A.Laffer

(S). M.Lore

D. J.M.Keyns

47. YAgona soliq to‘lovida hisobot davri -

A. Har oy

V. Kalendar yili

S. Dekada

(D) Yilning choragi

48. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘ining stavkasi iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra - ……. stavka

(A) Murakkab progressiv

V. Proporsional

S. Regressiv

D. Tabaqalashgan

49. Bojxona to‘lovlari keltirilgan qatorni aniqlang.

A. Bojxona boji, antidemping boj

V. Mavso‘miy boj, aksiz solig‘i bojxona boji.

(S). QQS, aksiz solig‘i, rasmiylashtirish buyicha to‘lovlar

D. Bojxona boji, QQS, aksiz solig‘i

50. Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi quyidagilardan iborat.

A. Ish xaqi ko‘rinishidagi daromadlar, mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar, mulkiy daromadlar

(V) Mulkiy daromadlar, mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar, moddiy naf ko‘rinishidagi daromadlar, boshqa daromadlar

S. Foiz va dividentlar, mulkiy daromadlar, boshqa daromadlar

D. Dividentorlar

51. Aksiz markasi bilan tamg‘alanadigan aksiz osti tovarlari

A. Pivo, sigaretalar

V. O‘simlik ѐg‘i, spirtli maxsulotlar

S. «General Motors» avtomobillari

(D). Spirtli ichimliklar, tamaki maxsulotlari

52. Bo‘nak to‘lovlari to‘lanishi nazarda tutilmagan soliq turlari

(A) QQS, jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i

V.Aksiz solig‘i, mol-mulk solig‘i

S. QQS, foyda solig‘i

D. Foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi

53. Boqimanda kim?

A. Soliqni ortig‘i bilan to‘lagan shaxs

V. Ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarib olgan shaxs

(S) Soliq summasini o‘z vaqtida to‘lamagan shaxs

D. Imtiѐzga ega bo‘lgan shaxs

54. Qo‘shimcha foyda solig‘i ob’ekti bo‘lgan foydali qazilma turi

(A) Sement

V. Gips

S. Ohaktosh

D. Granit

55. Suv soliqka tortish maqsadida qanday guruxga bo‘linadi.

A. CHuchuk suv va darѐ suvlari

(V) Er osti va er usti suvlari

S. Artezian kuduk va skvajina suvlari

D. Skvajina suvlari

56. Tijoratbop bonus stavkasini aniqlang.

A. 0,1 %

V. 0,5 %

S. 1 %

D. 5 %

57. Jismoniy shaxslar mol-mulki baholanmagan bo‘lsa, soliqni hisoblash tartibi.

A. Boshlang‘ich qiymat asosida

V. Bozor qiymati asosida

S. Soliq hisoblanmaydi

(D). Prezident qarorida belgilangan shartli qiymat asosida

58. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ida qisman imtiѐz turini ko‘rsating.

A. Muddatli harbiy xizmatga ketganlarning ota-onalari

V. YOlg‘iz pensionerlar mol-mulki

S. Mikrofirma va kichik korxonalar mol-mulki

(D) Soliq solinmaydigan maydon o‘lchamida pensionerlar mol-mulki

59. jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini to‘lov muddati

A. 15 iyungacha

V. 15 dekabrgacha

(S) 15 oktyabrgacha

D. 15 maygacha

60. Soliqka tortish ob’ektiga ko‘ra, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma solig‘i qaysi guruxga mansub

A. Oborotdan undiriladigan soliq

(V) Daromaddan undiriladigan soliq

S.Mulkiy soliq

D. Resurs solig‘i

61. YAgona soliq to‘lovi ob’ekti

(A) YAlpi tushum

V. YAlpi daromad

S.YAlpi foyda

D. Sof foyda

62. YAgona er solig‘i stavkasini ko‘rsating

A. 5,5 foiz

V. 6 foiz

S. 3 minimal ish xaqi

D. 5 minimal ish xaqi

63. Regressiv stavka qo‘llaniladigan soliq to‘lovchilarni aniqlang.

A. Notariuslar

V. Dorixonalar

S. Eksport korxonalar

(D). Qo‘shma korxonalar

64. Qat’iy belgilangan soliq soliq to‘lovchilarning qay biriga belgilangan.

(A). Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga

V. Kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga

S. YUridik shaxslarga

D. To‘g‘rijavob yo‘k

65. Ikki barobar stavkada soliqka tortish ob’ekti bu - ….

A. Qurilish ob’ektlari

(V). O‘z vaqtida o‘rnatilmagan asbob uskunalar

S. Transport vositalari

D. Nomoddiy aktivlar

66. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan tovar bahosida QQS summasini aniqlash formulasi

A. QQS=TQQS*N/(100+N)

V. QQS=TQQS*N/100

S.QQS=TQQS*N/120

(D). QQS=TQQS*20/120

67. Real soliq turini ko‘rsating

A. YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

V. YAgona soliq to‘lovi

(S)Mol-mulk solig‘i

D.Qat’iy soliq

68. Aksiz markalari qanday huquqni beradi?

(A) Aksiz tovarini sotish, saqlash, tashish

V. Aksiz tovarini sotish, iste’mol qilish

S. Aksiz tovarini sifatini aniqlash

D. Aksiz tovarini sotish, sovga qilish

69. Bonus tarifi qaysi javobda keltirilgan.

A. Er qa’ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan doimiy to‘lov

V. Er qa’ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan har oylik to‘lov

S. Er qa’ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan choraklik to‘lov

(D) Er qa’ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik to‘lov

70. qaysi toifadagi fukarolar jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshiradilar?

A. Har bir mehnat qiluvchi fuqaro

(V) Ikki va undan ortiq daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqaro

S. YAkka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar

D. O‘rindoshlik asosida mehnat qiluvchilar

71. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining vatani?

A. Fransiya

(V). Germaniya

S. AKSH

D. Belgiya

72. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ida soliqka tortiladigan bazani qaysi summaga kamaytirish mumkin.

A. To‘langan jarima

V. To‘langan dividentlar

S.Ish xaqi

D. Amortizatsiya summasi

73. Er solig‘i soliqlarning qay bir turiga kiradi?

A. SHaxsiy soliq

V. Egri soliq

S. Oborot solig‘i

(D) Resurs solig‘i

74. Aksiz solig‘i O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga qachon joriy etilgan?

A. 1990 yil

V. 1991 yil

(S) 1992 yil

D. 1993 yil

75. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ida soliqka tortiladigan baza kim tomonidan aniqlanadi?

A. To‘lovchi tomonidan

V. Tuman inspeksiyasi tomonidan

(S). TIB tomonidan

D. Mahalla idorasi tomonidan

76. YAgona ijtimoiy to‘lovning soliq solish ob’ektini ko‘rsating

(A) YAlpi ish haqi fondi

V. YAlpi daromad

S. YAlpi tushum

D. Sof foyda

77. 2005 yilda 2013 yilgacha bo‘lgan davrda asosiy soliq stavkasi o‘zgarmagan soliq turini aniqlang.

A. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i

V. YUridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i

(S). Qo‘shilgan qiymat solig‘i

D. Aksiz solig‘i

78. Jamgarib boriladigan pensiya jamgarmasiga ajratma miqdorini aniqlang.

(A). 1%

V. 2%

S. 3%

D. 1,5 %

79. Bo‘nak to‘lovlari belgilanmagan soliq turini ko‘rsating.

A. YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

V. YUridik shaxslarning mol-mulkiga soliq

S. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq

D. QQS

80. Soliq agenti tushunchasi qaysi guruxga mansub

A. Soliqka tortish tamoyili

V. Soliq funksiyasi

(S). Soliq elementi

D. Soliq voqe’ligi

81. Xayriya maqsadida o‘tkazilgan mablag‘lar soliqka tortiladimi?

(A).Tortilmaydi

V.Tortiladi

S. Foyda solig‘i bazasining 1% miqdoridan oshgan qismi tortiladi.

D. Foyda solig‘i bazasining 5% miqdoridan oshgan qismi tortiladi.

82. YUridik shaxslar foyda solig‘i stavkasi kim tomonidan tasdiklanadi.

A. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi

V. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

(S) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

D. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi

83. YUridik shaxslarning maxsulotlarning eksport xajmi umumiy ishlab chikarish xajmida 30% va undan yuqorini tashkil etsa, foyda solig‘ini qanday stavkada to‘lanadi.

A. 4,5 %

V. 7%

(S) Beligilangan stavkani 50% kamaytirilgan miqdorda

D. Belgilangan stavkani 15% kamaytirilgan miqdorda

84. Quyidagi yuridik shaxslardan qaysi biri va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘laydi.

(A). Ulgurji va chakana savdo korxonalari

V. Umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi korxonalar

S. Soddalashtirilgan soliq tizimi korxonalari

D. Norezidentlar

85. Rezident nima?

(A) O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab, 183 kun va undan ko‘p bo‘lgan muddatda faoliyat yuritaѐtgan shaxs

V. Ajnabiy fukarolar

S. Fukaroligi bulmagan shaxs

D. O‘zbekiston Respublikasi fukarosi bulmasada, 183 kundan ortiq muddatda faoliyat yuritaѐtgan shaxs

86.Tugallanmagan kurilish ob’ektlari qaysi soliq turining ob’ekti.

(A). YUridik shaxslar mol-mulkiga soliq

V. Jismoniy shaxslar mol-mulkiga soliq

S. Er solig‘i

D. Soliq ob’ekti bulib hisoblanmaydi.

87. Qaysi holatda notijorat tashkiloti yuridik shaxs sifatida foyda solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.

(A) Asosiy faoliyatdan tashkari qo‘shimcha tijorat faoliyati bilan shug‘ullansa

V. Qo‘shimcha foyda olsa

S. O‘zini-o‘zi boshqarish tizimida faoliyat yuritsa

D. divident olsa

88.YAgona ijtimoiy to‘lov summasi qanday taqsimlanadi

A. 24,8; 0,1; 0,1

V. 23; 1; 1

S. 25% - taqsimlanmaydi

D. 20%, 2,5%, 2,5%

89. To‘lov shakllarini ko‘rsating

A. Kommunal to‘lov

(V) Pensiya fondiga ajratma

S.Yo‘l xaqi

D. Ish xaqi

90. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining 2013 yildagi amaldagi stavkalari

A. 20% ; 10%

V. 20% ; 0,1 %

S. 15% ; 18 %

(D) 20% ; 0 %

91. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bazasiga kiritiladimi?

A. Kiritilmaydi

(V) Kiritiladi

S.Ayrim xollarda kiritiladi

D. Amortizatsiya fondiga yunaltiriladi.

92. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilishga QQSning qaysi stavkasi amal qiladi.

(A) Nol darajali stavka

V. Pasaytirilgan stavka

S. Tabakalashtirilgan stavka

D. 20%

93. Deduksiya usulining mazmun – mohiyati nimadan iborat

(A) Umumiy xulosadan yakka bir fakt tomon o‘rganish

V. Dialektikaning yunalishi

S. Soliq voke’liklarini o‘rganish

D. Induksiyaga teskari tushuncha

94. Davlat boji ta’rifi qaysi javobda to‘g‘ri talqin etilgan.

(A). Biron bir mansabdor shaxsning huquqiy xujjatini tasdiklash va amalga kiritish uchun to‘lanadigan to‘lov

V. Biror bir shaxsning davlat oldidagi majburiyati

S. Biror bir mansabdor shaxsga davlat organlari xizmat ko‘rsatganligi uchun haq so‘mmasi

D. Fukarolik pasportini olish paytida to‘lanadigan so‘mma

95. Er solig‘ini amalga oshirish maksadida Toshkent shaxri nechta zonaga bo‘linadi.

A. 11 zona

V. 12 zona

(S) 14 zona

D. 15 zona

96. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘rtacha stavkasini belgilang.

A. 11%

V. 14%

(S) 16%

D. 18%

97. Bojxona bojini ko‘llashdan maqsad?

A. CHegarani nazorat qilish

(V) Ichki bozorni ximoyalash

S. Raqobatdorlikni oshirish

D.ishlab chiqarishni rag‘batlantirin

98. QQS da asosiy me’ѐriy xujjat

A. Balans

V. QQS hisoboti

S. Yillik hisobot

(D) Hisob varaq-faktura

99. Aksiz osti tovari bo‘lmagan qatorni ko‘rsating.

(A) SHakar, o‘simlik ѐg‘i, spirtli ichimlik

V. Pivo, etil spirti, sigaretlar

S.Zargarlik buyumlari, kumushdan ishlangan oshxona jihozlari

D. Neft mahsulotlari, gaz, texnik moy

100. Advalor stavka qaysi soliqka xos.

A. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

(V). Aksiz

S. Mol-mulk

D. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

101. Umumovqatlanish korxonasi uquv muassasasida joylashgan bo‘lsa, soliq stavkasi miqdori.

(A) 8%

V. 5%

S. 6%

D. 13%

102. Polietilen granulalari qaysi soliq turining ob’ekti hisoblanadi.

A. Bonus to‘lovlari

V.Resurs to‘lovlari

(S) Qo‘shimcha foyda solig‘i

D. Er solig‘i

103. Imzoli bonus to‘lash muddatini belgilang

(A) Litsenziya olingan kundan e’tiboran 30 kun

V. Litsenziya olingan kundan e’tiboran 90 kun

S. Litsenziya olingan kundan e’tiboran 120 kun

D. Litsenziya olingan kundan e’tiboran 14 kun

104. Jismoniy shaxslarga mol-mulk solig‘ini to‘lash xaqida xabarnoma qachon topshiriladi.

(A). 1 maygacha

V. 15 aprelgacha

S. 15 oktyabrgacha

D. 1 yanvargacha

105. YUridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq ob’ekti bo‘lib quyidagilardan qaysi birini kiritishimiz mumkin

A. Er uchastkasi

V. Sport inshoatlari

(S) Nomoddiy aktivlar

D. Dala xovlilar

106. Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulk soliq ob’ekti hisoblanadimi ?.

A. Xa, keyingi hisobot davridan hisoblanadi.

(V) Xa, mulk huquqi vujudga kelgan oydan hisoblanadi

S. Yo‘k, hisoblanmaydi

D. Merosxo‘rlardan soliq undirilmaydi.

107. Er solig‘ini ob’ekti bo‘lib hisoblanmaydi-…

A. Korxonaning er uchastkasi

VQurib bitkazilgan bino joylashgan er uchastkasi

S. Pensionerlar egaligida bo‘lgan er uchastkasi

(D) Maydon, kuchalar

108. Er solig‘ini to‘lash xaqidagi ma’lumot jismoniy shaxslarga qaysi soliq turi bilan birgalikda to‘lov xabarnomasida ѐritiladi.

A. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

V. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

(S) Mol-mulk solig‘i

D. YAgona er solig‘i

109. YUridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqda soliq solinadigan bazani toping

(A). Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldik qiymati. O‘z vaqtida tugallanmagan qurilish ob’ektlari va me’ѐriy muddatlarda o‘rnatilmagan asbob uskunalarning o‘rtacha yillik qiymati

V. YUridik shaxslar mol-mulkining qiymati

S. YAlpi tushum

D. daromadlar summasi

110. Avtotransport vositalarini olganlik uchun yig‘im qaysi guruxga mansub

A. Bojxona boji

(V) Respublika yo‘l jamgarmasiga yig‘im

S. Transport vositalari egalaridan olinadigan soliq

D. Ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imi

111. Nol darajali stavka quyidagilarning qay biriga amal qiladi.

(A.)Aholiga kursatilgan komunal xizmatlarga

V. Yo‘l chiptalariga

S. Sug‘urta xizmatlariga

D. Kredit tashkilotlariga

112. YAgona soliq to‘lovini to‘lovchisi QQSni to‘lovchisi bo‘la oladimi?

A.Yo‘k bo‘la olmaydi

(V). Import operatsiyalarini amalga oshirsa, eksport bilan shug‘ullansa

S. Qo‘shimcha foyda olsa

D.Bo‘la oladi

113. “Soliq” tushunchasiga ta’rif bering.

A. soliq deganda davlat byudjetiga undiriluvchi majburiy to‘lov tushuniladi

B. yuridik shaxslar tomonidan byudjetga undiriladigan to‘lovlar tushuniladi

C. jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar tushuniladi soliqlar deganda

D). muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi

114. Soliqlarning qanday o‘ziga xos belgilari mavjud?

A. majburiylik, foizlilik, muddato‘liqlik

B). majburiylik, davlat byudjetiga tushishi, qatiylik, ekvivalentsizlik

C. majburiyligi, qaytarilmasligi, muddato‘liqlik

D. davlat byudjetiga, tushishi, foizlilik

115. Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud?

A. fiskal, tartibga solish, nazorat, foiz olish

B.) fiskal, tartibga solish, rag‘batlantirish, nazorat, axborot bilan ta’minlash

C. foiz olish, tartibga soliqsh, rag‘batlantiruvchi, axborot bilan ta’minlash

D. rag‘batlantiruvchi, nazorat, axborot bilan ta’minlash, byudjetga tushish, foiz olish

116. Qaysi javobda soliq elementlari keltirilgan?

A. soliq turlari

B. soliq agenti, soliq to‘lovchi va soliq solish ob’ekti

C.) soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, stavka, xisoblab chiqarish tartibi, soliq davri, soliq isobotini tadim etish tartibi, to‘lash tartibi

D. soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni xisoblash va to‘lash tartibi

117. Soliq stavkalarining turlarini aniqlang.

A. to‘g‘ri, egri, resurs

B. o‘sib boruvchi, kamayib boruvchi, qat’iy

C). proporsional, progressiv, regressiv



D. regressiv, qat’iy, egri
9. GLOSSARIY

YUridik shaxslar -O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq to‘lovchilar ikki guruhga bo‘linadi: yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida xilma-xil mulk shaklidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar qiskacha yuridik shaxs deb ataladi.

O‘z mulkiga ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlarini shu mulklar bilan bajaradigan, soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan, bankda hisob raqamiga, mustaqil buxgalteriya balansiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, birlashma va ularning mustaqil shaxobchalariga yuridik shaxslar deb ataladi.

YUridik shaxs maqomidan tashqari soliq to‘lovchi bo‘lish uchun yana, albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad (foyda) olgan bo‘lishi, tovar (ish, xizmat) sotishdan oborotga va boshqa mulklarga ega bo‘lishlari shart.

YUridik shaxslarning byudjetga to‘laydigan soliqlari to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar daromad (foyda) solig‘i va resurs soliqlaridan, egri soliqlar esa qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona bojidan iboratdir.

Jismoniy shaxs (fuqaro) tushunchasi - Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.

YUridik shaxslarning daromadidan (foydasidan) soliq - bu yuridik shaxslarning hamma faoliyatidan olgan daromadlarini (foydasi) bir qismini byudjetga majburiy to‘lovidir. Bu erda soliq to‘lovchilar soliqqa tortish maqsadida rezident va norezidentlarga bo‘linadi.

Rezidentlar - O‘zbekiston hududida tashkil etilgan va ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar yoki bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan bo‘lib, O‘zbekistondan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar bo‘lib, O‘zbekiston hududida hamda chet elda olgan daromadlaridan soliq to‘lovchilar hisoblanadi.

Norezidentlar-O‘zbekiston hududida tashkil etilmagan yoki bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashmagan yuridik shaxslardir. Norezidentlar faqat O‘zbekiston hududida olgan daromadlaridan soliq to‘laydilar.

CHet el yuridik shaxslari- rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi. Rezidentlar O‘zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi norezident yuridik shaxslar:


  • doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatuvchi;

  • doimiy muassasa bo‘lmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga bo‘linadi.

Birinchi guruhdagilarning O‘zbekistonda olgan daromadlari ularning soliq idoralariga taqdim etadigan deklaratsiyalari orqali soliq idoralari tomonidan hisoblab chiqilib soliqqa tortiladi.

Ikkinchi guruh norezidentlarning O‘zbekiston hududidagi korxona va tashkilotlardan olgan daromadlari manbaida jami daromaddan hech qanday chegirmasiz soliqqa tortiladi (ushlanib qolinadi).



«Doimiy muassasa» tushunchasi - soliqqa tortish maqsadida O‘zbekiston hududida daromad olish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday joy hamda har qanday tashkilot yoki vakolatli funksiyani bajarayotgan yuridik shaxsdir. Bu tushuncha o‘z ichiga: boshqaruv o‘rni, bo‘lim, ofis, idora, fabrika, ustaxona, shaxta, neft yoki gaz quvuri, tosh qazish yoki har qanday foydali qazilmalar qazib oluvchi joylarni oladi.

Royalti - bu intellektual mulklardan kelgan daromadlardir. Intellektual mulklarga yangilik yaratilganligi to‘g‘risidagi patent, litsenziya, tovar belgisi va boshqalar kiradi.

Investitsiya - korxonaning o‘zi amalga oshirgan quyidagi:

- yangi qurilish shaklidagi kapital qurilishga, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, kengaytirish va texnikaviy qayta qurollantirishga sarflangan mablag‘lar;



Qo‘shilgan qiymat solig‘i - bu korxona, tashkilot va birlashmalarda yangi yaratilgan (qo‘shilgan) qiymatning bir qismini byudjetga majburan olishdir.

QQSdan imtiyozlar - bu korxonaning iste’molchilarga tovar ortganda, ish bajarganda, xizmat sotganda QQSni hisoblamaslik hamda byudjetga soliq to‘lamaslikni ifodalaydi.

QQS to‘lovchilari - bu O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tovarlar importi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Aksiz solig‘i - bu ishlab chiqarish korxonalarida yaratilgan yoki eksport va import qilingan ba’zi tovarlar qiymatining bir qismini majburiy byudjetga to‘lovdir.

Aksiz solig‘i ob’ekti - bu O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chikarilgan tovarlar, eksport va import qilingan ba’zi tovarlar oboroti hisoblanadi.

YUridik shaxslarning mol-mulk solig‘i - bu korxonalar mulklarining dastlabki qiymati, o‘rnatilmagan mulklar qiymatidan hisoblanib, ularning daromadidan byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlardir.

Mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar - bu o‘z mulkiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq to‘lashning ixchamlashtirilgan tizimiga o‘tgan yuridik shaxslar (savdodan tashqari) va imtiyoz olgan yuridik shaxslar bu soliqni to‘lamaydilar.

O‘rtacha qiymat - bu asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, lizing shartnomasi bo‘yicha sotib olingan vositalarning hamda ishga tushirilmagan mulklar qiymatining yil boshi va oxiridagi summalarini yarmi, boshqa oylar boshidagi balans qiymatning to‘liq summalari yig‘indisini 12ga bo‘lish bilan aniqlanadigan qiymatdir. Bu qiymat choraklik va yil bo‘yicha aniqlanadi.

Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona er solig‘i - yagona er solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Bu korxonalar o‘z hohishlari bo‘yicha byudjetga yoki yagona er solig‘i to‘lovchilar yoki qishloq xo‘jalik korxonalari uchun belgilangan yagona soliq to‘lovchilari bo‘lishi mumkin.

YUridik shaxslarning (noqishloq xo‘jalik) er solig‘i - o‘zining mulkida, egaligida va foydalanishida er uchastkalari bo‘lgan yuridik shaxslar er solig‘i to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.

Soliq to‘lovchilarning identifikatsion raqami (STIR) - soliq to‘lovchining soliq idoralaridan ro‘yxatdan o‘tganligini ko‘rsatuvchi dalildir. Bu raqam soliq to‘lovchining tegishli hisobot va hisoblarini, boshqa hujjatlarini tez topishda yordam beruvchi sondir.

Soliq qonunchiligi buzilganda qo‘llaniladigan jazolar (sanksiyalar) - bu intizomsiz soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq qonunchiligi buzilganda beriladigan jazolardir. Ular uch xil bo‘ladi: ma’muriy, moliyaviy va jinoiy.

YAlpi ichki mahsulot (YAIM)- bu ma’lum bir davrda (yil) mamlakat ichida bozor bahosida yaratilgan hamma tovarlar va xizmatlarning qiymatidir.

Byudjet jarayoni - Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni.

Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning harajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.

Byudjetdan mablag‘ ajratish - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.

Byudjet profitsiti - muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet harajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.

Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.

Byudjet subvensiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.

Byudjet so‘rovi - byudjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va byudjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov.

Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti.

Byudjet taqchilligi - muayyan davrda byudjet harajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi.

Byudjet transferti - byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari.

Davlat byudjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Davlat ichki qarzlari - davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.

Davlat maqsadli jamg‘armalari - Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg‘armalar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Davlat tashqi qarzi - davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.

Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish - aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi.

Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish - aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.

Davlat qarzi - davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.

Mahalliy byudjet - Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

 Moliya yili - birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.

 Respublika byudjeti - Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
10. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Raxbariy adabiyotlar va qonunlar:

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston, 2007 y.

2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. - T.: “Norma”, MJCh. 2008 y. -416 b.

3.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni. //Xalq so‘zi, 29 avgust 1997 y.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub'ektlarini huquqiy himoya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3619-sonli Farmoni (2005 yil 14 iyun).

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-532-sonli Qarori (2006 yil 18 dekabr).

6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744-sonli Qarori (2007 yil 12 dekabr).

7.Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash-barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir. 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi nutqidan. “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash”gazetasi. 2008 yil 12-18 fevral. №6 (574).

8.Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik. –T.: “O‘zbekiston”, 2005 y. -525 b.

9.Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch - qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog‘liq. –T.: “O‘zbekiston”, 2004 y.


Asosiy adabiyotlar
1.Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish. O'quv qo'llanma. -T.: ”Fan va texnalogiya”. 2007.

2. R.R. Xusainov , A.Q. Isxfqov , D.T. Urmanova X,Z, Djurayev . 2 qism Moliya ya soliqlar 2 qism. Toshkeht “Voris‑ Nashriyot” 2014

3..Aleksandrov I. Nalogi i nalogooblojenie.: Uchebnik. –M.: “Dashkov i K”. 2006..

4..Jo‘raev A. Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2004.



Qo‘shimcha adabiyotlar
1Jo‘raev A. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo‘llari. –T.: “Fan” nashriyoti. 2004.-387 b.

2Baymuratov T., Radjabov U. Soliq menejmenti. O‘quv kullanma. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2005. -110 b.

3.Vaxobov A. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. O‘quv qo‘llanma. -T.: IQTISOD-MOLIYA. 2005. -282 b.

4.Jo‘raev A. Markaziy Osiyo davlatlari soliq tizimi. O‘quv qo‘llanma. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2005. -120 b.

5.Zavalishina I. Soliqlar: nazariya va amaliyot. –T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi. 2005. -544 b.

6.Isroilov B. Soliqlar hisobi va tahlili: muammolar va ularning yechimlari. -T.:”Uzbekiston”. 2006. -270 b.

7.Latipov A. yerdan foydalanish va soliqqa tortish. –T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi. 2005.-245 b.

8.Malikov T. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. -T.: Akademiya. 2002. 253 b.

9.Toshmurodova B. Soliq munosobatlarini optimallashtirish. -T. “IQTISOD-MOLIYA”. 2005. 156 b.
Elektron ta'lim resurslari
http://www.nalog.uz//

http://www.mf.uz//



http://www.cer.uz//

http://www.tfi.uz/


1Риккардо Д. Начало политической экономики и налогового обложения.Сочинения./ т. 1./Пер. с англ.- М.: Госполитиздат, с.380.

2Пепеляев С.Г.Основы налогового права.-М., 1995.с.24.

3Черник Д.Г.Налоги в рыночной экономике. –М.:Финансы,1992.№3 с.19.

4 Болдырев Б.Г. Финансы капитализма. - М.: Финансы, 1987. 21.

5 Олимжонов О. Бозор иқтисодиётига ўтиш даврида солиқ сиёсати. Ҳаёт ва иқтисод. 1992.


6 Вахобов А., Срожиддинова З. Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети. –Т.: ТМИ, 2002. 36 – бет.


7 Мальмигин И. Налоги как элементы финанса. Пер. с анг. - М.:, 1997 . стр. 69

8 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 52-б

9Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.:Ўзбекистон, 1992. 51-модда.

10Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 132-модда.


11 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 358-б.

12Тошматов Ш.А., Комилов А.А. Қўшилган қиймат солиғи. Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси.-Т.:2004. 16-бет.

13 КаримовИ.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.:
Ўзбекистон, 1995. — бет.

14 КаримовИ.А.Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.:Ўзбекистон, 1995.

15 Вахобов А., Срожиддинова З. Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети. –Т.: ТМИ, 2002. 36 – бет.


16 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 52-б

17 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 358-б.



Download 2.47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.47 Mb.