XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
BUXORO VILOYAT XALQ TA’LIMI
XODIMLARININI QAYTA TAYYORLASH
VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH
HUDUDIY MARKAZI
“IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR
METODIKASI” KAFEDRASI
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI
O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI”
MODULI
9-MAVZU: TARIX FANIDAN METOD
BIRLASHMA ISHINI SAMARALI TASHKIL
ETISH SHAKL VA USULLARI
(1 soat video dars va 1 soat vebenar)
MAVZU: TARIX FANIDAN METOD BIRLASHMA ISHINI SAMARALI
TASHKIL ETISH SHAKL VA USULLARI
(1 ta videodars, 1 ta vebinar (videodars)
Reja:
1. Metod birlashmalar ishini tashkil etish.
2. Tarix fanidan metod birlashma ishini samarali tashkil etish shakl va
usullari
Tayanch iboralar: Metod birlashma, innovatsion ta’lim texnologiyalari,
interfaol ta’lim usullari, an’anaviy usul, amaliy o‘yin, muammoli ta’lim, munozara,
konferensiya,debat, to‘garak ,ekskursiya, olimpiada.
Metod birlashma– bu umumiy o‘rta ta’lim maktablari (bundan bayon matnda
umumta’lim maktabi deb yuritiladi)da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo‘g‘ini
hisoblanib, o‘qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan,
ularning innovatsiya,
tajriba-sinov
ishlari
va
ta’lim-tarbiya
jarayonlarini
rivojlantirish
ishlarini
muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.
Metod birlashmao‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta’lim
to‘g‘risida" va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarga, shuningdek umumta’lim maktabining ustavi va ushbu Nizomga amal qiladi.
Metod birlashmaning maqsadi o‘quv-tarbiya jarayoni
sifatini yanada yaxshilash,
o‘qituvchilarning mustaqil malaka oshirishlariga ko‘maklashish, mavjud pedagogik
ehtiyojlari asosida metodik yordamni tashkil etish, o‘qituvchilarda
faoliyatiga kreativ
yondashuvini tashkil etish, o‘qituvchilarning mutaxassislik va kasbiy mahoratlari
bo‘yicha
bilimlarini oshirib borish, tegishli o‘quv fanlarini o‘qitish uslublarini
takomillashtirish va tegishli o‘quv fanlarini o‘qitish sifatini oshirilishini ta’minlashdan
iborat.