Inson huquqlari bo'yicha yevropa sudi




Download 0.67 Mb.
bet1/7
Sana17.12.2023
Hajmi0.67 Mb.
#121081
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 ТОПШИРИҚ
Unitar va Yevklid fazolarda chiziqli operatorlar, 3.02 чизиқли алгебра ва аналатик геометрия, SO\'ROVNOMA, tadbir-informatikadan-2, Avtotransport korxonalarida moddiy texnik ta\'minoti, Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbеkistondagi xusus, mater, Oraliq nazorat savollari, Big Data Analytics - Unit 1 (1), sd54, Bosim Amaliy M.Xusanov, ASLBEK KIBER, 113-119, 4-O\'lchash ko\'priklari va kompensatorlar НУА ва А

INSON HUQUQLARI BO'YICHA YEVROPA SUDI
Bayonnoma 1, 3-moddasi. Saylanish huquqi: Impichmentga uchragan prezidentga parlament mansabiga bo'lib o'tadigan saylovlarda nomzodini qo'yishga doimiy taqiqlar qo'yish: buzilish
Ish holatlari - da'vogar Litvaning sobiq prezidenti, u parlament tomonidan Konstitutsiyani qo'pol buzganligi uchun impichment e'lon qilish orqali lavozimidan olingan. Konstitutsiyaviy sud da'vogar prezident lavozimida bo'lgan davrda noqonuniy, o'z shaxsiy manfaatini ko'zlab, rus tadbirkoriga Litva fuqaroligini bergan, unga davlat sirini oshkor etgan va shaxsiy tanishlari manfaatlarini ko'zlab xususiy kompaniyaga ta'sir o'tkazish uchun o'zining lavozimidan foydalangan. 2004-yil aprel oyida Markaziy saylov komissiyasi da'vogarga lavozimidan bo'shatilganligidan so'ng o'tkaziladigan prezident saylovlariga nomzodini qo'yishga hech bir to'siqlar mavjud bo'lmagan degan xulosaga keldi. Biroq 2004-yil 4-may kuni parlament prezident saylovlari to'g'risidagi qonuniga impichment oqibatida lavozimidan ozod etilgan shaxs besh yil davomida qaytadan saylanishi mumkin emasligi to'g'risidagi qoidani o'rnatib, o'zgartirish kiritdi. Natijada Markaziy saylov komissiyasi da'vogarning nomzod sifatida bergan arizasini ro'yxatga olishdan bosh tortdi. Oqibatda Konstitutsiyaviy sud 2004-yil 25-mayda chiqarganqarori bilan qonunchilikka kiritilgan o'zgartirish natijasida qo'shilgan saylanishga bo'lgan taqiq Konstitutsiyaga mos ravishdaligi, ammo bunday muddatlarni qo'shish noto'g'riligini belgiladi. 2004-yil 15-iyulda "Parlament saylovlari to‘g'risida"gi Qonunga impichment oqibatida lavozimidan ozod etilgan har qanday shaxs parlament a'zosi bo'lish huquqidan mahrum etilishi to'g'risidagi o'zgartirishni qabul qildi.
Huquq -Bayonnoma Ns 1, 3-modda
(a) Maqbullik -Bayonnoma Ns 1, 3-moddada keltirilgan erkin saylovda ishtirok etish huquqining o'rnatilishi faqatgina "qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari"ga o'tkaziladigan saylovlarda qo'llanadi. Shunday qilib, da'vogarning uning lavozimidan bo'shatilishi yoki prezident lavozimiga saylanishga bo'lgan huquqidan mahrum etish qismiga bog'liq shikoyati nomaqbuldir ratione materiae, lekin parlamentga saylanishda ishtirok etish qismi bo'yicha maqbuldir.
(b) Shikoyat mazmuni - parlament a'zosi lavozimiga saylanish imkoniyatidan mahrum bo'lgach, da'vogar saylovlarda o'z nomzodini qo'yish huquqiga aralashuvdan jabr ko'rdi. Aralashuv qonunning tegishli normasiga asoslangan va demokra- tik tartibni saqlash maqsadini ko'zlagan edi. Sud arizachining konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarish bo'yicha sodir etgan aybli xatti-harakatlarining jiddiyligini kamaytirmagan holda hamda prezidentlik lavozimidan bo'shatish asoslarini shubha ostiga olmagan holda belgilashicha, aralashuv ahamiyatli nati- jalarni keltirib chiqardi, hamonki u nafaqat parlament a'zosi bo'lish, balki Konstitutsiyaga muvofiq qasamyod qabul qilish bilan bog'liq har qanday mansabni egallashdan mahrum etildi. Litvaning mazkur masalaga doir pozitsiyasi Yevropada istisno edi, chunki ko'pchilik Yevropa Ittifoqi ishtirokchi davlatlarida impichment alohida shaxsning saylov huquqlariga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatmaydi yoki parlament saylovlarida ishtirok etish huquqining amalga oshirilishida biron-bir oqibat kelti rib chiqarmaydi yoxud joiz cheklovlar maxsus sud qarorini talab etgan va muddatlari bo'yicha cheklangan edi. Bunday cho- ralarning mutanosibligini baholaganda muddat bo'yicha chek- lovlar va bahsli chorani qaytadan ko'rib chiqish imkoniyatining mavjudligiga alohida e'tibor qaratish kerak. Undan tashqari, qaytadan ko'rib chiqish zarurati muayyan bir davlatning tarixiy va siyosiy kontekstini e'tiborga olish kerakligi bilan bog'liq. Modomiki bunday kontekst, shubhasiz, saylovchilar tomonidan nafaqat bunday umumiy cheklovni o'rnatishni keltirib chiqar- gan sharoitiarni qabul qilish nuqtayi nazari o'zgarar ekan, maz- kur cheklovning dastlabki sababi vaqt o'tishi bilan o'z ahami- yatini yo'qotishi mumkin. Biroq ushbu ishda cheklov nafaqat vaqt bo'yicha cheklanmagan, balki u asoslangan norma ham konstitutsiyaviy deb belgilangan edi. Da'vogarga saylovlarda saylanishga qo'yilgan taqiq tegishli tartibda o'zgarmaslik kon- notatsiyasiga ega edi, bu esa o'z navbatida Bayonnoma N^l, 3-moddasi bilan o'zaro nomuvofiq. Undan tashqari, bunday chora kiritilishida ahamiyatga ega bo'lgan qonun chiqarish jarayoniga maxsus sharoitlarning katta ta'sir o'tkazishi fakti cheklovning nomutanosiblik xarakteri to'g'risida qo'shimcha guvohlik qiladi. Barcha holatlar, ayniqsa da'vogarga parla- mentda lavozimga ega bo'lish uchun o'rnatilgan taqiqning doi- miy va o'zgarmasligi Sudni cheklov nomutanosib degan xulo- saga kelishga turtki bo'ldi.

Download 0.67 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0.67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inson huquqlari bo'yicha yevropa sudi

Download 0.67 Mb.