• 2022 yil 1 apreldan 30 iyungacha
  • Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling




    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana20.05.2023
    Hajmi0.62 Mb.
    #62451
      1   2   3   4
    Bog'liq
    “Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish shartlari
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)


     
    “Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling”
    aksiyasini o‘tkazish shartlari 
     
    1. 
    Aksiyaning umumiy shartlari 
    1.1. Aksiyani o‘tkazish muddati – 2022 yil 1 apreldan 30 iyungacha
    1.2. 
    Aksiyada tarmoq qamrovi zonasida joylashgan, texnik imkoniyati mavjud bo‘lgan barcha 
    jismoniy shaxslar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan, yuridik 
    shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ishtirok 
    etishi mumkin. 
    1.3. 
    Aksiyada Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlaridan (keyingi o‘rinlarda – 
    telekommunikatsiya xizmatlari) foydalanuvchi Abonentlar ishtirok etishi mumkin. 
    1.4. 
    Aksiya 
    doirasida 
    abonentlarga 
    FTTB, 
    GPON 
    texnologiyalari 
    bo‘yicha 
    telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish davrida foydalanish uchun abonent qurilmalari 
    taqdim etiladi, keyinchalik ushbu Aksiya shartlari bajarilgandan so‘ng, ularga egalik qilish 
    huquqi Abonentga o‘tadi. “Abonent qurilmalari” deyilganda, telekommunikatsiya xizmatlarini 
    ko‘rsatish uchun so‘nggi mil uskunalari nazarda tutiladi, jumladan: FTTB texnologiyasi uchun 
    tarmoq marshrutizatorlari, PON texnologiyasi uchun GPON terminallari (to‘liq jamlamada 
    ONT-modem, ATB abonent rozetkasi). 
    2. 
    Aksiyada ishtirok etish shartlari 
    2.1. 
    Aksiyada ishtirok etish uchun abonentlar abonent to‘lovi miqdori oyiga 169 000 so‘m va 
    undan yuqori bo‘lgan Kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlariga ulanishi lozim. 
    2.2. 
    Aksiya doirasida xizmatlarga ulangan abonentlar Aksiya bo‘yicha xizmat faollashtirilgan 
    vaqtdan boshlab abonent to‘lovi hisoblanishi va yechilishining (keyingi o‘rinlarda - hisob-kitob 
    davri) 12 ta to‘liq sikli davomida amaldagi tarifni abonent to‘lovi 169 000 so‘mdan kam bo‘lgan 
    boshqa tariflarga o‘zgartirmasliklari kerak. 
    2.3. 
    Abonent qurilmasi taqdim etilganda (yangi ulanish, texnologiyani o‘zgartirish yoki 
    mavjud abonentga qurilma taqdim etilganda), Abonent kelgusi hisob-kitob davri uchun abonent 
    to‘lovi bo‘yicha avans to‘lovini, shuningdek, bir martalik ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini 45 000 
    so‘m miqdorida amalga oshiradi. 
    2.4. 
    Yangi ulanish paytida, ushbu shartlarning 2.3-bandiga muvofiq Aksiya doirasida 
    ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi to‘langanda, telekommunikatsiya xizmatlari tariflarining shartlari 
    (“Internetga keng polosali ulanish xizmatlari va tariflar narxnomasi”)da ko‘zda tutilgan 
    ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi olinmaydi. 


    2.5. 
    GPON texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga kirish xizmatlariga ulanganda va 
    ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha statsionar telefon aloqasi mavjud bo‘lmaganda, Abonentga IP-
    telefoniya xizmatlariga ulanish tavsiya etiladi (tarif rejasining shartlariga muvofiq). 
    2.6. 
    Abonentning Aksiyada ishtiroki davomida abonent to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilishi 
    majburiy shart hisoblanadi. Abonent qurilmasi taqdim etilgan kundan boshlab, 12 oy (hisob-
    kitob davri) mobaynida ulangan telekommunikatsiya xizmatlari moliyaviy blokirovkaga 
    o‘tmasdan faol holatda bo‘lishi kerak. 
    2.7. 
    Amaldagi Abonentlar ulanish texnologiyasini boshqa texnologiyaga o‘zgartirganda 
    Aksiyada ishtirok etishlari mumkin: 
    VDSLdan FTTBga, GPONga; 
    FTTBdan GPONga. 

    Download 0.62 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling

    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish