Jahon xo’jaligida transmilliy koorparatsiyalarini tutgan o’rni




Download 8.62 Kb.
Sana06.12.2023
Hajmi8.62 Kb.
#112067
Bog'liq
Jahon xo’jaligida transmilliy koorparatsiyalarini tutgan o’rni-fayllar.org
Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2

Jahon xo’jaligida transmilliy koorparatsiyalarini tutgan o’rni

Jahon xo’jaligida transmilliy koorparatsiyalarini tutgan o’rni.

Reja
1. Jahon xo’jaligi nima….?


2. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining asosiy tendensiyalari
3.Korporatsiya nima
Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. J. x. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Moliyaviy globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar jahon
iqtisodiyoti va xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining muhim
elementlaridan hisoblanadi. Oxirgi yillarda ularning jadal ravishda rivojlanishi
jahon xo„jaliklari aloqalarining globallashuvida, kapital va ishlab chiqarishning
baynalmillashuv jarayonlarida namoyon bo„lmoqda. Transmilliy korporatsiyalar
jahon xo„jaligi aloqalarining barcha sohalarida faol ishtirokchi bo„lib hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar bir tomondan jadal rivojlanib borayotgan xalqaro
moliya munosabatlarining mahsuli, boshqa tomondan esa, mazkur munosabatlarga
ta‟sir etuvchi qudratli mexanizm sifatida namoyon boladi.
Xalqaro korporatsiyalarning asosiy qismi AQSh, Evropa ittifoqi
mamlakatlari va Yaponiyada joylashgan. Xalqaro korporatsiyalar jahon
iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o„ynaydi. Xalqaro korporatsiyalar
filiallari orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi jahon eksportining 1/3 qismini
tashkil etadi va ularda 77 mln. kishi ishlaydi. Ushbu ko„rsatkich Germaniya
iqtisodiyotida band bo„lganlar sonidan ikki baravar ko„pdir.
Hozirgi kunda 500 ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85 tasi
xorijiy mamlakatlardagi investitsiyalarning 70%i ustidan o„z nazoratini
o’rnatgandir. Ushbu 500 ta gigant korporatsiyalar hissasiga jahon bozoriga
chiqarilayotgan elektronika va kimyo sanoatining 80%, farmatsevtikaning 95%, mashinasozlikning 76% mahsulotlari to„g„ri keladi.
Xalqaro korporatsiyalar faoliyatini tavsiflovchi asosiy belgilar
quyidagilardan iborat.
1. Yillik savdo aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq bo„lishi.
2. Kamida oltita mamlakatda filiallarga ega bo„lishi.
3. Xorijdagi aktivlar ulushi 25% dan ortiq boilis.
Mazkur ko„rsatkichlarga misol sifatida Shveytsariya firmasi hisoblangan
“Nestle”ni ko„rsatish mumkin. Xalqaro korporatsiyani aktivlarining tuzilishi
bo„yicha ham aniqlash mumkin. Bir qator xorijiy tadqiqotlarda xalqaro
korporatsiyalarga xorijda 25% aktivlariga ega bo„lgan kompaniyalar kiritilgan.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat
chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kapital
va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi hisoblanadi.
Kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi xorijda ko„p sonli
bo„linmalariga ega bo„lgan yirik kompaniyalarni tashkil etish va milliy
korporatsiyalarningtransmilliyga aylanishi orqali xo„jalik aloqalarining
ekspansiyasi xususiyatiga ega bo„ladi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro
korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga,
iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko’lamligini ta‟minlovchi
yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida
raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko„lamda kapital va ishlab
chiqarishning bir joyga to„planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish
va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi hamda
global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanayotgan mamlakatlarning ko„pchiligida
yuksak iqtisodiy o„zgarishlarni vujudga keltirayotganligi bilan bir qatorda, ushbu
korporatsiyalar texnik taraqqiyotining ichki omillariga juda katta imkoniyatlar
ochib bermokda. Amaliyot natijalari shuni ko„rsatmoqdaki, transmilliy
korporatsiyalar dunyo mamlakatlarining rivojlanishida yuksak ahamiyat kasb
etmoqda. Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– Bir qator sanoat tarmoqlarda (engil, to„qimachilik, elektron va boshqa
sanoat tarmoqlari) qo’llanilayotgan texnika va texnologiyalarni etkazib berishda
transmilliy korporatsiyalar investor sifatida ham, shuningdek investitsiya
tovarlarini yoki texnologiyalarini (litsenziyalarini) etkazib beruvchi
korporatsiyalarlar sifatida ham muhim rol o’ynamoqda.
– Rivojlanayotgan mamlakatlarni jahon bozoriga xom ashyo mahsulotlarini
eksport qiluvchi davlatlardan tayyor mahsulotlarning sotuvchilariga aylantirish.
Bunda, bevosita rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarishdagi tarkibiy
O’zgarishlar uchun to’g’ridan to’g’ri yo’nalishdagi investitsiyalar moliyaviy
resurslarni oddiy joylashtirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi.
– transmilliy korporatsiyalar rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud
bandlik muammolarini ham bartaraf etadi. Ta’kidlab o’tish joizki, to’g’ridan –
To’g’ri yo’naltirilgan investitsiyalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan ishchi o’rinlar
unchalik ko’p bo’lmasdan rivojlanayotgan dunyodagi iqtisodiy aktiv aholining 1%
idan kamroq qismini ta’minlay oladi xolos.
– Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan mamlakatlarga o’zlarining texnik
yordamlarini ko„rsatishda transmilliy korporatsiyalar imkoniyatidan foydalanishni
taklif etishmoqda. O’z navbatida, rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumat
rahbarlari ham transmilliy korporatsiyalarni o„z iqtisodiyotlariga jalb etish
borasida o’zaro kurash olib bormoqdalar.
Shunday qilib, jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
rivojlanishining obyektiv qonunlariga bo„ysungan holda, rivojlanayotgan
mamlakatlar o’z oldilariga qo’yilgan alohida maqsadlari bilan bir qatorda ijtimoiy
– iqtisodiy muammolarni hal qilishga yo„naltirilgan va shuningdek t ransmilliy
korporatsiyalarning mamlakatlar iqtisodiyotidagi manfaatlariga mos keluvchi
zaruriy parametrlarini izlab topishga harakat qilinmoqda.
Korporatsiya (lotincha: corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. Korporatsiya bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. XIX-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xoʻjalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar negizini aksiyadorlik jamiyatlari tashqil qiladi. XIX-asrning II-yarmidan xalqaro korporatsiyalar keng rivoj topdi. Aksariyat hollarda korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chikaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Ayni paytda korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiytexnika taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy shklini taʼminlaydi. Mulk egaligi maqomiga koʻra, davlat, xususiy, aralash (qoʻshma) korporatsiyalarga, tarmoqlar boʻyicha sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa va boshqa turdagi korporatsiyalarga boʻlinadi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlari korporatsiyaga uyushgan hollar koʻp uchraydi (mas, „Daewoo“ korporatsiyasi). Oʻzbekistonda birinchi korporatsiyalar XIX-asrning 90-yillaridan boshlab sanoatning turli tarmoqlarida paydo boʻldi. [1]
Etiboringiz uchun raxmat
Xolmatov Azizbek
61A 19
http://fayllar.org
Download 8.62 Kb.




Download 8.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon xo’jaligida transmilliy koorparatsiyalarini tutgan o’rni

Download 8.62 Kb.