• Ekologik huquq predmet sifatida
  • Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi




    Download 210,65 Kb.
    bet1/5
    Sana17.09.2024
    Hajmi210,65 Kb.
    #271370
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-ma`ruza

    Kirish.Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi.

    Ekologik huquq predmet sifatida

      • . Ko’pgina adabiyotlarda Ekologik huquqning predmeti-ekologik munosabat, deb aytiladi. Lekin ekologik munosabat-tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni sog’lomlashtirish, tabiiy tizimlarni qayta tiklash va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanishda yuzaga keladigan kishilarning harakat yoki harakatsizliklarini ifodalovchi barcha harakterdagi ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi.
    • Ushbu ijtimoiy munosabat huquq me‘yorlarida belgilangan tarzda amalga oshirilsa-yuridik xarakterdagi, faqatgina axloq-odob qoidalarida aks ettirilsa-ijtimoiy xarakterdagi, xalqaro aloqa qoidalarida aks ettirilsa-siyosiy harakterdagi ekologik munosabatlar deyish mumkin.
    • Ekologik huquq esa faqatgina yuridik xarakterdagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarni o’z predmeti qilib oladi. Chunki hamma odob-axloq yoki xalqaro aloqa qoidalari milliy qonunchilikda aks ettirilmasligi va u davlatning huquqiy-ekologik boshqaruv asosi bo’lmasligi ham mumkin.
    • Keyingi vaqtlarda olimlar ekologik huquqiy munosabatlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir ijtimoiy munosabatlarni kiritish shart emas, degan fikrni olg’a surmoqdalar. Ular mustaqil huquq sohalari-suv, yer, yer osti boyliklari, o’rmon huquqlari predmeti bo’lib qolsin, demoqdalar.
    • Xullas, Ekologik huquqning predmeti-ekologik-huquqiy munosabatlar, ya‘ni atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklashda yuzaga keladigan yuridik xarakterdagi ijtimoiy munosabatlar.

    Download 210,65 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 210,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi

    Download 210,65 Kb.