• KORPORATIV MOLIYANI SAMARALI TASHKIL ETISH: AMALDAGI HOLATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH
  • Kalit so’zlar
  • Korporativ moliyani samarali tashkil etish: amaldagi holati va uni takomillashtirish




    Download 428,71 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana24.01.2024
    Hajmi428,71 Kb.
    #144591
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Korporativ moliyani samarali tashkil etish amaldagi holati va uni takomillashtirish



    “XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №2, 2019 йил 

     
     
     
     
     
     
     
     
     
    KORPORATIV MOLIYANI SAMARALI TASHKIL ETISH: AMALDAGI 
    HOLATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH 
     
    Maqolada mamlakatimizda korporativ moliyani samarali tashkil etishning 
    amaldagi holati va uni takomillashtirishning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek 
    korporativ moliyani samarali tashkil etish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada 
    barqarorlashtirish masalalari atroflicha yoritib berilgan. 
    Kalit so’zlar:
    Korporativ moliya, davlat moliyasi, kichik biznes, investitsiya, 
    korporativ boshqaruv, korxona moliyasi, pul fondlari, ustav kapital, aktiv, passiv, 
    davlat byudjeti, iqtisod, aksiyadorlik jamiyati, aksiyadorlik kompaniyasi. 
     
     
     
     
     
     
     
    Kirish
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samaradorligi uning har bir
    bo‘g‘ini samarali ishlashi bilan bevosita bog‘liq. Bunda moliya tizimining asosiy 
    bo‘g‘ini hisoblangan korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil 
    etish nafaqat har bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir mamlakatda alohida 
    muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin.
    Moliya tizimining aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga 
    taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi. Bunda korporativ 
    TAYYORLADII
    BEHZOD HAQBERDIYEV
    FAYZIYEVA MADINA


    “XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №2, 2019 йил 

    tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat 
    oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yo‘nalishlarga taqsimlanadi. Korporativ 
    moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining asosi sifatida ham xizmat 
    qilmoqda. Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali 
    tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro 
    iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining jadallashuviga imkon beradi. 
    Bizga 
    ma’lumki, 
    2017-yil 
    7-fevralda 
    mamlakatimiz 
    Prezidenti 
    Sh.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
    Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.[1] Mazkur Farmon 
    bilan tasdiqlangan “Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizni rivojlantirishning 
    beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab berildi. Avvalo, ushbu ustuvor yo‘nalishlar va 
    ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi 
    bugungi kunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta’kidlash lozim. “Harakatlar 
    strategiyasi”ning 
    uchinchi 
    yo‘nalishi 
    “Iqtisodiyotni 
    rivojlantirish 
    va 
    liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” masalalariga qaratilgan bo‘lib bu 
    yo‘nalishning 3.4. bandida aynan iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy 
    mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik 
    biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va 
    tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalari yuzasidan oldimizga qo‘yilgan 
    vazifalar belgilab qo‘yilgan. Jumladan; 
    – xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, 
    xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni 
    bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va 
    kuchli bo‘ladi” degan tamoyilni amalga oshirish; 
    – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
    ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, 
    huquqni 
    muhofaza 
    qiluvchi 
    va 
    nazorat 
    idoralari 
    tomonidan 
    noqonuniy 
    aralashuvlarning qat’iy oldini olish; 
    – davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-
    taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida 
    davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida 
    xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
    – investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va 
    hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni faol jalb 
    qilish; 
    – korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish
    korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 
    – tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha 
    tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
    – mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda 
    davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan 
    chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, 
    jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
    Shuningdek ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq 
    xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy 


    “XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №2, 2019 йил 

    korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda 
    joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
     
    2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 
    ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish 
    rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 
    baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta 
    ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshishi mazkur “Harakatlar 
    strategiyasi”ga berilgan sharhda ta’kidlangan.[2] Mamlakatimizda so‘nggi yillarda 
    olib borilayotgan islohotlardan ham ko‘rinib turibdiki korporativ moliyani samarali 
    tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini oshishiga va jahon hamjamiyatida 
    o‘z o‘rnimizni mustahkamlab olishimizga zamin yaratadi. Yo‘qorida ta’kidlangan 
    jihatlar ushbu mavzuni dolzarbligini ifodalaydi. 

    Download 428,71 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 428,71 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korporativ moliyani samarali tashkil etish: amaldagi holati va uni takomillashtirish

    Download 428,71 Kb.
    Pdf ko'rish