• 2.1 - chizma. Ta’lim vositalari turlari
  • Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limini o’qitishda




    Download 2.46 Mb.
    bet24/33
    Sana01.07.2021
    Hajmi2.46 Mb.
    #15324
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
    2.1. Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limini o’qitishda

    ta’lim vositalaridan foydalanish

    Ta’lim – tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi.

    Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalarga ta’lim vositalari deyiladi.

    Ta’lim vositalari 3 turga bo’linadi:





    2.1 - chizma. Ta’lim vositalari turlari
    Real ta’lim vositalariga o’qitishda qo’llaniladigan barcha real yordamchi vositalar: mashinalar, traktorlar, jihozlar, dastgohlar, tayyor mahsulotlar va hokazolar kiradi. Umumta’lim maktablarida o’qitiladigan fanlar orasida estetik did va nafosat talab qiluvchi tasviriy san’at fanini o’qitishda, aytaylik “Amaliy mustaqil ishlar. Qush, hayvon, odamni asliga qarab rasmi va haykalini tasvirlay olish” mavzusini yoritib, qog’ozda tasvirlash mustaqil ish sifatida o’qitilishi lozim. Mana shu dars mobaynida, qush, hayvon yoki odamning aynan o’zi bo’lmasa ham, o’quvchida tasavvur uyg’otish, ularning harakati va holatini ko’z oldiga keltira olishi uchun ularning kichraytirilgan variant – modeli (ya’ni, qush, hayvon yoki odamning o’yinchog’i ) dan foydalanib o’tilsa, o’quvchi bu kabi tasvirni aniq tasvirlay oladi. Shuningdek, “Stol ustida g’arq pishgan bir savat olma” tasvirini tasvirlashni olaylik. Bunda ham aynan real ta’lim vositasi sifatida bir savat olmaning o’zini o’quv xonaga keltirib qo’yish ta’lim vositalaridan unumli foydalanishni namoyon qilib turadi. Bunda, albatta o’quvchining ta’lim olish sifati va samaradorligi yanada oshishini kuzatish mumkin [15], [14], [20].

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinf o’quvchilariga mehnat ta’limi fanining “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi tarkibidagi metallga ishlov berish bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limi “Metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruksiyalash elementlari” mavzusini tashkil etishda yuqoridagi real ta’lim vositalardan foydalanib o’tilganida maqsadga muvofiq bo’lardi, ya’ni metal buyumlarga ishlov berish va unda ishtirok etadigan konstruksiyalash elementlarini ko’rib, ishlatishdan avval, ularda aniq tasavvur uyg’otish uchun tayyor buyum yoki detalning yaqqol ko’rinishini, asbob-uskunalarning ham o’zini ko’rganida mavzu aniq, ravshan tushunarli bo’lgan bo’lar edi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limidagi “Rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullari” mavzusini o’qitishda misgarlik, kandakorlik, pichoqchilik, chilangarlik, tokarlik kabi hunarlar to’g’risida dastlab ma’lumotlar berib, mis, aluminiy va ularning qotishmalaridan tayyorlanadigan simlar, tunukalar, mashinalarning qismlari maketlari, modellarini ko’rsatib, so’ng, ularga ishlov berib yasalgan buyum ko’rinishiga keltirilgan tayyor mahsulotlarni ko’rib, o’rganib chiqsa, o’quvchida aniq taassurot, tasavvur uyg’onib, mavzu yuzasidan kengroq tushunchalar paydo bo’lgan bo’lar edi. Bu esa, o’quvchining ish sifatini oshishiga yordam bermasdan qo’ymaydi albatta. Rangli metallardan tayyorlanadigan buyumlarga suv quvurlarining yuza qismi nikel, rux metallaridan tashkil topganligi, bu esa, quvurning uzoq muddatda ishga yaroqli holatda ishlay olishini ta’minlashi to’g’risida ham bilim, ko’nikmalarini oshirish lozim.

    Texnik ta’lim vositalariga, proektor, kino apparat, o’quv televideniyasi, videomagnitofon, kompyuter, videofilmlar, multimedia va hokazolar kiradi. Bundan tashqari sinf doskasi, doska ─ stend, doska ─ bloknot, kodoskoplar ham texnik vositalarga kiradi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan 8-sinflar uchun Odam anatomiyasi va uning salomatligi fanining “Tayanch harakatlanish sistemasi. Suyaklar” mavzusini tushuntirishda, texnik ta’lim vositalarining grafoproyektor vositasidan foydalanilsa, o’quvchida organizm tuzilishi va suyaklar joylashuvi to’g’risida yaqqol tasavvur uyg’otadi. Bunda shaffof plyonkada tayyorlangan slaydlar kadoskop orqali ekranga ko’rsatib turiladi.

    Sinf doskasi ─ o’quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o’quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda yoki biror narsani tez yozish lozim bo’lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o’quv xonasida mavjuddir.

    Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o’chirishga to’g’ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko’rsatish imkoni bo’lmaydi. Bundan tashqari o’qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo’ladi va uni eshitish qiyin bo’ladi.

    Doska – stend mashg’ulotlarda o’quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o’qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o’sha kattalikdagi qog’oz qo’yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg’ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.

    Doska - stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o’zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, doska – stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha ta’lim oluvchilarning fikr-mulohazalari va g’oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniga ega bo’linadi.

    Doska – bloknot – bu varaqlanadigan qog’ozli doska bo’lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo’llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilgan materiallarga qaytish mumkin va hatto o’quv xonasiga osib qo’yish ham mumkin [19], [13], [16].

    Umumta’lim maktablarining 7-sinf o’quvchilariga mehnat ta’limi fani “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi metallga va yog’ochga ishlov berish bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limi mavzularini o’qitish jarayonida mavzuga mos texnik ta’lim vositalarining qo’llanilishi o’quvchi yoshlarda yangilikni qabul qilishiga va uni amalda ham qo’llay olishiga imkon yaratadi.

    Videoproektor – kompyuterdagi ma’lumotni katta masshtabda ekranga ko’rsatish uchun mo’ljallangan jihoz bo’lib, mehnat ta’limi fanining mavzulari aksariyati amaliy ishlar orqali bajarilganligi sabab, ayni mehnat ta’limi fani “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi metallga va yog’ochga ishlov berish bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini o’qitishda mazkur texnik ta’lim vositasini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Metallar ularni olish jarayoni, metallardan ishlab chiqarishda turli buyumlar tayyorlashga doir turli xildagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirishga imkon beradi.

    Metallga ishlov berish bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limida “Texnologik xaritalar tayyorlash, chizish”, “Texnologik xaritalar asosida buyumlar tayyorlash” hamda yog’ochga ishlov berish bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limida “Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi. Uy-ro’zg’or, turmushda va maktabda qo’llanilayotgan texnika va konstruksiyalash elementlari. Eskizlar asosida buyumlar tayyorlash”, “Shakli silindrsimon, konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar”, “Tayyorlanadigan buyumlarga texnologik xaritalar chizish” va “Amaliy mustaqil ishlar: Konussimon va fasonli burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash” mavzularini o’qitishda videoproektordan foydalanilganida o’quvchidagi mavhum tushunchalarni aniq tushuncha va tasavvurga aylantirib beradi. Bugungi kungacha texnologik xarita tayyorlash uchun buyumning yaqqol tasviridan yoki tayyor texnologik xaritadan foydalanish an’anaga aylanib qolgan edi, biroq bunda o’quvchi mavzu mohiyatini tushunmagan holatlari ham kuzatiladi. Shu sababdan, buyumning texnologik xaritasini chizishlaridan oldin, o’sha buyumning tayyorlanish jarayoni ketma-ketligini bildiruvchi videolavha yoki texnologik xarita yuzasidan tayyorlangan slaydlarni vidoproektor orqali ko’rsatilganida muayyan buyumning tayyorlanishi bo’yicha ham, tayyorlanish jarayonida e’tibor beriladigan jihatlar bo’yicha ham aniq tushunchalar paydo bo’lgan bo’lar edi.

    Kodoskop (grafoproektor) ─ shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proektsiyalash uchun qo’llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo’lib, bir marta tayyorlangan plenkadan ko’p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo’lmagan hollarda asosiy tushunchalar, g’oyalar va natijalarni o’qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to’ppadan-to’g’ri yozib ko’rsatishi ham mumkin.

    Didaktik materiallarlarga chop etilgan, o’tkazilgan barcha o’quv va ko’rgazmali materiallar kiradi.

    Yuqoridagi ta’lim vositalari o’qituvchi uchun, o’quvchi uchun hamda dars o’tkazish uchun alohida variantlarini to’g’ri tanlashda muhim ahamiyatga ega.

    1. O’qituvchi uchun vositalar: o’quv predmetini o’qitish metodikasi bo’yicha qo’llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo’yicha metodik tavsiyalar, o’qituvchi tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy struktura.

    2. O’quvchi uchun vosita: darslik, o’quv qo’llanma yoki o’qituvchining ma’ruza matnlari, jadvallar, yo’l-yo’riq xaritalar, topshiriq kartochkalar va hokazolar.

    3. Dars o’tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlarni o’tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopoztivlar.

    Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to’ldirishi, ya’ni uyg’unlashuvi kerak.

    Didaktik materiallar ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlashga va ularning faollashuviga ko’maklashadi. Ularga: tarqatma materiallar, ishchi varaqalari, nazorat (test) varaqalari, matnlar, o’quv qo’llanmalari va shu kabilar kiradi.

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan tarix fanini olib qaraydigan bo’lsak, dars jarayonida o’tilgan mavzu yoki yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida turli tarqatma materiallar, test topshiriqlari, nazorat ishlari vaqtida nazorat varaqalaridan foydalanilsa, o’quvchining erkin izlanishiga va ko’rilayotgan mavzuning oldingi mavzular bilan farqli tomonlarini ko’ra olishiga yordam beradi [12], [18].

    Ta’lim vositalarining ushbu turi umumta’lim maktablarda o’qitiladigan mehnat ta’limi fani “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limi mavzularini, ayniqsa, metallga ishlov berish bo’yicha “Amaliy mustaqil ishlar: Uy-ro’zg’or, turmush va maktab uchun metal buyum, materiallardan buyumlar tayyorlash” hamda yog’ochga ishlov berish bo’yicha “Yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullari”, “Yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash” mavzularini o’qitishda mavzuga mos o’quv materiallari va xalq hunarmandchiligining turmushda va uy-ro’zg’orda qo’llaniladigan namunalari tushirilgan ko’rgazmali materiallardan foydalanilganida o’quvchilarda yaqqol tasavvur paydo qilishda yaqindan yordam beradi. Sababi, 7-sinf o’quvchisi xalq hunarmandchiligi buyumlari yoki turmushda qo’llaniladigan metall buyumlar tayyorlay olishi uchun ularning tasviri tushirilgan ko’rgazmali materiallarni, qo’llanilishi mumkin bo’lgan holatlar tasvirlari to’g’risidagi plakatlardan foydalanib o’qitilsa, o’quvchi yoshlarning bu boradagi bilim, ko’nikmalari yanada rivojlanadi [4], [22].

    Yuqorida sanab o’tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o’qituvchi qaysi vositani qachon qo’llashini mashg’ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.

    Tarqatma materiallar – ta’lim oluvchilar uchun o’rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo’lmagan (1 – 2 varaq) yozma o’quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar mashg’ulotni qiziqarli qilish imkonini berib, ko’p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o’qib chiqib muhokama qilish uchun mo’ljallangan bo’ladi.

    Yuqorida aytib o’tilganidek, umumta’lim maktablarining mehnat darslarida ko’proq amaliy ishlar tashkil qilinishini hisobga olgan holda 7-sinf o’quvchilari mehnat ta’limi darslarida mahsulot ishlab chiqarish bo’limi mavzularini o’qitish jarayonida mavzuga mos asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan tarqatma materiallardan ham foydalanilishi o’quvchida yangi ma’lumotni ongida tahlil qila olishida, yangi bilim, ko’nikmalari shakllanishida imkon yaratadi.

    Mehnat ta’limi darslari amaliy ishlardan tashkil topganligi uchun mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limi mavzularini o’qitishda yuqoridagi ta’lim vositalaridan foydalanish o’quvchida nazariy bilimlarini shakllantirishda, shu bilan birga yangi mavzuni mustahkamlash uchun ham yaxshi samara beradi. Lekin, o’quvchini har doim nazariy bilimlar bilan emas, balki amaliy ishlarni ham mavzuga tegishli ta’lim vositalari orqali o’tilganida ta’lim jarayoni sifatining talab darajasida borayotganligi darsning o’z maqsadiga erishayotganidan dalolat berib turgan bo’lar edi.

    Ishchi varaqalar - guruhlarda, juft bo’lib va individual mashqlar bajarishda qo’llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo’lib, ta’lim oluvchilar tomonidan to’ldirish talab qilinadi.

    Nazorat varaqalari - mashg’ulot yakunida ta’lim oluvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo’llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bo’lishi mumkin.

    Matnlar - dars mavzusi bo’yicha mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rishda, mashg’ulot davomida, shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.

    O’quv ustaxonalarining moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlanishi nihoyatda muhimdir. Moddiy-texnikaviy ta’minot moslamalarning texnik muhofazalanishiga zamin hozirlaydi.

    Sanitariya - gigiyenik shart - sharoit ustaxonaning tabiiy va sun’iy yoritilishi, sanitar - gigiyenik shartlariga javob berishi va birinchi yordam ko’rsatish vositalarining mavjudligini talab qiladi.

    Estetik sharoit ustaxonaning ichki bezagi va moslamalar ranglariga e’tibor berish, o’simlik va gullar bilan bezatilishini taqozo etadi.

    Texnik - pedagogik sharoit o’quv ishlab chiqarish xonalarining faoliyat yuritish jarayonini ta’minlashda bir-biri bilan bog’liqligi, ta’lim oluvchilar uchun qulay bo’lgan ish sharoitini yaratish, shaxsiy ish joyi bilan ta’minlash va mehnatni ilmiy-texnik asosda tashkillashtirishdan iborat bo’ladi.

    O’quv ustaxonasining ustasi uchun ish joyi shunday yoritilgan va tashkil qilingan bo’lishi kerakki, o’quv jarayonida usta o’z faoliyatini ilmiy asosda tashkillashtira olishi, uning mazmun va shaklini ta’lim oluvchilarning ish o’rinlari bilan bog’lay olishi uning pedagogik faoliyatini samarasini aniqlab beruvchi sifat bo’lishi kerak.

    Hozirgi kunda ilg’or texnologiyalardan foydalanish borasida qator qarorlar qabul qilingan. Ushbu texnologiyalardan foydalanishga tibbiyot xodimlari va psixolog mutaxassislar tekshiruvidan so’ng ruxsat berilishi lozim. O’qitish vositalarining afzalligi ularning yuqori texnologik imkoniyatlari bilangina emas, balki eng avvalo o’qitish samaradorligini oshirishdagi pedagogik xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu vositalarning ayrim didaktik imkoniyatlarining ko’rsatib o’tish kifoyadir. Masalan: tabiiy va texnikaga oid fanlarni o’rganish jarayonida yangi informatsion texnologiyalar asosidagi o’qitish vositalari tizimi, xususan, asbob va moslamalar majmui o’rganilayotgan shaxsga izlanishni keng ko’lamda olib borish imkonini beradi.

    Ma’lumki, mehnat ta’limi darslarida DTS talablarida belgilab berilgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlarini o’quvchilar o’qituvchi tomonidan o’quv mazmuniga mos tushadigan shakl, metod va vositalarni qo’llash orqali egallaydi. Bunda mehnat ta’limi mashg’ulotlari o’quv maqsadiga ko’ra ta’lim vositalari orqali o’tilsa, o’quvchilarning mehnat ta’limiga, mahsulot ishlab chiqarishga bo’lgan qiziqishlari ortadi, bilim, ko’nikma va mehnat malakalarini egallash ancha osonlashadi, o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlari hamda kelgusida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha amaliy yo’l-yo’riq egallashda qiynalmaydi [15], [13], [16], [17].


    2.2.



    Download 2.46 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




    Download 2.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limini o’qitishda

    Download 2.46 Mb.