• 6.1.Ilmiy tadqiqotlar o’tkazishning maqsad va vazifalari. Ilmiy pedagogik izlanishlarning bosqichlari. Ilmiy tadqiqot metodlarining o’ziga xos xususiyatlari.
  • Mavzu maxsus fanlarni o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va tamoyillari tayanch so‘z va iboralar




    Download 54,12 Kb.
    bet1/6
    Sana16.01.2024
    Hajmi54,12 Kb.
    #138768
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-ma\'ruza


    MAVZU - 6. MAXSUS FANLARNI O’QITISHDA ILMIY - TADQIQOT METODLARI VA TAMOYILLARI
    Tayanch so‘z va iboralar:
    Umumilmiy metod, nazariy metod, pedagogik so’rash metodi, sotsiologiya tadqiqot metodi, eksperiment – tajriba - sinov metodi, tadqiqotning maxsus empirik metodlari.
    6.1.Ilmiy tadqiqotlar o’tkazishning maqsad va vazifalari. Ilmiy pedagogik izlanishlarning bosqichlari. Ilmiy tadqiqot metodlarining o’ziga xos xususiyatlari.
    Ilmiy tadqiqotlar o’tkazishdan maqsad maxsus fanlarni o’qitish va o’rgatish xususiyatlarini o’rganish, samarali metodlarni ishlab chiqish va amalda qo’llash, pedagogik samaradorligini aniqlash, ta’lim jarayoniga didaktik vositalarini qo’llashga doir masalalarni echishdan iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o’qituvchidan mutaxassislik fanining mazmunini chuqur bilishi talab etiladi. Ko’pchilik bo’lajak pedagoglar talabalik davrlaridanoq pedagogik izlanishlar bilan shug’ullanadilar. Ma’lum bir maxsus fan bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar tayyorlaydilar. Ilmiy anjuman va seminarlarda ma’ruzalari bilan qatnashib o’zlarining pedagogik mahoratini oshirib boradilar.
    Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:
    1. O’qituvchining maxsus fanga oid adabiyotlarni o’rganishi va amaliy ishlari asosida muammoni aniqlashi.
    O’qituvchi adabiyotlarni o’rganishi davomida quyidagilarni aniqlashi kerak:
    -o’rganilayotgan muammo to’g’risida adabiyot muallifining fikr mulohazasi;
    -o’rganilayotgan muammo to’g’risida an’anaviy metoddan farqliroq kiritgan takliflari;
    -qanaqa asosiy masalalar adabiyotlarda yoritilmagan;
    - muammoni echishda keyingi olib boriladigan izlanishlar tartibi aniqlab olinadi.
    O’qitish jarayonida yuzaga keladigan muammoga quyidagilar kiradi:
    - o’qituvchining dars jarayonida qanday qiyinchilikka duch kelishi;
    - kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari.
    2. Farazni tuzish va o’qitishni bosqichma - bosqich tashkil etish. Dalillar va ularni taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni beradi.
    3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash.
    6.2.Umumilmiy metodlar.Nazariy, kuzatish, suhbat, pedagogik so’rash, test, so’rovnomalar metodlari. Sotsiologiya tadqiqot metodi. Eksperiment – tajriba - sinov metodi.Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish uslubi. Tadqiqotning maxsus empirik metodlari.
    Maxsus fanlarni o’qitish metodikasida ilmiy tadqiqotlarning umumiy va maxsus metodlari qo’llaniladi.
    Umumilmiy metodlarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlar kiradi.

    Download 54,12 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 54,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu maxsus fanlarni o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va tamoyillari tayanch so‘z va iboralar

    Download 54,12 Kb.