Mavzu: Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv Web-dizayn asoslari. Internetda dizayn: vazifalar, yondashuvlar, yechimlar




Download 26,55 Kb.
bet1/6
Sana08.02.2024
Hajmi26,55 Kb.
#153133
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv


Mavzu: Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv
Web-dizayn asoslari. Internetda dizayn: vazifalar, yondashuvlar, yechimlar
Web-dizaynning yaratilish tarixi. HTTP, FTP protokollarida ishlash. Web-saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari. Mijoz va Server tomonidagi ssenariylar

  1. Web-dizayn tushunchasi

Dizayn (ingliz tilidan design – injener-konstruktor, lotinchadan designare – oʻlchab koʻrmoq, oichab bermoq) – bu ijodiy faoliyat boʻlib, uning asosiy maqsadi sanoat buyumlarining formal sifatini belgilaydi. Bu sifat, shuningdek buyumning tashqi qirralarini oʻz ichiga olish bilan birga, asosan, shu tuzilmaviy va funksional aloqadorlikni xaridor hamda ishlab chiqamvchi koʻzi bilan qaraganda uni yagona holatga keltiradi. Dizayn sanoat ishlab chiqarishi bilan bogʻlangan, insonni oʻrab turgan atrof-muhitning barcha jabhalarini qurshab oladi.
Dizaynning turlari dizaynerlik faoliyati loyihalash predmetining farqlanishi, loyiha ishining maqsadlari va usullari hamda uning yakuniy natijasi bilan farqlanadi. Dizaynning quyidagi turlari mavjud:

  • grafik dizayn;

  • sanoat dizayn;

  • web-dizayn.

Grafik dizaynda – informatsion grafika, reklama va boshqalar bilan ishlanadi. Web-dizayn va grafik dizayn nomining oʻxshashligiga qaramasdan, dizaynning turli yoʻnalishlari boʻlib hisoblanadi. Web-dizayn ma’lumotni saytda tasvirlash uchun ishlatiladi. Ammo grafik dizayn bilan web-dizayn oʻzaro bogʻlangan. Grafik dizaynda tayyorlangan illustratsiyalar saytlarni bezashda keng ishlatiladi. Grafik dizayn aslida foydalanuvchiga uzatiladigan ma’lumotning qabul qilinishini loyihalashi kerak.
Grafik dizaynning yoʻnalishlari:

  1. Firma stili.



  2. Grafik reklama.

  3. Kitobiy grafika.

  4. Gazeta grafikasi.

  5. Jurnal grafikasi.

Sanoat dizayni – maishiy buyumlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqishda, mashinasozlik obyektlarida, transport vositalarida va boshqalarda ishlatiladi.
Bulardan tashqari dizaynning bir qancha koʻrinishlari mayjud. Bular: arxitektura dizayni, kiyim va aksessuarlar dizayni, art-dizayn, reklama dizayni.
Web-dizayn (ingliz tilidan olingan boʻlib, web-design – web-sahifani loyihalash ma’nosini bildiradi) – bu web-sahifaning jihozlanishidir. Web-dizayn sayt uchun xuddi poligrafiya dizayni va qogʻozli nashrlar dastgohlari singari muhim rol oʻynaydi. Web-dizayn deganda nafaqat web-sayt uchun grafikli elementlarni yaratish, balki uning strukturasini loyihalash, unda harakatlanish vositalari, ya’ni butun savini yaratish tushuniladi. Shu sababli ham biz ushbu darslikda nafaqat web-muharfirlarni, balki grafik muharrirlar, animator dasturlami ham gapirib oʻtishni ma’qul koʻrdik.
Agar sayt juda ajoyib bezatilgan boʻlib, ammo unda qulay va tushunarli harakatlanish chizmasi hammabop kerakli matnlar boimasa, sayt yaxshi dasturchilar tomonidan tayyorlangan samarali dasturiy vositalarga ega boʻlmasa – bunday sayt tezda oʻz foydalanuvchilarini yoʻqotadi va undagi noqulaylik (hattoki u professional va munosib stilda tayyorlangan boʻlsa ham) muvaffaqiyatsizlikka mahkum boʻladi. Yaxshi web-dizayn saytning sahifalarini hamohanglik bilan birlashtiradi. Boshqacha aytganda, web-dizayn saytning joylashish oʻrnini belgilaydi.
Web-dizaynni oʻrganishda quyidagi uchta tushuncha muhim ahamiyat kasb etadi: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.
Web-sahifa – oʻzining unikal adresiga ega boʻlgan va maxsus koʻrish dasturi yordamida (brauzer) koʻriluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi – multimediali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Inglizcha «site» (tarjimasi «joy») soʻzining oʻzbekcha talaffuzi.
Umumjahon oʻrgimchak toʻri ma’lum axborot topish mumkin boʻlgan va noyob URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL web-saytning bosh sahifasi manzilini koʻrsatadi. Oʻz navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar boʻladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, grafik va boshqa fayllardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalaniladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin.
Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter va undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediali ma’lumotlarni bir-biriga moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Web-server – Internet yoki Internetga ulangan umumfoydalanishdagi axborot serveri. Unda hujjatlar va fayllar – audio, video, grafik va matn fayllari saqlanib, ular foydalanuvchilarga HTTP vositalar orqali taqdim etiladi. Web-server nomi u umumjahon tarmogʻining qismi boʻlgani uchun kelib chiqqan. Maxsus dasturiy ta’minotga ega boʻlgan, bir yoki bir necha web-sayt fayllarini saqlash va ularga ishlov berish mumkin. Bir necha web-sayt bitta kompyuterda ishlasa, Web-server deganda web-sayt ishlovchi virtual makon (dasturiy ta’minot va kompyuterdagi joy) tushuniladi. Shunga koʻra koʻpchilik uchun «web-server» deganda «web-sayt» tushuniladi. Koʻp axborotni saqlovchi web-saytlar bir paytning oʻzida bir necha kompyuterda saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin. Web-­server mijozlarning web-saytga soʻroviga javob beradi.
Bu tushunchalarga qoʻshimcha web-hujjat tushunchasini ham koʻrib oʻtamiz.
Odatda, maxsus HTML (Hyper Text Markup Language) tilidagi Web-hujjat jahon oʻrgimchak uyasining asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat boʻlib, foydalanuvchiga ajratib koʻrsatilgan soʻz yoki jumlaga qaratib, ma’lumotlarni oʻqish, hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan giperhavola yordamida bogʻlangan boshqa web-hujjatga oʻtish imkonini beradi. Web-hujjat, shuningdek, matn, tasvir, tovush, videolarni mujassamlovchi gipermuhit ma’lumotni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Web-hujjatni ochish, ularni oʻqish yoki aks ettirish Internet brauzerlari yordamida amalga oshiriladi. Web-hujjat tushunchasi web-sahifalar va web-saytlar tushunchalari bilan chambarchas bogʻliq. Odatda, web-sahifasi atamasi web-hujjat atamasining sinonimini bildiradi. Web-sayt atamasi esa yagona mavzu ostida birlashtirilgan yoki bitta tashkilot, muallif yoki foydalanuvchiga tegishli boʻlgan sahilalar majmuasiga tegishlidir.
Munosib web-dizaynni yaratishda qatnashuvchi quyidagi elementlarni sanab oʻtishi mumkin:
Shrift – web-sayt ichida imkoni boricha bitta shrift, yoki, odatda, ikki-uchta bir-biriga oʻxshash (oson qorishadigan) shriftlarni qoʻshib ishlatish mumkin boʻlgan xususiyatlar va tanlangan fonda oʻqish mumkin boʻlgan ranglarga ega boʻlishi lozim.
Abzats – imkoni boricha web-saytning barcha sahifalarida matn va boshqa vizual materiallarni tekislash (sozlash)ning bir koʻrinishlarida boʻlishi maqsadga muvofiq.
Web-saytning rangli sxemasi – sahifaning oddiy matnini, havola va tashrif buyurilgan havolalarni taqdim qilishning uch xil ranglarini belgilaydi. Rangli sxema, yoki turli mavzudagi saytning boʻlimlari uchun bunday sxemalarning bir nechta koʻrinishi saytning barcha sahifalarida takrorlanishi lozim.
Web-dizayn oʻzida belgilangan rangli va mantiqiy sxemani birlashtirgan qandaydir graflkli jihozlashni nazarda tutadiki, shuning uchun ish boshida saytni jihozlashning umumiy konseptsiyasini oʻylab koʻrish kerak boʻladi. Barcha grafik elementlarni ikkita katta sinfga ajratish mumkin: chizilgan va biror real voqelik fotosuratlari. Saytni bezash ishlarida bu ikki tipni aralashtirib yubormaslik yoki ularni web-saytning tematik yoki mantiqiy qismlariga toʻgʻri taqsimlash maqsadga muvofiq. Shuni alohida takidlab oʻtish kerakki, saytda har qanday tipdagi fotosuratlarni illustratsiya sifatida ishlatishdan oldin, ularni tegishli tarzda qayta ishlash zarur.
Web-dizaynning asosiy maqsadi – saytning egasiga foyda (moddiy, ma’naviy) keltiradigan koʻrinishda taqdim qilishdan iborat. Foyda sayt orqali mollarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotish orqali boʻlishi, shuningdek, unga qoʻshimcha firmalarni, mahsulotlarni reklama orqali yangi mijozlarni oʻziga tortish yoʻli bilan ham kelishi mumkin. Ta’limda esa bularga qoʻshimcha oʻquv resurslarini yetkazib berish, ta’limni boshqarish ishlarini amalga oshirish mumkin.
Ma’lumki, web-dizayner boshqa kasblarga nisbatan yosh (yangi) kasb hisoblanadi. Internetga boʻlgan talabning ortishi bilan, saytlarning dizayniga boʻlgan talab va web-dizaynerlar soni ham ortib bormoqda.
Endi web-loyihalarning asosiy tiplari va ularning har birini vizual bezashga qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqamiz. Saytlar tarkibiga koʻra quyidagi asosiy tiplarga boʻlinadi:

Download 26,55 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 26,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv Web-dizayn asoslari. Internetda dizayn: vazifalar, yondashuvlar, yechimlar

Download 26,55 Kb.