Raqobatni rivojlantirishning zamonaviy tendensiylari va taktik rejalarni amalga oshirish




Download 380,56 Kb.
bet15/16
Sana10.01.2024
Hajmi380,56 Kb.
#134286
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI

2.3 Raqobatni rivojlantirishning zamonaviy tendensiylari va taktik rejalarni amalga oshirish
Milliy xo’jaliklar barqaror rivojlanishining muvaffaqiyatli strategiyasi, eng avvalo, raqobatbardosh iqtisodiy tizimning real sharoitlarini xolisona baholash va uni tushunib yetish hamda boshqarish mexanizmining yangi metodologik yo’nalishlarini ishlab chiqishga bog’liqdir. Turli darajada rivojlangan iqtisodiy tizimlar faoliyat yuritishining va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ta’sir kursatadigan barcha omillarni e’tiborga oluvchi bozor muxitining qat’iy talabi sifatida raqobatbardoshlikni tan olishga asoslangan tizimli metodologik yondashuv milliy iqtisodiyotni takomillashtirishning to’liq tizimini tashqil etishga imkon yaratadi.
Jahon talablarining o’zgarib turuvchi sharoitlarida bunday yo’nalishlar iqtisodiy tizimlarni liberallashtirish va davlatlarning milliy raqobatbardosh ustuvorliklaridan foydalanish hamda o’z iqtisodiyotini takomillashtirishni amalga oshirish mu-ammolarini birinchi navbatdagi vazifalari qatoriga kiritadilar. Shuning uchun ularni nafaqat alohida, balki bir-biriga bog’liqligini hisobga olgan holda o’rganish muhimdir. “Jamiyatni, avvalo ichki harakatlantiruvchi kuchlar ta’siri ostida o’zgarib borayotgan bir butun ijtimoiy tizim sifatida bayon etish asosiy ilmiy vazifa hisoblanadi” . Respublikada iqtisodiy modernizatsiya dinamikasi ishlab chiqarish munosabatlari va iqtisodiy aloqalarning o’zgarishida, jahon bozorining tarkibiy qismi sifatida milliy bozorning shakllanishida, O’zbekiston iqtisodiyotining tuzilmaviy qayta qurishda aks etayotgan iqtisodiy plyuralizm tomoniga jamiyatning harakatlanishini kursatmoqda. Biroq iqtisodiy rivojlanish jarayonlari oddiy tarzda kechayotgani yo’q. Negaki, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash strategiyasini umumdavlat rivojlanish strategiyasiga tartibli tarzda kiritish sharti bilan jahon xo’jaligiga mavjud sharoitlarga mos integratsiyalashish yo’llarini izlab topish vazifasi keskin turibdi.
O’zbekistonda modernizatsiya jarayonining o’ziga xosligi xam bir qator xususiyatlarni oldinga surmoqda. Jamiyatimizda so’z faqat iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish tomoniga o’zgarish haqida emas, balki milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish va uning vazifalarini markazlashishdan xolis qilish, ya’ni iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlab bera ola-digan yangi davlatchilikni va samarali iqtisodiyotni yaratish to’g’risida ham bormoqda. Globallashuv jarayonlari bilan birga ko’zatiladigan iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar bir tekis bo’lmagan tavsifga ega. Bunda moliya va tovar bozorlari, mehnat va kapital bozorlari tubdan o’zgaradi. Bo’larning barchasi esa, o’z navbatida, kommunikatsiya oqimlari tuzilmalari va institutlarning o’zaro munosabatlari bo’yicha yuzaga kelgan xususiyatlarini xam sezilarli tarzda o’zgartirib yuboradi. Globallashuv jarayonlarining talablarini korxona, mintaqa va davlatlar raqobatbardoshligini oshiribgina belgilab olish mumkin. Shuning uchun, raqobat ustunliklari shakllanayotgan bir paytdagi iqtisodiy tizimning faol xolati - raqobatbardoshlik - jamiyat rivojlanishining asosi hisoblanadi, bunda u alohida iqtisodiy sub’ektlar (tadbirkorlar)ning birlashmasi emas, balki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar - korxonalar bilan bir qatorda davlat va ijtimoiy institutlar ham iqtisodiy agentlar xisoblanib, yagona va bir butun organizm sifatida shakllanadi
Iqtisodiy integratsiya tovarlar savdosini erkinlashtirishdan boshlanib, uchinchi mamlakatlarga nisbatan umumiy bojxona tariflarini yaratishni ham o’z ichiga oladi, shuningdek, ishlab chiqarish omillarining davlatlaro erkin harakati bilan to’ldirilgan holda makroiqtisodiy siyosatni bir xillashtirish va davlatlar ustidan boshqaruv organlarini yaratish bilan tugallanadi. Integratsiya birlashmalari sonining tez sur’atlarda o’sishiga qaramay, ularning aksari qismi tashqil topishning boshlang’ich bosqichlaridadir. MDH mamlakatlarida sho’ba korxonalarining ochilishi faol tarzda sotish talab etiladigan tovarlar savdosini kengaytirish, shartnomalar bo’yicha o’z vaqtida va to’liq ravishda yetkazib berilgan tovarlar uchun xech bir to’siqsiz hisob-kitob qilish muammolarini hal etishga imkon yaratadi. Sanoat-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar bo’yicha TMKni mashinasozlik maxsulotlari, shuningdek, murakkab assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha tashqil etish maqsadga muvofiqdir. Bunda filiallarning rentabelligini belgilash uchun MDHning mos mamlakatlarida sotiladigan resurslar hajmini aniqlab olish talab etiladi. TMK huquqiy holatini belgilashda BMT tomonidan TMK va hukumatlar o’rtasidagi munosabatlar majmuasini tartibga solib turuvchi hujjatlar ishlab chiqilishini ham e’tiborga olish taqozo etiladi. Ularda barcha davlatlar uchun ochiq bo’lgan global mexanizm, ya’ni o’ziga xos tartiblar majmuasini yaratish ko’zda tutiladi. Xususan, u TMKning quyidagi tamoyil, maqsad va vazifalarini nazarda tutadi:
milliy suverenitetni to’liq hurmat qilish;
davlatlarning tabiiy resurslari, moddiy boy-liklari va iqtisodiy faoliyati ustidan ajralmas suvereniteti;
ichki va hukumatlararo munosabatlarga aralashmaslik;
davlatning TMK faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, foydani taqsimlashda qatnashish va hududida joylashgan xorijiy mulkni milliylashtirish huquqi;
xalqaro huquqdan foydalanish, adolatli tartib va qonuniy faoliyatni himoya qilish.
Milliy tartib rivojlanish sohasidagi milliy iqtisodiy reja va maqsadlarga mos kelgan taqdirda TMKga havola etiladi.
Shu bilan birga, O’zbekistonda iqtisodiyotning raqobatbardoshlik muammosi, mamlakatning strategik jihatlarini ishlab chiqish uchun yetarli darajada aniq anglab yetilmagan. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi rivojlangan mamlakatlarning makrodarajadagi iqtisodiy siyosatining asosiy muammosi xisoblanadi. Bunda mamlakatlarning raqobatbardoshlik mezoni tizim rivojlanishining makro va mikroiqtisodiy darajalari nuqtai nazaridan shakllanadi.
TAKTIK REJALASH korxonalarda quyidagi o'zaro bog'liq funktsiyalar mavjud:
1) uzoq muddatli istiqbolni, korxonani rivojlantirishning asosiy ideallari, maqsad va vazifalarini aniqlash;
2) korxonaning ishonchli va barqaror uzoq muddatli rivojlanishi uchun sharoit yaratish;
3) joriy va o'rta muddatli rejalar majmuasi orqali strategiyani amalga oshirish asosida korxonaning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish.
Taktik reja korxona rivojlanishining har bir bosqichida maqsadlarga erishish uchun kontseptsiyaga muvofiq hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalarni belgilaydi. U rivojlanishning asosiy parametrlarini, kengaytirilgan miqdoriy va sifat ko'rsatkichlarini ko'rsatadi. Taktik reja rejalashtirishning ikki jihatini - maqsadli va resursni birlashtiradi, ya'ni maqsadlarni ularga erishish imkoniyatlari bilan bog'laydi, bu esa uning ko'rsatkichlari va bo'limlarining ichki izchilligini nazarda tutadi. Korxona rivojlanishining har bir bosqichida resurslar cheklangan bo'lishi mumkinligi sababli, taktikik reja nafaqat ularning yordami bilan maqsadlarga erishishni nazarda tutadi, balki ushbu resurslar turlarini kengaytirish va hajmini oshirish usullarini ishlab chiqadi. Taktiik rejalashtirish har qanday korxonaning uzoq muddatli, barqaror va raqobatbardosh rivojlanishini ishlarning dastlabki holatidan (agar u rahbariyatni qanoatlantirmasa) ko‘zlangan maqsad sari maqsadli harakatlanishning boshqariladigan jarayoniga aylantirish imkonini beradi. Bunday harakatning traektoriyalari har xil bo'lishi mumkin, ularning har biri ma'lum bir rivojlanish variantiga mos keladi va eng samarali variantni tanlash taktik rejalashtirish vazifalaridan biridir.Har qanday rejani ishlab chiqish dastlabki va yakuniy holatlarni aniqlashga asoslanadi, rejani tuzish jarayonida e'tibor ularga qaratilgan.
Taktik rejalashtirishda korxonaning uzoq muddatli istiqboldagi yakuniy holatini aniqlashda ikkita yondashuv qo'llaniladi: korxona rivojlanishining belgilangan qonuniyatlari va tendentsiyalariga muvofiq erishilgan darajadan rejalashtirish va yakuniy maqsadlardan rejalashtirish. Birinchi holda, rejalashtirilgan davrda mavjud o'sish sur'atlari va korxona faoliyatini boshqarish mexanizmi sezilarli darajada o'zgarmasligi taxmin qilinadi.Shu bilan birga, resurs imkoniyatlari, ularning belgilangan sur'at va nisbatlar doirasida kengayishi va sifat jihatidan yaxshilanishi hisobga olinadi. Ushbu yondashuv bilan hal qilinadigan muhim vazifa resurslar (moddiy, moliyaviy va mehnat) va korxona hajmi o'rtasidagi muvozanatning tegishli parametrlariga erishishdir. Uslubiy jihatdan bu yondashuv kutilayotgan resurslardan kelib chiqib, mahsulot va xizmatlarni sotish va ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'atlarini, shuningdek, korxona bo'linmalarining rivojlanish nisbatlarini optimallashtirishdan iborat. Ushbu tartib-qoidalar resurs bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan yakunlanadi.
Xulosa
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi. Bizga berilgan ushbu mavzudagi xulosalarim quyidagicha:
Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mеxanizm sifatida namoyon bo’ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy rеsurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi;
O’z miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga – tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat, monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir;
Sof raqobat va sof monopoliya rеal hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqobat va oligopoliya tavsiflaydi. Monopollashgan raqobatda juda ko’p mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas;
Raqobat – xo’jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog’liqdir. Raqobat muhiti dеb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo’jalik yuritishda tеng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi – alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib xukmronlik mavqеiga erishishiga halaqit bеruvchi asosiy omildir.

Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo’lgan juda murakkab jarayondir. O’zbеkistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani chеklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko’plab tarmoqlarda xukmron mavqеga ega bo’lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.



Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi sub’еktlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada yetarlicha moslashuvchan bo’lishi darkor.


Download 380,56 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 380,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqobatni rivojlantirishning zamonaviy tendensiylari va taktik rejalarni amalga oshirish

Download 380,56 Kb.