• Annotatsiya
  • Kalit soʻzlar
  • Nutqni tanib olishni ochiq manbali dasturlari tahlili t f. d., prof. Mamatov Narzullo Solidjonovich, Jalelov Quwanish Moyatdinovich




    Download 273,26 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana07.12.2023
    Hajmi273,26 Kb.
    #113152
      1   2   3   4   5


    110 
    NUTQNI TANIB OLISHNI OCHIQ MANBALI DASTURLARI TAHLILI 
     
    t.f.d., prof. Mamatov Narzullo Solidjonovich,
    Jalelov Quwanish Moyatdinovich 
    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari”
    Milliy tadqiqot universiteti 
    kjalelov007@gmail.com
      
    Annotatsiya: Mazkur maqolada ochiq manbali nutqni tanib olish 
    texnologiyalari tahlili keltirilib, unda ularning foydalanish imkoniyatlari baholangan 
    va ushbu tadqiqot doirasidagi tahlillar nutqni aniqlash tizimlarining kelajagini 
    shakllantirishda ochiq manbali tizimlar ta'siri yoritilgan. 
    Kalit soʻzlar: TTS texnologiyasi, nutq sintezi, tizim, model, dasturlash tili, 
    matn. 
    Matndan nutqqa yoki nutq sintezi - bu so‘zlarni taniydigan va inson nutqini 
    shakllantiradigan matndan sun’iy ravishda yaratilgan inson sifat tovushli nutqdir. 
    Dastlabki Text-to-Speech tizimi 1968 yilda Yaponiyadagi Elektrotexnika 
    laboratoriyasida Noriko Umeda va boshqalar tomonidan dunyoga taqdim etilgan. 1961 
    yilda fizik Jon Larri Kelli va uning hamkasbi Lui Gerstman IBM 704 kompyuteridan 
    nutqni sintezlash uchun foydalanishdi, bu Bell Laboratoriyalari tarixidagi eng mashhur 
    voqeadir. 
    TTS ilovalari yoki Text-to-Speech ilovalari yozma matnni og‘zaki so‘zlarga 
    aylantirish uchun nutq sintezidan foydalanadigan dasturiy ilovalardir. 
    TTS ilovalari 
    ko‘plab afzalliklarga ega [1]. Masalan, TTS ilovalari avtomobil haydash, mashq qilish 
    yoki vizual e’tiborni talab qiladigan boshqa harakatlar bilan shug‘ullanayotganda yoki 
    maqolalar, kitoblar va boshqa yozma materiallarni o‘qishda foydalanish mumkin. 
    Bundan tashqari, TTS ilovalari yangi tilni o‘rganayotgan yoki talaffuzini yaxshilashga 
    harakat qilayotganlar uchun juda foydali hisoblanadi. Ular matnni bir necha tilda o‘qish 
    uchun moslashtirilishi mumkin, bu esa til o‘rganuvchilarga nutq qobiliyatlarini mashq 
    qilishni osonlashtiradi. Shuningdek, foydalanuvchilar TTS ilovasining tezligini, 
    ohangini va talaffuzini shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirishi mumkin. TTS ilovalari 
    asosan inson va mashina o'rtasidagi aloqani simulyatsiya qilishda masalan, dasturlarni 
    ovozli boshqarishda foydalaniladi. Operatsion tizimlarning katta qismi xususiy 
    mahsulotlardir, ya'ni foydalanuvchi yoki potentsial ishlab chiquvchi ularning manba 
    kodiga kirish huquqiga ega emas. Bu nutqni tanib olish tizimlarini ochiq kodli 
    loyihalarga integratsiya qilish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Ochiq manbali 
    nutqni tanib olish tizimlarini ijobiy va salbiy tomonlarini tavsiflovchi 
    markazlashtirilgan ma'lumotlar manbai ham mavjud emas. Natijada, muammoni hal 
    qilishda nutqni optimal tanib olish tizimini tanlash muammosi yuzaga keladi [2]. 
    Tadqiqotning maqsadi tijorat yoki tadqiqot faoliyati uchun tizimni tanlashda 
    xarajatlarni kamaytirish uchun ochiq manbali nutqni tanib olish tizimlaridan 
    foydalanish bo'yicha hamda matnni nutqga o’tkazishda tavsiyalarni ishlab chiqishdan 
    iborat. 


    111 
    CMU Sphinx, HTK, iAtros, Julius, Kaldi va RWTH ASR tanlangan tizimlar 
    tanib olishning aniqligi va tezligi, foydalanish qulayligi va ichki tuzilishi kabi 
    ko'rsatkichlar bo'yicha taqqoslandi. 

    Download 273,26 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 273,26 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nutqni tanib olishni ochiq manbali dasturlari tahlili t f. d., prof. Mamatov Narzullo Solidjonovich, Jalelov Quwanish Moyatdinovich

    Download 273,26 Kb.
    Pdf ko'rish