• 1-masalaning bayoni.
  • -mavzu: Jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri




    Download 1.42 Mb.
    bet37/147
    Sana21.03.2017
    Hajmi1.42 Mb.
    #732
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147
    4-mavzu: Jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri

    Reja:

    1. Ma’naviy merosimizning urf-odatlarimizning va islom dinining oiladagi ma’naviy muhitini yaxshilashga ko‘rsatgan ta’siri.

    2. Insonning o‘z-o‘zini anglashida jamoatchilikning o‘rni va ahamiyati.

    3. Mustaqillik yillarida jamiyatning ma’naviy hayotini, oilaviy hayotni, yoshlar tarbiyasini axshilashda, yoshlar buzg’unchi g’oyalar ta’siridan saqlab qolishda jamoatchilikning oldiga qo‘yilayotgan talablar.

    1-masalaning bayoni. «Farzandlarimizning ongi shakllanadigan maktab yoshigacha bo‘lgan davrda ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar, go‘zal qadriyatlar va zamonaviy tarbiya usullariga amal kilgan holda tarbiyalash, ularni ko‘z o‘ngida ochilayotgan dunyo mo‘’jizalari bilan tanishtirib borish, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasining 8-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida, - barcha ota-onalar va tarbiyachilarimizning asosiy vazifasi bo‘lmog’i kerak»1.

    Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat uchun aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog’lom va mustahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g’amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog’liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog’liq. Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi2.

    Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g’oyasi yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g’urur, milliy iftixor, Milliy ong va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishni taqozo etadi.

    Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiritish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalar va oila tarbiyasida metodik yordam beruvchi oila kutubxonasi seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jurnali orqali, barcha yo‘nalishlardagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir.

    Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg’usi bilan xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo‘shish har bir fuqaroning jamiyat, kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan insongina haqiqiy vatanparvardir.

    Yurtboshimiz aytganlaridek: «Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarimizning kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi»1.

    Vatan kelajagi, xalqning baxt-saodati uchun milliy g’ururi yuksak inson kurashadi. Milliy g’urur esa milliy o‘zlikni anglash bilan bevosita bog’liqdir.

    Zotan, milliy o‘zlikni anglash - vatanparvarlikning yorqin namunasidir. Insoniyatning paydo bo‘lishi bilan asta-sekin uning tili, urf-odatlari, an’analari, dini, madaniyati; ezgulikni ifoda etuvchi axloq-odob normalari ham vujudga kela boshlagan.

    Ularning mazmunida xalqning hayot tarzi, ruhiyati, ma’navnyati, xulq-odobi mezonlari, kelgusi farovon turmush haqidagi orzu-o‘ylari o‘z aksini topgan, Davr sinovlaridan o‘tgan ma’naviy va moddiy boyliklar mazmunan boyib, sayqallanib qadriyat darajasiga ko‘tarilib kelmoqda. Shuning uchun ham har bir xalqning, millatning o‘z tarixi, u bilan bog’liq qadriyatlari mavjud.

    Har bir xalqning o‘z tili, ma’naviyati va ma’rifati, tabiati, axloq-odob normalari, din-e’tiqodi, tarixi, adabiyot va san’ati, madaniy yodgorliklari, o‘ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, biologik-fiziologik, psixologik xususiyatlari, ichki muhiti, ijtimoiy taraqqiyoti va shu kabilar millatning o‘zligini tashkil qiladi.

    Milliy o‘zlikni anglash esa har bir millatning, elatning o‘z tarixi, moddiy boyligi, dini, madaniyati, adabiyoti, san’ati, axloqiy-ma’naviy xulq-atvori, xatti-harakat mezonlari, urf-odat va an’analarini mazmun va mohiyatan bilish, ulardan faxrlanish hamda ularni shakl va mazmun jihatidan boyitish, kelgusi avlodlarga etkazish, shuningdek ularni boshqa millatlarga namoyish etish ehtiyojining qudrati demakdir.

    Milliy o‘zlikni anglash o‘zi dunyoga kelib o‘sgan oilasi, mahallasi, Vatanini sevish, ota-onasi, qarindosh-urug’lari, do‘stu birodarlari, xalqi, millatiga chuqur hurmat va ehtiromdir. Ularning shajarasi, o‘tmish avlod-ajdodlari, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarnnn mukammal bilish va ulardan faxrlanish hissi demakdir.

    Xalq, Vatan manfaatlarini o‘z manfaatlaridan yuqori qo‘yish, kerak bo‘lsa, ularni har qanday dushmanlardan, salbiy ta’sirlardan himoya etish uchun jonni ham fido etish - o‘zlikni yuksak darajaga ko‘tarish demakdir. Millat, oila, Vatan sha’ni, obro‘-e’tibori, qadr-qimmati, hamiyati, g’ururi kamsitilgan, toptalgan vaqtda uni qo‘riqlash, himoya etish uchun birlashish, kurashish o‘zlikni anglaganlikning namunasidir.

    Milliy o‘zlikni anglash, millatning abadiyligini ta’minlovchi, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini, manfaatlarini himoya etish, ko‘z qorachig’idek asrash, umrboqiyligini ta’minlashda har bir fuqaroni ongli ravishda jipslashishga, birlashishga da’vat etuvchi, o‘z mazmunida milliy g’urur, muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat, iftixor kabi tushunchalarni mujassam etuvchi yuksak tuyg’udir. Har bir ota-ona buni bilishni va farzandlariga o‘rnak bo‘lishi zarur.

    Milliy o‘zlikni anglash umuminsoniy qadriyatlarni inkor ztish yoki boshqa millat ma’naviy va moddiy boyliklarini hurmat qilmaslik holatidan uzoqroqdir. Aksincha, o‘zga millat va xalqlarning tili, dini, moddiy va ma’naviy qadriyatlari, an’analarini bilish; hurmat qilish zamirida o‘z milliy merosini shaklan va mazmunan boyitish o‘zlikni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada yurtimizda turli millatlarning milliy markazlari katta ishlar qilmoqda.

    Milliy o‘zlikni anglash millatchilik, mahalliychilik kabi holatlardan butunlay yiroqdir. O‘zligini anglagan inson hech qachon sotqinlikka, xiyonatga, razolatga qo‘l urmaydi. Ayniqsa, bu narsa ota-onaga jiddiy majburiyatlar yuklaydi.

    O‘zbek millati tarixida milliy istiqlol tantanasi tub burilish yasadi. Milliy o‘zliknn anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xalqimiz asrlar davomidagi ong, tafakkur qulligidan ozod bo‘ldi. Sho‘rolar tuzumi davrida o‘z milliy ma’naviyatimiz, an’analarimiz, ruhiyatimiz, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimiz umumsovet qozoniga qo‘shilib, o‘z qadr-qimmatini butunlay yo‘qota boshlagan edi. Ularni sof milliy qadriyat tarzida saqlamoqchi, umr-boqiyligini ta’minlamoqchi, shakl va mazmun jihatidan takomillashtirmoqchi, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalamoqchi bo‘lgan millatimizning jasur farzandlari «xalq dushmani» yorlig’i bilan qatag’on qilindi, jisman yo‘qotildi. Qanchadan-qancha oilalar azob chekib tarqalib ketdilar.

    Shukrlar bo‘lsinki, mamlakatimiz mustaqilligi va istiqlol in’om etgan buyuk ne’matlardan biri erkinlik va o‘zligimizni anglash imkoniyati vujudga kelganligi bo‘ldi

    O‘zbek oilasida otaning o‘ziga xos munosib o‘rni bor. U oilaning sarbonidir. Tadqiqotchi Oynisa Musurmonova ta’kidlaganidek: “Ota oilaning moddiy ta’minotchisi. Erning topganini isrof qilmasdan, tejab-sarflash xotinning vazifasidir. Oilada otaning halolligi, rostgo‘yligi, adolatliligi, tadbirkorligi, bola tarbiyasida qattiq qo‘lligi esa bu oilada tartib-intizom mezonidir”1.

    Otaning oiladagi o‘rnini ulchaydigan toshu-tarozi yuq. Oilada otaning obru-e’tibori kadrlanadi, farzandlar otaga suyanadi, ergashadi, ishonadi, faxrlanadi. Lekin oilada eru-xotin qo‘sh-xo‘kiz. Ularni et bilan tirnoqday ajratib bulmaydi. Oilalar bir xil emas. Ularni bir qolipga sig’dirish mumkin emas. Ba’zan otasiz qolgan farzandlarni onalar uzlari ishlab bolalarni boqadi, uzlari tarbiyalaydilar. Biroq unday oila farzandlari tarbiyasida qandaydir nuqsonlar uchraydi.

    «Otadan yosh qolding – aqldan bo‘sh qolding», - degan naql bejiz aytilmagan.

    «Otalar so‘zi aqlning ko‘zi» kursatuvi orkali ota ta’sirida xulqu-odob, iroda, matonat, fidoiylik, sabr-toqatlilik tarbiyalanadi. Iroda - inson biror ishni qilish uchun o‘zida kuch, ishonch topa bilishi, g’ayrat bilan ishga kirisha bilishidir. Sabr-bardoshlilik, shoshma-shosharlikka yo‘l quymaslikdir.





    Download 1.42 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147




    Download 1.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri

    Download 1.42 Mb.