• II-BOB. OTLARDAGI KELISHIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
  • 2 .1. Qaratqich kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari
  • Kelishikning belgisiz shakli .
  • 2.2. Jo`nalish kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari Jo’nalish kelishigidagi
  • 2.4 O`rin-payt kelishigining uslubiy xususiyatlari
  • Chiqish kelishigining uslubiy hususiyatlari Chiqish kelishigining qo’shimchasi – dan
  • 2-BOB YUZASIDAN XULOSALAR
  • III BOB. OTLARDAGI EGALIK VA MODAL SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
  • Meniki
  • Onasi
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi kafedrasi Davletova Mavluda Rustamovna




    Download 290.12 Kb.
    bet2/3
    Sana29.03.2017
    Hajmi290.12 Kb.
    1   2   3

    1-BOB YUZASIDAN XULOSALAR


    1. Otlardagi ko`plik ma’nosi –lar qo`simchasi orqali yoki otlardan oldin miqdor bildiruvchi so`zlarni keltirish bilan, shuningdek, bu vositalarning har ikkalasini aralash holda qo`llash yordamida ifodalanadi.

    2. –lar qo’shimchasi hurmat, kinoya, nav, chama, jamlik, davomiylik, kuchaytirish ma’nolarni ifodalaydi.


    II-BOB. OTLARDAGI KELISHIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

    Otlarning kelishik shakllari ham uslubiy xususiyatlar kasb qilishi mumkin.

    Bosh kelishik shaklining qo`simchasi bo`lmaganligi sababli, asosan, qo`shimchaga ega bo`lgan kelishik shakllarining uslubiy xususiyatlari haqida so`z yuritish mumkin. Demak, aytish mumkinki, uslubiy ma’nolar kelishik qo`shimchalari vositasida yaratilar ekan. Quyida shu haqda so`z yuritamiz.

    Kelishik nomlari

    Kelishik qo`shimchalari

    So`roqlari

    Kelishik shakldagai otlar

    Gapdagi asosiy vazifalari

    Bosh kelishik

    -----------------

    Kim?

    nima?


    qayer?

    Bog`bon, kapalak, tog`, bahor

    Ega, kesim, undalma

    Qaratqich kelishigi

    -ning

    Kimning? nimanig? qayerning?

    Bog`bonning, kapalakning, tog`ning

    Qaratqich aniqlovchi

    Tushum kelishigi

    -ni

    Kimni? nimani? qayerni?

    Bog`bonni, kapalakni, tog`ni

    Vositasiz to`ldiruvchi

    Jo`nalish kelishigi

    -ga

    -ka


    -qa

    Kimga?

    Nimaga?


    Qayerga?

    Bog`bonga, kapalakka, tog`ga

    Vositali to`ldiruvchi O`rin holi

    O`rin payt kelishigi

    -da

    Kimada?

    Nimada?


    Qayerda?

    Bog`bonda, kapalakda, tog`da

    O`rin holi, payt holi vositali to`ldiruvchi

    Chiqish kelishigi

    -dan

    Kimdan?

    Nimadan?

    Qayerdan?


    Bog`bondan, kapalakdan, to`gdan

    O`rin holi payt holi vositali to`ldiruvchi

    2.1. Qaratqich kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari
    Qaratqich kelishigi biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashli ekanligini ifodalaydi .

    Qaratqich kelishigi –ning qo’shimchasi( affiksi) orqali shakllanadi:



    Madinaning daftari, daraxtning bargi

    Hozirgi o’zbek tilidagi -ning formasi to’rt xil shaklga ega. Bular quyidagilar:



    Kelishikning belgisiz shakli . Toshkent merosi haqiqiy me’morchilik merosidir.(7-bet.2-sinf “ O’qish kitobi”)

    -ni

    -ing

    -n.

    Ulardan –ni og’zaki so’zlashuv nutqiga ,-n shakli esa poetic nutqqa xos .

    Qaratqich kelishigi qo’shimchasi –ning hozirda aniq qilib olingan . Lekin ko’p hollarda –ning o’rniga –ni shaklini ishlatiladi. Masalan :

    Sichqon mushukni orqasidan ergashib kirib ketdi.(2-sinf “.O’qish kitobi”,149-bet)

    Bu yerdagi misolda –ni o’rniga –ning qo’shimchasi bo’lishi kerak .

    Qiyos (sichqon mushukning orqasidan kirib ketdi.)

    Qaratqich kelishigi poetik nutqda –n shaklida ham ishlatiladi, ana shunda ham tushum kelishigi bilan omonimya hosil qiladi.

    Masalan:

    Otin boshin burdi shimol tomon.

    Bu she’rda otin so`zi tarkibidagi -in qo`shimchasi .

    Yuqorida istisino holatlari aytib o’tildi. Shuni ta’kidlash kerakki –n shakli ikki kelishik vazifasini bajaryapti, -ning va -ni shaklini. Bunday holatni faqat she’riyatda kuzatishimiz mumkin bo’ladi.

    Bundan tashqari, kishilik olmoshlarining birinchi shaxs birlik shakli gapda kirish so’z vazifasida keladi ham ko’pinch -im shaklida qo’laniladi (menimcha). Qaratqich kelishigining bu shaklida qo’lanilishi ma’lum darajada chegaralangan. Uning o’rnini -ning (meningcha) egallamoqda.

    To’plangan misollardan yana bir holatni kuzatishimiz mumkin . -ning o’rnida –dan qo’llanish holatlari bor.

    Masalan:


    Ko’zachadan bir bo’lak uzilib tushdi.

    (4-sinf “O’qish kitobi” 47-bet)

    Qyuqoridagi gapda ko’zachadan o’rniga ko’zachaning qo’llanishi kerak . Chunki qarashlilik qaratqich kelishigiga xosdir.



    2.2. Jo`nalish kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari
    Jo’nalish kelishigidagi ot ish-harakat yo`nalgan predmetni, shuningdek, harakatning bajarilish payti, ish-harakatning bajarilishida vosita bo`lgan predmetni anglatadi. Otlarda jo`nalish kelishigining asosiy ma`nosi harakatning yo`nalish nuqtasini ifodalashdir. Obyekt, payt, sabab, maqsad kabi ma`no xususiyatlarining ifodalanishi bu kelishik shaklini olgan va uni boshqargan so`zning leksik ma`nosiga bog`liq. Shu ma`nolarga ko`ra jo`nalish kelishik shaklidagi ot kimga? nimaga? qayerga? qachon? kabi so`roqlariga javob beradi.

    O’zbek tilida jo’nalish kelishigi –ga shaklida ishlatiladi va tarixdagi shakli, shevalarda ishlatilishiga, fonetik qo’llanishida boshqa ko’rinishlarini ko’rishimiz mumkin .

    1. Fonetik qo’lanishi –ka,-qa,

    2. Shevalar va deyalektika:-ga,-na,-a

    3. Tarixiy ishlatilishi: -garu,-qaru,-nar, -karu.

    Eski o’zbek tilida, ba’zi bir shevalarda jo’nalish kelishigi qo’shimchasi o’rin-payt kelishigi bilan sinonim holatda ishlatiladi.

    Masalan:

    Manko fursat bo'lmadi.

    Qiyoslang (menda fursat bo’lmadi ma’nosini beradi: menga fursat bo’lmadi). Ko’rsatilgan holat uslubiy xato bo’lmaydi. Bu sinonimlik munosabatdir.

    Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi ba’zan tushum kelishigi qo’shimchasi bilan sinonimik munosaabatga kirishadi. Bunday vaqtda ularni boshqarib kelgan fe’lning tushum va jo’nalish kelishigidagi so’zlarini boshqara olish xususiyatiga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega. Tushum va jo’nalish kelishiklarini sinonim sifatida ishlatish so’zlovchi nutqida ham, badiiy nutqda ham mavjud.

    Masalan :

    -Mana bu suvni qara, bekorga jarga oqyapti.

    (2-sinf “ O’qish kitobi”22-bet)

    Bu gap yuqoridagi fikrimizga dalil bo’lib hizmat qiladi. Yani suvni so`zi suvga o’rnida ishlatilgan .

    Bundan boshqa hollarda ham jo`nalish va chiqish kelishigi qo`shimchalari sinonim sifatida qo`llanishi mumkin.

    Misol:


    To`qlikdan nishon bo`lib,

    Tovlansin yoy –kamalak.(2-sinf “O’qish kitob”152-bet)

    Bu misoldagi to’qlikdan so’zi o’rniga to’qlikka so’zi qo’llash mumkin.

    Hozirgi o’zbek tilida jo’nalish kelishigi qo’shimchasi maqsad, sabab ma’nolarini anglatish maqsadida qo’llanganda uchun ko’makchisi bilan sinonim bo’lishi mumkin.

    Misol :



    Ustozga aytdik tilak.//Ustoz uchun aytdik tilak.

    (2-sinf “ O’qish kitobi” 45-bet)

    Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi –ga nima so’roq olmoshining qisqargan shakliga qo’shilib uning tarkibiy qismiga aylanadi (nega) va sabab ma’nosini anglatadi. Xuddi shunday ma’no nima olmoshi va uchun ko’makchisining qisqargan shaklining qo’shilishi natijasida ham hosil bo’ladi. Bunday vaqtda ham jo’nalish kelishigi qo’shimchasi va uchun ko’makchisi bir-biri bilan sinonimik munosabtga kirishishi mumkin.

    Masalan:


    • Nega tayyorgina go’shtni yemading?-deb so’rabdi.//nima uchun//

    (4-sinf “O’qish kitobi” 49-bet)

    Jo’nalish kelishigi harakat yo’naltirilgan o’rinni ko’rsatganda tomon, sari ko’makchilari bilan sinonim bo’ladi

    Misol : Uyga ketdi - uy tomon ketdi.

    Bunday vaqtda kelishik qo’shimchasi ko’makchiga nisbatan aniq ma’no anglatadi. Ya’ni uyga ketdi deyilganda harakat bajaruvchisi uyga yo’nalganligi aniq, ammo uy tomon ketdi deganda kishi uyga kelgan bo’lishi ham mumkin.Yoki bo’lmasa boshqa tomonga ketgan bo’lishi mumkin.



    Sari ko’makchisi esa poetik nutq uchun xos.

    Masalan;


    Ko’zacha ichiga suv to’lib, qulqullagan sari tulkining battar jahli chiqardi.

    Ko’zacha ichiga suv to’lib, qulqullaganga tulkining battar jahli chiqardi.

    (4-sinf “O’qish kitobi”, 49-bet)

    Jo’nalish kelishigi o’rin, vosita ma’nolarini anglatganda, bilan ko’makchisiga sinonim bo’la oladi. Bunday vaqtda jo’nalish kelishigidagi so’z asosan to’lmoq feli bilan boshqariladi.

    Masalan;

    Bog’dagi gullar kapalaklar bilan to’ldi. - Bog’dagi gullar kapalakka to’ldi.

    (3-sinf “O’qish kitobi”, 158-bet)

    Jo’nalish kelishigidagi so’z fikr biror shaxs, predmet haqida borayotganligi ma’nosini anglatadi, haqida, xususida, to’g’risida kabi ko’makchi otlar bilan sinonimlik munosabatga kirishishi mumkin.

    Masalan ;

    Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak // Bo’rining tabib bo’lganiga ertak..

    (4-sinf “O’qish kitobi”, 66-bet)

    Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi harakat yuz bergan o’rin ma’nosini anglatishi uchun ishlatilganda, uzra ko’makchisi bilan sinonimlik hosil qiladi.

    Masalan:

    Kitob zehnlarni peshlab, bilimlar koni sari eshik ochar - Kitob zehnlarni peshlab , bilimlar koniga eshik ochar.

    (2-sinf “O’qish kitobi” 45-bet)

    Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi ko’ra ko’makchisi bilan birga qo’llanib , fikr bayoni boshqa manbada asosida ekanligi yoki fikrnig qat’iy emasligi ma’nosini anglatish uchun xizmat qilganda, -cha morfemasi bilan sinonomik munosabat hosil qiladi.

    Masalan:

    Eshitishimizga ko’ra, malika oqila, dono ekan – Eshitishimizcha, malika oqila, dono ekan

    (3-sinf “ O’qish kitobi”, 136-bet)
    2.3. Tushum kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlar
    Tushim kelishigi qo’shimchasi –ni . Og’zaki nutqda esa –n, -i variantlaridan foydalaniladi. Tushim kelishigi –n shakli ko’p to’xtalishlarga olib keladi. Tushim kelishigining bu varianti, bir tomondan, qaratqich kelishigining jonli so’zlashuvidagi varianti (seni ukang), ikkinchi tomondan, uchinch shaxs egalik qo’shimchasi (Madinami-Madinamni)ning birlik shakli bilan omonimdir.

    Bundan tashqari, tushum kelishigining –i shakli boshqa tillardan kirib kelib, o’rin va joyga munosabani bildiruvchi (Samarqandi) so’zlari tarkibirda sifat yasovchi –i (Samarqandi) kabi so’zlarda –lik qo’shimchasi sinonim bo’lgan. -i qo’shimchasi bilan, ot va sifatdan fe’l yasovchi (ranji) –i qo’shimchasi bilan omonimlik munosabatidadir.

    Tushim kelishigining belgisiz shakli bosh kelishik va qaratqich kelishigining belgisiz shakli bilan omonim hisoblanadi.

    Masalan :



    Gul ochildi // Gul bargi//Gul keltirdi.

    kabi.


    Bu misollsrning har uchalasida ham gul so’zi birorta kuchga ega emas, ammo birinchi gapda bosh kelishikda – ega, ikkinchida qaratqich kelishigida - aniqlovchi, uchinichisida esa tushum kelishigi - to’ldiruvchi. Bular semantik jihatdan farqlanadi.

    Tushum kelishigining so’zlashuv shaklidagi –ni qo`shimchasi qaratqich kelishigi qo`shimchasi bilan omonimdir.

    Jo’nalish kelishigi va tushum kelishiklari asosiy xususiyatlari bilan bir-biri bilan farqlanadi. Ammo ularni ayrim qo’shimcha ma’nolarining yaqinligiga ko’ra biri o’rnida ikkinchisi sinonim sifatida ishlatilishi mumkin .

    Masalan:


    Mamlakatni boshqarish ilmini esa otasidan o’rgandi//Mamlakatni boshqarish ilmiga esa otasidan o’rgandi .

    (2-sinf “ O’qish kitobi”90-bet )

    Chiqish kelishigidagi so’z o’timli fel tomonidan boshqarilganda harakatning predmetga o’tganligi ma’nosi ifodalaniladi va shu ma’nosi bilan tushum kelishigi bilan sinonomik holatda bo’ladi. Biroq chiqish kelishigi harakati predmetning qismiga yoki qismi orqali predmetga o’tganligi ma’nosini tushum kelishigi shu kelishikdagi so’z orqali ifodalangan predmetga harakatning to’lig’icha o’tganligi ma’nosini anglatadi.

    Masalan:

    Ozod chap qo’li bilan Nosirning o’ng qo’lini mahkam ushlab oldi//Ozod chap qo’li bilan Nosining o’ng qo’lidan ushlab oldi.

    (4-sinf “ O’qish kitobi”, 223-bet).

    Tushim kelishigi bilan chiqish kelishigi vazifasi ba’zan boshqa o’rinlarda ham bir-biriga yaqinlashishi mumkin. Masalan: Tog’larni kechib o’tdi.//Tog’lardan kechib o’tdi.

    Har ikkala gapda kechib o’tmoq qatnashgan, lekin ma’no anglatilishi har xil.

    Demak, tushum kelishigi qo’shimchasi ayrim vazifalari bilan ba’zi qo’shimchalar bilan omonimlik, jo’nalish,o’rin-payt, chiqish kelishiklari qo`shimchalari bilan esa sinonimik munosabatga kirishadi.


    2.4 O`rin-payt kelishigining uslubiy xususiyatlari
    O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi otlardaga qo’shilib, harakatni o’z ustida olgan predmetni ko’rsatganda shunday ma’noni anlatish harakterli bo’lgan tushim kelishigi bilan sinonimik munosabatda bo’la oladi. Bunday paytda bularning biri o’rniga ikkinchisini ishlatish mumkin.

    Masalan :



    Mening singlim, opamning

    Qo’llarini o’ynaydi

    Hovli, uyni har kuni

    Tozalaydi, to’ymaydi.

    (2-sinf “ O’qish kitobi” 108-bet)

    Bu she’rda qo’llarida o’riniga qo’llarini tarzida tushiniladi.

    O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi ko’makchillar bilan sinonimlik munosabatga kirisha oladi.

    Masalan, u ko’pincha ostida ko’makchisi bilan sinonimlik munosabatda bo`ladi:



    G’allachilarning ko’pchiligi tushda shu sadada yig’lashadi.// G’alachilarning ko’pchiligi tushda shu sada ostida yig’lishadi.

    (2-sinf “O’qish kitobi”, 209-bet)

    Vosita ma’nosini anglatganda –da qo’shimchasi bilan ko’makchisining sinonimi sifatida ishlatilishi mumkin .



    Men quvalab yetib borib, uni belkurakda urib o’ldirdim. //

    Men quvalab yetib borib, uni belkurak bilan urib o’ldirdim.

    (4 –sinf “ O’qish kitobi”, 62-bet)

    O’rin–payt kelishigi ish–harakatning qaytarzda bajarilgaligini, yuzaga kelishini bildirib, qanday?, qanday qilib?, qaytarzda? kabi so’roqlariga javob bo’ladi.

    Masalan:

    Ular ba’zan alohida –alohida , ya,ni bir ko’chaga sariq, boshqa mahallaga yashil, yana bir boshqasiga ranglar bilan yog’ilsa.// -ranglarda yog’’ilsa

    (4-sinf “ O’qish kitobi”, 83-bet)

    Ayrim hollarda o’rin-payt kelishigi maqsadni bildiradi va nima uchun?, nima maqsada?,nimaga? kabi so’roqlarga javob bo’ladi .

    Bunday vaqtda uchun ko’makchisiga sinonim bo’lishi mumkin.

    Masalan: bilim olish maqsadida, o’qish niyatida, unversitetga kirgan edim.//bilim olish maqsadi bilan //o’qish niyati bilan//o’qish uchun kabi.

    Masalan

    Odatda, bunday ayyomlarda xalq sayillari,har xil musobaqalar tomashalar uyishtiriladi.

    (4-sinf “ O’qish kitobi” 96-bet)

    Ayyomlar uchun kabi so’zi sinonim hisoblanadi.

    Agar ot usti, ost, ich, o’rta tipida ko’makchilar bilan birga kelsa o’rin-payt kelishigi ko’makchiga qo`shiladi. Ko’makchi tushirilib qoldirilsa u endi otga qo’shlsa va



    Tog’ boshida qonga botib,shoir o’lardi,

    Tog’ boshida bir umir paymon bo’lardi.

    (Hamid Olimjon)

    Farqi shundaki, ko’makchili qurilmada harakat yuz bergan o’rin aniq



    Tog’da-tog’ boshida.

    Harakat biror yuza sohasi bo’yicha davom etganda o’rin-payt kelishigi qo’shim chasi uzra ko’makchisi bilan grammatik sinonim bo’la oladi.

    Masalan

    Qishloq uzra parvoz qildi.

    (3-sinf “ O’qish kitobi” 109-bet)

    Qishloqda-parvoz qildi.

    Orin-payt kelishigi vosita manosini anglatish uchun ishlatilganda orqali ko’makchisi bilan sinonim munosabatga kirishadi.

    Masalan:

    ...miltiq orqali ko’p insonlarni qo’rqitdi.

    (3-sinf “O’qish kitobi”47-bet)

    Miltiq orqali - mitiqda kabi sinonim bo’ladi.

    O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi uchinchi shaxs egalik qo’shimchasidan keyin kelib, bilishimcha kabi kirish so’zlar tarkibida -cha qo’shimchasi bilan sinonim munosabatga kirishadi.



    Men bilishimda ulug’ shohning o’g’lisan.

    Kuntug’mish” dan.



    Bilishimda –bilishimcha...

    O’rin kelishigi qo’shimchasi ba’zan –dan iborat, -dan tug`iladi biikmali holda qo’llanishi mumkin.



    Hamma kuch birlikda // Hamma kuch birlikdan iborat .

    O’rin- payt kelishigi qo’shimchasi –da shakli ravishlar tarkibida ham bog’lovchi vazivasida, ta’kidlash ma’nosida –da yuklamasi bilan omonimlik munosabatda bo’ladi.

    Masalan


    • Oldindagisi men, keyindagisi sen. Qishlog’imizni qo’riqlayapmiz . Qiziq bo’lsin deb chizdi-da.

    (4-sinf “O’qish kitobi” 12-bet)


      1. Chiqish kelishigining uslubiy hususiyatlari



    Chiqish kelishigining qo’shimchasi –dan. Tarixan –din shaklida, og’zaki so’zlashuv nutqida esa –nan, -tan variantlarda ishlatish holatlari ko’zga tashlanadi.

    Chiqish kelishigidagi so’z to’dadan ajiratilganlik ma’nosini anglatish uchun ishlatilganda qaratqich kelishigining xuddi shunday ma’no qirrasi bilan sinonimlik hosil qiladi. Masalan:

    ...ularning ehtiyojlaridan biri . //...ularning ehtiyojlarining biri.

    (2-sinf “ O’qish kitobi” 46-bet)

    Chiqish kelishigi tushum kelishigi bilan sinonim bo’lib keladi.

    Masalan:

    ...bilim boyliklarini qancha ko’p g’amlasangiz, kelajak turmushda o’zingizga ham, o’zgalarga ham asqatadi.//...boyliklaridan kabi sinonim.

    (2-sinf “ O’qish kitobi” 46-bet)

    Chiqish kelishigi o’rin-payt kelishigi bilan sinonim bo’lib keladi.

    Masalan:

    Qariganimda kunimga asqatmas ekansan, deb ko’nglidan kechirdi. //

    ...ko’nglida kechirdi kabi sinonimik munosabatda.

    Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi”da chiqish kelishigi qo’shimchasi ilgari, avval, oldin, burun,so’ng , keyin , beri, buyon , boshqa kabi ko’makchilar bilan ishlatilishi bo`yicha misollar uchradi.

    Masalan:

    O’shandan beri hamma loyihalarning qoq o’rtasida qora choki bor ekan.

    (143-bet 2-sinf “ O’qish kitobi”)

    O’rin-payt kelishigi old ko’makchisi bilan kelib, biror ish–harakatning boshqasidan ilgariroq bajarilishini ko’rsatganda shu ma’nodagi chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan sinonim bo’ladi.

    Masalan:

    ...ketishi oldida uyiga qaradi. //...ketishi oldidan uyiga qaradi.

    (3-sinf “ O’qish kitobi” 97-bet)

    2-BOB YUZASIDAN XULOSALAR


    1. Qaratqich kelishigi chiqish kelishigi bilan sinonimlik hosil qilsa, tushum kelishigi bilan omonimlik holatida bo`ladi.

    2. Tushum kelishigi shakllari jo`nalish kelishigi shakllari, ayrim ko`makchilar (haqida, to`g`risida va h.) bilan sinonim bo`lishi, qaratqich kelishigining qisqargan shakli (-n) bilan esa omonimik holatda bo`lishi mumkin.

    3. Jo`nalish kelishigi shakllari tushum kelishigi, o`rin-payt kelishigi shakllari bilan sinonimik holatga kirishsa, sheva so`zlarida o`rin-payt kelishigi shakllari bilan omonim holatda bo`lishi mumkin.

    4. O`rin-payt kelishigi shakllari chiqish kelishigi shkllari bilan sinonimlik hosil qilsa, sheva so`zlarida jo`nalish kelishigi shakllari bilan omonimlik holatda bo`ladi.

    5. Chiqish kelishigi shakllari qaratqich kelishigi shakllari, ba’zi ko`makchilar (orqali, yordamida) bilan bilan sinonimlikka kirishadi.

    III BOB. OTLARDAGI EGALIK VA MODAL SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
    Otlardagi egalik shakllari va modal ma’no ifodalaydigan shakllar ham uslubiy xususiyat kasb qilishi mumkin. Buni quyida ko`rib o`tamiz.
    3.1. Otlardagi egalik shakllarining uslubiy xususiyatlari
    Otlarda egalik shakllarining uslubiy xususiyatlarini tahlil qilishdan oldin ularning grammatik xususiyati haqida ma’lumot berish lozim, chunki bu xususiyatlar o`zaro bog`liq hodisalardir.

    Egalik qo’shimchasi nutqdagi uch shaxsga, birlik va ko’plik sonlarga ko’ra bo’linadi. Har bir egalik qo’shimchasi negizining so’nggi tovush unli yoki undosh bo’lishiga qarab ikki variantda qo’llanadi. Bular:



    Shaxslar




    Birlik

    Ko’plik







    Unlidan so’ng

    Undoshdan so’ng

    Unlidan so’ng

    Undoshdan so’ng

    I shaxs

    II shaxs


    III shaxs

    -m

    -ng

    -si

    -im

    -ing

    -i

    -miz

    -ngiz

    -si

    -imiz

    -ingiz

    -i

    I shaxs


    II shaxs

    III shaxs




    echkim

    echking

    echkisi


    kitobim

    kitobing

    kitobi


    echkimiz

    echkingiz

    echkisi


    kitobimiz kitobingiz

    kitobi

    Egalik shaklini ko’rsatuvchi qo`shimchalarning morfologik variantlari uncha ko’p emas. Ikkinchi shaxsning ko’pligi esa -ingiz, -inglar, -laring shakllaridadir. Uchinchi shaxs ko’rsatkichlarining esa ikkita morfologik varianti bor: -i,- si.

    Ikkinchi shaxsning morfologik variantlaridan –ingiz shakli adabiy til uchun ham, og’zaki so’zlashuv nutqi uchun ham umumiy. Qolganlari so’zlashuv nutqi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ularni og’zaki nutqda, badiiy va ommabop nutqda bir-birlariga nisbatan sinonim sifatida qo’llash mumkin.

    -i, -si variantlarining qo’llanishi qat’iy qonuniyatga asoslangan. Ularni birining o’rnida ikkinchisini ishlatish ko’pincha adabiy til meyorlaning buzilishiga olib keladi.

    Umuman, egalik ma’nosi morfologik, sintaktik va aralash yo’llar bilan ifodalanadi.

    O’zbek tilida, umuman, turkiy tillarda ham egalik qo’shimchalarining kishilik olmoshlariga aloqadorligi, ya’ni egalik qo’shimchasining har biri qo’shilib kelgan so’z orqali ifodalagan predmetning ma’lum shaxsga tegishli ekanligini ko’rsatish xuddi shu shaxslarni ko’rsatuvchi – kishilik olmoshlari bilan ifodalangan qaratuvchini tushurib qoldirish imkonini tug’diradi.

    Turkiy tillar - hozirgi va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyam, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSH, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan.

    Masalan:


    Mening rangim // rangim,

    Sening ranging // ranging.

    (2-sinf “ O’qish kitobi”, 55-bet)

    O’zbek tilida ham ba’zan og’zaki nutqda va she’riyatda egalik tushunchasini mening kitobim tarzida ifodalashi uchraydi. Egalikning bunday ifodalanishi sintaktik usul deb yuritiladi.

    Masalan:

    Bizning hech bir farzandimiz bo’lmadi , erim - shahar hokimi ham, men ham shu to’g’rida qayg’urar edik.

    Hokim ( Oʻzbekiston)da - viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. H. lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir.


    (4-sinf “ O’qish kitobi”, 64-bet)

    -“Vatan” so’zini toq aytish yaxshi emas. “Bizning Vatan” deb aytganlar.

    (2-sinf “O’qish kitobi”4-bet)

    Egalik qarashlilik tushunchasini ham morfologik, ham sintaktik usul bilan ifodalanishiga kiradi. Bunga, avvalo, egalik tushunchasi qaratqich kelishigi vositasida – qaratuvchi orqali ifodalansa, so’ng shu ma’no qaralmishdagi egalik qo’shimchalar vositasida ham pleonastik (takroriy) holat kasb qiladi:

    Masalan:

    Hech narsa uning qudratiga teng kelmaydi.

    (2-sinf “O’qish kitobi”, 24-bet)

    Qarashlilik, egalik tushunchasi -niki qo’shimchasi vositasida ham ifodalanadi. Bunday holda mazkur qo`shimcha mavhum egalik ma’nosini anglatadi. Chunki –niki qo’shimchasi olgan so’z qaysi predmetni bildiruvchi so`zga qo’shilmasin yoki shaxsga tegishliligini aniq ko’rsatmaydi.

    Masalan:


    • Meniki shirin ,- dedi Ali polvon

    (4-sinf “ O’qish kitobi”, 22-bet)

    • Ikkovigizniki ham bir-biridan qolishmaydi.

    (4-sinf “ O’qish kitobi”, 22-bet)

    • Meniki “Samo” bo’ladi, bobajon.

    (4-sinf “ O’qish kitobi” 7-bet)

    Bir shaxs qo’shimchasi o’rnida boshqa shaxs egalik qo’shimchasining qo’llanishi usulibiy xususiyatga ega.

    Egalik qo’shimchalarning shaxslar bo’yicha almashtirib qo’llasa bo’ladi.

    Masalan:


    1. III shaxs egalik qo’shimchasi birligi birinchi shaxsning birligi o’rnida:

    • Onasi, qiziga tushuntir tozalik yaxshi odat...

    1. III shaxsning birligi ikkinchi shaxs birilgi o’rnida:-

    Qo’shnisi, gaplang, - dedi G’ani.

    1. I shaxsning ko’pligi shu shaxsning birligi o’rnida keladi:

    Shuncha molimiz, yerimiz bor, o’qib nima qilamiz...

    (4-sinf “ O’qish kitobi”, 42-bet)

    1. III shaxsning birligi II shaxsning ko’pligi o’rnida keladi:

    Shunchalik qiynaganingiz yetar, ko’zidan, keling endi.

    1. Ba’zan egalik qo’shimchasini olgan so’z formal jihatdan ma’lum shaxsni ko’rsatsa ham, III shaxsdagi qaratqichga aloqador bo’ladi:

    -Onasi, to’g’risin ayt...

    (4-sinf “O’qish kitobi”, 63-bet)

    Egalik qo’shimchasini olgan so’zlar sof egalik ,qarashlilik ma’nosida tashqari, quydagi ma’nolarni anglatadi.



    1. erkalatish, ilhomlantirish:

    Aylanayin, do’mboqqinam!

    Qosh-u ko’zi munchoqqinam!

    (2-sinf “O’qish kitobi”, 145-bet)

    1. koyish, nolish, norozilik ma’nosini ifodalaydi:

    Mening maqsadimni faqat kenja o’g’lim tushunibdi.

    (2-sinf “O’qish kitobi” 135-bet)

    1. tinchlantirish, achinish ma’nosini ifodalaydi:

    • O’g’lim , hunar injiq narsa , sabr–toqat qilib, yana biror yil qarashib-netib turganing ma’qul.

    (2-sinf “O’qish kitobi”, 61-bet)

    1. faxirlanish, kamtarli ma’nosini ifodalanishi:

    Bulbuljonim kuylasin,

    Yoqar kuyi jonimga.

    (125-bet, “ O’qish kitobi”, 2-sinf)

    1. egalik qo’shimchasi metaforak ma’nodagi

    • Qizarma endi, bo’tam-dedi Malik




    Download 290.12 Kb.
    1   2   3




    Download 290.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi kafedrasi Davletova Mavluda Rustamovna

    Download 290.12 Kb.