O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIVAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
O‘rnatilgan tizimlar
415-20-guruh talabasi
Bajardi: Qodirov Saidali
Tekshirdi: Xasanov Umidjon
Arduino mikrokontroller oilasi
Reja:
Arduino mikrokontrollerining turli versiyalari.
Arduino mikrokontrollerining kengaytirish platalari.
Kompyuterga ArduinoIDE ni о‘rnatish.
Tayanch iboralar: Atmel firma, ATmega mikrokontrolleri, Leonardo, Atmega 32U4 mikrokontrolleri, UNO - Arduino, asos platforma, Duemilanove , Diecimila .
Kirish
Birinchi mikrokontrollerlarni yaratilishi mikroprotsessor texnikasining rivojlanishida yangi asr boshlanishidan darak berdi. Bir kristall yuzasida tizimli qurilmalarning kо‘pini joylashtirilishi mikrokontrollerni oddiy kompyuter kabi foydalanishga xoxish tug‘dirdi. Lekin bu xoxishni kо‘pchilik omillar ushlab turar edi. Masalan, mikrokontrollerda qurilma yig‘ish uchun esa sxemotexnika asoslarini bilish zarur, aniq bir protsessorni
qurilmalarini va ishlashini, assemblerda daturlashni xamda elektron texnikasini tayyorlashni bilish kerak bо‘lgan. Shuningdek dasturni xotiraga yozish uchun maxsus qurilma, sozlovchi qurilma va boshqa yordamchi qurilmalar zarur bо‘lgan. Natijada katta bilimlar xajmisiz va qimmatbaxo qurilmalarsiz ishlab bо‘lmas edi. Bundek xolat uzoq vaqt kо‘p mikrokontroller ishqibozlariga о‘z loyixalarida mikrokontrollerlarni ishlatishga imkon bermadi. Xozirda, mikrokontrollerlar bilan maxsus qurilmalarsiz va kо‘p fanlardan jiddiybilimlarsiz ishlashga imkon beruvchi qurilmalarning paydo bо‘lishi bilan xammasi о‘zgardi. Bundek qurilmaga misol bо‘lib italiyaliklarning Arduino loyixasi xizmat qilishi mumkun. Arduino va uning klonlari – bu tayyor elektron bloklardan va dasturiy ta’minotdan tashkil topgan tо‘plamdir. Elektron blok bu yerda – mikrokontroller va uning ishlashi uchun kerak bо‘lgan minimal elemenlarni о‘z tarkibiga olgan platadir. Aslida