• 2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish
  • III. IQTISODIYoTNI RIVOJLANTIRISh VA LIBERALLAShTIRIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI
  • O’zbekiston Respublikasi moliya bozorini o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasi
  • Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash




    Download 1.19 Mb.
    bet8/17
    Sana26.03.2019
    Hajmi1.19 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17

    2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash

    103.

    Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash, tanlash, o’qitish va ichki rotatsiya tizimini takomillashtirish.

    2017 yil II chorak

    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, MXX,
    DBQ, DSQ, DBA

    -

    -

    Idoraviy hujjatlar.

    Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qodir bo’lgan xodimlarni tanlash va tayyorlashga qaratilgan.



    104.

    Faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni, avvalo, huquqni qo’llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish.

    2017 yil I chorak

    Bosh prokuratura, IIV, MXX, Adliya vazirligi, DBQ, DSQ

    -

    -

    Idoraviy hujjatlar.

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasi qonun buzilishi holatlarini fosh etish


    va choralar ko’rish emas, balki mazkur holatlarning barvaqt oldi olinishi, profilaktika qilinishini ta’minlash hisoblanadi. Shu sababli ularning faoliyatni tashkil etish uslublarini tubdan o’zgartirish lozim.

    105.

    «Xizmat faoliyatini samarali tashkil etish» mavzuida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida o’quv-seminarlarini tashkil etish.

    Yil davomida

    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DBQ, DSQ

    -

    -

    Amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, avvalo, uning ijrosini ta’minlaydigan davlat organlari xodimlari e’tiboriga etkazilishi, shu orqali ularning dunyoqarashi yanada takomillashtirilishi lozim.

    106.

    Yuksak axloqiy-irodaviy
    va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalarni va amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo’lgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish.

    2017 yil II chorak

    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, DBQ, DSQ

    -

    -

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

    Islohotlarni to’liq va ko’zda tutilganidek ro’yobga chiqarish sud, huquqni muhofaza qiluvchi va davlat nazorati organlarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.



    107.

    Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, masofaviy ta’limni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy videokonferentsaloqa tizimi bilan jihozlangan uning hududiy filiallarini tashkil etish.

    2017 yil II chorak

    Adliya vazirligi,

    Oliy malaka komissiyasi,


    Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sudi, OvaO’MTV,
    Moliya vazirligi

    Hisob-kitoblarga asosan

    Davlat byudjeti, Sudlar
    va adliya organlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

    Markazning faoliyatini takomillashtirish yuridik kadrlar tayyorlash sifatining oshirilishiga olib keladi.



    108.

    Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha davlat talablarini ishlab chiqish.

    2017 yil II chorak

    Adliya vazirligi,
    Bosh prokuratura, IIV, DBQ, DSQ

    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

    Qaror asosida yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini


    oshirish bo’yicha davlat talablarini va yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilanadi.

    109.

    Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish. Xususan, quyidagilarni nazarda tutgan holda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;

    sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bir idoradan boshqasiga o’tishda maxsus (harbiy) unvonlar nisbatini belgilash, maxsus (harbiy) unvonlar uchun to’lanadigan ustamalar miqdorini unifikatsiyalash;

    rotatsiya qilingan xodimlarning ko’p yillik xizmati, pul ta’minoti va pensiyasini hisoblashning optimal tartibini belgilash.


    2017 yil II chorak

    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

    Ushbu chora-tadbirlar sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida rotatsiya qilishda yagona mexanizmni shakllantiradi.



    110.

    Bosh prokuratura Oliy o’quv kurslari faoliyatini takomillashtirish.

    2017 yil III chorak

    Bosh prokuratura, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

    Hisob-kitoblarga asosan

    Davlat byudjeti va prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablag’lari

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

    Unda prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimi joriy etiladi va Oliy o’quv kurslarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.



    111.

    Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qayta tayyorlash, sudyalar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish.

    2017 yil II chorak

    Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi,
    Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sudi, OvaO’MTV,
    Moliya vazirligi

    -

    -

    Xorijiy amaliyot va xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, o’qish va amaliyot o’tash davrini uzaytirish orqali sudyalikka nomzodlarni tayyorlashga yangi talablar qo’yiladi.

    Shuningdek, sud amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish bo’yicha muntazam ravishda tadbirlar o’tkazish shaklida sudyalarning malakasi oshiriladi.



    112.

    Yuridik kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish.

    2017 yil IV chorak

    Adliya vazirligi, OvaO’MTV, TIV,
    Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

    -

    -

    Tegishli qaror loyihasi.

    Loyihada quyidagilar aks ettiriladi:

    Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha vakolatlarini kengaytirish;

    universitetning jamoatchilik boshqaruv organi — Homiylik kengashini tasdiqlash, uning tarkibiga sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbar xodimlarini, NNT, ta’lim va tadqiqot muassasalarining vakillarini kiritish, uning zimmasiga universitetni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga, o’quv jarayoni shakllari


    va metodlarini ishlab chiqishga ko’maklashish vazifalarini yuklash;

    xalqaro sud va arbitrajlarida ishtirok eta oladigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qila oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash;

    yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida etakchi xalqaro tashkilotlar, xalqaro ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot muassasalari, maslahat markazlari, olim va mutaxassislar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish.


    113.

    Huquqni m�hofaza qiluvchi
    va nazorat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmining samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qilish tizimiga fuqarolarning ishonchini kuchaytirish.

    2017 yil II chorak

    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, DBQ, DSQ,

    vazirlik va idoralar



    -

    -

    Idoraviy hujjatlar. Ularda:

    fuqarolarga huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati to’g’risida ma’lumot taqdim etish va OAV bilan hamkorlik mexanizmlari;

    huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tarkibiy tuzilmalarining faoliyati to’g’risida ma’lumotlarni ularning rasmiy veb-saytlarida (veb-sahifalarida) joylashtirish nazarda tutiladi.


    2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish

    114.

    Jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlarining ko’rilishida advokatning rolini kuchaytirish maqsadida:

    advokat tomonidan dalillarni to’plash va ularni jinoyat ishi materiallariga qo’shish mexanizmi;

    sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko’rsatish uchun zarur bo’lgan masalalar bo’yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot-maslahatlarini so’rash va olish tartibini aniqlashtirish;

    fuqarolik va xo’jalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida, shuningdek jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat ishtirokini kengaytirish;

    sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini qayta ko’rib chiqish.


    2017 yil III chorak

    Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokuratura, IIV, MXX

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Sudda ish yuritishda tomonlarning teng huquqliligi va tortishuvi to’liq ta’minlanadi, yuridik yordam ko’rsatish borasida advokatlarning vakolatlari kengaytiriladi, fuqarolik va xo’jalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida, shuningdek, jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat ishtiroki kengaytiriladi.



    115.

    Advokatura institutini yanada mustahkamlash maqsadida:

    advokatlarga hakamlik sudlarida hakam sifatida ishtirok etish huquqini berish;

    advokat so’rovini ko’rib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish;

    advokatlar va advokatlik tuzilmalari daromadlarini soliqqa tortish tizimini maqbullashtirish;

    advokatga litsenziya berish
    va uni intizomiy javobgarlikka tortish masalasida davlat organlarining rolini kamaytirish;

    advokatlik litsenziyasi faoliyatini to’xtatish, tugatishning sud tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;

    advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish,
    shu jumladan, xorijiy advokatlik tuzilmalariga hamda O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga advokatlik faoliyati bilan shug’ullanish imkoniyatini yaratish;

    tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy xizmat ko’rsatuvchi korporativ yuridik maslahatlar va yuridik konsaltinglarni rivojlantirish.



    2017 yil IV chorak

    Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokuratura, IIV, MXX, DSQ,
    Moliya vazirligi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Advokatlik faoliyatining kafolatlari yanada kuchaytiriladi, advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish orqali xalqaro-huquqiy, fuqarolik-huquqiy va xo’jalik-huquqiy masalalar bo’yicha hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan huquqiy xizmatlarning sifati yanada oshiriladi.



    116.

    Notariat va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tizimini isloh etish. Xususan:

    bosqichma-bosqich notariatning faol byudjet�an tashqari modeliga o’tish va uni fuqarolik-huquqiy va xo’jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida yanada rivojlantirish;

    notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddatini qisqartirish;

    notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to’g’riligini tasdiqlash vakolatini berish;

    notariuslarni attestatsiyadan o’tkazish tartibini joriy etish;

    majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar turlarini maqbullashtirish;

    notarial idoralarga elektron murojaat qilish tartibini belgilash;

    davlat bojini elektron


    to’lov tizimidan foydalangan holda qabul qilish tartibini joriy etish;

    muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar to’g’risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

    FHDYo organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish.


    2017 yil IV chorak

    Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari vazirligi,
    Moliya vazirligi

    Hisob-kitoblarga asosan

    Byudjetdan tashqari mablag’lar

    Qonun hujjatlariga va idoraviy hujjatlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritiladi.

    Kiritiladigan ushbu o’zgartishlar fuqarolik-huquqiy va xo’jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida notarial idoralarni yanada rivojlantirishga, aholiga qulay va sifatli huquqiy yordam ko’rsatilishiga, notarial idoralarni malakali mutaxassislar bilan to’ldirishga, notarial idoralar va FHDYo organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.



    III. IQTISODIYoTNI RIVOJLANTIRISh VA LIBERALLAShTIRIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI

    3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish

    117.

    Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug’ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashga yo’naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish.

    har chorakda

    Iqtisodiyot vazirligi,
    Moliya vazirligi, Markaziy bank

    -

    -

    Tahliliy ma’lumotnoma.

    Iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlarini, milliy valyuta va narxlar darajasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.



    118.

    Milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlash.

    2017 yil I chorak

    Markaziy bank,
    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,
    Davlat raqobat qo’mitasi, DSQ, DBQ,
    Savdo-sanoat palatasi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

    Loyihada quyidagilar belgilanadi:

    inflyatsiya darajasini aniqlashda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o’zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish;

    moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish;

    naqd pulsiz ko’rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o’rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish orqali ichki bozorda narxning shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish;

    mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish.



    119.

    Valyutani tartibga solishning ilg’or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish.

    2017 yil I chorak

    Markaziy bank,
    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, DSQ, DBQ
    Davlat raqobat qo’mitasi, O’zkommunxizmat, O’zbekenergo, O’zbekneftgaz

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

    Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

    valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan holda, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi va qo’llab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashtirish;

    tadbirkorlik sub’ektlarining o’z valyuta mablag’larini erkin tasarruf etish huquqini to’liq amalga oshirilishini ta’minlash;

    har qanday manipulyatsiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan holda, xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada bo’lishini ta’minlash;

    tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o’z resurslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish;

    byudjetga qo’shimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy kreditlari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish
    va taraqqiyot jamg’armasining mablag’lari hisobiga iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini vaqtinchalik moliyaviy qo’llab-quvvatlash choralarini ko’rish.


    120.

    Davlat mablag’lari haqidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlashga, pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish hamda ularning samaradorligini oshirishga, naqd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Markaziy bank,

    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

    Davlat raqobat qo’mitasi, DSQ, DBQ


    -

    -

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

    Loyihalarda quyidagilar aks ettiriladi:

    davlat mablag’lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini ta’minlash;

    pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, iqtisodiyotning rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan qayta moliyalashtirish stavkasini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirish.



    121.

    Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’ymayotgan to’siqlarni bartaraf etish.

    2017 yil III chorak

    Markaziy bank,
    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
    DSQ, DBQ

    -

    -

    2018-2019 yillarga mo’ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar, shu jumladan:

    bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag’lari etarliligi va likvidliligi darajasi ko’rsatkichini qo’llab-quvvatlash;

    boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, ilg’or xorijiy amaliyotlari asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini yanada oshirish;

    tijorat banklari faoliyatiga,


    shu jumladan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati organlari tomonidan ma’muriy aralashuvlarning oldini olish va yo’l qo’ymaslik;

    tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko’lamini yanada oshirish;

    banklarga xos bo’lmagan vazifalarni istisno etish bo’yicha amaliy choralarni ko’rishni nazarda tutuvchi Dastur loyihasini ishlab chiqish va kiritish.


    122.

    Naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida to’lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlarini rag’batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish.

    2017 yil mart

    Markaziy bank, O’zbekiston banklar assotsiatsiyasi,
    DSQ, Iqtisodiyot vazirligi,
    Davlat raqobat qo’mitasi

    -

    -

    Kompleks chora-tadbirlar.

    Bunda quyidagilarni nazarda tutish taklif etiladi:

    aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag’lari hisobidan to?ar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish;

    bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko’rsatish tizimlaridan («SMS-banking», «Internet-banking», «Mobil-banking») foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

    bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish;

    to’lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to’lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish;

    plastik kartadagi mablag’larni boshqa kartaga o’tkazish bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish;

    valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni o’z ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni rag’batlantirish, plastik kartalar bo’yicha o’zaro hisob-kitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun to’lovni qaytarishni tartib-taomillari va texnologiyalarini joriy etish.



    123.

    Bank kassalariga naqd pul tushumlarini rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.

    2017 yil II chorak

    Markaziy bank,

    Moliya vazirligi, DSQ



    -

    -

    Tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

    124.

    Kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblarni belgilash:

    qarzdorning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi axborotni har qanday kreditorga uning yozma so’rovi olingan vaqtdan boshlab 10 kun ichida taqdim etish;

    kreditorga qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi qarorga e’tiroz bildirish huquqini berish.


    2017 yil aprel

    Davlat raqobat qo’mitasi, DSQ,
    Oliy xo’jalik sudi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Sanatsiya rejasi bilan rozi bo’lmagan kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, bankrotlik holatlaridan tikilgan mablag’larni qaytarish darajasini oshirish, «Biznesni yuritish» hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash imkonini beradi.



    125.

    Kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag’larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi moliya bozorini o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Moliya vazirligi,

    Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi,

    Davlat raqobat qo’mitasi, Prognozlashtirish
    va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti


    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

    Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

    mustahkam moliyaviy institutlar (banklar, sug’urta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aktsiyadorlik jamiyatlari)ga qimmatli qog’ozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;

    qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo’yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida faoliyati samaradorligini oshirish;

    qimmatli qog’ozlarni dastlabki
    va qo’shimcha emissiya qilishni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini soddalashtirish;

    sug’urta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sug’urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish;

    alohida milliy korxonalar aktsiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash.


    126.

    Tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish.

    Yil davomida

    Iqtisodiyot vazirligi,
    Moliya vazirligi,
    DSQ, TIA�SV, Davlat raqobat qo’mitasi,
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    -

    -

    Chora-tadbirlar dasturlari.

    Mintaqalarning ishlab chiqarish salohiyati kengaytiriladi, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish va alohida viloyatlar va tumanlarning subventsiyalanishini kamaytirish bo’yicha 2017 — 2021 yillarga mo’ljallangan dasturlar amalga oshiriladi.



    127.

    Byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shaharlar
    va tumanlarning subventsiyalanishini kamaytirish, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

    2017 yil I chorak

    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

    DSQ, TIAISV, Davlat raqobat qo’mitasi,


    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    -

    -

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

    Loyihalarda quyidagilar aks ettiriladi:

    byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, mahalliy byudjetlar tasarrufida qoladigan soliqlar
    va majburiy to’lovlarning ro’yxati
    va miqdorini qayta ko’rib chiqish orqali shaharlar va tumanlarning subventsiyalanishini kamaytirish;

    mahalliy davlat hokimiyati organlarining mintaqalar mablag’larini boshqarish bo’yicha mustaqilligini oshirgan holda fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.



    128.

    Soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida soliqqa tortishni takomillashtirish.

    2017 yil III chorak

    Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

    vazirlik va idoralar



    -

    -

    Quyidagilar nazarda tutiladi:

    1) soliq qonunchiligini tanqidiy o’rganish va tahlil qilish, huquqni qo’llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;

    2) soliq yukini, shu jumladan:

    yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat ko’rsatish (masalan, uzoq va borish qiyin bo’lgan) joylarini hisobga olgan holda qayta ko’rib chiqish;

    yirik korxonalarga bo’lgan soliq yukini maqbullashtirish hisobiga izchil pasaytirish bo’yicha takliflar tayyorlash.


    129.

    Imtiyozlarning individual tartibda berilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida ularni maqbullashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
    DSQ, DBQ, Davlat raqobat qo’mitasi

    -

    -

    Qonun hujjatlari loyihalari.

    Yakuni bo’yicha biznes yuritish uchun sharoitlar yaxshilanadi, samarali raqobat muhiti yaratiladi.



    130.

    Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali:



















    1. Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag’larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan:

    Yil davomida

    Vazirlik va idoralar, investitsiyaviy loyiha tashabbuskorlari, Iqtisodiyot vazirligi,
    Moliya vazirligi, TIAISV







    Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish.




    - 2016-2020 yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb qilish;

    2017-2020 yillar




    3,0 mlrd. doll.

    Jahon banki mablag’lari







    - 2017-2019 yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish.

    2017-2019 yillar




    2,97 mlrd. doll.

    Osiyo taraqqiyot banki mablag’lari







    2. Islom taraqqiyot bankining 1,0 mlrd. doll.dan kam bo’lmagan miqdorda kreditlarini jalb qilishni ko’zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish orqali 2017-2019 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.

    2017-2019 yillar

    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

    1,0 mlrd. doll.

    Islom taraqqiyot banki mablag’lari







    3. Ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, infrastruktura va boshqa loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan chet el hukumat tashkilotlarining (Xitoy eksport-import banki, Koreya eksport-import banki, EDCF Fondi, Yapon xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (ShTHA), Frantsiya taraqqiyot agentligi (FTA), Evropa hamkorlik komissiyalari va hokazo) imtiyozli kredit hamda grant mablag’larini jalb qilish bo’yicha tizimli ishlarni olib borish.

    Yil davomida

    TIAISV, TIV,
    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

    Kredit va grant mablag’larini jalb qilish mobaynida aniqlash-tiriladi

    Chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari mablag’lari

    Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan imtiyozli kredit va grant mablag’larini jalb qilish.

    131.

    Etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish:

    jalb qilinayotgan tashqi sarmoya bo’yicha yuzaga keladigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida O’zbekistonning kredit reytingini yaxshilash hamda yuqori suveren reyting ko’rsatkichlariga erishish maqsadida etakchi xalqaro reyting va sug’urta agentliklari (S&P, FITCN, MOODY’S va hokazo) bilan uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazish.



    2017-2018 yillar

    Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi,
    vazirlik va idoralar

    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

    Etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

    Suveren reyting ko’rsatkichini va kredit reytingini yaxshilash.



    Download 1.19 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash

    Download 1.19 Mb.