Докладная записка




Download 36 Kb.
bet1/5
Sana04.04.2017
Hajmi36 Kb.
#2909
  1   2   3   4   5

O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan
2016 yilning 9-oyi davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida
M A ’ L U M O T


I. Davlat Dasturining bajarilishi

Melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishiga ixtisoslashtirilgan suv xo‘jaligi ekspluatatsiya va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, suv ist’emolchilarining faoliyatini qo‘llab quvvatlash borasida Kompaniya tomonidan Davlat dasturi asosida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmasiga ko‘ra Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2016 yilda jami qiymati 41,2 mlrd so‘mlik 140 dona zamonaviy texnika xarid qilish rejalashtirilgan, shundan 60 dona zamonaviy ekskavator, 21 dona buldozer va 59 dona boshqa texnika va mexanizmlar. Shuningdek, joriy yilda Kompaniya o‘z mablag‘lari hisobidan qiymati 12,5 mlrd so‘mlik 30 dona zamonaviy texnikalarni xarid qilib, lizing oluvchilarga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga davlat dasturi bo‘yicha texnikalarni xarid qilish yuzasidan texnikalar qiymatining 85 foizi miqdorida 37,6 mlrd.so‘m moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga buyurtmanomalar berildi va Jamg‘arma tomonidan 26,7 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirib berildi.
O‘z navbatida, Jamg‘armadan texnikalar xaridi bo‘yicha olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha Jamg‘armaga 24,6 mlrd.so‘m qaytarildi.

2016 yilning 9 oyligi davomida davlat dasturi bo‘yicha 51 dona va Kompaniya o‘z mablag‘lari hisobidan 16 dona texnika xarid qilinib, shundan 36 dona texnika lizing oluvchilarga yetkazib berildi.




Download 36 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 36 Kb.