Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities
Hosted online from Plano, Texas, USA.
Date:
1
st
March, 2023
ISSN: 2835-3196
Website:
econferenceseries.com
50 |
P a g e
O'QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA
KO'RGAZMALI STEND VA QURILMALARDAN FOYDALANISH
To‘rayev Raxmatillo Siroj o‘g‘li
Buxoro pedagogika instituti ta'lim tarbiya nazariyasi
va texnologik ta'lim
fakulteti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o’quvchilar bilimini baholashga zamonaviy yondashuvlarning
mohiyati
va mazmuni shuningdek, formativ va summativ baholashning asosiy
farqlari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
formativ baholash, testlar, viktorinalar, og’zaki savollar, diagnostik
baholash, summativ baholash.
Abstract:
In this article, the essence and content of modern approaches to the assessment of
student’s knowledge, as well as the main differences in the formative and summative
evaluation, are described.
Keywords:
formative evaluation, tests, quizzes, oral questions,
diagnostic
evaluation, summative evaluation.
KIRISH
Bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida o’zgarishlar, jahon standartlariga
javob berish uchun jadal rivojlanishlar yuz bermoqda. Jumladan ta’lim tizimida
ham. Davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil 24 dekabrda oliy ta’lim
tizimini tub
ijobiy o’zgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik
va tashkiliy boshqaruvda mustaqillik berish borasida ikkita tarixiy qaror imzolandi.
Bu esa o’z navbatida, oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida
yangicha tizim asosida
yondashuvni talab etadi.
Baholash ta’lim jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Ta’lim sifatini hamda
o’quvchilarni bilim darajalarini doimiy ravishda nazorat qilib borish ta’lim
jarayoniga muhim yangiliklar kiritishga asos bo’ladi.
Bugungi kunda yangi tizim