• Bajardi
  • Xulosa Adabiyotlar Mavzuning maqsadi
  • Mavzuning dolzarbligi va o’qitish tizimidagi ahamiyati.
  • Raupov Oxunjonning “Fizika ta’limi texnologiyasi va tarixi” fanidan Kurs ishi Mavzu




    Download 381.5 Kb.
    bet1/12
    Sana18.04.2022
    Hajmi381.5 Kb.
    #19934
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    “Tokning magnit maydoni ” mavzusini o’qitishda innavatsion ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish metodikasi
    Masofaviy ta’lim usullari va texnologiyalari. “O’quv jarayonida masofaviy texnologiyalarni qo’llash.Masofaviy ta’lim tizimlari va texnologiyalar, 5f042dfc86b9b, AZOT xossalari, Atmosfera havosini muhofaza qilish, 1-mavzu, Umumiy fizikadan masalalr tuplami. S. R. Polvonov., 1. Jismlarning erkin tushishi va erkin tushish tezlanishi deb ni, inflatsiya riski, 123, 1, Axborot exnalogiyalarining zamonaviy dasturiy ta, C tilida dasturlash, kurs ishi, Milliy va harakatli o`yinlar

    Samarqand Davlat Universiteti Fizika fakulteti 303-guruh talabasi Raupov Oxunjonning “Fizika ta’limi texnologiyasi va tarixi” fanidan

    Kurs ishi



    Mavzu: “Tokning magnit maydoni ” mavzusini o’qitishda innavatsion ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish metodikasi.

    Bajardi: Raupov O.
    Tekshirdi: Amonov B
    Samarqand 2017

    Tokning magnit maydoni ” mavzusini o’qitishda innavatsion ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish metodikasi.



    Reja:


    1. Kirish

    2. Asosiy qism

    1. Bio-Savar-Lapas qonuni va uning tadbiqlari.

    2. Magnit maydonida ta’sir qiluvchi kuchlar va turli xil o’tkazgichlarga ta’siri.

    3. “Tokning magnit maydoni” mavzusida o’qitishda innaviatsion ta’lim texnalogiyalarining ahamiyati.

    1. Xulosa


    Adabiyotlar
    Mavzuning maqsadi:
    Bu mavzudan asosiy maqsad o’quvchilarga “magnit maydoni” mavzusini yangi innaviatsion usularda yetkazishdan iborat. Bundan tashqari o’quvchilarga bu mavzuni hammaga tushinarli va qiziqarli o’tilishi kerak. Chunki, mavzuni soda va qiziqarli usulda tushintirilmasa o’quvchilarning ko’pchiligi tushinmay qolishlari mumkin.
    Dars o’tilganidan keyin o’quvchilarning qanchalik darajada o’zlashtirgan yoki o’zlashtirmaganligini tekshirishkerak. Buning uchun biz o’quvchilarning yaxshi tunishlari uchun osonroq dars o’tish usulini tanlashimiz kerak va bu usular haqida to’xtalib o’tamiz.

    Mavzuning dolzarbligi va o’qitish tizimidagi ahamiyati.
    “Tokning magnit maydoni” mavzusining samarali usularini o’ylab topish kerak bo’ladi. Chunki, bu mavzuning birinchi bor 8-sinfning ikkinchi semestrda o’qitiladi va shuning uchun birinchi o’tilayotgan hamda qiyinligi tufayli biz osonroq usulni tanlashimiz kerakdir. Biz siz bilan dars o’tishning “o’yin”, “savol-javob”, “o’yla-izla-top” va shunga o’xshash metodlardan foydalanamiz. Bu usular bo’yicha rejaga binoan tanishtiramiz.
    Kirish
    1820 yilda Daniya fizigi X. Ersted tokli o‘tkazgichning atrofida magnit maydoni bor ekanligini tajribada aniqladi. Ersted tajribasining mohiyati quyidagidan iborat. U to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgich olib, undan ma’lum masofada magnit strelkasini joylashtirgan vaqtda uning burilishini kuzatdi. Bu burilish to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan o‘tayotgan tokning kattaligiga va yo‘nalishiga bog‘liq ekanligini aniqladi. (46-rasm) Tokli o‘tkazgich bilan magnit strelkasining o‘zaro ta’siri masofaga teskari proporsional ekanligini ham aniqladi. Ersted tajriba natijalarini umumlashtirib, shunday xulosaga keldiki, tok bilan magnitning o‘zaro ta’siri tok kuchiga, o‘tkazgichning uzunligiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, masofaning kvadratiga teskari proporsional ekanligini aniqladi. Tajribalar ko‘rsatdiki, bu o‘zaro ta’sir tokning yo‘nalishiga bog‘liq ekanligi, ya’ni bu o‘zaro ta’sirning vektor xarakterga ega ekanligini isbotladi. Shuningdek, u bu o‘zaro ta’sirning kattaligi tok va maydonning ta’siri o‘rganilayotgan masofaga perpendikulyar ekanligini ham aniqladi. Magnit kuch chiziqlarining konsentrik halqalardan iborat ekanligini kurish mumkin. (9.1 a) rasm)
    Keyinchalik. Amper doimiy magnitning tokli o‘tkazgichga ta’sirini o‘rganib, ular o‘rtasida ham o‘zaro ta’sir kuchi bor ekanligini aniqladi. Bu haqda biz keyingi ma’ruzalarda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Ma’lumki, Amper yana bir tajribasida parallel va antiparallel joylashgan tokli o‘tkazgichlarning bir-birini tortishini va itarishini kuzatgan edi. Kulon qonunidan ma’lumki, bir xil qutbli magnitlar, bir-birini itarishini va har xil qutbli magnitlar bir-birini tortishishini bilamiz. Bu o‘zaro ta’sirlar magnit maydoni orqali amalga oshiriladi. Tokli o‘tkazgich o‘z atrofida magnit maydoni hosil qiladi u shu maydonda joylashgan har qanday o‘tazgichga ta’sir ko‘rsatadi. Agar o‘tkazgichlardagi tok doimiy bo‘lsa va o‘tkazgichlar qo‘zg‘almas bo‘lsa u vaqtda ular hosil qilgan magnit maydoni fazoning har bir nuqtasida vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Bunday magnit maydoniga doimiy magnit maydon deyiladi. Doimiy magnit maydonining nazariyasi elektrostatik maydon nazariyasiga o‘xshash bo‘ladi. Mana shu holatga e’tibor berishni tavsiya etamiz, chunki bu hol materialni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.

    Download 381.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 381.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raupov Oxunjonning “Fizika ta’limi texnologiyasi va tarixi” fanidan Kurs ishi Mavzu

    Download 381.5 Kb.