• TAQRIZI Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • Raximov Rustamjon G’ulomjanovichning “Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli strukturalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalariga harorat va yorug’likning ta’siri” mavzusidagi




    Download 27,68 Kb.
    bet1/5
    Sana05.02.2024
    Hajmi27,68 Kb.
    #151409
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    СамДУ етакчи таш такризи


    Raximov Rustamjon G’ulomjanovichning “Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli strukturalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalariga harorat va yorug’likning ta’siri” mavzusidagi 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligidagi, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishiga yetakchi tashkilot


    TAQRIZI


    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ichida istiqboli bilan mashhur bo’lgan fotovoltaikaga asoslangan foto- va magnit kvant effektlari yo’nalishining rivojlanishi sezilarli darajada ortmoqda, bu rivojlanish tabiiy fanlarning yutuqlari bilan, birinchi navbatda mikro va nanostrukturali yarimo‘tkazgichlar fizikasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan. Bu sohalardagi so‘nggi yutuqlar yorug’lik, magnit va harorat ta`siridagi kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarning ehtiyojlari uchun yangi kvant effektlariga ega bo‘lgan mikro va nanostrukturali asboblar yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Bunda, nazariy ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliy natijalarga solishtirib, aniq yechimlarni olish bo’yicha jahonning yetuk olimlari tomonidan bir qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Hajmiy va kichik o’lchamli yarimo’tkazgichlarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektro’tkazuvchanlik ossillyatsiya hodisalarining yorug’lik va haroratlarga bog’liqligini o’rganishda alohida ilmiy va amaliy qiziqish uyg'otadi. Kvant ossillyatsiya effektlariga harorat va yorug’likning ta`siri hajmiy va nano o’lchamli yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi, qarshiligi va magnit maydon singdiruvchanliklarini tubdan o’zgarishiga olib keladi. Shu munosabat bilan, kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarning ko’ndalang magnitoqarshilik, elektro’tkazuvchanlik va magnit maydon singdiruchanliklarini harorat va yorug’likka bog’liqligini aniqlash, ular yordamida boshqarish hamda tashqi omillarga chidamliligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Jahon miqyosida, tashqi omillar taʼsiridagi kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarning ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalari xususiyatlarini, jumladan yorug’lik va qorong’ulik holatlarda kuchli magnit maydon induksiyasi bo’yicha differensial magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini haroratga bogʼliqligini oʼrganish tashqi taʼsirlarga chidamliligini oshiruvchi nano tuzilmali yarimoʼtkazgichli asboblarni olish texnologiyasini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

    Download 27,68 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 27,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raximov Rustamjon G’ulomjanovichning “Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli strukturalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalariga harorat va yorug’likning ta’siri” mavzusidagi

    Download 27,68 Kb.