• Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi.
  • Reja: Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi




    Download 235,68 Kb.
    bet1/7
    Sana31.05.2024
    Hajmi235,68 Kb.
    #258593
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2 ma\'ruza Murakkab geologik sharoitli


    1. Murakkab geologik sharoitli neft va gaz konlarini ishlash va ishlatish.

    Reja:

      1. Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi;

      2. Neft va gaz uyumlarining tabiiy tarzlari;

      3. Konlarda mahsulot qazib olishda murakkab geologik holatlar.




      1. Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi.

    Maxsuldor qatlamlarning energetik resurslari chekka suvlar, ostki suvlar, gaz shapkasidagi gazning bosimi, neftda erigan gazlarning eritmadan ajralish vaqtidagi bosimi, qatlamning qayishqoqlik kuchlaridan yuzaga keladi. Bu kuchlar juda kam xollarda mustaqil ta’sir ko’rsatadi, odatda bir-biri bilan turli kombinatsiyalarda yuzaga keladi. Maxsuldor qatlamlarning energetik resurslari haqida unda qatlam bosimini o’zgarishi bo’yicha xulosa qilinadi. Bosim qancha yo’qori bo’lsa qatlamning energetik resurslari shuncha katta bo’ladi va neft va gaz uyumlarini ishlatish shuncha samarali bo’lishi mumkin. Qatlamdagi bosimlar farqi neft va gazni qatlam bo’ylab quduqlarga harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.


    Respublikamizdagi va chet ellardagi konlarning boshlang’ich qatlam bosimi kattaliklari shuni ko’rsatadiki, u chuqurlik oshishi bilan har 10 metrga 0,08-0,12 MПa ga oshadi, o’rtacha 10 metrga 0,1 MПa ni tashkil etadi. Bu gidrostatik bosimga ya’ni urganilayotgan qatlamdan quduq ustigacha (og’zigacha) balandlikdagi zichligi 1 g/sm3 chuchuk suv ustuni bosimiga muvofiq keladi.
    Lekin Ozorbayjon, O’rta Osiyo va hamdo’stlik mamlakatlarining boshqa xududlaridagi bir qator konlardagi bosim gidrostatik bosimdan ahamiyatli darajada yuqori. Bu yuqorilik tog’ bosimini yuzaga kelishi, tektonik harakatlar natijasida birlamchi qatlam bosimini saqlab qolgan neft va gaz uyumlarining chuqurligini kamayishi, hamda qatlamni quyida yotgan katta bosimli qatlamlar bilan tektonik yoriqlar orqali aloqada bo’lishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bundan tashqari gidrostatik bosimdan yuqori qatlam bosimi katta balandlikka ega bo’lgan gaz uyumlarida suv va gazning zichligi orasidagi katta farqning hisobiga kuzatiladi. Tog’ bosimi katta chuqurliklarda (3,5-4 km. dan ortiq) juda katta ta’sir qiladi.
    Qatlam bosimi kattaligi u gidrostatik bosimdan yuqori bo’lgan hollarda quduqlarni meyorida o’tishni amalga oshirish uchun juda muhim ahamiyatga ega. Burg’ilashning texnologik rejimi ko’p tomonlama qatlam bosimining kattaligiga bog’liq.
    Hozirgi vaqtda quduqlarni burg’ilash jarayonida bosim ko’rsatkichlarini bashoratlashning turli usullari ishlab chiqilgan. Bu usullarning ayrimlari kon geofizikasi tadqiqotlariga asoslanib maxsuldor qatlam burg’ilash asbobi bilan ochilgunga qadar qatlam bosimi aniqlanadi. Neft va gaz quduqlarini burg’ilash bo’yicha mutaxassislar shuni bilishi kerakki, tog’ bosimi vertikal quduq tanasini kesib o’tadigan yo’nalishda ham yuzaga keladi. Bunday hollarda gorizantalga yaqin bo’lgan yo’nalishda tog’ jinslarini siljishiga olib keladigan yonlama tog’ bosimini o’rganish lozim. Bunday siqilish murakkab burg’ilash sharoitlariga olib kelishi mumkin.
    Kon amaliyotida qatlam bosimining kattaligini aniqlash uchun bosim quduq tubida turli sharoitlarda o’lchanadi. Quyidagilar farqlanadi:
    Boshlang’ich qatlam bosimi – maxsuldor qatlamni ahamiyatli miqdorda flyuidlar olingunga qadar birinchi ochgan ishlamayotgan quduq tubida o’lchangan bosim ;
    joriy dinamik qatlam bosimi – qatlamdan flyuidlar oqimi to’xtatilgandan so’ng ishlamayotgan quduq tubidagi statik bosim;
    quduq tubi bosimi – ishlayotgan quduq tubida o’lchangan bosim.
    Uyum maydonining turli qismlarida maxsuldor oraliqni ochgan quduqlarda chuqurliklar farqi sababli qatlam bosimi xatto ishga tushirishga qadar turlicha bo’ladi. Shuning uchun zaxiralarni hisoblash, ishlatishni loyihalash va tahlil qilishda, hamda turli gidrodinamik hisoblarda shartli yuzaga nisbatan olingan keltirilgan qatlam bosimidan foydalaniladi. Ko’pincha bunday yuza sifatida SNCh ning boshlang’ich holati qabul qilinadi. Neft quduqlari uchun keltirilgan bosim quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
    (h SNCh - hn n
    Pkel. = Pn + -------------------
    100
    bu yerda, Pn – neft qudug’idagi qatlam bosimi, MПa ;
    h SNCh – suv neft chegarasi yuzasining mutloq chuqurligi, m;
    hn – quduqda qatlam bosimi o’lchangan nuqtaning mutloq ko’rsatgichi, m;
    ρnneftning zichligi, kg/m3.
    Alohida quduqlar bo’yicha qatlam bosimi (SNChga keltirilgan) haqidagi ma’lumotlar qatlam bosimi xaritasini tuzish uchun foydalaniladi. Bu xarita izobar xarita deb yuritiladi. Bu xaritalar bo’yicha butun uyum va uni alohida qismlarining o’rtacha qatlam bosimi kattaligi hisoblanadi. Izobar xaritasining tahlili uyumning yangi quduqlar burg’ilash ko’zda tutilgan qismlarida bosim kattaligini baholash imkoniyatini yaratadi.



    Download 235,68 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 235,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi

    Download 235,68 Kb.