• III- BOSQICH
  • IV-BOSQICH: IV-BOSQICH
  • Sana: sentabr Sinf: 8 Fan: Informatika




    Download 11.02 Mb.
    bet1/17
    Sana26.12.2019
    Hajmi11.02 Mb.
    #5375
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    “Tasdiqlayman”

    Maktab direktorining o’quv ishlari

    bo’yicha o’rinbosari

    _____________________________

    (imzo, sana)
    Sana: ____________ sentabr Sinf: 8 Fan:Informatika.

    Mavzu: Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati.

    Maqsad:

    Ta`limiy maqsad: O'quvchilarga Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.

    Ta`rbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Kompyuterlar.haqida tushuncha berish.

    Rivojlantiruvchi maksad: Mavzu bo’yich qo’shimcha ma’lumotlar berish.

    Dars turi: Interfaol:

    Dars metodi: Savol-javob,ko’satmalilik, tarqatma materiellar.

    Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.

    I-BOSQICH:

    Darsni tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqt (2 minut)

    Salomlashish, sinf xonasi holati, o’quvchilar davomati, o’qituvchi foydalanadigan ko’gazmalarni bir tizimga solish, sinf axborotini tinglah.

    Sinfda o’quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish .



    II-BOSQICH:

    O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqt 7 min



    7-sinfda o`tilgan mavzular yuzasidan savol javob o`tkaziladi..



    III- BOSQICH:

    Yangi mavzu mazmuni tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqt 12 min

    Axborot jamiyatni rivojlantiruvchi va uning taraqqiyotiga asos bo‘luvchi muhim vosita hisoblanadi. Shu kabi axborot insoniyat tarixida eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lsa, jamiyatni kompyutyerlashtirish esa iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishda asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli–tuman ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutadi. Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea–hodisalar va jarayonlarning bir–biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabati va mohiyatini tahlil etish, o‘z hayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan–ko‘p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariyat amaliyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyatsiz, nazariyat esa amaliyotsiz mavjud ham bo‘lmaydi, rivojlanmaydi ham.

    Savodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritish emas, balki jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdagi usul va vositalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishdir.

    Mazkur ehtiyoj doim mavjud bo‘lavyeradi va biror bir axborotli muhit doirasida qondiriladi.

    «Axborotli muhit» tushunchasi hozirgi kunda informatika masalalarini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Insoniyatni o‘rab turgan muhit o‘z xislatlariga ko‘ra turlicha– tabiiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy, oilaviy va psihologik bo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i, bular har birimiz yashaydigan bir butun muhitning turli «tekislik»laridir. Mazkur «tekislik»larning markazida turadi va ular barcha axborotli oqimlarni boshqaradi; voqelikning moddiy axborotli muhitni boshqarish vositalari – enyergetik tomonlarini to‘ldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

    Jamiyatda odamlar o‘rtasidagi aloqa faktori, bilimlar o‘rtasidagi «ko‘prik» – bu axborotdir. Demak, bilimni «o‘zim uchun» axborotga aylantirish (va aksincha) mexanizmi axborotli muhitni vujudga keltirishda alohida o‘rin egallaydi.

    Jamiyat ahborotli muxitini tashkil qilishda muxim o'rin tutgan zamonaviy bosmaxonalarning ish faoliyati kompyutyer texnologiyalariga asoslanib olib borilayotgan bo'lsa, qadimda asosan qo'l mahnati bilan amalga oshirilgan.


              Bugungi kunda ijtimoiy turli ko‘rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo‘lib, uning jamiyatda tutgan o‘rni beqiyosdir.

    Oxirgi davrda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu esa, o‘z navbatida, EHMning yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ldi.


             Respublikamizda axborotlashtirish keng yo‘lga qo‘yilishi bilan, undagi har bir fuqaroga kyerakli axborotni kyerakli paytda, kyerakli miqdorda, kyerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyutyer texnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar (telefon tarmog‘i, modem va boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

    Axborotlarni tez, sifatli yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda hisoblash texnikasining xizmati beqiyos ekanligiga ishonch hosil qilinmoqda.



    IV-BOSQICH:

    Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqt

    14 min

    Aqliy hujum metodidan foydalanib yangi mavzu yuzasidan savollar beriladi.



    1.Hisoblash tehnikasi necha davrni o`z ichiga oladi?

    2.Birinchi tabiiy hisoblash vositalariga misollr keltiring?

    3.Birinchi mehanik hisoblash mashinasini kim loyihalashtirgan?
    V-BOSQCH:

    Darsga yakun yasash, baholash metodlari va ajratilgan vaqt 7 min

    O’qituvchi o’quvchilar bajargan ish va og’zaki javoblar va kompyuterda ishlashiga qarab baholaydi, baholarni e’lon qiladi.

    O’qituvchi o’quvchilarning savollariga javob qaytaradi.

    Darsni yakunlash.

    VI-BOSQICH:

    Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqt 2 min

    O’tilgan mavzuni o’qib o`rganib kelish.1-dars 5-10 bet

    Oqituvchining ismi, sharifi: Buvanazarova Saodat

    Imzosi: / / Dars ishlanma yozilgan sana: ____________

    “Tasdiqlayman”

    Maktab direktorining o’quv ishlari

    bo’yicha o’rinbosari

    _____________________________

    (imzo, sana)


    Sana: ____________ sentabr Sinf: 8 Fan:Informatika.

    Mavzu: Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati.



    Maksad:

    Ta’limiy maksad: O’quvchilarga Kompyuterlar. va uning vazifalarini haqida tushunch berish

    Tarbiyaviy maksad: O’quvchilarni Kompyuterlar.haqida tushuncha berish.

    Rivojlantiruvchi maksad: Mavzu bo’yich qo’shimcha ma’lumotlar berish.

    Dars turi: Interfaol:

    Dars metodi: Savol-javob,ko’satmalilik, tarqatma materiellar.

    Dars jihozilari: Kompyuter va uning qurilmalari, darslik, Web-sayt.

    I-BOSQICH:

    Darsni tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqt (2 minut)

    Salomlashish, sinf xonasi holati, o’quvchilar davomati, o’qituvchi foydalanadigan ko’gazmalarni bir tizimga solish, sinf axborotini tinglash, o`quvchilardan dunyo habarlarini eshitish.

    Sinfda o’quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish .



    II-BOSQICH:

    O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqt 7 min

    1.Hisoblash tehnikasi necha davrni o`z ichiga oladi?

    2.Birinchi tabiiy hisoblash vositalariga misollr keltiring?

    3.Birinchi mehanik hisoblash mashinasini kim loyihalashtirgan?

    4.Bebbij mashinasining hisoblash tehnikasi rivodagi ahamiyati haqida so`zlab bering?



    III- BOSQICH:

    Yangi mavzu mazmuni tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqt 12 min








    IV-BOSQICH:

    IV-BOSQICH:
    Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqt

    14 min


    Aqliy hujum metodidan foydalanib yangi mavzu yuzasidan savollar beriladi




    Download 11.02 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 11.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana: sentabr Sinf: 8 Fan: Informatika

    Download 11.02 Mb.