• I. Tashkiliy qism
  • Sana tasdiqlayman O’ishbdo’. Usmonov. H informatika 1 – dars. Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi Maqsad




    Download 132,41 Kb.
    bet1/5
    Sana25.12.2019
    Hajmi132,41 Kb.
    #4813
      1   2   3   4   5

    Toshloq4m.zn.uz


    SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’. USMONOV.H

    _______________________________

    Informatika-8. 1 – dars.

    Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi

    Maqsad:

    Ta’limiy:O`quvchilarga hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berish

    Tarbiyaviy:O`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik va estetik tarbiya berish;

    Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning AKT dan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.

    DTS: O’quvchilarning hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi haqida ma’lumotga ega bo`lishadi.

    Kompetensiya:

    (TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    (FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.
    Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.

    Dars jihozi: Bur, tarqatma materiallar, 8-sinf darsligi, jadvallar.

    Texnik jixozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.

    Darsning blok chizmasi



    Dars bosqichlari

    Vaqt

    Usullar

    1

    Tashkiliy qim

    3 daqiqa




    2

    O’tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    Savol-javob, klasster, test

    3

    Yangi mavzu ustida ishlash

    17 daqiqa

    Ma’ruza, aqliy xujum

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    15 daqiqa

    Klasster, blits-savol, test

    5

    Yangi vazifa

    3 daqiqa






    Darsni borishi:

    I. Tashkiliy qism


    1. Sinfni darsga tayyorlash;

    2. Davomatni aniqlash;

    II. Takrorlash.

    1. Pozitsiyali sanoq sistemasi deganda nimani tushunasiz?

    2. Pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemasi deganda nimani tushunasiz?

    3. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash.

    4. Axborotlarni o`lchashs

    5. Axborotni izatish tezligi

    III. Yangi mavzu bayoni.

    Eramizdan avval IV asrda yashab o’tgan Arastu (Aristotel) o’zining asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan. Bu yo’nalishning rivojiga Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) belgili mantiq yo’nalishini kashf etish bilan katta xissa qo`shdi. Ingliz matematigi Jorj Bul (1815-1864) Leybnitsning bu g’oyasini “Mantiqning matematik tahlili” asarida (XIX asr) yanada rivojlantirdi. E’tiborli tomoni shundaki, Jorj Bulning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi. Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo’nalishi vujudga keldi.Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi. Chunki, zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog’liqlik asosida ishlaydi.

    Hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy“Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”, “Hind hisobi haqida kitob” va “Qo‘shish va ayirish haqida kitob” asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo’shganligini e’tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy o’z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan vamukammallashtirgan, arifmetik amallarni bajarish tartib qoidalarini ishlab chiqqan hamda algoritm nazariyasiga turtki bergan va algebra faniga asos solgan.
    Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo’lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash prinsipi (tamoyili), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

    1. Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr;

    2. Mexanik mashinalar davri;

    3. Elektromexanik mashinalar davri;

    4. Elektron hisoblash mashinalari davri.

    Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr. Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Lekin, bilasizki, bu vositalar yordamida ikki yoki undan ortiq raqamli sonlar ustida oddiygina qo‘shish amalini bajarish ham juda qiyin ish yoki buni umuman imkoni yo’q. Hisoblash bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun insonlar asta-sekin turli sun‘iy hisoblash vositalarini ixtiro eta boshlashdi. Shubhasiz, birinchi hisoblash vositalari eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho’pxat (ya’ni, birka – belgi qo’yib biror narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha, taxtacha) va eramizdan 5-4 asr avval yunonlar (qadimgi greklar) foydalangan abakdir. Abakka o’xshash vosita boshqa xalqlarda ham foydalanilgan bo’lib, yaponlarda – serobyan, xitoylarda – suan-pan, ruslarda – cho’t deb atalgan.

    2. Mexanik mashinalar davri.

    Nemis matematigi Vilgelm Shikkard 1623-yili loyihalashtirgan moslamadan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonadan Leonardo da Vinchining nashr etilmagan qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo‘sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida yasalganda qurilma qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi mashina ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunga asosan uyg‘onish davrining buyuk rassomi, italiyalik matematik Leonardo da Vinchi (1452–1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi.

    1642-yilda fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal qo’shish va ayirish amallarini bajara oladigan “Paskalina” nomini olgan mexanik mashina yasadi. 1642­–1645-yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini ixtiro etdi. Ularning 1645-yilda yasalgan eng mukammali «arifmetik mashina» yoki «Paskal g‘ildiragi» deb nomlandi. Bu qurilma sonlarni “eslab” qolardi va 4 arifmetik amalni bajara olardi.

    Yuqoridagi barcha mexanik qurilmalar qo’l bilan harakatga keltirilar edi. Ingliz matematigi Charlz Bebbij 1822 yilda bug’da ishlaydigan va hisoblash jadvallarini chop eta oladigan ayirmali mashina ixtiro etdi. U dastur bilan boshqariladigan arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish qurilmali hisoblash mashinasi g’oyasi asoschisidir. Ch.Bebbijning bu g’oyasi hozirgi kompyuterlarning tuzilishiga asos bo’lgan. U bilan birga ishlagan ingliz matematigi Ada Avgusta Lavleys (Bayron) Bebbij mashinasi uchun birinchi dasturlarni ishlab chiqdi va ba’zi tushuncha va atamalarni kiritdi. Lekin, o’sha zamon texnologiyasining chegaralanganligi sababli g’oya hayotga tatbiq etilmay qoldi.

    Yuqoridagi ixtirolar asosida quyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:

    1. Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?

    2. Hisoblash uchun boshlang‘ich qiymarlarni mashinaga qanday usulda kiritish kerak?

    3. Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?

    4. Amal bajarish davomida o‘nliklarni qanday qilib o‘tkazish kerak?

    5. Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?



    Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. 1831 yilda amerikalik J.Genri elektromexanik rele ixtiro qildi. 1918 yilda bir-biridan bexabar holda rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich va ingliz olimlari V.Ikklz va F.Jordantrigger deb atalgan elektron rele ixtiro etishdi.

    1930-yilda Vannevar Bush elektromexanik releda yig‘ilgan hisob­lash mashinasini yasadi. 1941 yilda nemis muhandisi Konrad Suze elektromexanik releda yig’ilgan Z3 nomli hisoblash mashinasini yasadi. Uning mashinasi quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib turardi: dastur asosida boshqariladi, ikkilik sanoq sistemasida ifodalangan qo’zg’aluvchan nuqtali sonlar ustida amallar bajaradi, mantiqiy sxemaga asoslangan. 1944 yilda Govard Eyken “Mark-1” nomli elektromexanik releli, dastur asosida ishlaydigan mashina yasadi.

    Elektromexanik mashinalar elektromexanik rele asosida yasalgani uchun yetarlicha ishonchli emas edi. Ingliz olimi Jon Fleming 1904 yilda diodni (grek. di – ikki, hodos – yo’l) ixtiro etdi. Amerikalik muhandis Li de Fores 1907 yilda triod – elektron vakuumli lampani kashf etdi. Hisoblash texnikasining keyingi rivojiga diod va triodning kashf etilishi katta ta’sir ko’rsatdi.

    Elektron hisoblash mashinalari davri. 1946 yilda birinchi bo‘lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 300 kvadrat metrli joyni egallagan, qariyb 18 mingta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni (Electronic Numerical Integrator And Calculator) qurishdi. U sekundiga 300 ta ko’paytirish va 5000 ta qo’shish amalini bajara olardi. Uning tezligi elektromexanik releli mashinalarga nisbatan 1000 marta katta edi. Shu bilan “ENIAC” elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.

    IV. Mustahkamlash.


    1. Hisoblash texnikasi necha davrni o'z ichiga oladi?

    2. Birinchi hisoblash vositalariga misollar keltiring.

    3. Dastlabki, eng sodda sun'iy hisoblash asboblarini aytib bering. Abak va Neper tayoqchalari bir iridan qandayfarq qiladi?

    4. Birinchi mexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirganolim kim?

    V. Uyga vazifa

    1-mavzu. 1-5-savollar


    SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’. USMONOV.H

    _____________________________

    Informatika-8. 2 – dars.

    Mavzu: Kompyuterlar

    Maqsad: O`quvchilarga Kompyuter avlodlari va tuzilishi haqida ma’lumot berish

    DTS talabi: shahsiy kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, adres, mashina so`zi, protsessor, platalar, portlar haqida tushunchaga ega bo`lish.

    Darsning jihozi: 8-sinf darsligi, kopmyuterlar unin qurilmalari, dars taqdimoti
    Kompetensiya:

    (TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    (FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.

    Darsning borishi

    I. Tashkiliy qism


    1. Sinfni darsga tayyorlash;

    2. Davomatni aniqlash;

    II. Takrorlash.

    1. Hisoblash texnikasi necha davrni o'z ichiga oladi?

    2. Birinchi hisoblash vositalariga misollar keltiring.

    3. Dastlabki, eng sodda sun'iy hisoblash asboblarini aytib bering. Abak va Neper tayoqchalari bir iridan qandayfarq qiladi?

    4. Birinchi mexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirganolim kim?

    5. Elektron hisoblash mashinalari davriga asos solgan dastlabki EHM nomi?

    III. Yangi mavzuni organish.

    Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo’lib, ular quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta’minoti.

    1947-yilda Bell laboratoriyasinig xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor ishlab chiqildi. Endi bu element asosida EHMlar o’lchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi, tezligi o’nlab marotaba ortdi. Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi. 1957 yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi integral sxemani ishlab chiqdi. Tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli qisqa davr ichida EHMlarning quyidagi jadvalda qiyoslamasi berilgan to‘rt avlodi ishlab chiqarilgan.


    Avlodlar

    Asosiy

    element


    Amal bajarish

    tezligi


    Kiritish-chiqarish qurilmasi

    Dasturiy ta’minot

    Shu avlod

    EHMiga misol



    1-avlod

    1946-1955



    Elektron

    lampa


    1 sekundda

    10-20 ming



    Boshqarish pulti, perfokarta

    Mashina tili, dasturlash tili

    ENIAC, MESM,

    MINSK-1, URAL



    2-avlod

    1956-1965



    Tranzistor

    1 sekundda

    100-500 ming



    Perfokarta,

    perfolenta, magnitli baraban



    Dispetcher va paket sistemasi,

    IBM 707, BESM-6

    MINSK-22


    3-avlod

    1966-1974



    Integral

    sxema


    1 sekundda

    2106 gacha



    Videoterminal

    sistemasi



    Operatsion sistemalar

    IBM 360,

    EC-1030


    4-avlod

    1975 -…


    Katta

    integral


    sxema

    1 sekundda 108

    va yuqori



    Rangli grafik displey

    Ma’lumotlar ombori, ekspert sistemasi

    PRAVETS, IBM,

    Pentium


    Narxiqimmathamdao’lchamikattaEHMlargako’psonlimuhandislarvadasturchilarxizmatko’rsatishgan. Bundayhisoblashmashinalariningoddiyinsonxonadonigakiribkelishiuchunnarxiniarzonlashtirish, o’lchamlarinikichiklashtirish, o’rnatilgandasturasosidadasturchilarsizmustaqilishlatilishimumkinbo’lganholatgakeltirishzarurbo’ldi.Bu rivojlanish shaxsiy kompyuter (PC – Personal Compyuter) atamasi bilan bog’langan.

    Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.

    Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan.Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o‘yinchoq sifatida qabul qilindi.Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi «Apple Computer» firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi.Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.

    Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ular­ning tashqi ko‘rinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (ya’ni apparatli ta’minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Har qanday kompyu­terning apparatli ta’minoti asosiyvaqo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo’shimcha imkoniyatlar beradi.

    Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo‘shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol bo‘ladi.

    Sistema bloki, asosan, g’ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.

    Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining o‘ramlari) yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko‘rsatadi: berilganlar (berilgan ma’lumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.

    Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi. Ketma-ket port protsesordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko’p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo’lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.

    Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat o’qish uchun xotira)mikrosxema ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, quvvat manbaiga bog’liq bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.

    Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog‘lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.

    Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini 10 mm kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim o‘tkazgichli kristalda (kremniyyokigermaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, ya‘ni o‘ta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida ko‘radigan bo‘lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o‘z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.

    Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz­ryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 millionamal) tezlikka ega bo‘lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko‘rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessor­ning razryadlari soni uning bir vaqtning o‘zida baravariga ishlashi mumkin bo‘lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlarkeng qo‘llanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlarkabi vositalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko’p yadroli turlari ishlatilmoqda.

    Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:



    • arifmetik-mantiqiy qurilma;

    • ma’lumotlar va adreslar shinasi;

    • registrlar;

    • buyruq jamlagichi;

    • kesh, ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira;

    • qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.

    Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya’ni bir vaqtning o‘zida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.

    Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o‘qish va bajarish, natijani yozib qo‘yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa­rishni amalga oshirish, ma’lumotlarni zarur joydan o‘qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.

    Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma’lumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta’minlovchi qurilma ekan.

    Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o‘chib ketadi.

    Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr – ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda «1» ni, zaryadlanmagan holatda «0» ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya‘ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o‘z tartib raqamiga, ya‘ni adresiga ega bo‘ladi.Uyachaning sig‘imi mashina so‘zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so‘zining uzunligi baytlarda o‘lchanadi. Mashina so‘zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo‘lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so‘zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o‘z adresiga ega, u esa shu uya­chadagi boshlang‘ich bayt adresi bilan ifo­dalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov bo‘yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati mavjud.

    Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo’lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko’rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.



    Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o’z mikroprotsessoriga ega bo’lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o’zgartirish va chiqarishida diskret-analogli o’zgartirishni ta’minlaydi.

    Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata. Bu plata o’z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo’ladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch o‘lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko’p dasturlar va o‘yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig’imli video-kartalar bilangina ishlaydi.

    Tarmoq platasi – kompyuterni tarmoqqa ulash imkonini beradi. Tarmoqlarga oid ma’lumotlarni 7-sinfda olgansiz.

    IV. Mustahkamlash.

    1. Hisoblash texnikasi rivojining nazariy asosi haqida so’zlab bering.

    2. Qanday ixtirolar kompyuter texnikasining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan?

    3. EHM lar avlodlari haqida so’zlab bering.

    4. Kompyuterning asosiy qurilmalari haqida so’zlab bering.

    5. Asosiy plata haqida to’liq ma’lumot bering.

    6. Doimiy xotiraning vazifasi nima?

    7. Protsessorlar haqida so’zlab bering.

    8. Tezkor xotira nimalardan tashkil topgan?

    9. Tovush, video va tarmoq platasi haqida nimalarni bilasiz?

    Masqlar

    1. Adreslar shinasi 16 razryadli bo‘lsa, adresli soha hajmini ifodalang (yo’llanma: 1 razryad 1 bitli axborot saqlaydi).

    Yechilishi: 216= 65536 bit


    1. Agar ekran sohasi 800x600 nuqtali va har bir nuqta 256 rangdan biriga ega bo’lsa, bu sohani saqlash uchun kerak bo’ladigan eng kam videoxotira hajmini Kbaytda ifodalang (yo’llanma: 1 ta nuqtadagi 256 ta rangdan bittasini ifodalash uchun kerak bo’lgan razryadlar soni).

    V. Uyga vazifa. 2-mavzu. 1-9-savollar 3-mashq.


    SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’. USMONOV.H

    ___________________________

    Informatika-8. 3 – dars.

    Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari

    Maqsad:

    1. ta’limiy: O`quvchilarga kompyuter texnikasi vositalari –magnit va kompakt disklar, sichqoncha, printer va boshqlar haqida ma’lumot berish;

    2. tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik va estetik tarbiya berish;

    3. rivojlantiruvchi: O`quvchilarning AKT dan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.

    DTS: kompyuter texnikasi vositalarini va ularning vazifalarini bilish.
    Kompetensiya:

    (TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    (FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.

    I. Tashkiliy qism

    1) Salomlashish;

    2) Davomatni aniqlash;

    II. Takrorlash.


    1. Kompyuterning asosiy qurilmalari;

    2. Tezkor xotir va uning tarkibi;

    3. Videoxotira nima?

    4. Protsessornng vazifalari?

    5. Shina va uning turlari;

    6. Port nima uchum kerak?

    III. Yangi mavzuni o`rganish

    Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing.HDD, Hard – qattiq, Disk – disk, Drive – dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Bu xotirani asosiyxotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o’rnatilayotganda shu kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog’lab qattiq diskka yozib saqlanadi. Bundan tashqari shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dasturlari, hujjatlari va boshqa turdagi ma’lumotlari ham shu diskda saqlanadi.

    Qattiq disklarga axborotni yozish va o’qish magnitlash asosida bo’lganligi uchun qattiq magnit disk ham deb atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak (rus. головка), pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bo’lgan bir nechta diskdan (shu bois, ko’potar miltiq nomiga moslab “vinchester” deb ham atashadi) iboratdir. Birinchi vinchester 1973 yil IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

    Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o‘z navbatida, alohida bit sifatida ko‘rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan – “magnit ekvivalenti” deb ham yuritiladi) beriladi. Mazkur nuqtalarning joylashuvi oldindan aniq bo‘lma­ganligi bois, axborotni yozish uchun yozuv qurilmasi nishonlash usulidan foydalanadi. Nishon yozuvning holati va o‘rnini aniqlashga yordam beradi. Mazkur nishonlarning mavjudligi diskka axborot yozishning texnologiyasi asosini tashkil etadi, nishonlar hosil qilinishi uchun esa disk formatlashni talab etadi.Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko’rinishidagi yo‘llarga ajratiladi hamda yo’llarni sektorlarga bo’linadi.Axborot disk sektorlarining yo’llari bo’ylab yoziladi. Sektor va yo‘llar o‘z tartib raqamlariga egadir. Diskning har bir sektorida identifikatsiya qilish uchun adres maydoni deb ataladigan joy ajratiladi, qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Bu qurilma changdan, namlikdan va boshqa tashqi ta’sirlardan juda yaxshi himoyalanganligi sababli, boshqa disklarga nisbatan yozishning yuqori zichligiga erishiladi. Hozirgi kunlarda qattiq disklarning gigabaytvaterabayt o’lchov birlikli sig’imdagi turlari ishlab chiqarilmoqda.

    Kompyuterga turli sha­kl­dagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari deb yuritiladi. Eng asosiy ma’lumot­larni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga monitor vaklaviatura kiradi.

    Kompyuterga ma’lumotlar va buyruqlarni kiritish usullaridan biri klaviaturada joylashgan klavishlardan foydalanishdir. Aniq bir klavishni yoki klavishlar birikmasini bosi­lishi aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi. Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan mikrosxema ma’lum bir klavish bosilishida hosil bo‘ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.



    Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta’minlaydi. Monitor matn yoki grafik holatidada ishlaydi. Matn holatida ekran belgi o‘rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo‘linadi. Grafik holatda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to‘plamidan tashkil topadi. Ikkala holatda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar haqidagi ma’lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdorimonitorning imkon darajasi, deb ataladi.Hozirgi davrda grafik adapteri VGA, SVGA, XGA turda bo’lgan monitorlar keng tarqalgan. Monitorlarni yana elektron nurli trubkali, suyuq kristalli (LCD) va plazmali turlarga bo’lishadi.

    Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga axborot tashuvchi vositalarbilan bevosita bog’liq bo’lgan strimer, diskyurituvchi, optik disk qurilmasi, USB-yig’uvchilar ham kiradi. Kompyuterdagi ma’lumotlarni biridan ikkinchisiga tashib o’tkazish va ma’lumotlarni kompyutersiz uzoq vaqt saqlab turish uchun maxsus xotira vositalari ishlab chiqarilgan bo’lib, ularni axborot tashuvchi vositalar yoki tashqi xotiralar deb atashadi. Axborot tashuvchi vositalarga axborot saqlanadigan muhitning fizik, kimyoviy va mexanik xossalarini o’zgartirish orqali yoziladi. Ular tuzulishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:




    magnit tasma

    egiluvchan magnit disk (EMD)

    optik disklar

    flash-xotira


    Magnit tasmalardan, odatda, zaxiraga nusxalash va katta hajmli axborotlarni (arxivda) saqlash uchun foydalaniladi. Magnit tasma sirti magnitlanuvchan maxsus qatlam bilan qoplangan. Unga axborot yoshish va undan axborotni o’qish huddi magnitofonlardagi kabi magnit kallak yordamida amalga oshiriladi. Magnit tasmalarga axborot yozish va o’qish qurilmasi strimerdeb ataladi.

    Egiluvchan magnit disklar – (yoki, qisqacha) disketlar, asosan, ikki xil bo‘lib, himoya g’ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka – disk diametrlari bilan farqlanadilar (3,5 dyumli– 89 mm, 5,25 dyumli – 133 mm). Ularning sig’imini uning g‘ilofida ko‘rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. Odatda, 3,5 dyumli disketning axborot sig‘imi 1,44 Mbayt ni, 5,25 dyumli disket uchun esa 1,2 Mbayt ni tashkil etadi. Disk yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) magnitlanuvchan qatlam bilan qoplangan. Disketda axborot magnit tasma kabi magnit kallak yordamida yoziladi va o’qiladi. Himoya g’ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo’lsa undagi axborotni faqat o’qish mumkin bo’lib, u disketdagi axborotni o’chirish va o’zgartirishdan saqlaydi.

    Egiluvchan magnit disk bilan ishlash qurilmasi FDDni (Floppy – egiluvchan) qisqacha diskyurituvchi deb atashadi. Diskyurituvchiga qo’yilgan disketga murojaat qilish uchun A: nom o’zlashtiriladi. Diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan.Ularning biri himoya g’ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o’qish-yozish kallagini disk yuzasi ustida radius yo’nalishida harakatlantiradi.



    Optik disklar yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo’lib, ularga axborot CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmalari orqali yoziladi va o’qiladi. CD (ing.Compact – zich) kompakt disk, DVD (ing.Digital VersatileDisk) – raqamli universal disk deb o’qiladi.

    Optik disklar spiralsimon bitta yo’lga ega.Axborot alohida sektorlarga lazer nuri orqali disk yuzasini kuydirib baland-past iz hosil qilish orqali yoziladi.Axborotni o’qish jarayonida balandliklar lazer nurini akslantirgani uchun “1”, pastliklar nurni yutgani uchun “0” kabi qabul qilinadi.DVD-ROM qurilmasining lazer nuri to’lqin uzunligi CD-ROM qurilmasiga nisbatan qisqaroq.Shu sababli DVD diskka zichroq, ya’ni ko’proq, axborot yoziladi.

    Optik disklar 120 mm yoki 80 mm diametrli o’lchamda bo’ladi. CD disklar axborot sig’imi 1 Gbaytdan kichik (odatda, 680-720 Mbayt), DVD disklar axborot sig’imi bir necha Gbayt (odatda, 4,7 Gbaytdan 17 Gbaytgacha) bo’ladi. Agar optik disk yorlig’ida “R”, ya’ni Recordable yozuvi bo’lsa – bir marta yozish va ko’p marta o’qish mumkin, “RW”, ya’ni ReWritable yozuvi bo’lsa – ko’p marta yozish va ko’p marta o’qish mumkin.

    DVD lar bir yoki ikki ishchi tomonli bo’lishi mumkin. Har bir tomonida esa yana bir yoki ikki ishchi qatlam bo’lishi mumkin. Ikki ishchi qatlamli disklarda birinchi qatlam yarim shaffof bo’ladi.Ikkinchi ishchi qatlamdagi ma’lumotlar birinchi qatlamni “ichidan o’tib” o’qiladi.

    Birinchi CD-ROM standarti 1984 yil Sony va Philips kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi CD-RW texnologiyasi esa 1996 yilda shu va boshqa bir nechta kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan. Shu o’rinda CD disklarning ishlab chiqarilishi bilan bog’liq kompyuterlarning imkoniyati haqida aytmay iloji yo’q.

    Multimedia – matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasidir. Multimedia uchun zamonaviy CD–ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987-yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD – ROM Conference) bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audioaxborotli to‘laqonli multimedia paydo bo‘lishining boshlanishi deb hisoblanadi.

    Hozirgi kunda axborotlarni tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri USB-yig’uvchilar bo’lib flash-xotira va flash-disklar xizmat qilmoqda. USB-yig’uvchilar – ko’p marta yoziladigan yarim o’tkazgichlixotiradir. Ular integral mikrosxemalar asosiga qurilgan bo’lib, mexanik harakatla­nuvchi qismlardan holidir.Flash-xotiraning axborot sig’imi 16 Mbaytdan bir necha o’n Gbaytgacha bo’lgan turlari mavjud. Flash-xotira va flash disklarning kun sayin axborot sig’imi kattalari ishlab chiqarilmoqda.



    Printer – ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish qurilmasi. Hozirgi kunda printerlarning uch turi mavjud: bosma (matritsa-o‘yma qolipli), purkovchi, lazerli. Printerlarning bosma turi hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi.

    Purkovchi printer qog‘ozga chiqariladigan ma’lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo‘li bilan hosil qiladi.

    Lazer printeri ma’lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta’sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog‘ozga chiqariladigan axborotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma‘lumot chop etsa, lazer printerining bu ko‘rsatkichi o‘n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma‘lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.

    Plotter (grafyasagich) – chizmalarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma.Qog‘ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300300 sm o‘lchamgacha bo‘lgan katta qog‘ozlarga ham chiqarilishi mumkin.

    Skaner – fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiri­tish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda stol usti skanerlari va qo‘l skanerlari keng tarqalgan.

    Web-kamera eng zamonaviy vositalardan biri bo’lib, “ko’zchasi” qamrovidagi harakatli video axborotlarni kompyuter xotirasiga o’tkazish uchun xizmat qiladi.Uning yordamida jonli telekonferensiyalar o’tkazish mumkin.

    Yurgichni boshqarish va qo‘shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: sichqoncha, trekbol, joystik. Sichqonchaning sharchali va optik turlari mavjud. Ular biror sirt bo‘ylab surib yurgizilganda sharcha harakatiga yoki qaytgan nurga mos signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda sichqoncha ko’rsatkichining mos harakatlari yuzaga keladi. Sichqonchada o‘rnatilgan tugmalar ko‘magida boshqaruvchi buyruqlarni jo‘natish mumkin. Trekbol – “sichqoncha”ning to‘nkarib qo‘yilgan holatiga o‘xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko‘chma kompyuterlarda foydalaniladi.Joystik – tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o‘yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo‘llanadi.



    Download 132,41 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 132,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana tasdiqlayman O’ishbdo’. Usmonov. H informatika 1 – dars. Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi Maqsad

    Download 132,41 Kb.