“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-2, November - 2022
88
“SHAHAR HUDUDINI RIVOJLANTIRISHDA AHOLI PUNKTLARI
YERLARINING TARKIBI”
Tursunov Suhrob Ro‘zimurod o‘g‘li
“TIQXMMI” MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
Annotasiya:
Maqolada Shahar hududini
rivojlantirishni boshqarish, shahar
hududidagi qurilmalar tarkibini maqbullashtirish va boshqalar. Ammo, shahar
hududini mintaqalashda qo‘llanladigan “kadastr”, “iqtisodiy” va “soliq”
mintaqalashtirish baholash ko‘rsatkichlarini tabaqalashtirish
uchun uslubiy jihatdan
noto‘g‘ri baholash natijalarini buzib ko‘rsatuvchi usuli haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Qiymat baholash, aholi punktlari,
yerlarni bantirovkasi, soliq
stavka,
Kirish.
Aholi punktlari yerdan foydalanishini axborotli ta’minotining o‘ziga
hosligi shaharlar va pasyolkalar yerlari kadastrini yuritishning qator hususiyatlarini
o‘z ichiga oladi. Ushbu yerlarni xisob qilishning o‘ziga
hos hususiyati shundan
iboratki, shaharlar va pasyolkalarda kichik maydonli yer uchastkalariga ega bo‘lgan
(qishloq xo‘jaligi korxonalariga nisbatan) ko‘p sonli yerdan foydalanuvchilar
to‘plangan. Bu esa o‘z navbatida ancha yirik masshtabli xarita materiallaridan
foydalanishni yerda turib
tasvirga olish zaruriyatini, nisbatan murakkab
kodlashtirishni, yer uchastkalar maydonlarini bog‘lash va aniqlashni,
yer hisobida
ancha yuqori aniqlikni (boshqa toifa yerlarga nisbatan), mintaqalar bo‘yicha yer
uchastkalarini tabiqlashtirishni talab qiladi. Yerlarni baholash uchun ham qator
hususiyatlar harakterlidir: yerlarni bantirovkasini o‘tkazish zaruriyati (tuproq
bantirovkasidan farqli o‘laroq): “tashqi” va “ichki”omillarning butun majmuasini
hisob
qilish talablari, qaysiki ular yer uchastkalarini iste’mol hususiyatlariga ta’sir
etadilar: shahar pasyolka chegarasidagi turli toifa yerlarni baholash zaruriyati.
Usullar.
Shaharlar
va
pasyolkalarda
katta
miqdordagi
yerdan
foydalanuvchilarning mavjudligi manfaatdor foydalanuvchilar tomonidan kadastr
ahborotlarini katta ishlash,
bir tizimga keltirish, saqlash, yangilab turish, qidirish va
tezkor ravishda yetkazib berishda avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llashni talab qiladi.
Yer kadastrining yuritishninsh o‘ziga hos xususiyatlariga
shuni ham kiritish zarurki
yerlarni baholash uchun maqsadlik kadastri hamda bino va inshootlar kadastrining
zaruriy axborotlaridan foydalanish kerak bo‘ladi, ya’ni sanab o‘tilgan kadastrlar
o‘rtasida yetarli aloqalar mavjuddir. Aholi punktlaridagi
soliq stavkalari yerlarning