• METHODOLOGICAL PRINCIPLES OF FIXED EQUIPMENT AUDIT
  • Shirinov U. A., PhD




    Download 41.96 Kb.
    bet1/2
    Sana22.04.2024
    Hajmi41.96 Kb.
    #204545
      1   2
    Bog'liq
    asosiy-vositalar-auditini-metodologik-asoslari
    Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT

    Shirinov U.A., PhD.
    SamISI Amonov A.A.
    katta o’qituvchi
    SamISI

    ASOSIY VOSITALAR AUDITINI METODOLOGIK ASOSLARI


    Annotatsiya. Maqolada auditning xalqaro standartlari asosida asosiy vositalar auditini tashkil etish, asosiy vositalar auditi maqsadi, audit jarayonida o’rganiladigan hisob raqamlar ochib berilgan.
    Kalit so’zlar: asosiy vositalar auditi, auditning xalqaro standartlari, audit maqsadi, xalqaro standartlar, qayta baholash.


    Shirinov U.A., Ph.D.
    SamIES Amonov A.A. senior lecturer
    SamIES

    METHODOLOGICAL PRINCIPLES OF FIXED EQUIPMENT AUDIT


    Abstract. The article describes the organization of the audit of fixed assets based on the international standards of auditing, the purpose of the audit of fixed assets, the accounts studied during the audit process.
    Key words: audit of fixed assets, international standards of audit, purpose of audit, international standards, revaluation.

    Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ko’plab ma’ruzalarida korxonalar asosiy fondlarini kengaytirish, yangilash va kam eneryiga istemol qiladigan uskunalar bilan ta’minlash masalalari haqida takidlab o’tganlar. Jumladan, 27-aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida quyidagini ta’kidlaganlar: “To‘rtinchi yo‘nalish, industrial rivojlanish. Bugungi kunda O‘zbekiston to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektr texnikasi, mashinasozlik tarmoqlarida yetarli xomashyo va malakali kadrlarga ega. Bu sohalarda ishlab chiqarish va eksportni 2 barobar oshirish uchun yetarli imkoniyatlar bor. Buning uchun yirik brendlar bilan hamkorlik, tashqi bozorlarga chiqish, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar kerak.”67


    Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini kengaytirishda, asosiy fondlarining modernizatsiya qilish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar bilan



    67 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisidagi nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/6223

    jihozlash borasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. 2021 yilda asosiy kapitalga investitsiyalar 239552,6 mlrd. so`mni tashkil etgan.
    16–BHXS “Asosiy vositalar“ga asosan asosiy vositalarni keying baholanishi boshlang’ich qiymat modeli bo’yicha yoki qayta baholash modeli bo’yicha tan olinadi.
    Aktiv sifatida tan olinganidan so’ng, asosiy vosita obyekti jamg’arilgan eskirish va qadrsizlanishdan jamg’arilgan zararlar chegirilgan holda boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinishi lozim.
    Aktiv sifatida tan olinganidan so’ng, haqqoniy qiymati ishonchli tarzda baholanishi mumkin bo’lgan asosiy vosita obyekti keyingi jamg’arilgan eskirish va qadrsizlanishdan keying jamg’arilgan zararlarni chegirgan holda, qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatni aks ettiradigan qayta baholangan qiymatda hisobga olinishi lozim. Hisobot davri oxirida balans qiymatini uning haqqoniy qiymatidan muhim farqlanmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi lozim.
    Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish mijoz korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo’limining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog’lik muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy xujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
    Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo’lib, undagi o’rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

    • asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to’g’riligi; asosiy vositalarning to’g’ri turkumlanishi; asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma’lumotlarining mosligi);

    • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki xujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;

    • asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to’g’riligi); amortizasiya hisoblash usullarini qo’llashning qonuniyligi va to’g’riligi; jadallashtirilgan amortizasiya usulini qo’llashning qonuniyligi; amortizasiya ajratmalari hisob-kitoblarining to’g’riligi; amortizasiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to’g’riligi);

    • asosiy vositalarni tiklashni - ta’mirlash, zamonaviylashtirish va qayta jixozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni xujjatlarda rasmiylashtirish; ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to’g’riligi;

    asosiy vositalarni qayta jixozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarni hisobga olish;

    • asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining xolatini baxolash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o’ziga qarashli (0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslar bo’yicha hisobga olishning tashkil etilishini baxolash;

    • korxonaning o’ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan asosiy vositalar bo’yicha oylik eskirish hisoblanishining to’g’riligini tekshirish (0211-0299-schyotlar). Chunki bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan maxsulot (ish, xizmat)lar tannarxining (2010,2310,2320,2510, schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog’lik bo’lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari)ga va budjetga to’lanadigan foyda (daromad) solig’ining miqdoriga ta’sir etadi;

    • asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi xamda ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog’lik muomalalar bo’yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;

    • asosiy vositalarni xo’jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning korxonada amal qilinayotgan tartibini, korxonada bir yilga qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib chiqqan holda baxolash va tekshirish (asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag’ ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan);

    • agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa, korxonada asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig’i va quvvati bo’yicha korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan xolda tahlil qilish;

    • asosiy vositalarni baxolash va qayta baxolash natijalarini tekshirish.

    Auditor ushbu asosiy masalalarni o’rganib, ularga auditorlik hisobotining tahliliy kqismida baxo berishi va yo’l qo’yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish xollarini bartaraf qilish bo’yicha takliflar berishi lozim.
    Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo’limining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog’lik muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy xujjatlarga hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

    Download 41.96 Kb.
      1   2




    Download 41.96 Kb.