|
Tajriba ishi-4 Diskli mineral o‘g‘itlash apparatini ekish meyoriga o‘rnatish. Ishning mazmuni
|
bet | 1/5 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 92,07 Kb. | | #134506 |
Bog'liq T va KXM tajriba-4
TAJRIBA ISHI-4
Diskli mineral o‘g‘itlash apparatini ekish meyoriga o‘rnatish.
Ishning mazmuni. Mineral o‘g‘it sepish apparatlari konstruksiyasi va rostlashlarini o‘rganish
Kerakli uskunalar va jihozlar: Mineral o‘g‘it sepish apparatlari, ishchi detallari, plakatlar, chizmalar, o‘quv adabiyotlari, odchash asboblari to‘plami.
Ish xajmi: Laboratoriya mashg‘uloti 2 soat auditoriya vaqti va 1soat mustaqil ishlashga modjallangan.
Umumiy ma’lumotlar
Agrotexnik qoidalarda ekinlarga organik va mineral o‘g‘it berishning turli muddatlari va usullari ko‘rsatilgan. Dehqonchilikda olinadigan hosil, ekinning tarkibidagi har xil moddalarni o‘zlashtirib, so‘rib olishi hisobiga yetishtiriladi. Tuproqqa solinadigan o‘g‘itlar tarkibida o‘simlikning rivojlanishi uchun kerak bodadigan fosfor, kaliy, azot, uglerod va boshqa moddalar bodishi kerak.
O’g‘itlar mineral, organik va organik-mineral aralashma kabi turlarga bo‘linadi. Mineral o‘g‘itlar sun’iy usulda tayyorlanib, bir yoki bir nechta kimyoviy elementdan tarkib topadi. O’g‘it tarkibida birgina kimyoviy element bo‘lsa. oddiy o‘g‘it hisoblanadi, agar o‘g‘itning tarkibida azot, fosfor va kaliy elementlari bo‘lsa, u to‘la yoki murakkab o‘g‘it deyiladi. Fosforli o‘g‘itlar - oddiy yoki ikkilamchi superfosfat granula (dona) langan hamda kukunlangan ko‘rinishda tayyorlanadi. Kaliyli o‘g‘itlar - xlorli kaliy, kaliy tuzlari ko‘rinishida tayyorlanadi. Azotli o‘g‘itlardan—ammiak selitrasi va karbamid, ammoniy sulfat va xlorli ammoniyning, suvsiz ammiak, ammiakli suv kabi suyuq o‘g‘itlar keng tarqalmoqda. Kompleks o‘g‘itlar (nitrofaska, ammofos, kaliy selitrasi) tarkibida bir nechta kimyoviy elementlar bo‘lib, ballast aralashmalari ozdir. Kompleks o‘g‘itlar suyuk xolda ham tayyorlanadi.
|
| |