• 1.5. Tashqi ko‘zdan kechirish. 1.1. Dastlabki materiallarni nazorat qilish
  • Tashqi nazorat va vizual nazorat qilish reja




    Download 72.5 Kb.
    bet1/5
    Sana08.02.2024
    Hajmi72.5 Kb.
    #153307
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Lecture-1 ma’ruza tashqi nazorat va vizual nazorat qilish reja
    oferta 10.10.18, Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi», родлар (Автосохраненный), 8-ma’ruza. Fotorezistor, javoblar, Labaratoriya ishi 4, Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz t, DM-PR-06-2022, KURS ISHI ANVARGA, 2- AMALIY SLAYT, Muradov.M(Kompyuter tarmoqlari), PDF Scanner-22 09 2022-11 05 18, final, HISOB, Документ Microsoft Word

    TASHQI NAZORAT VA VIZUAL NAZORAT QILISH

    Reja:
    1.1. Dastlabki materiallarni nazorat qilish.
    1.2. Qurilma va jihozlarni nazorat qilish.
    1.3. Texnologiyani nazorat qilish.
    1.4. Payvandchilarning malakasini nazorat qilish.
    1.5. Tashqi ko‘zdan kechirish.

    1.1. Dastlabki materiallarni nazorat qilish
    Payvand birikmalarning sifati yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun dastlabki materiallarni (asosiy metall, elektrodlar, payvandlash simi, flyuslar, himoya gazlari va x.k.) nazorat qilish zarur. Dastlabki materiallarning sifati sertifikat ma’lumotlari asosida belgilanadi, buning uchun ularning buyumni payvandlashning mazkur texnologik jarayoniga, talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Tashqi nuqsonlar mavjud bo‘lganda, shuningdek sertifikatlar bo‘lmaganda dastlabkm materiallarni faqat kimyoviy tahlil, mexanik sinovlar va payvandlanuvchanlikni aniqlash sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng foydalanishga ruxsat etiladi.
    Quyma zagotovkalar ko‘rinishdagi asosiy metall bo‘shliqlar, cho‘kma rakovinalar va yoriqlarning mavjudligiga tekshiriladi. Payvandlash lozim bo‘ladigan zonalarga alohida e’tibor beriladi. Bu joylar iflosdan, bo‘yoqdan, zangdan va boshqa iflosliklardan yaxshilab tozalanishi kerak. Prokatni qatlamlashuv, quyish, list qalinligining bir hilligi mavjudligiga tekshiriladi.
    Elektrodlar qoplamasi qalinligining bir tekislikdaligi, unda yoriqlar va boshqa mexanik shikastlanishlar mavjudligiga tekshiriladi. Elektron sterjen va qoplamaning erishi xarakterini, shlak ajralishi osonligini va payvand chokining shakllanish sifatini (erigan metallning oquvchanligi, sachrashi) aniqlash uchun sinov payvandlash bajariladi. Elektrodlar amaldagi GOSTlar talablarini qanoatlantirishi kerak.
    Payvandlash simi sirtlarning tozaligiga, mazkur payvandlash texnologik jarayoni uchun noma’qul bo‘lgan qoplamalarning, qatlamlariga ajralishi va zontlarning yo‘qligiga tekshiriladi. Elektrodlar uchun yuqorida eslatib o‘tilgan ko‘rsakichlar bo‘yicha materiallarning sifatini aniqlash uchun tegishli flyuslar yoki himoya gazidan foydalanib, sinov payvandlash bajariladi. Flyuslarni tekshirishda ular zarrachalarning kattaligi va o‘lchamining bir xilligi, ularda ifloslik va boshqa kirishmalarning yo‘qligi aniqlanadi. Himoya gazlarini ularda zararli qo‘shimchalar va namlik yo‘qligi tekshiriladi.
    Payvandlanuvchanlik metallning (yoki metallar qo‘shilmalarining) payvandlashning belgilangan texnologiyasida buyumning konstruksiyasi va foydalanish shartlariga bog‘liq talablarga javob beruvchi birikma hosil qilish xossasidir. Dastlabki materiallarni payvandlanuvchanlikka tekshirishdan avval payvand konstruksiyada u yoki boshqa materiallardan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kerak. Aytilganlarga muvofiq payvandlanuvchanlik ikki holda nazorat qilinadi: materiallarni tanlashda va payvandlash texnologiyasini ishlab chiqishda, ya’ni ishlab chiqarishni loyiha bosqichida tayyorlashda; materiallarni ishlab chiqarish jarayoniga ishga tushirishda, ya’ni ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda. Ikkinchi tekshirish asosiy metall, simning erishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan chetlashishlar, shuningdek, elektrodlar va flyuslarning sertifikatdagi qiymatlaridan og‘ishi bilan bog‘liq.

    Download 72.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 72.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi nazorat va vizual nazorat qilish reja

    Download 72.5 Kb.