O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
«Arxitektura» fakulteti
«Landshaft dizayni va interyer» kafedrasi
Bitiruv malakaviy ishi (loyihasi) ning
TUSHUNTIRISH XATI
Mavzu: Samarqand shahar “Ruhobod” hunarmandlar markazi muhitining dizayn yechimi
Diplomant: Iskandarov F
Rahbar: Qarshiyev F. T
«Landshaft dizayni va interyer»
kafedrasi mudiri: Qurbonov Sh.M
Samarqand-2017
MUNDARIJA
Kirish .......................................................................
Arxitekturaviy rejalashtirish qismi ...........................
Badiiy qismi .............................................................
Hayotiy faoliyat xavfsizligi qismi ............................
Ekologiya qismi ........................................................
Xulosa .......................................................................
Adabiyotlar ro‘yxati .................................................
KIRISH
Samarqand shahrida Go’ri Amir maqbarasining shimol tomonida Ruxobod nomi bilan mashxur bo’lgan bir ajoyib obida qad ko’tarib turibdi.
Bu bino XIV asrning 80-yillarida vafot etgan shayx Burxoniddin Sog’arjiy maqbarasidir. U butun kompozitsiyasi bilan XI-XII asrning inshoatlariga o’xshab ketadi, ammo azimligi, xaybatliligi bilan Amir Temur davriga xos ulug’vor inshoatlar qatoriga kiradi.
Aholi mazkur avliyoga alohida ixlos va extirom bildirib, maqbara va u bilan bog’liq maskanni Ruxobod deb atagan. 19 asrda maqbaraga bog’lab madrasa, xozirgi vaqtda darvozaxona va bir necha xujra saqlangan masjid va minora qurilgan.
Sho’rolar davrida mazkur maskan diniy ziyoratgoh sifatida e’tibordan chetda qolgan, tashlandiq holga kelgan edi. Xujralar qisman buzib tashlangan, guzar masjidida korxona joylashgan. Amir Temur tavalludining 660 yilligi arafasida maqbara atrofida keng ko’lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Ruxobod maqbarasi qayta govjum ziyoratgohga aylandi.
Biz tarixiy bir davrda – buyuk uzgarishlar va yangiliklar davrida yashayapmiz Respublikamizning mustakillikga erishuvchi, bozor iktisodiyotiga utish, shaksiz jamiyatning ishlab chikarishni rivojlanishiga turtki bulib, bu kuchlarning barpo etish, bunyod kilish kabi maksadlarga yunaltiradi. Stagnatsiya va turgunlik, sobik shurolar tuzumi tugatilishi bilan vujudga kelgan va boshka negativ xolatlar asta sekinlik bilan ortda kolmokda. Axoli farovonligi yaxshilanib borishi ommaviy turar-joy va fukarolik kurilishining rivojlanishi uchun kerakli sharoitlar, bu kurilish esa xozirda ob'ektlar sonining oshishi bilangina emas, balki ularning me'morchiligida sifatli uzgarishlar bilan xam davom etmokda. Xayrat va konikish bilan shu narsani kuzatish mumkinki, fakat shaxarda emas balki kishlokda xam nostandart, noodatiy kizikarli badiiy (me'moriy) obrazli ob'ektlar soni ortib bormokda. Individualligi va uziga xosligi bilan ajralib turuvchi ba'zi bir bu ob'ektlar utgan asrlardagi saroy kurilmalari va dangillama uylarni eslatadi. Ba'zilari esa ultrazamonaviylikka intilishadi. Ammo ularning xammasi shaksiz uz egalarining madaniyati va extiyojlarining yukori darajada ekanligini kursatadi, ularning dunyokarashini aks ettiradi va shakllantiradi, uziga xoslikni yaratadi.
Bugungi kunda Toshkent, Samarkand, Buxoro, Fargona, Margilon, Andijon va umuman barcha viloyatlar markazlari kayta kurildi va kurilmokda.
Hunarmandlar markazi tipidagi binolar Markaziy Osiyoda kadimgi davrlardan mavjud bulib, kushni davlatlar bilan savdo-sotik va madaniy alokalar olib borgan. Bu davlatlar uzaro karvon yullari bilan boglanib, savdo-sotikning butun dunyo buylab keng kamrovda rivojlanishi va kadimgi Karvonsaroylar kurilishining shakllanishiga olib keldi.
Karvonsaroylar fakat saxro, chullardagina emas, shaxarlarda, uzok tog kishloklari bilan shaxarlar oraligidagi yullar buyida xam kurilgan. XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyo shaxarlarida, jumladan Buxoroda 60 ta, Toshkentda 45 ta karvonsaroy bulgan. Umuman, karvonsaroylar xox saxro, xox shaxarda bulsin, yulovchilar uchun tuxtash manzili, savdo markazi vazifasini utagan. Samarkand va Buxoro voxalarida bozorlar kadimdan mavjud. Urta Osiyoning kuplab shaxarlarini Buyuk Ipak Yuli kesib utganligi sababli xam savdo-sotik juda yaxshi rivojlangan. Markaziy Osiyo shaxarlarida bozor va karvonsaroylar iktisodiy va kundalik xayotda kata urinni egallab kelgan. Bozor va karvonsaroylarni rivoji va faoliyati bilan boy savdogarlar, mansabdor shaxslar shugullangan. Shark bozorlarining rivojlanish tarixi ilk antik shaxarlardan to kechki urta asrlargacha uz ichiga oladi. Kizik tomoni shundaki, bu jarayon shaxarlarning rivojlanishi bilan boglik.
Bu shaxarlarda kuplab bozorlar, dukonlar, rastalar, ustaxonalar bulgan. Bozorlarga yaxshi va sifatli molni yetkazib berish kerakligi sababli, ishlab chikarish, ya'ni xunarmandchilik yaxshi rivojlanib borgan. Savdo-sotik kuchaygani sayin bozorlarda rakobat xam kuchli bulgan. Shu sababli xam xunarmandlar doimo izlanishda bulib, maxsulotlarning sifatini yaxshilab, malakalarini yanayam oshirib borishgan. Bu shaxarlarning aksariyat kismi savdo-sotik va xunarmandchilik orkali kun kurishgan. Savdo markazlari Urta Osiyo xududida kadimdan shaxar markazlarida katta yullar tutashgan joylarda joylashagan. Katta magistral chorraxalar kesishgan joylarda murakkab tuzilishga ega xama tomonlari ochik gumbazlardan tashkil topgan inshootlar bulib, “chorsu va tok” deb nomlangan. Bundayin inshootlar Buxoroning eski shaxar kismida kuplab saklanib kolgan. Ularning nomlari “Toki-Sarrafon”, “Toki-Zargaron”, “Toki-Telpakfurushon” deb ajratiladi. Gumbazlarning nomlari xozirgacha saklanib kolgan bulib, uz faoliyatini yukotgani yuk. Bu gumbazlarning xar biri uziga xos xunarmandchilik ustaxonalarining borligi, rastalar, temirchilar, zargarlar, kulollar, gilam va kashta tukuvchilar kabi barcha soxadagi xunarmandlar bilan farklanadi. Bu yerlarda ertadan kechgacha savdo-sotik davom etib tinimsiz shovkin-suron, mexnat kurollari tovushlari eshitilib turgan. Urta Osiyodagi aksariyat shaxarlar savdo yullari buylab shakllanganligiga guvox bulamiz. Usha vaktlari shaxarlararo yullar tuxtash joylarida rabotlar bulgan (masalan, Karmana va Gijduvon oraligidagi Raboti malik). Shaxarlar bosh kuchalarining kesishgan chorraxalarida bozor inshootlari – “chorsu” larning joylashishi, shaxar markazida Registonlarning bulishi tarixiy shaxarlarning xususiyatli jixatlari bulgan. Bozorlarni urganish uchun yanayam kadimgi davr ma'lumotlariga e'tiboringizni karatsak. “Avesto” bitiklarida “chovrusuk” suzi kullanilgan. Olimlarimizning fikricha bu “turt tomonli” bozor degan ma'noni “chorsu” ni anglatadi. IX asrdan boshlab bozrlarning shaxarning iktisodiy markazi sifatida shakllana boshladi.
Bozorlarning shakllanishida savdo karvonlarining uziga xos xarakatlanish imkoniyati muxim rol uynagan. Ispaniya elchisi Klovixo xam Samarkanddan Buxorogacha bosib utiluvchi masofani 6 kunlik karvon yuliga teng ekanligini yozadi. Ma'lumki, savdo karvoni tuxtagan joyda rabot yoki karvonsaroylar kurilgan, savdo-sotik ishlari kuchayib, keyinchalik bozorlar vujudga kelgan.
Buxoro shaxridagi savdo rastalari asosan “chortok” tipida loyixalangan. “Chortok” tarxi kvadrat shaklda bulgan va turt tomoniga birday 4 ta tarafi ochik bulgan kushkdir. Olimlarimizning fikricha, chortok bu ulkada islom kabul kilinishidan ilgari yuzaga kelgan. Jumladan, prof. M. K. Axmedov chortok kurilmasining IX-X asrdan boshlab nafakat makbaralar kurilishida, balki xonakoxlarning tarxida xam keng kullanilganligini yozadi. Masalan, Buxoro tarixiy savdo inshootlari me'moriy yechimining nigizida chortok kompozitsiyasi yotganligini kuramiz.
Urta Osiyoning urta asrlar me'morlari kullagan me'moriy loyixalash uslubining asl moxiyati shundaki, unda bir yula uch xil mutanosiblik doimo yonma-yon bulgan. Bular xandasaviy, arifmetik va moduli mutanosibliklardir.
Chunonchi asosiy chorraxalarda Toki Ordfurushon, Toki, Zargaron, Toki Telpakfurushon va Toki Tirgaron nomli beshta Chorsu tipidagi gumbazli savdo inshootlari bunyod etilgan. Bu savdo gumbazlarining birinchisi va oxirgisi bizning asrimizda vayrona xoliga kelganligi tufayli buzib tashlangan. Kolgan uchtasi xozirgi kunda xam salobat tukib, shaxar asosiy yunalishlarini belgilab turibdi. Bu savdo gumbazlari bugungi kunda axolii orasida birinchi, ikkinchi, uchinchi gumbaz (ba'zilar “kumpol” deyishadi, bu ruscha “kupol” suzining buzilib ishlatilishidir) yoki tok deb yuritiladi. Shu lardan uchinchi gumbaz yoki Toki Zargaron deb nomlanadigan kadimiy shaxriston chorraxasida joylashgan bulib, XV asr boshida xam buj oy Chorsu deb nomlanganligi ma'lum. Toki Zargaron deb atalishining uzi uz nomi bilan zargarlar gumbazi ekanligidan dalolat berib turibdi [10]. Bu binoning tarxi kvadrat kurinishiga ega. Uning markaziy kompozitsion uklari buylab turt peshtok turttala kucha tomonga karatilgan. Inshootning markaziy kismi sakkizta uzaro kesishgan toklar vositasida kupburchakli ustivorining un olti panjarasi bor. Ichki tomonida esa toklar kesishuvidan xosil bulgan gajjak ( shitovidniy parus ) devorlar bilan kupburchakni boglab turibdi. Markaziy gumbaz ichidagi bino burchaklari turtta va uning atrofidagi usti kichkina gumbazchalar bilan yopilgan yulak kismi esa sakkizravokli kilib kurilgan. Yulak tashki devorining ichkari tomonida yana 16 ta ravok ishlangan. Xar kaysi peshtokning ikki yon kismida (old tomonida) yana 2 tadan ravoklar ishlangan bulib, ular jami 36 ta dukon va ustaxonalar joylashishiga muljallangan. Toki Zargarondan janubgacha chikadigan peshtoki yonida bizning asrimizda buzib tashlangan usha davrda Xind karvonsaroyi deb atalgan karvonsaroy bulgan. Undan kuyirokda esa 1577 yilda kurilgan savdo inshooti – Abdullaxon Timi joylashgan. Agar Toki va Chorsularda kechasi dukon va ustaxonalar yopilib, kesib utgan kuchalar utish joyi sifatida foydalanilgan bulsa, Tim yopik imorat tarzida ishlatilgan va shu jixati bilan bugungi kundagi katta magazinlarni eslatadi. Abdullaxon Timi kamyob va kimmatbaxo gazmollar savdosiga muljallab kurilgan. Bu imorat tarxi xam kvadrat shaklida bulib, binoning bosh kirish yullari Toki Zargarondan Toki Telpakfurushonga boriladigan savdo kuchasi karatilib, kuchaning sharkiy betida kurilgan. Bino tarz (fasad)ining markazida bir asosiy va ikki chekkasida yana ikki kichikrok peshtokli eshiklar urnatilgan. Imorat markazida sakkiz burchakli pastak ustivorga kata asosiy gumbaz urnatilgan. Uning shark va garbida asosiy yulak ustiga chuzinchok shaklidagi tuynikli gumbazchalar kurilgan. Shuningdek katta gumbazda xam yoritkich tuynuklar mavjud. Bino ichida jami 55 ta savdo ravoklari joylashgan.
|