• 2-topshiriq
  • 29-mavzu: Yurtimizdagi muzeylar. I.Kirish
  • 30-mavzu: Taqiqlovchi belgilar I. Kirish
  • 3.1. «Kirish taqiqlangan»
  • 3.2. «Harakatlanish taqiqlangan»
  • Tushuntirish xati




    Download 2.36 Mb.
    bet21/27
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.36 Mb.
    #4626
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27

    1-topshiriq: Ta’magirlik qanday oqibatga olib kelishi haqida klaster usulda tahlil qilish


    2-topshiriq: Halolik so’zini klaster usulida tasniflash

    Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


    28-mavzu: Yo’l transport hodisalarining sabablari

    I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O’quvchilarga yo’l transport hodisalarining sabablari haqida tushuncha berish

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.

    Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:

    Tashkiliy qism

    O’qituvchi:

    II.Asosiy qism:

    O’qituvchi:

    Tez harakatlanib ketayotgan avtomobilni taqqa to‘xtatib bo‘lmasligini

    hamma yaxshi biladi, lekin harakat ishtirokchilari ayrim hollarda

    o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga ololmaydilar. Yo‘llarda sodir

    bo‘layotgan deyarli barcha falokatlarning sababi aynan shunda. Bunga

    yo‘l qo‘ymaslik maqsadida avtomobilni yaratgan inson yo‘llarda harakatlanish qoidalarini ham o‘ylab topdi. Avvallari yo‘llarda harakatlanish ishtirokchilari hisoblangan otliqlar, izvoshchilar, keyinroq piyoda va haydovchilar bir-birlariga xavf tug‘dirmaslik maqsadida ana shu qoidalarga muvofiq harakat qilganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu qoidalar

    takomillashib, to‘ldirib borilgan.

    Qoidalar tarixiga nazar solsak, ular asosan piyodalarning manfaatlarini

    o‘ylab, izvoshchi va mashina haydovchilarining piyodalarga

    yetkazishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlardan himoya qilish maqsadida

    joriy etilgan.

    Avtomobillarnig paydo bo‘lishi bilan yo‘llarda harakatlanish

    qoidalari hayotiy zaruratga aylandi va nihoyat, 1893-yil 14-avgustda

    Fransiyada, 1896-yilda Angliya va boshqa davlatlarda bu qoidalar joriy

    qilindi

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida yo‘llarda transport vositalarining



    o‘ng taraflama harakatlanishi tartibi joriy etilgan. Shu bois, harakat

    vaqtida piyodalarning ham, haydovchilarning ham o‘ng tomondan

    harakatlanishiga odatlanib qolganmiz. Biroq harakatning o‘ng tomonlama prinsipini tashkil qilish va joriy etish uchun anchagina vaqt hamda kuch talab etilgan. Endilikda qoidaga aylangan bu odat bizga uzoq vaqtlardan yetib kelgan.

    Endi siz o’ylab ko’ring, agar biz yo’l harakat qoidalariga amal qilmasak, yo’llardan o’tish vaqtida yo’l belgilari ko’rsatilgan joylardan yurmasak,mashina boshqarayot vaqtimizda spirtli ichimliklar ichib olsak, nafaqat o’z hayotimizni, balki yaqinlarimiz va atrofimizdagi insonlarning hayotlarini xavf ostiga qo’yishimizga olib keladi. Doimo xushyor bo’lsak, bu umrimizga foyda ekanligini unutmasligimiz lozimdir.



    III.Yakuniy qism:

    Topshiriq: yo’l transport vositasining sabablarini klaster usulida aniqlaymiz



    Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



    29-mavzu: Yurtimizdagi muzeylar.

    I.Kirish

    Tarbiyayiy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga xalqimiz tarixi , o`tmishi va madaniyatini aks ettiruvchi museylar haqida tushuncha berish.Ma`naviy ma`daniyat yodgorliklarini asrab avaylashga o`rgatish.

    Tarbiyayiy mashg`ulotning jihozi: O’quvchilarni estetik qadriyatlarga yo’naltirish, ularda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati, O’zbekiston tarixi va madaniyatiga muhabbat tuyg’ularini rivojlantirish orqali o’quvchilarni go’zallik qonunlari asosida yashashga o’rgatish. Bu jarayonda muzeylarning ahamiyati.

    Tarbiyayiy mashg`ulotning borishi

    Tashkiliy qism

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    O`qituvchi:

    Vatanimning tarixidan so`zlaydi

    Yodgorligu qo`lyozmalar saqlaydi.

    Mehmonlarni ziyoratga chorlaydi,

    Ko`hna zaminimning qadamjolari.

    II.Asosiy qism:

    Qadimdan odamlar o`zlari e`zozlagan buyumlarni, noyob san`at asarlarini, madaniy yodgorliklarni to`plaganlar hamda avaylab asraganlar.Shu tariqa muzeylarning ilk ko`rinishlari paydo bo`lgan.O`zbekistonda muzeylar tashkil etish 19-asrning 70-yillaridan boshlandi.O`rta Osiyoda birinchi muzeylardan hisoblangan O`sbekiston xalqlari tarixi muzeyi 1876-yilda tashkil topgan.Muzeyda O`zbekiston hududida ibtidoiy jamoa tuzumidan to shu kunga qadar bo`lgan madaniy hayotdan darak beruvchi arxeologik topilmalar,turli davrdagi taraqqiyot, fan va madaniyatning yuksalgan davri arxiv va foto hujjatlar,tasviriy san`at asarlarida o;z ifodasini topgan.

    Toshkent shahri markazining Amir Temur xiyobonida Temuriylar tarixi davlat muzeyi joylashgan.Bu muzeyda Amir Temur va temuriylar davri tarixiy hujjatlar va ashyoviy dalillar asosida yoritilgan.

    O`zbekiston Respublikasi Amaliy san`at muzeyi 1937-yilda ochilgan bo`lib,hunarmandchilik ko`rgazmasi asosida amaliy san`at muzeyi sifatida tashkil topgan.Ushbu muzeyda XIX asrning birinchi yarmidan boshlab bugungi kunga qadar bo`lgan davrda yaratilgan amaliy san`at asarlari to`plangan.

    Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi Toshkent shaharidagi eng yirik adabiy-ma`rifiy muassasalardan biridir.Mazkur muzey 1940-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosbati bilan Respublika ko`rgazmasi sifatida tashkil topgan.Muzeyda o`zbek adabiyotiga oid asarlar,qo`lyozma va toshbosma kitoblar,xalq fozilarining ovoz yozuvlar,naqqoshlik san`atiga doir ko`rgazmalar hamdaXX asarlar oid spool buyumlar mavjud.

    Olimpiya shon shuhrati muzeyi 1996-yil 1-sentabrda ochilgan.Mazkur muzey Osiyo qqit`asida birinchi tashkil qilingan olimpiya muzeyidir.O`zbekiston mustaqilligi yillarida spotchilarimizning jahon, Yevropa birinchiliklari,Osiyo, Markaziy Osiyo o`yinlari, Toshkent va xorijiy mamlakatlarda o`tkazilayotgan turli xalqaro turnirlarda erishgan yutuqlari, qo`lga kiritgan sovrinlari muzey eksponatlarining asosini tashkil etadi.

    O`zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi tasarrufidagi muzey bo`lib, 1988-yilda ochilgan.Muzey kolleksiyalari O`zbekistonda geologiya faoliyatining 75 yil mobaynida yig`ilgan katta hajmdagi materiallar hamda muzeyga sovg`a sifatida taniqligeologlar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy kolleksiyalar, O`zbekiston Respublikasi tabiatini aks ettiruvchi suratlar bilan boyitilgan.

    “Muzey”yunoncha so`z bo`lib,muzalarga (Muza-san`at,adabiyot,fan ma`budasi) bag`ishlangan joy ma`nosini bildiradi. III.Yakuniy qism:



    Aqliy hujum mavzu bo`yicha savol-javob o`tkaziladi.
    O`zbekiston muzey turlari bo`yicha tarmoqlash:


    “BBB”texnologiasi



    Bilaman

    Bilishni xohlayman

    Bilib oldim

    Toshkent muzeylari

    Qancha muzey bor?

    24 ta muzey bor

    O`zbekistondagi ilk muzey

    Qanday va qachon tashkil topgan

    O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi,1876-yilda

    Muzey so`zi

    “Muzey” so`zining ma`nosi qanday?

    Yunoncha san`at,adabiyot va fanga bag`ishlangan joy

    Mavzu mustahkamlanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.




    30-mavzu: Taqiqlovchi belgilar

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O’quvchilarga taqiqlovchi belgilar haqida tushuncha berish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.

    Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:

    Tashkiliy qism

    O’qituvchi:

    II.Asosiy qism:

    Taqiqlovchi belgilar yo‘l harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qo‘llaniladi. Taqiqlovchi belgilarning asosiy foni oq (3.27, 3.28, 3.29, 3.30)lardan



    tashqari) hoshiyasi qizil doiradan iborat bo‘lib, harakatlanishni ma’lum darajada cheklaydi yoki umuman taqiqlaydi. Ularning ta’sir kuchi o‘rnatilgan joydan boshlab birinchi chorrahagacha,

    chorraha bo‘lmaganda esa aholi yashash joyining oxirigacha davom etadi. Ba’zi belgilar o‘sha joyning o‘zigagina taalluqli bo‘ladi.

    3.1. «Kirish taqiqlangan»

    Transport vositalarining bir tomonlama harakatlanishini joriy etishda

    yo‘lning bir tarafiga ushbu belgi o‘rnatiladi. Belgi o‘rnatilgan yo‘lga barcha

    transport vositalarining (belgilangan yo‘nalishli transport vositalari bundan mustasno) kirishi taqiqlanadi



    3.2. «Harakatlanish taqiqlangan»

    Dam olish uylari, sanatoriya, kasalxona va umum foydalanadigan hovlilarga



    Kiraverishda transport vositalarining harakatini cheklash maqsadida ushbu

    yo‘l belgisi o‘rnatiladi. Bu belgining belgilangan yo‘nalishli transport vositalari, nogironlar haydaydigan motokolyaska, avtomobil, belgi ta’sir oralig‘ida yashovchi yoki ishlovchi yoxud ularga va korxonalarga xizmat qiluvchi transport vositalariga daxli yo‘q. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak. Bu yerda ikkita taqiqlovchi belgidan biri (3.1)ning talabi ustun bo‘ladi


    Download 2.36 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




    Download 2.36 Mb.