• 3.27. «To‘xtash taqiqlangan»
  • 3.30. «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlanadi»
  • 3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri»
  • III.Yakuniy qism.
  • 32-mavzu: Bilim lilik – tengsiz xazina. I.Kirish
  • «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri»




    Download 2.36 Mb.
    bet24/27
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.36 Mb.
    #4626
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

    3.25. «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri»

    Mazkur belgining ta’sir hududida barcha turdagi transport



    vositalari «Yo‘l harakati qoidalari»da belgilangan tezlikdan

    oshmagan holda harakatlanishlari mumkin.

    3.27. «To‘xtash taqiqlangan»

    Serqatnov yo‘lning tor qismilarida transport vositalarining

    uzluksiz harakatini yuqori darajada ta’minlash maqsadida ushbu

    belgi o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishli transport vositalaridan



    boshqa barcha transport vositalarining to‘xtashini taqiqlaydi.

    3.30. «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlanadi»

    Yo‘lning o‘ng yoki chap tarafida o‘rnatilib, oyning juft

    kunlarida yo‘l chekkalarini mexanizmlarda supurib, tozalab

    olish va shu kabi ishlarni amalga oshirish maqsadida ushbu

    belgidan foydalaniladi. Bu belgining talabi 3.28 «To‘xtab

    turish taqiqlangan» belgisi talabi bilan bir xil.



    3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri»

    Bu belgi barcha cheklovlarning oxiri deb nomlansa-da, amalda

    3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26–3.30 belgilarning ta’sir doirasini kesishmadan

    avvalroq tugatish uchun ishlatiladi. 3.1–3.3, 3.18.1,

    3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarining belgilangan yo‘na lishli transport

    vositalariga, 3.2–3.8 belgilari ta’sir oralig‘ida yashovchi yoki

    ishlovchi fuqarolarga tegishli yoxud ularga va korxonalarga xizmat qiluvchi

    transport vositalariga daxli yo‘q. Bunday hollarda transport vositalari

    belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.



    III.Yakuniy qism.

    Nomini top” o’yini. Bunda taqiqlovchi belgilar yopib qo’yilib, o’quvchilar tomonidan topib nomi aytiladi

    Mavzu mustahkamlanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

    31-mavzu: Vatan madhi dillarda

    (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasm,plakat,va bukletlar,slaydlar,texnik vositalar.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

    Tashkiliy qism

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    O`qituvchi:

    Men seni sevaman onajon Vatan,

    Xushsurat,xushsuhbat momolarimni.

    Men seni sevaman jonajon Vatan,

    Har so`zi hikmat bobolarimni.



    II.Asosiy qism:

    Bu ko`hna dunyo paydo bo`libdiki,Yer yuzida hayot guli-Hazrati Inson yaralibdiki,Xotira bor,mehr-muhabbat bor.Demak,Qadr bor.Ayniqsa,bizning mamlakatda Xotira va Qadr o`zgacha mazmun,nufuz va ma`noga ega.Davlatimiz Rahbari 9-may—“Xotira va Qadrlash kuni”ni umumxalq bayrami deb e`lon qilar ekan:”Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini,bor kuch-quvvatini ayamagan biror-bir faxriy,biror-bir kishi unutmasligi kerak.Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatilishi shart”,deya ta`kidlagan,edi.Zero,bizning Vatanda har bitta insoning o`z munosib o`rni,qadr-qimmati,xotirasi bor.Biz,urush ko`rgan insonlar,faxriy pedagoglar bundan buyon ham yosh avlodni iymon-e`tiqodli qilib tarbiyalashda,ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat ,Vatanga sadoqat,mehr-muhabbat,kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashda o`z hayotiy tajribamiz,bilimimizni sarf etaveramiz.Inson sha`ni,qadr-qimmati har narsadan ustun bo`lgan yurtimizda kelajak avlod baxtu saodati uchun kurashgan jasorat sohiblari bemisl hurmat ,izzat-ikrom,beqiyos tashakkur,tahsinga loyiq.



    III.Yakuniy qism.

    Mavzu yuzasidan test.

    1.Yurtdoshlarimiz nima maqsadda kurashdilar?

    a) Tinchlik uchun b) Urush uchun d) Boylik uchun

    e Mustaqillik uchun

    2. Prezidentimiz nima maqsadda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” deb e`lon qildilar?

    a) O`tgan ajdodlarimizni xotiralash maqsadida b) Qatog`on qurbonlarini xotiralash maqsadida d) Keksalarni holidan habar olish e) Barcha javoblar to`g`ri



    Vatan haqida qanday maqol bilasiz?

    Vataning-oltin beshiging.

    Vatan ostonadan boshlanadi.

    Qo`shning tinch-sen tinch

    Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

    “Xotira” maydoniga sayohat uyushtirishni rejalashtirish.



    32-mavzu: Bilimlilik – tengsiz xazina.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Kitobni asirab avaylashga, ulug` allomalarimizning bizga qoldirgan bebaho merosini o`qib – o`rganishga yo`naltirish. Ular orqali yosh avlodning go`zal insoniy fazilatlar egasi bo`lib kamol topishlariga erishish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid rasm, tarqatma material.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

    Tashkiliy qism

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    O`qituvchi:

    Aziz ota – onamizning qalqonimiz

    Buyuk xalqim – suyuk xalqim, bizga ishon.

    Fidodir bu qutlug` Vatanga jonimiz,

    Buyuk xalqim, suyuk xalqim bizga ishon.


    II.Asosiy qism:

    Ilm olish inson uchun nihoyatda muqaddas bir maqsaddir. Ilmli bo`lish uchun juda ko`p o`qish va uqish zarur. Ko`p o`qigan kishi ko`p narsalarni biladi. Yaxshini yomondan ajrata oladi, odamlar bilan qanday muomalada bo`lishni biladi. Ilm olish ignada quduq qazish bilan barobar. Bunda bizga eng yaqin yordamchi kitob sanaladi. Kitobni asrab – avaylash siz bilan bizning burchimiz dir. Siz maktabga kelgan davringizdan boshlab juda ko`p darsliklarni qo`lingizga oldingiz va uni o`qidingiz. Shu darsliklarni o`qish mobaynida odob – axloq me`yorlari, o`zbek xalqining boy ma`naviy va madaniyat merosini o`rgandingiz. Mustaqillik tufayli qayta tiklangan va xalqimizga qaytarilgan urf – odatlar haqida bilib oldingiz.

    Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalari va tamoyillari hamda adolat qomusi – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida bilimlar,asosiy qonunlarimiz haqidagi ma`lumotlarni bilish orqali siz o`z haq- huquqlaringizdan xabardor bo`ldingiz. Odob axloq – hayot saboqlaridir. Bu saboqlar sizni hayotni qadrlashga o`rgatadi.


    Hikmatlar
    Bilimli kishi nimalarni so`zlaydi, sen unga quloq sol, odoblar boshi tildir, uni tiymoq zarur.

    Bilim shunday narsaki yalong`och bo`lg`oningda ham o`zingda qoladi. Hammomga kirsang ham suv bilan yuvib bo`lmaydi.


    III.Yakuniy qism:

    Aqliy hujum: tezkor savollar beriladi.



    1. Bizning haq – huquqimizni belgilab beruvchi kitob?

    2. Davlatimiz ramzlari tashkil topgan sanalar. 2013 – yil qanday nom bilan ataldi?

    3. O`rmon qiroli?

    4. Mushuk va sichqon qatnashgan multfilm?

    5. Falakiyot ilmining bilimdoni?

    6. Payg`ambarimizning hikmatli so`zlarini kitob holiga keltirgan vatandoshlarimiz?

    7. Yurtimizdagi tarxiy shaharlarni aytib bering.


    Xotira mashqi o`tkaziladi:

    O`quvchilar quyidagi raqamlar nimani anglatishini topadilar.

    1991 – yil

    1 – sentabr



    1992 – yil

    2 – iyul



    1991 – yil

    18 – noyabr



    1992 – yil

    8 – dekabr



    1992 – yil

    9 – dekabr




    Topishmoqlar:

    Har bir ishni birlashib,

    Bajarar ikki o`rtoq.

    O`rtaga tushganlarni

    Ahvoli bo`lar chatoq . (Qaychi)

    Har kuningni rejalab,

    Tinim bilmay yuradi.

    Uyg`otsa ham erta u,



    O`zi joyda turadi. (soat)

    Tarmoqlash:

    O`qituvchi mavzuni xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


    Download 2.36 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 2.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri»

    Download 2.36 Mb.