• TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO’YICHA Magistratura o’quv dasturi asosidagi ma’ruza matnlari
  • Firdavsiy
  • Smart Class
  • Web-saxifa tuzilishi




    Download 8.11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/81
    Sana11.10.2022
    Hajmi8.11 Mb.
    #27042
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    Таълимда ахборот технологиялари
    An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`ti-fayllar.org, topiraq labaratoriyasi, shaxboz do\'sga, Vazifa, kreativ, Abdukarimova G texnologiya mustaqil ish, 3100-Текст статьи-7642-1-10-20200822 (1), Fan maqsad vazifa, 1 kurs Ўқувчиларни 2 курсга кучириш буйруғи 2022 2023 yil, Doc1, KOMPYUTER GRAFIKASIDA ISHLASH, Koʻpalova Onajonning 3 labaratoriya ishi, тавсифнома, O



    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
    UNIVERSITETI
    FIZIKA-MATEMATIKA FAKUL’TETI
    «INFORMATIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI 
     
    TA’LIMDA AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI 
     
    FANI BO’YICHA
    Magistratura o’quv dasturi asosidagi ma’ruza matnlari
    Ayupov Ravshan Hamdamovich tomonidan tayyorlangan 
     
     
     
     
     
    Тошкент-2020 
     
     



     
     
    Ta’limda axborot texnologiyalari: O’quv qo’llanma / R.X. Ayupov. 
    Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti. - T.: TPDU, 2020 
    yil, 580 bet. 
     
    ANNOTATSIYA 
     
    «Aqldan g‘amginlik, shodlik, o‘ktamlik, 
    Aqldan borligu, yo‘qligu, kamlik». 
    Firdavsiy
     
     
    «Ta’limda axborot texnologiyalari» deb nomlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 
    yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda
    turli sohalarda dars beruvchi professor-o‘qituvchi ma’ruzachilar uchun dars berishning 
    (yoki ommaga ma’lumot berishning) bir qancha interfaol uslubda bo‘lgan zamonaviy 
    usullari hamda dasturiy-texnik vositalarining imkoniyatlari yoritiladi. Risolada 
    yoritilgan interfaol muloqot tizimlari dars davomida talabalar bilan bevosita muloqot 
    qilishning zamonaviy dasturiy-texnik vositalari bo‘lib, ular vositasida o‘qituvchi va 
    talabalar (tinglovchilar) orasida real vaqt rejimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot 
    almashinuvi amalga oshiriladi. Bunday dasturiy-texnologik tizimlarda kompyuter
    o‘qituvchi va talabalar orasida simsiz aloqa mavjud bo‘lib, standart (yoki mahsus
    taqdimotlar dasturiy ta’minoti orqali ma’lumot almashiniladi. Talabalarning tizim 
    bilan aloqasi mahsus distantsion pultlar (televizornikiga o‘xshash), mobil telefonlar, 
    shaxsiy kompyuterlar yoki Internet orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Bunday 
    texnologiyani turli xil nomlar bilan ataladi, masalan, talabalardan ma’lumot qabul 
    qiluvchi tizimlar, real vaqt rejimida javob beruvchi tizimlar, testlashtiruvchi tizimlar, 
    interfaol aloqa tizimlari, talabalarning muloqot tizimlari va boshqalar. Ta’lim tizimda 
    esa talabalarning interfaol muloqot tizimlari (SRS) yoki auditoriya muloqot tizimlari 
    (ARS) kabi atamalar qabul qilingan. Talabalarning qo‘llarida bo‘luvchi mahsus 



    distansion pultlarni esa ko‘pincha «Clicker – Turtgich» deb ham ataladi. Bozorga 
    keyingi paytlarda kirib kelgan bunday interfaol muloqot tizimlari mahsus dasturiy 
    ta’minotni ham talab qilmaydi, ular ochiq arxitektura tamoyiliga asoslanib ishlaydilar 
    va ma’lumotlarni mobil telefonlardan, smart telequrilmalardan, shaxsiy va planshet 
    kompyuterlardan bemalol qabul qila oladilar. Ushbu risolada aqlli sinf (Smart Class
    innovatsion ta’lim texnologiyalari kompleksi (shu jumladan, TMSC-Team Model 
    Smart Classroom, ezStation- Lecture Capture System, HiLearning-Student Tablet 
    Solution, ezVizion-Document Camera, Haboard-Interactive Whiteboard System, 

    Download 8.11 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 8.11 Mb.
    Pdf ko'rish