• ASSESMENT SAVOLLARI............................................................................... 559
  • DASTURIY VOSITALARI ................................................................................ 464




    Download 8.11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/81
    Sana11.10.2022
    Hajmi8.11 Mb.
    #27042
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    Таълимда ахборот технологиялари
    An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`ti-fayllar.org, topiraq labaratoriyasi, shaxboz do\'sga, Vazifa, kreativ, Abdukarimova G texnologiya mustaqil ish, 3100-Текст статьи-7642-1-10-20200822 (1), Fan maqsad vazifa, 1 kurs Ўқувчиларни 2 курсга кучириш буйруғи 2022 2023 yil, Doc1, KOMPYUTER GRAFIKASIDA ISHLASH, Koʻpalova Onajonning 3 labaratoriya ishi, тавсифнома, O
    DASTURIY VOSITALARI ................................................................................ 464 
    GLOSSARIY: .......................................................................................................... 495 
    KURS BO’YICHA TESTLAR ........................................................................... 526 
    ASSESMENT SAVOLLARI............................................................................... 559 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................. 571 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



     
    KIRISH 
     
    «Kim bilimni o‘lchar dunyo, mol bilan
    U gavharni teng qilar sopol bilan». 
    Sa’diy Sheroziy 
     
    Hozirgi davrda pedagogikada innovatsion ta’lim usullarini va dasturiy-texnik 
    vositalarini qo‘llashga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu yo‘nalish bo‘yicha 2013-14 
    yillarning o‘zida bir qancha halqaro anjumanlar o‘tkazilganki, ularda muhokama 
    qilinayotgan masala va muammolar bu sohaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega 
    ekanligini ko‘rsatadi. Misol sifatda O‘zbekistonda (oktyabrda), Tayvanda (avgustda), 
    Evropada mamlakatlarida (may-iyun oylarida), AQSH da (iyunda) va Birlashgan Arab 
    amirliklarida (oktyabrda) o‘tkazilgan innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida 
    qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ammo 
    shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bizning jamiyatimizdagi ko‘pchilik insonlar 
    o‘qituvchilarni kunlar, xaftalar va oylar davomida o‘qitiladigan fan bo‘yicha asta-
    sekinlik bilan turli xil ko‘rsatma va topshiriqlar beradigan hamda bir maromda 
    qandaydir bilimlar majmuasini o‘quvchilarga singdiradigan zerikarli mutaxassislar 
    sifatida tushunadilar. Lekin ularning qanday ko‘rsatma va topshiriqlar berishlari, 
    qanday dasturiy-texnik vositalardan foydalanishlari hamda bunday usullar qanday 
    samara berishini ko‘pchilik bilmaydi yoki tushunmaydi. Yillar davomida ta’lim 
    berishning bir qancha usullari, uslubiyati, texnologiyasi va dasturiy-texnik vositalari 
    vujudga kelganki, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ba’zi bir ta’lim 
    berish uslublari yosh bolalarning bilim olish jarayonini o‘rganish asosida tashkil 
    etilgan bo‘lsa, boshqalari dars berish jarayonida ro’y beradigan muammolarni hisobga 
    olgan holda tashkil etilgan. O‘qitish uslubiyatining yana boshqa birlari esa bir qancha 
    olimlar tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, 
    Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki korporativ usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng 
    o‘qitishni mahsus ta’lim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga 



    oshirila boshlandi. Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim 
    olishlari mahsus usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga 
    oshirilar edi. Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant ro’lida bo‘lib, barcha ta’lim 
    berish vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqalarida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib
    ularni demokratik tamoillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va 
    o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, 
    o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi. Ammo hozirgi 
    paytdagi ta’lim berish jarayoni asosan sinfda yoki mahsus jihozlangan xonalarda 
    talabalar va o‘qituvchining o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, 
    hozirgi davrdagi ta’lim berish jarayonini quyidagi asosiy jihatlar bilan ifodalash 
    mumkin: 

    O‘qituvchining faoliyati nafaqat ilmiy-amaliy asosda, balki ijodiy-
    artistik asosda ham amalga oshirilishi lozim; 

    O‘qituvchining dars berish jarayonidagi ro’li ancha murakkab bo‘lib, 
    uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. Oldingi davrlarda 
    o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan 
    tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va amaliy bilimlar berish ham talab qilinadi

    O‘qituvchilarga bo‘lgan talab ham sezilarli darajada oshdi va endi ular 
    nafaqat ilmiy, balki ma’rifiy va amaliy bilimlarni ham puxta egallashlari zarur 
    bo‘layapti; 

    Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi, yangi texnika va 
    texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, informatsion 
    texnologiya vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi 
    o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olish hamda kerakli bo‘lgan dasturiy-texnik vositalarni 
    o‘zlashtirishni talab qilayapti; 

    O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi
    muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga 
    oshirishlari kerak bo‘ladi. 



    Yuqorida aytib o‘tilgan barcha muammolar va salbiy jihatlardan qutulish hamda 
    ta’lim sifatini oshirishning eng asosiy yo‘llaridan biri zamonaviy innovatsion ta’lim 
    berish usullarini qo‘llash bo‘lib, quyida biz ushbu innovatsion ta’lim berish uslubiyati, 
    texnikasi, texnologiyasi va dasturiy-texnik ta’minotining bir qancha imkoniyatlari va 
    ularda ishlash qonun-qoidalari bilan tanishib chiqamiz. 

    Download 8.11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 8.11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DASTURIY VOSITALARI ................................................................................ 464

    Download 8.11 Mb.
    Pdf ko'rish